𝑀𝑒𝑑𝑖𝑢𝑚’𝑑𝑎𝑔𝑖 𝐴𝑧𝑖𝑧𝑎
246 subscribers
911 photos
125 videos
1 file
371 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
​​2 daqiqalik chalg'ish

Salbiy fikrlashning eng nosog'lom va keng tarqalgan shakllaridan biri shilqim fikrlar deb ataladi.

Shilqim fikrlar tin olmay o’ylayverish degani. Rahbaringiz sizga o’shqirib berdi yoki auditoriyada professor sizni ahmoqqa chiqardi, yo do’stingiz bilan qattiq urushib qoldingiz va bu manzaraning xayolingizdan bir necha kunlab o’chmasligi, ba’zida haftalab davom etishidir.

Ko’ngilsiz voqealar to’g’risida bu yo’sinda o’ylayverish osongina odatga aylanishi mumkin va bu siz uchun qimmatga tushadi, chunki noxush va salbiy hislarga uzoq vaqt berilish natijasida o’zingizda klinik depressiya, alkogolizm, ovqat buzulishlari va hatto yurak hamda qon-tomir kasalliklari vujudga kelish xatarini birmuncha oshirasiz.

Muammo shundaki, shilqim fikrlarga berilish ehtiyojdek va o’ta zarurdek tuyilishi mumkin, shu bois bu odatdan voz kechish mushkul. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bor-yog’i ikki daqiqaga o’zingizni chalg’itish o'sha daqiqadayoq shilqim fikrlardan qutulish uchun yetarli.

Agar boshingizda fikrlar girdobi aylanaversa, ulardan xalos bo'lish va o'zgacha fikrlash uchun biror chora ko'ring. Ta'sirli asar mutolaasiga sho'ng'ing yoki boshqa olamga eltuvchi biror film tomosha qiling. Mashq qiling. Yayov yurish uchun ko'chaga chiqing. Qisqa qilib aytganda, fikrlaringiz yo'nalishini ijobiyroq tomonga burish uchun siz bilgan usullarning barchasini sinab ko'ring. Salbiy fikrlarga qarshi kurashing.

Fikrlaringiz yo'nalishini atigi 2 daqiqa mobaynida o'zgartira olsangiz, shilqim fikrlarning destruktiv siklidan xalos bo'lasiz. Salbiy fikrlashga qarshi kurashish orqali ruhiy jarohatingizni tuzatibgina qolmaysiz, balki o'zingizda ruhiy chidamlilikni yaratasiz, o’sa boshlaysiz. ✌️

@pslog
"Soatga termulmang; U nima qilayotgan bo'lsa, siz ham shuni bajaring. Davom eting."

©Sem Levenson

@pslog
“Bir qarorga kela turib ham, keyinroq bu qaroringizni bemalol, o’zgartiraverishingiz mumkin. Fikringizni o’zgartirish sizda fikrlash qobiliyati mavjudligini bilishning eng ishonchli yo’lidir.”

— Uiliyam E. Levis

@pslog
​​"Ur yoki yugur" stress reaksiyasi atrofimizdagi stress va xavflarni yengishimizda o’ta muhim rol o’ynaydi. Xavf ostida qolganimizda ushbu reaksiya tanani kurashga yoki qochib qolishga hozirlaydi. Ammo "ur yoki yugur" stress reaksiyasi ham real, ham tasavvurdagi xavflar ta’siri ostida vujudga kelishi mumkin.
👍1
​​Hayotda eng muhimi, o'zingizga o'xshagan telba insonni topish, u bilan hattoki uyingizdagi suvaraklar ham do'stlashib ketsin!

@pslog
✍1
​​Har doim ijobiy kayfiyatda bo’lishingiz shart emas. Ma’yuslik, jahl, xafagarchilik, qo’rquv va bezovtalikni bamaylixotir his qilishingiz mumkin. Hissiyotlar mavjudligi sizni negativ inson qilib qo’ymaydi. Ular sizning inson ekanligingizdan dalolat beradi. (Lori Deshene)
🎉1
​​Finlandiya ta’lim tizimi ancha yillardan buyon dunyodagi eng yuqori reytinglardan o’rin olib kelmoqda. Dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari avstraliyalik o’quvchi tengdoshlari singari darslarga u qadar ko‘p vaqt ajratishmaydi.

Sinfxonada muayyan fan qanday o’qitilishi, darsda texnologiyadan qay darajada foydalanilishini o’qituvchining o’zi hal qiladi.

11 yoshli Mintu Latimarki maktabda o’quvchilar tomonidan yurgiziladigan tamaddixonada ishlash uchun darsdan chiqishga ruhsat so’raydi. Finlandiyada kitoblar va maktab ekskursiyalari kabi tushlik ham bepul. O’quvchilar yeguliklarni o’zlari tanlashadi va taomni o’qituvchilar bilan birga tanovvul qilishadi, so’ngra o’z idishlarini o’zlari yuvib qo’yishadi. Maktabdan so’ng, kimdir futbol o’yiniga borsa, boshqalar basketbol o’yiniga borishadi va yana kimdir muz xokkey maydoni ochilishini kutadi. Sovuq va yomg’irli kunlar ham hisobga olinib stol tennisi, bilyard stoli va hattoki xonaning bir chekkasida Pley steyshn ham bor.

Bu maktab boshqa maktablardan ko’ra boyroq, demak ko’proq pul olsa kerak deb o’ylaysizmi? Unday emas. Ota-onalardan to’lov olish yoki maktab byudjetini yaratish ta’qiqlangan. Barcha maktablar soliqlar hisobiga teng moliyalashtiladi.

Finlandiya maktablarida imtixonlar muntazam ravishda o’tkaziladi, ammo uning natijalari chiqarilib, e’lon qilinmaydi. Ta’lim tizimida na elita va na “bo‘shroq” maktablar mavjud. Sinov natijalaridan maktab o’z faoliyatini baxolashda foydalanadi.

Ehtimol, ta’lim tizimida eng katta farq o’qitishda muayyan standarddan foydalanishidir. Levi ismli o’quvchining matematika o’qituvchisi besh tilda gaplasha oladi va magistr bosqichini ta’momlagan. “Agar chindan ham o’qituvchi bo’lish istagida bo’lsangiz, u sizdagi ikkinchi yoki uchinchi tanlov bo’la olmaydi. U sizning yagona tanlovingiz bo’lishi kerak,” deydi o’qituvchi Ona Arnez.

Maktab direktori Vesa Ayres shunday deydi, “Insonlarga ishonch bildiradigan tizimni barpo etishga harakat qiling, degan bo’lardim,” Va ishonchning ilk investitsiyasi o’qituvchilarga kiritilmog’i zarur.

@pslog
❤1
​​Juda ko'pchiligimiz ruhiy salomatlik bilan bog'liq oddiy jarohatlar olamiz, deydi Gay Uinch Psychology Todayda. U hissiyotlarimiz va ongimizga ham xuddi tanamizga g'amxo'rlik ko'rsatgandek e'tibor qaratishimiz kerakligini — zarurat tug'ilganda birinchi emotsional yordamni o'zimiz ko'rsatishimiz lozimligini ta'kidlaydi.
​​Jim Ron: Siz g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodirsiz

Hayotingizdagi ko’ngilsizliklar bilan yuzlashish va ularga barham berish haqida gap ketganda, muhim savol shunday: Buni o’zgartirish uchun, shu bugundan boshlab, nima qila olasiz?

Hammasi siz o’ylagandek bo’lmasa, nima qila olasiz? Cho’ntagingizda bir chaqa qolmasa, nima qila olasiz? Tushkunlikka tushsangiz, nima qila olasiz? Hammasi chipakka chiqsa, nima qila olasiz? Qo’lingizdan nima keladi?

Keling, to’liqroq javobni avval o’zim beray…

Nimaiki yuz berishidan qati nazar, siz eng g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodirsiz. Eng ilojsiz yoki musibatli vaziyatlarga tushishlariga qaramay, insonlar aql bovar qilmas, kutilmagan ishlarni amalga oshirishga qodir.

Nega insonlar g’aroyib ishlarni amalga oshirishga qodir? Chunki ular — g’aroyib. Insonlar boshqa mavjudotlardan farq qiladi. It begona o’tlar orasiga kirib qolsa, ularni payhon qilib tashlaydi. Negaki u it. Ammo inson bunday qilmaydi. Inson begona o’tlarni bog’larga aylantira oladi.
Biror narsadan ko’nglingiz to’lmasa, uni o’zgartiring. Biror nima istaklaringizga munosib bo’lmasa, uni o’zgartiring.

Insonlar yo’qni borga, chaqani xazinaga va musibatni muvaffaqiyatga aylantira oladi. Bunday g’aroyib ishlar qila olishiga sabab, ular g’aroyib mavjudotlardir. Qalbingizga quloq tutishga urining; bunday g’aroyib insoniy tuhflardan yanada ko’prog’ini topasiz. Ular shu yerda, kashf etilishni va naf keltirishni kutmoqda.

Bu tuhfalar yordamida siz o’zgartirmoq niyatida bo’lgan har neki bo’lsin, uni o’zgartira olasiz. Sizni shunga chorlayman, negaki siz o’zgartira olasiz. Agar biror narsadan ko’nglingiz to’lmasa, uni o’zgartiring, yetishmovchiligingiz bo’lsa, uni o’zgartiring. Biror nima istaklaringizga munosib bo’lmasa, uni o’zgartiring. Agar biror nimadan mamnun bo’lmasangiz, uni o’zgartiring. Agar vaziyat sizga yoqmasa, uni o’zgartiring! Siz daraxt emassiz. Kelasi kun o’sha-o’sha holatda turishga aslo majbur emassiz.

Agar bizni quvontiradigan yagona narsa nima, deb so’rasangiz, u bizdagi zarur ishlarni o’zimizga bajartira olish, ko’zlangan natijaga erishish, kamchiliklarni muvaffaqiyatga aylantirish qobiliyatimizdir. Va bu, g’aroyib.

@pslog
​​O'zingizga bo'lgan ishonchni va kayfiyatingizni yaxshilamoqchimisiz?

Ushbu soddagina mashq yordamida kayfiyatingizni 90 sekund ichida yaxshilashingiz mumkin. Daxaningizni ko'tarib, jilmaying (bunday qilishni istamasangiz ham) Yelkalaringizni orqaga tortib, tik holatda va qo'llaringiz yon tomoningizga yoki bellaringizga qo’yib gerdayib turing. Oyoqlaringizni har ikkalasini old tomonga qaratgan holda vazningiz og’irligini ikkala oyoqlaringizga tushuring. Shu holatda 90 sekund tik turing.

Ilmiy tadqiqotlarning ko'rsatishicha, gavdangizni tik holatda tutsangiz va jilmaysangiz, siz o’ziga ishongan va baxtiyor inson qiyofasida namoyon bo’libgina qolmaysiz, balki o’zingizni haqiqatdan ham shunday his qilasiz. O’zimizni baxtli his qilmoqchi bo’lsak, ko’proq tabassum qilamiz. O’zimizga ishonchni his etmoqchi bo’lsak, unda gavdani tik tutib, yelkalarimizni orqaga tashlaymiz.

Ushbu gavda holatini atigi 90 sekund ushlab turish o’ziga ishonchni oshiruvchi testosteron moddasini oshirib, stress darajasini pasaytiruvchi kortizolni kamaytiradi.

Darvoqe, jilmayish, hattoki qalban emas, atayin qilingan tabassum ham kayfiyatni yaxshilovchi gormonlarni, bulardan dofamin, serotonin va endorfinlarni ko'proq ishlab chiqaradi.

@pslog
Onajon, dunyodagi eng yaxshi qiz onasi bo'lish qandayligini bilasizmi?

Bilmasam, asalim, buni buvingdan so'rashing kerak.

@pslog
01. Touch The Sky.(www.agr.moy.su)
Brave
Sovuq tunni yorib o’tgay o’q yoyim, men ham jo’shqin daryo, o’qdek uchaman, Qushdek parvozga shayman, qanotlarim yozib keng samoni quchaman.
🌊
Zulmat o’rmon qari yashirsa sirlar
Tog’lar mag’rur va egilmas bo’yin
Chuqur soylar so’ylar
unutilgan o’tmish hikoyalarin
🌊🌊
Ularning har bir hikoyasini tinglab
O’z orzularim qo’lidan qattiq tutaman
Dengizlar dovuli kabi kuchli bo’lib
Burgut qiyqirig’i kabi mag’rur turaman
🌊🌊🌊
Sovuq tunni yorib o’tgay o’q yoyim, men ham jo’shqin daryo, o’qdek uchaman, Qushdek parvozga shayman, qanotlarim yozib keng samoni quchaman. ©️

@pslog
​​Muvaffaqiyatli pessimistni uchratganmisiz?


Optimizm va pessimizm, ular turfa xil dunyoqarashlar — bizning butun borlig’imiz shakl-u shamoyilini yaratuvchi va uni namoyon etuvchi qarashlardir. Negaki, bu haqda bir o'ylab ko'ring, xursand pessimistni uchratganmisiz?

Lo’nda qilib aytganda, bizning hayotga optimist yoki pessimist nigohda qarashimiz…

… o’tmishni qay yo’sinda talqin etishimiz.
… hozirgi vaqtga qanday qarashimiz.
… kelajakni qanday tasavvur qilishimizdir.

Optimizm va pessimizm o’rtasida va ularning sizga ko’rsatadigan ta’sirida ham keskin tafovutlar mavjud:

Nekbinlik sizda har kuni hayotga chanqoqlik uyg’otadi.
Badbinlik sizni chanqatadi.

Optimizm zarur tavakkalchiliklarga qo’l urishingizga yordam beradi. Pessimizm tinchgina bundan uzoqroq bo’la qoladi va ko’p narsalardan mosuvo bo’ladi.

Optimizm atrofingizdagi insonlarga qanot bag’ishlasa, pessimizm uni qayiradi.

Optimizm insonlarni yangi cho’qqilarni zabt etishga undaydi. Pessimizm ularni qadam yetmagan pastliklar qariga yetaklaydi.

Optimizm va pessimizm faqatgina bir masalada uyg’un fikrda: ularning har ikkalasi o’zlaricha haq. Agar siz optimist bo’lsangiz, ko’p hollarda hayotingizda yaxshi narsalar ro’y berishiga amin bo’lasiz. Va agar pessimist bo’lsangiz, ko’pdan-ko’p holatlarda o’zingizni noxush vaziyatlar tevaragida topasiz. Inson osongina optimist bo’la oladimi? Ha! Biz dunyoga har qanday nuqtai nazardan qaray olamiz. Kurrai zaminga boqib, yomonliklarni birma-bir sanashimiz yoki har bir vaziyatning yaxshi tomonini aytishimiz mumkin.

Optimist bo’lishning bir qancha foydali jihatlari mavjudligiga qaramay, “Lekin, bu voqeaga real nazar tashlamaslik” deydigan ayrim pessimistlar ham yo’q emas. Bu kimga qiziq? Qiyin ahvolda bo’lsangiz ham, hech bo’lmaganda bundan avval hayotdan zavqlanib, betashvish yashadingiz. Optimist inson bo’lib esa “salbiy” vaziyatga o’sish va o’rganish uchun imkoniyat sifatida qaray boshlaysiz. Shu tariqa siz hattoki qoqilishlarga ham quchoq ochishingiz mumkin, negaki ular sizning oyoqqa turishingizga tayanch va kelgusi muvaffaqiyatingizga tadbiq etilguvchi saboq vazifasini o’taydi.

Muvaffaqiyatli pessimistni uchratganmisiz? Optimist bo’lishga bel bog’lang va borlig’ingiz o’zgarishini o’z ko’zlaringiz bilan ko’ring.

@pslog
Raqamli detoksatsiya mavzusiga aloqador ushbu qisqa filmni ko'rishingizni tavsiya qilaman: Ijtimoiy Hayot (Ijtimoiy tarmoqqa joylayotgan postingizdagi hayotda yashayapsizmi?) filmi doim o'zi yashashni orzu qilgan hayotda…onlayn umrguzaronlik qilayotgan Meredit ismli ayol haqida. Meredit sog’lom turmush tarzini yo’lga qo’yish, qattiq ishlash va do’stlari bilan aloqada bo’lib turish: muvozanatli hayot kechirishga intiladi. U kengroq doiradagi do’stlarni ham qamrab olgan ijtimoiy tarmoqda o’z “imidji”ni yaratmoqda. Ammo shunday kunlardan birida uyg’onib, uning asl qiyofasi, aslida, u boshqalar bilan bo’lishgan rasmlar kolleksiyasi ekanligini anglaydi. Mana shu uning hayotimi? Yoki u bor-yog’i puxtalik bilan tanlangan brendmi? Kerit Lemen tomonidan yaratilgan ushbu qisqa film ijtimoiy tarmoq depressiyasi haqida.

@pslog
Forwarded from TED | Uzbek Language
Platsebo effektining samarasi

🔴 Platsebo effektining samarasi

🗣 Emma Brays

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

📄 Platsebo effekti yetarlicha izohlanmagan fenomen bo'lib, unda ta'sir ko'rsatishi kutilmagan — va ko'pincha sohta — dorilar, muolajalar va davolash usullari mo'jizaviy ravishda insonning oyoqqa turishiga yordam beradi. Nimalar ro'y beryapti? Emma Brays platseboning g'ayrioddiy foydali jihatlari namoyon etayotgan sir-asrorlarni o'rganishga kirishadi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~4 min