π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
244 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Psixologik fakt

Savol berib, qisman yoki mujmal javobni olsangiz, xushmuomalalik bilan sukut saqlang. Shunchaki kuting.

Javobi suhbatdoshini qoniqtirmaganini tushungan kishi odatda o'z gapini davom ettiradi.

@pslog
‴️ Har qanday sohaning yetakchisi bo'lish sizdan uzoq vaqt va urunishni talab etadi.

Odatda insonlar o'ylaganlaridan ko'ra ko'proq vaqt talab etgan narsalardan shashti so'nib qoladi. O'sha onlarda yodda saqlash kerak bo'lgan bir jihat shuki, o'zingiz bo'lishni istayotgan shaxs darajasiga yetgan insonlar to'g'risidagina fikr yuruting, buni ko'pchilik uddalay olmaydi. Ular boshqa omadi chopmagan insonlarga qarab, hatto ishga kirishmasdan avval ularning tajribasiga tayanadilar. Har qanday muvaffaqiyatli shaxsga nazar solsangiz, ularning barchasida bir umumiy jihatni payqaysiz. Ular o'z hunarini o'rganish va to'la egallash uchun ajratgan vaqtni boshqa hech kimniki bilan qiyoslab bo'lmaydi. Muvaffaqiyatga eltib qo'yadigan lift yo'q; Zinapoya orqali chiqishingiz kerak.

@pslog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'yinchoqlarsiz, kiyimlar savati va paypoqlar... hayot naqadar qiziqarli va maroqli...suhbat esa mutlaqo yangi tilda!

@pslog
​Yolg'on haqiqatga aylanmagunicha, yolg'onni haqiqat qilib ko'rsating

"Qayishqoq miya – Ro'yo haqiqatga aylanmagunicha, uni haqiqat deb biling." maqolasida keltirilishicha, neyroplastiklik, bu – miyaning o'zini o'zi moslashtirish, qayta tiklash va o'z tuzilishini o'zgartirishga imkon beruvchi xususiyatidir. Bu fikr miyaning qattiq tuzulishga ega ekanligini ilgari suruvchi nazariyani inkor etadi.

Bir asr muqaddam Dr. V.S. Ramachandran ko'zgu qutti deb nomlangan asbobni yaratdiβ€” u mavjud bo'lmagan qo'l yoki oyoqni his etish qobiliyati, ya'ni fantom limb sindromidan aziyat chekayotgan bemorlarga yordam berish maqsadida yaratilgan edi. Qutti bemorning qo'lini shu qutti ichkarisiga solib, o'zining mahrum bo'lgan qo'lini boshqasida tasavvur qilish yo'sinida ishlardi. Ko'zgu bemorning o'zida mavjud bo'lgan qo'li aksini u xuddi hali ham o'z joyidagidek ko'rish
va bora-bora shuni his qilishga imkon berardi.

Bu nazariya miyamizni o'zimiz istagandek fikrlash va ishontirishga undashimiz mumkinligini izohlaydi. β€œRamachandran ko'zgu quttisi kishiga uning miya faoliyati bunga erishgunga qadar o'zi istagan voqelikning sodir bo'lishiga guvoh bo'lish imkonini berardi.”


@pslog
​Hissiy gigiyena

Fikrlarimiz va hislarimiz – ular biz o’ylaganimiz kabi sodiq do’stlar emas... Ular ko’proq kayfiyati tez ayniydigan do’stlarga o’xshaydilar, bir qarasangiz sizni ko’klarga ko’taradi, keyin esa o’ta sovuqqon.

Qachonlardir 20 yillik turmushidan so’ng, oilaviy munosabatlari achinarli yakun topgan bir ayol bilan ishlagandim, u nihoyat ilk uchrashuvga chiqishga yuragi betlagandi. U o’sha inson bilan onlayn tarzda tanishgan, u yaxshigina, muvaffaqiyatli ko’rindi va eng asosiysi, uning ayolda ko’ngli borligi sezildi. U juda hayajonda edi, yangi liboslar sotib oldi, shu tariqa ular Nyu York shaxrining ichimliklar barida uchrashdilar. Uchrashuvga o’n daqiqa yetar-yetmas, erkak o’rnidan turib, β€œMenga yoqmadingiz," dedi-yu, tark etdi. Rad etilish nihoyatda og’riqli. Ayol shunchalik iztirobda ediki, qilt etmadi.

Qo’lidan kelgani do’stiga qo’ng’iroq qilish bo’ldi, xolos. Do’sti esa shunday dedi: "Xo’sh, nimani kutganding? Beling beso’naqay, aytishga arzirli aytarli biror narsang yo’q. Nega endi uningdek kelishgan, muvaffaqiyatli inson senga o’xshash betayinga qaylig’ bo’lsin?"

Daxshat, to’g’rimi, do’st ham shunchalar bag’ritosh bo’ladimi? Ammo bu so’zlarni aytgan inson aslida uning do’sti emasligini aytganimda bunchalik hayratga tushmagan bo’lardingiz.

Bu so’zlarni ayol o’ziga aytgandi. Va bu holat barchamizga tanish, ayniqsa mag’lubiyatdan so’ng. Barcha xatolarimiz va bor kamchiliklarimiz, bo’lsam qani edi, bo’lmasam qani edilar to’g’risida o’ylay boshlaymiz. O’zimizga laqablar to’qiymiz. Unchalik darajada bo’lmasa-da, bunga hammamiz qo'l uramiz.

Shunday qilishimiz qiziq, chunki o’z-o’zimizga beriladigan baho allaqachon aziyat chekyapti. Nega endi to'xtamay parchalashimiz kerak?

Tanamizni ataylab jarohatlamaymiz-ku? Qo’lingizni kesib, "To’xtab tur! – Qo’limga pichoqni tiqib, qanchalik ichkariroq kirishim mumkinligiga qarab ko’raman." demasdingiz.

Ammo buni ruhiy jarohatlarimizga har doim ravo ko’ramiz. Nega? Zaif hissiy gigiyenamiz tufayli. Negaki ruhiy salomatligimizni eng oldinga qo’ymaymiz.

O’zingizga beriladigan baho pasayganda, stress va bezovtalikka chalinishingiz xatari kuchayishi, mag’lubiyat va rad etilishlar yanada og’riqli kechishi va ulardan o’nglanish uzoq vaqt talab qilishini o’nlab tadqiqotlardan bilamiz;

Shuning uchun rad etilganingizda, birinchi qilishingiz kerak bo’lgan ish Jang klubiga qo’shilish va kimgadir musht tushurish emas, o’zingizga beriladigan bahoni kuchni qayta tiklashdir.

P.S. Hissiy iztirobni boshdan kechirayotganingizda, o’ta mehribon do’stdan kutiladigan mehr bilan o’zingizni siylang. β™₯️

[O’zingizga beriladigan bahoni himoya qiling]


Β©Psixolog Gay Uinch


@pslog
​​Psixologik layfxaklar

1. Ularning oyoqlariga razm soling.

Fan doktori Kerol Kinzey Goman, yetakchilarning ta'sirchan muloqotni tashkil etishlariga ko'maklashuvchi xalqaro doirada tan olingan nufuzli notiq, tana tilimiz biz yetkazib berayotgan muloqotning katta qismini tashkil etishi va bu jarayonda oyoqlarimiz ko'p narsalarni oshkor etishini ta'kidlaydi. Gomanning aytishicha, odamlar o'z tana tilini idora qilish chog'ida asosan yuz ifodalari va yuqori gavda holatiga ahamiyat qaratishadi, shuning uchun oyoqlar nazardan chetda va o'z holicha qoldiriladi. Agar oyoqlar ko'p qimirlasa, bu kishi asabiy holatda bo'lishi mumkin. Agarda oyoqlar kesishgan holatda bo'lsa, bu inson o'zini xotirjam va qulayroq his qilmoqda.

Bulardan tashqari, agar kimgadir yaqinlashganingizda ularning oyog'i siz tomonga yo'nalgan bo'lsa, ular siz bilan suhbat qurish istagida. Biroq agar ularning gavdasi boshqa yoqqa qaragan va oyoqlari sizdan yiroqqa yo'nalgan holda qolaversa, ularga xalaqit bermasligingizni istayotgan bo'lishlari mumkin.

2. Gapirayotganingizda bosh irg'ang.

Goman, shuningdek, tana holatiga taqlid qilish ahamiyatiga alohida urg'u beradi. Odamlar sizning tana holatingizga taqlid qilsalar, ular shu yo'l bilan sizga hamfikr ekanligini noverbal tarzda bildirmoqda. O'z nutqingizni yetkazish mahalida biroz bosh irg'asangiz, siz suhbatlashayotgan inson odatda sizning harakatlaringizga taqlid qilish va undan so'ng sizning fikrlaringizga ko'nishni boshlaydi.

@pslog
​​Ba'zilar yomg'irni his qilishadi, boshqalar esa shunchaki ho'l bo'lishadi.

- Bob Marley

"Hayot dovul tinishini kutishdan iborat emas, aksincha yomg'irda raqs tushishni o'rganishdir."
-muallifi noma'lum

"Teringizdagi yomg'irni his qiling, siz uchun boshqa birov his qilmaydi."
-Natasha Bedingfiyeld

Bob Marleyning his-tuyg'u haqidagi ushbu mashhur iqtibosi komfort zonasida hayot kechiradigan, atrofida ro'y berayotgan voqeliklarning chinakam kechinmalarini tuya olmaydigan insonlar to'g'risida. Ba'zilar yomg'irni his qilishadi va ayrimlarda hech qanaqangi hislar yo'q; ular shunchaki ho'l bo'lishadi. Atrofingizga ziyrak ko'z bilan qarash yomg'irni his qilishingizga yordam beradi, biror narsada chunonan mashg'ul bo'lsangiz, yomg'irni his eta olmasligingiz mumkin.

@pslog
​​Ko'z bilan aloqa qilish

Biror kishi bilan ilk bor uchrashganingizda, nigohingizni ularga qaratib, tabassum qiling. Ularning ko'zlari rangini payqashga harakat qiling va nigohni yana bir necha daqiqa uzmaslik ularning sizga bildiradigan munosabatida ijobiy hislarni uyg'otishi mumkin. Bundan tashqari nigohni uzoqroq saqlab turish odamlarning ismlari va qiyofalarini osonroq eslab qolishingizga yordam beradi.

2007-yilda o'tkazilgan bir tadqiqot ko'ngillilarning notanish yuz qiyofalariga razm solayotganlarida ularning ko'z qirlarini kuzatib bordi. Yuzning chuqur qismlariga uzoqroq vaqt qarab turgan guruh ishtirokchilari yuzni tanib olish xotira sinovida yaxshiroq natijalarni ko'rsatishgan.

@pslog
Forwarded from TED | Uzbek Language
Nega hissiy-emotsional gigiyenaga alohida e'tibor qaratish muhim

πŸ”΄ Nega hissiy-emotsional gigiyenaga alohida e'tibor qaratish muhim

πŸ—£ Gay Uinch

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

πŸ“„ Shamollash alomatlari yoki qattiq og'riqni sezganimizda shifokorga boramiz. Shunday ekan, nega ruhiy azob chekkanimizda ushbu soha mutaxassislari ko'rigiga bormasligimiz kerak? Juda ko'pchiligimiz ruhiy salomatlik bilan bog'liq oddiy muammolarni yolg'iz boshdan kechiramiz, deydi Gay Uinch. Biroq biz bunday qilmasligimiz kerak. U hissiyotlarimiz va ongimizga ham xuddi tanamizga g'amxo'rlik ko'rsatgandek e'tibor qaratishimiz kerakligini β€” hissiy gigiyenaga amal qilish rad etib bo'lmas hayotiy zarurat ekanligini misollar asosida ko'rsatib beradi.

Tarjimon: Aziza Pulatova

⏱ ~17 min
​Biz oson qo'lga kiritiladigan narsalarning qadriga yetmaymiz

Buni hayotning barcha jabhalarida kuzatish mumkin. Misol uchun sog'liqni oling. O'ta kamchilik insonlar o'z sog'lig'iga jiddiy munosabatda bo'ladilar. O'z sog'ligidan ayrilsa, bu ularga baxt tortiq qilmasligini biladilar, shunday bo'lsa-da ular sog'liq uchun zararli taomlarni iste'mol qilish va jismoniy mashqlarni ortga surish, ortiqcha yog' yig'ish va turli ozdiruvchi markazlarga qatnashda davom etadilar. Bu baribir hech qanday ish bermaydi. Nega? Negaki ular o'z sog'ligiga jiddiy e'tibor qaratishmaydi va buning ortidagi asl sabab uning tekinligida. Mashinalarga ko'p pullarni sarflaymiz va uni yaxshi tutamiz. Agar o'z tanamizni sotib olganimizda, uning bahosi qancha bo'lishi mumkinligini tasavvur qilib ko'ring-a? Ana undan keyin unga ulkan miqdordagi pul evaziga erishganimizda qanchalik yaxshi g'amxo'rlik qilishimiz mumkinligini tasavvur qiling.

@pslog
Yuzingizga tabassum yugurtiruvchi iqtiboslar

Chin yurakdan qilingan tabassumning juda ko’plab foydali jihatlari mavjud: u miya faoliyatini yaxshilaydi, boshqalar tomonidan do’stona qarshi olinasiz va atrofingizdagi insonlarga xursandchilik ulashadi.

Birgina tabassumning kuchini bilasizmi? Britaniyalik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, u 2000 ta shokolad qutisidagi shokoladlarni yeganingizda va hisobingizga 16 000 funt sterlingni qabul qilganingizda his etadigan hissiyotni, miya stimulini beradi. Hmm, bu yomon emas, deysizmi? Albatta! Bir kunda millionlab bolalar kuniga 400 martadan ko’proq tabassum qilib, o’zini xuddi Mark Zukerberg kabi his qilmoqdalar.

@pslog
​​Hamma kimgadir o’xshash istagida bo’lgan dunyoda kamchilik sayohat qilgan yo’ldan borish ulkan jasoratni talab etadi.

Shaxsiy hayotimizning barcha jabhalarida biror ishga yeng shimarishdan avval har gal o’n kishidan so’raymiz. Nimaga ishonchimiz komilligiga va hech qanday xatoga yo’l qo’ymaslikka har doim qaytadan ishonch hosil qilishni istaymiz. Muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan qattiq qo’rqamiz va shuning uchun hamma taklif qilgan yo’ldan boramiz, hamma qilgan ishni biz ham qilamiz, hamma egallagan kasbni egallaymiz, hamma kiygan kiyimni kiyamiz, ishda tanish insonlar bilangina vaqt o’tkazamiz. Nima uchun? Negaki biz qo’rqamiz. Ammo hayotingizdan zerika boshlaganingizda, hamma qilgan ishni siz ham qilishga majbur emasligingiz va taqdiringiz dunyodagi boshqa barcha insonlarnikidan farq qilishini anglab yetasiz. Biroq buni anglash uchun og’ir tovon to’lash kerak, chunki yuragingiz amriga quloq tutib, o’z yo’lingizdan borish sizdan ulkan jasoratni talab qiladi.

@pslog
​​Qo'yib yuboring

Quyida Dr. Billi Graham tomonidan yozilgan juda ibratli hikoya berilgan.

Bir kuni mitti bolakay juda qimmatli vazani o'ynab o'tirgandi. U qo'lini vazaga tiqdi-yu, undan qo'lini chiqara olmay qoldi. Otasi ham qo'lidan kelganini qildi, ammo bu biror natija bermadi. Ota shu so'zlarni aytayotganda, ular vazani sindirish haqida o'ylayotgan edilar, "Qara, o'g'lim, yana bir bor urinib ko'r. Qo'lingni yozib, xuddi men ko'rsatayotgandek barmoqlaringni tekis tut, so'ngra tortib ol."

Bolakay otasini hayratga solib shunday dedi, "Yo'q, otajon, barmoqlarni bunday yoza olmayman, agar shunday qilsam, tangamni tushirib yuboraman-ku."

P.S. Kulgingiz kelsa, kula qoling--ammo siz va bizga o'xshash minglab insonlarni mana shu bolakayga qiyoslash mumkin, dunyoning sariq chaqasiga arzimas tangasini tutish bilan shunchalar ovvoraki, erkinlikni qabul qila olmaydilar.

Yuragingizdagi o'sha ahamiyatsiz narsalarni uloqtirishingizni iltijo qilaman.Taslim bo'ling! Qo'yib yuboring!

@pslog