𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
246 subscribers
911 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
​​Raqamli detoks nega kerak? Tadqiqotlar bu borada nima deydi, Elektron qurilmalar uyquga salbiy ta’sir ko'rsatishi mumkinmi? Ijtimoiy tarmoqlarda nimanidir o’tkazib yuborish qo’rquvi, xavotiri (FOMO-Fear of missing out) Raqamli detoksikatsiyani qanday amalga oshirish mumkin?
🟣 Baxtning qorong'i tomoni | Jyun Gruber | TEDxKembridj

Baxtning qorong'i tomoni | Jyun Gruber | TEDxKembridj

Notiq: Jyun Gruber

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Yel universiteti psixologi Jyun Gruber baxtning ortidan quvadigan madaniyatda asalning ham ozi yaxshimikan, degan savol bilan murojaat qiladi.

Mazkur nutq TED konfrensiyasi shaklidan foydalanib TEDx anjumanida so'zlangan, ammo mahalliy hudud aholisi tomonidan mustaqil ravishda tashkillashtirilgan. Bu haqida batafsil ma'lumotlar http://ted.com/tedx saytida.

Davomiyligi: 11 daqiqa
​​Los Anjelesdagi Kaliforniya universitetida tahsil oluvchi talabalarning 85 nafaridan Apple logosini oppoq qog’ozga tasvirlash so’ralganda, ularning ichidan faqat bitta talaba ushbu logoni xatosiz chiza olgan. Talabalarga biroz farqlanib turuvchi ko’rinishga ega bir qancha o’xshash logolar ko’rsatilganda, ularning yarmidan kamrog’i haqiqiy logoni aniqlay olgan.
​​Siz istayotgan o’zgarishlarning o’zi bo’ling

Men haqimda bilmasangiz kerak. Ammo amalga oshirgan ishlarnimni sizga aytib bersam, hayratda qolasiz. Men Morokkodagi o’ta qashshoq oila farzandi edim. Yoshligimda qo’ylarni boqar, quduqlardan suv toshirdim. Ko’p o’tmay qishlog’imizni tark etib, Fransiyaga ko’chib kelishga majbur bo’ldik. U yerda ko’plab ayirmachiliklar bilan yuzlashdim. Sinfdoshlarim kiyinish uslubimni mazah qilishardi. Ular meni begonaday his ettirishar va tahqirlardi. Hayotimning ana shu pallasida ayirmachilikka qarshi kurashishga bel bog’ladim. Astoydil o’qidim va bitirganimdan hech qancha vaqt o’tmay siyosat maydoniga kirdim. Boshqalar uyqudaligida men tunlari bilan ishlardim. Men boshimdan o’tkazgan kunlarni boshqalar ko’rmasligi uchun teng huquqlilikni ta’minlash kurashida davom etdim. Ammo o’sib borar ekanman, kambag’al oila farzandi bo’lganim va islom diniga e’tiqod qilganim uchun siyosatchilarning irqchilik ruhidagi so’zlari nishoniga aylandim. Muhojir bo’lganim uchun menga hattoki “Davlat xoini” degan nom berishdi. Lekin men taslim bo’lmadim va qayta oyoqqa turishda davom etaverdim. Bugun men Fransiya ta’lim vaziri va Fransiyadagi eng katta maosh to’lanadigan siyosatchilardan biriman.

Dunyoni o’zgartira olishiga ishonish darajasidagi telbalar uni o’zgartiradi.

@pslog
​​2020-yilning 23-oktyabr sanasida Netfilksda “Farzin yurishi” seriali qo’yildi. Quyida unga aloqador statistik ma’lumotlar keltirilgan:

ℹ️ Ushbu serialni bugungi kunga qadar 62 million oila tomosha qildi.

ℹ️ eBay savdo platformasida “Shaxmat taxtasi”ga bo’lgan talab 250 foizga oshdi.

ℹ️ Googlega berilgan “Shaxmat qanday o’ynaladi” degan savol so’nggi 9 yil ichida eng yuqori cho’qqiga yetdi.

ℹ️ "Farzin yurishi" romani nashrga chiqqanidan 37 yil o’tibgina NewYork Times bestselleriga aylandi.

ℹ️ Chess.comdagi shaxmat o’yinchilari soni 5 karraga o’sdi.
​​Emotsional aptechka

1.Tabiat qo’yniga chiqish

Tabiat qo’ynida bo’lish tana va ong uchun foydalidir. U muammolarimizdan chalg’ishga va o’zimizni yaxshi his etishga yordam beradi. Agar ob-havo bunga imkon bersa, poyabzalingizni yechib oyoqlaringiz ostidagi maysa yoki qumni his qiling. Sayr qilayotganingizda quyoshning iliq nurlari va shamol iforini tuying. Qushlarning chig’ir-chig’iriga yoki maysalarning shamolda mayin tebranishiga quloq tuting. Gullar va daraxtlarning iforini tuying va atrofingizdagi tabiatni kuzating. Tabiatdan sezgilaringiz yordamida baxra oling.

2. Sayr qilish

Har qanday mashq turi stressni yengishda qo’l keladi. Jismoniy mashqlar miyaning yoqimli hislar uyg’otishga javobgar neyromediatorlardan bo’lgan endorfinlarni ko’p miqdorda ishlab chiqaradi. Sayr qilish bizni tinchlantiradigan va muammolarimizdan chalg’ishga ko’maklashadigan harakatli meditatsiya turidir. U kayfiyatni yaxshilaydi, bo’shashimizga va uyqu sifatini yaxshilashga ko’maklashadi.


3. Meditatsiya

Meditatsiya bilan shug'ullanishning eng sodda usuli diqqatni nafasga: nafas olish va uni chiqarishga qaratish.
Chuqur nafas olishdan boshlang; Burundan chuqur nafas olish (3 soniya), nafasni ushlab turish (2 soniya), og'iz orqali nafasni uzoqroq chiqarish (4 soniya)

Har bir nafasni tartibga solishga urinmasdan, aksincha uni kuzating. Bu burundagi sezgilarga diqqatni oshiradi. Bu va bu kabi meditatsiya usullari boshida natija bermayotgandek tuyilishi mumkin (bu tabiiy hol). Ammo, buni takrorlab yurish o'z samarasini beradi: stress va xavotirni yengish, diqqatni oshirish va o'z-o'zini idora qilishga ko'maklashadi.


@pslog
​​Kecha hammasi yaxshi, deb o'ylagandim. Bugun esa...yanada yaxshi.

@pslog
​​Miyaning peshona qismini mashq qildirish uchun soddagina jumboq: yuzdagi har bir imo-ishorani o’qiy olasizmi?

Doktor Elkonen Goldberg o’zining “Zakovat paradoksi” nomli kitobida inson miyasining peshona qismi haqida mulohaza yurita turib, “yetakchilik intellekti” “atrofdagilarning fikrlarini o’qish” qobiliyatidan iborat ekanligiga alohida urg’u beradi, “Va u boshqalarning fikrlariga qiziqish bilan boshlanadi.” - deydi.

“Atrofdagilarning fikrlarini o’qish” va ularning hissiyotlarini aniqlashning eng yaxshi usuli bormi, deysizmi?”

Inson chehrasi.

Psixolog Pol Ekman o’n yillardan buyon yuzdagi imo-ishoralar vositasida hissiyotlarni aniqlash borasida tadqiqotlar olib borgan atoqli olimlardan biri. Qisqa qilib aytganda, u barcha uchun umumiy bo’lgan 7 ta emotsiyani aniqladi:

• Hayrat
• Quvonch
• Qayg’u
• Jahl
• Qo’rqinch
• Jirkanish
• Nafrat

@pslog
​​#psixologik_kinolar

Tafakkur o’yinlari
Academy Awardsning 4 karra g’olibi, ular ichida Best Picture ham bor, Tafakkur o’yinlari Academy Award g’olibi Ron Hovard tomonidan sahnalashtirilgan va uzoq yillik hamkori va hamkasbi Academy Award g’olibi Brayn Greyzer tomonidan suratga olingan. Tafakkur o’yinlarida iqtidorli matematik Jon Nash obrazidagi bosh rolni Rassel Krou ijro etgan. Jon Nash xalqaro e’tirofga sazovor bo’lish bo’sag’asida bir sirli maxfiy tashkilot ishiga o’ralishib qoladi. Jasorat, kuch-g’ayrat va zafar madx etilgan ushbu ta’sirli hikoyada endi uni faqatgina vafodor rafiqasi (Academy Award g’olibasi Jennifer Konnelli) qutqara oladi.

“Eplasang, tutib ol”
Uchiga chiqqan firibgar va uning ortidan quvgan FQB agenti haqidagi hayotiy hikoyadan ilhomlanib suratga olingan. Frenk Abigneyl – odamlar bilan tez til topishadigan, qizlar ko‘ngliga tez yo‘l topa oladigan yosh yigit. Bundan tashqari u o‘zi o‘ylab topgan yolg‘onlariga atrofdagilarni ishontirishga ham usta. Bugun u advokat bo‘lishni ixtiyor etadi, ertaga esa uchuvchilar kiyimini kiyadi, keyingi kun esa u bemorlarni tekshiradi, hattoki ularga tashxis ham qo‘yadi. Xushmuomala va madaniyatli Frenkning aslida firibgar ekanligi hech kimning xayoliga kelmaydi.
Agar u FQB agenti Karl Xenrettining nazariga tushmaganida Frenkning kirdikorlari uzoq davom etardi…

“Jangari Klub”
"Jangari Klub” sizni o’z olamiga olib kirib, tasavvurlaringizni taroziga soladi, dunyoingizni ag’dar-to’ntar qilib, yuzingizga kulgu yugurtiradi".

@pslog
​​✨Ertak qahramonlaridan ruhlantiruvchi iqtiboslar
"Hayot bizga maqsad bermaydi. Biz hayotga maqsad beramiz."
- Flesh "Koinot"

"Ayrim insonlar uchun erib ketsang arziydi."
- Olaf "Muzyurak"

"Taqdirimiz ichimizda yashiringan, uni ko'rish uchun faqatgina jasur bo'lish kifoya."
- Meride "Sheryurak"

"Hamisha vijdoning amriga quloq tut."
- Ko'k farishta "Pinokkio"

"Bizda o'xshash jihatlar juda ko'p, bir tuproq, bir havo, bir falak. Ehtimol, har doim farqli tomonlarni izlash o'rniga o'xshash tomonlarni izlashni boshlasak…unda, yana kim biladi deysiz?"
- Myos "Pokemon"

"Shokolod, muzqaymoqdan yaxshiroq biror narsa bilan do'st tutin…ehtimol oxirgi shirinligingni o'zing yemay unga uzatadigan insoning bilandir."
- Shirinliklar mahluqi "Sesami ko'chasi"

"Aytishlaricha, yaxshi alanga lovillab yonadi, vaziyat eng yoqimsiz tusga kirganda."
- Sofi, "Hovlning o'zi yurar uyi"

"Ajabo, daraxtlar qanchalar chiroyli gullabdi-ya. Lekin, bu yoqqa qara, bunisi kechikibdi. U gullaganda eng chiroylisi bo'lishiga iymonim komil."
- Fa Zou "Mulan"

"Mehr - ochiq eshikdir."
- Anna "Muzyurak"

"Shunchaki suzishda davom et."
- Dori "Nemoni izlab"

"Bu haqiqiy hayot. Haqiqiy hayotda esa hamisha yutavermaysan. "
- Gerrald Jonasan "Ishlar qalay, Arnold."

"Ha, o'tmish qalbga og'riq berishi mumkin. Lekin, undan ham qochish, ham saboq olish mumkin."
- Rafiki "Qirol sher"

"Kechagi kunga qayta olmayman - chunki kecha boshqa inson edim."
- Alisa "Alisa mo'jizalar malakatida."
"Hattoki mo'jizalar ham ozroq vaqt oladi."
- Farishta "Zolushka"
✨

@pslog
👍1
​​Déjà vu nima va u nega ro’y beradi? "Shoshmay turing, men avval bu yerga kelganman…"

Sizga tamoman notanish joy tanishdek yoki ilgari kimdir bilan aynan bir xil suhbatni qurgandek tuyilganmi?

Bu tanishlik hissi Déjà vu (Déjà vu fransuz tilida “ilgari ko’rgan” degan ma’noni anglatadi) deb nomlangan va ma’lumotlarga qaraganda, bu holatni vaqti-vaqti bilan 60–80 foiz insonlar boshdan kechirishadi. Déjà vu deyarli har doim bir zumda va tasodifan ro’y beradi.

Xo’sh, bunday tanishlik tuyg’ularining barq urishiga nima sabab bo’ladi? Bu holat ko’pchiligimizga tanish bo’lsa-da, u ilmiy doirada keng o’rganilmagan. Déjà vu to’satdan, ogohlantirishlarsiz ro’y beradi.

Ko’pgina tadqiqotchilar nazdida, bu hodisa inson xotiralariga asoslangan tajriba bo’lib, buning uchun miyaning xotira markazlari javobgar sanaladi. Miyaning o’rta chakka bo’lagi voqea va deklarativ ma’lumotlar(faktlar)ning uzoq muddatli xotirada saqlanib qolishida muhim vazifani bajaradi. Miyaning o’rta chakka bo’lagi va unga bog’liq ayrim sohalari muayyan voqealarni batafsil eslab qolishdan ham ko’ra yaqinlilik yoki tanishlilikni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Tanish holatni aniqlash renal korteks bajaradigan funksiya sanalsa, batafsil ma’lumotlarni esda saqlash gippokamp funksiyasi hisoblanadi.

Déjà vu holatining sog’lom insonlarda tasodifan sodir bo’lishi uni tajriba asosida o’rganishga imkon bermaydi. Bu boradagi har qanday tadqiqot bu jarayonni boshdan kechirgan insonlarning xulosalariga tayanadi.

Taklif etilgan nazariyalardan biri renal nerv sistemasining faolligi (tanishlikni aniqlashda ishtirok etadi) gippokampning (asosiy xotira markazi) faolligisiz sodir bo’lishi natijasida yuzaga keladi, deb tushuntiradi. Bu to’liq ma’lumotga ega bo’lmay turib ham tanishlik hissining paydo bo’lishiga olib kelishini ta’kidlaydi.

Déjà vu sun’iy ravishda korteks va miyaning yanada chuqur tuzilmalarini elektr stimulyatsiyasi bilan qayta tiklanishi mumkin.
🎞 Deja vu — Matritsa filmidan

@pslog
​​Doimo harakatda bo'lish kerak. Chunki to'xtaganni o'tirgisi, o'tirganni yotgisi, yotganni esa uxlagisi keladi.

📜 Al-Xorazmiy

@pslog
Qora shokolad

Jek Rouling dementorlarning Garri Potterga ziyonini daf etishda shokoladdan foydalanishi bejizga emas edi. Buni qarangki, qora shokolad kayfiyatni yaxshilaydi va miya salomatligi uchun eng yaxshi vosita ekan. Tabiiy kakaoning o'zi eng yaxshi mahsulot sanalsa-da, shirinlikni xush ko'ruvchilar uchun u achchiqlik qilishi mumkin, shu sababdan eng yaxshi tanlov - tarkibida 85 foiz kakao bo'lgan shokolad iste'mol qilish. Sodda qilib aytganda, shokolad qanchalik qora rangda bo'lsa, u shunchalik foydali hisoblanadi.
Shokolad antioksidantlar va yallig'lanishni oldini oluvchi xususiyatlarga ega flavnoidlarga boy va u qon bosimini pasaytiradi. Shokolad qanchalik qora rangda bo'lsa, u shunchalik ko'proq flavnoidlarga ega.
Depressiya alomatlaridan xalos bo'lishga yordam beradi va yallig'lanishni oldini oluvchi vosita vazifasini o'taydi va bu uning miya uchun foydali ekanligidan dalolat beradi.

@getpsychedup
​​Ishlarni orqaga surish odatidan voz kechishning 7 ta sodda usuli


Sizda muhim ishlarni ortga surish odati bormi?

Fizika fanida inersiyaning 2 qonuni mavjud, ularning har ikkalasi prokrastinatsiyaga ham tegishli, deyish mumkin. Birinchi qonun, har qanday jismga tashqi kuch ta’sir qilmagunicha u o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi va ikkinchi qonun, harakat miqdorining o’zgarishi jismga ta’sir qiluvchi kuchga proparsional, yo’nalishi esa ta’sir qiladi. Harakatdagi jism tebranishda davom etadi.

Bu qonunlarning qay biri sizga tegishli deb o’ylaysiz? Va qanday qilib “tinch holat yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatdan” “tebranma harakatga” o’tishingiz mumkin?

Prokrastinatsiyadan xalos bo’lish uchun quyidagi taktikalarni ishga solib ko’ring:

1. “Ertaga bajarmoqchi bo’lgan” vazifalaringizni ro’yhatga olishga 5 daqiqa ajrating.

Oq qog’ozga o’zingiz kechiktirayotgan yoki ortga surayotgan muhim ishlarning bir qanchasini yozing.

2. Ro’yhatga razm soling — va ulardan birini hoziroq bajaring.

Bahonalarga yo’naltirayotgan energiyangizni ortga surayotgan ishingizga sarflang. Harakat xavotirdan xalos etadi.

3. Ro’yhat ustida ishlash uchun alohida vaqtni (bugun) belgilang.

Agar siz uchun ishning mushkul qismi uni boshlab olish bo’lsa, vaqtni muayyan “davrlarga” ajratib olib, “keyinga qoldirayotgan” vazifa, loyiha yoki shaxsiy maqsadingizning har biriga kamida 30 daqiqa ajrating.

4. Mukammallikdan voz keching.

Muhimi kutilgan natijalarga erishish emas, eng muhimi bu vazifaga qancha kuch bag’ishlashingiz. Perfektsionizm (har bir ishni to’la-to’kis bajarishga harakat qilish) o’zingizni koyishga olib kelmasin.

5. Agar ortga surayotgan ishingiz boshqa bir insonga ham bog’liq bo’lsa, u bilan gaplashib oling.

Vazifalarni ortga surayotgan sabablaringiz faqatgina sizning tasavvurlaringizdagina bo’lishi mumkin. Muloqot yetishmovchiligi ko’pincha tuproq uyumlarini tog’dek ko’rsatishi mumkin.

6. O’zingizga shu savolni bering, “Agar bu ishni shu bugunoq bajarsam, yuz berishi mumkin bo’lgan eng ko’ngilsiz voqea nima?

Siz ortga surayotgan ishlarga taaluqli natijalardan hayiqib turibsizmi? Yuz berishi mumkin bo’lgan eng ko’ngilsiz voqea, ko’pincha, kichik noqulaylik yoki vaqtinchalik muvaffaqiyatsizlikdan iborat bo’lishi mumkin.

7. Ortga surib kelayotgan ishingizni bajarganingizda o’zingizni qanday his qilishingizni ko’z oldingizda gavdalantiring.

Xavotirdan ozodlik. Ich-etingizni kemirayotgan g’ashliklardan ozodlik. O’zingizga bo’lgan ichki shubha va gumonlardan xalos bo’lish. Keyinga surayotgan vazifalaringizni yakunlash sizga ulkan ichki ishonch va energiya beradi.

@getpsychedup
​​​​Virtual insonlar: Suniy intellekt kelajagi

Insoniyatning birlashuvi bashariyat tarixidagi misli ko’rilmagan kuch edi. Insonlar bir-birlari bilan hissiyotlar, axborot almashinuvi, muloqot, jamoa ko'magi vositasida uzviy aloqada bo’lishadi. Kelgusi asr suniy intellekt va insonlarning birlashuvi bilan birga tilga olinadi. Ular bizni va biz ularni ichki hissiyotlar yordamida tushuna oladigan mashinalar yaratishimiz zarur. Mening ismim Mark Sagar va men jamoam bilan hamkorlikda vizual inson obrazini yaratish ustida ishlamoqdamiz. Biz insonlar kabi yuzma-yuz muloqotga kirisha oladigan mashina yaratyapmiz. Ularda o’z xulq-atvorini tartibga solish imkoniyatini beradigan miya, vizual nerv sistemasi, vizual tana mavjud bo’lib, ular o’rganish, jonli muloqot qilish, gapirish va bizda mavjud barcha qobiliyatlarga ega. Biz ustida ishlayotgan loyihaga to’xtaladigan bo’lsam, biz Baby X tadqiqot loyihasi ustida bosh qotiryapmiz. Baby X o’z tajribalari yordamida o’rganish va insonlar kabi muloqotga kirishish qobiliyatiga ega bo’lgan vizual go’dak. Maqsadimiz xuddi inson bolasi kabi saboq olish qobiliyatiga ega mashina yaratish.
Hikoyanavis tilida bu nimani anglatadi? Yozuvchi hikoya qahramonini qanday yaratishi haqida o’ylab ko’rsangiz, yozuvchi unga bir qancha shaxsiy xususiyatlarni jo etib, uni turli vaziyatlar qarshisida tasavvur qiladi. Agar biz miya, xotira, hissiyotlarga ega bo’lgan hikoya qahramonini yarata olsak, ularning virtual olamdagi xarakterlarni yaratish imkoniyatini qo'lga kiritamiz, ular bilan muloqotga kirisha olamiz, ularga yo’l ko’rsata olamiz va bu hikoyaning jonli qahramoniga aylanamiz.

@pslog
​​Pareydoliya - psixologik fenomen boʻlib, noaniq shakl, tasvir yoki tovushlar orasida tanish belgilar uchratishda namoyon boʻladi. Pareydoliyaga bulutlarda turli hayvon yoki yuzlar koʻrish, gramplastinkalar teskari oʻynaganda xuddi yashirin xabarlar va shivirlashlar eshitish misol boʻladi.