π‘€π‘’π‘‘π‘–π‘’π‘šβ€™π‘‘π‘Žπ‘”π‘– π΄π‘§π‘–π‘§π‘Ž
244 subscribers
917 photos
125 videos
1 file
372 links
Psixologik Blog: https://medium.com/@azizapulatova

Psixologik memlar: @PsychMems
Download Telegram
Tutunli xona eksperimenti

Biror kimsani tang ahvolda ko'rsangiz, yordam berishga harakat qilgan bo'lardim, deb o'ylaysizmi? Psixologlar bu savolga javob atrofda necha nafar kishi borligiga bog'liq ekanligini aniqladilar. Biz vaziyatga yagona guvoh bo'lganimizdagina yordam qo'lini cho'zishga moyilmiz, odamlar orasida bo'lganimizda esa yordam berishimiz ehtimoldan holi vaziyatga aylanishi mumkin.

Bu fenomen Kitti Jenoves ismli yosh ayolning o'limi sabab omma e'tiboriga tushdi. Ko'pchilik bergan ma'lumotlarga ko'ra, bir necha kishi unga qilingan tajovuzning guvohi bo'lib turishlariga qaramasdan, hech kim yordam qo'lini cho'zishni xayoliga ham keltirmagan.

Bu xulq-atvor kuzatuvchi effektiga bir misol sifatida qaralgan, yoki atrofdagilarning mavjudligi odamlarni harakatsizlikka olib kelishi. (Aslida, bir necha guvohlar zudlik bilan militsiya xodimlariga xabar berganlar, shu sabab Jenoves keysi kuzatuvchi effektiga mukammal misol bo'la olmaydi.)


Bir klassik eksperimentda tadqiqotchilar xonadagi ishtirokchilardan so'rovnoma olish uchun blankalar to'ldirishni so'radilar. To'satdan bu xona tutunga to'la boshladi. Ba'zi vaziyatlarda ishtirokchining bir o'zi xonada yolg'iz bo'lishsa, ba'zilarida hech narsadan xabari bo'lmagan uch nafar ishtirokchi bo'lgan va so'nggi vaziyatda bir nafar ishtirokchi va 2 nafar konfederatlar(eksperimentator yordamchilari) bo'lgan.

Ikki nafar konfederatlar ishtirokidagi vaziyatda, hamkorlik qilayotgan bu aktyorlar tutunga ahamiyat bermay, so'rovnomani to'ldirishda davom etishdi. Ishtirokchilar yolg'iz bo'lishganda, bu ishtirokchilarning chorak qismi tutun haqida tadqiqotchiga xabar berish uchun xonani xotirjam tark etishdi.

3 nafar haqiqiy ishtirokchilardan iborat bo'lgan vaziyatda bu ishtirokchilarning faqat 38 foizi tutundan xabar berishdi. Ikki nafar konfederatlar tutunga ahamiyat bermagan so'nggi eksperiment sharoitida ishtirokchilarning atigi 10 foizi tutundan ogohlantirish uchun xonadan chiqib ketishdi. Ushbu eksperiment odamlar o'z harakatlarini qanchalik atrofdagilarning munosabatiga tayanib amalga oshirishlariga yorqin misoldir.

Qandaydir voqea yuz berib tursa-yu, hech kim bunga ahamiyat bermayotgandek tuyulsa, odamlar guruhning munosabatiga ahamiyat qaratishga moyil bo'ladilar va vaziyatni shu tarzda baholaydilar.

πŸ”Ž @getpsychedup

Taslim bo'lmaslik - orzularimizga oyoqda tura olish imkoniyatini va vaqtini berishdir.

@getpsychedup
Qanchalik kuchli ekanlingizni kuchli bo'lish yagona chorangiz bo'lmagunicha aslo bila olmaysiz.

@getpsychedup
Sizni qanday sevishni bilmaganlarni kechiring. Ular sizga o'zingizni qanday sevish kerakligini o'rgatayotgan edilar.
- Ryan Elliot

Kechirish, bu aynan siz uchun va boshqa hech kim uchun emas. Kechirish bu, albatta, sizga ozor yetkazgan inson bilan yarashish yoki ularning harakati bilan murosai madoraga kelishni anglatmaydi. Siz izlayotgan narsa, bu β€” xotirjamlik ekanligini unutmang.

@getpsychedup
πŸ‘1
Falsafa o'qiganga: "Tinchlikmi faylasuf bo'lasanmi?"
Tarix o'qiganga: "Bizning boshimizga tarixchi keltirasanmi?"
Roman o'qiganga: " Bular bekorchi ishlar."
She'r o'qiganga: "Oshiq bo'ldingmi?"
Tasavvuf o'qiganga: " Bu ish kitoblardan o'rganilmas." degan insonlar bilan yonma-yonmiz...
O'qing, shunchaki o'qing.

@getpsychedup
O’tgan yili YouTubeda tarqalgan videoda, opasining pianino konsertida ishtirok etib, Bethovenning β€œOy yog’dusi sonatasi”ni tinglagan bolakay ko’zlariga yosh oldi. Video haqida joylangan minglab kommentlar orasida kichkintoyning musiqadan bunchalik ta’sirlanishidan hayratda qolgan musiqachilar ham bor edi. (Ko’pchilik unga musiqiy asbob sotib olib berish taklifini berishgacha bordilar.) @getpsychedup
#kun_iqtibosi

Vaqtingiz chegaralangan, shuning uchun uni boshqa birovning hayotini yashash bilan behuda sarflamang.

Stiv Jobs

P.S. Boringizcha bo'ling.

πŸ‘‰ @getpsychedup
Depressiya nima?

πŸ”΄ Depressiya nima?

πŸ—£ Helen M. Farrell

❗️Videoda subtitrlar orasidan o'zbek tilini tanlang❗️

πŸ“„ Depressiya dunyoda eng keng tarqalgan ruhiy kasallikdir; Qo’shma Shtatlarda 10 foiziga yaqin katta yoshli aholi depressiya bilan kurashadi. Ruhiy hastalik bo’lgani bois, uni tushunish, aytaylik, tanadagi xolesterindan ko’ra ancha murakkab tuyilishi mumkin. Helen M. Farrell depressiyaning alomatlari va davo choralarini izlab, undan aziyat chekayotgan do'stingizga qanday yordam bera olishingiz mumkinligi to'g'risida ba'zi maslahatlarni taqdim etadi.

⏱ ~4 daqiqa
Qanday yashash kerakligini burchakda turib tomosha qilishdan ko'ra qanday qilib dunyoning ham ichkarisida ham tashqarisida bo'lishni o'rgandim. Endi aslo, aslo hayotdan qochmayman. Sevgidanda....

- Odri Hepburn

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Art-terapiya 🎨 Yurak va miyaning shunday xilvat joylari borki, unga faqat san’at vositasidagina kirish mumkin. Tasviriy san'at - bu shunchaki kundalik tutishning boshqa bir yo'lidir, degan edi Pikasso.

@getpsychedup
Odamlar nima deganingni, nimalar qilganingni unutishadi, biroq ularni nimadir his qilishga majbur qilsang hech qachon unutishmaydi.

Mayya Enjyelou

@getpsychedup
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onlayn darsdan kichik lavha

Savol:
Bu yerda nima ishlamayapti deb o'ylaysiz? πŸ€”
Hosorne (Hawthorne) effekti bizni biror kishi kuzatayotgan pallada fe’l atvorimizni yaxshilashga moyilligimizdir.

Misol uchun, 2015-yilda shifoxonadagi xodimlarning qo'l yuvishlarini kuzatish borasida o'tkazilgan tadqiqot shunga amin bo'ldiki, xodimlar kuzatilayotganini bilganlarida ularning qo'l yuvish ehtimolligi uch barobar oshgan.

Hosorne effekti Amerika fabrikalaridan birida, Chikagoda 1920-yillarda o’tkazilgan tadqiqot nomiga atab qo’yilgan.

Bu effektning eng afzallik jihati: o’quvchilar o’zlarining kuzatilib, baholanayotganini his qilsalar, ularning faolligi oshadi.

Ulashing: @getpsychedup
Bugunning odami bo'lishga harakat qilmang, haqiqatning odami bo'ling, chunki zamon o'zgarar ammo haqiqat aslo o'zgarmas.

@getpsychedup
"Biz tezlikni yaratdik, biroq o'z'-o'zimizni berkitdik. Bizga farovonlik beruvchi mexanizmlar bizni ehtiyojmand qoldirdi. Ilmimiz bizni bag'ritoshga aylantirdi. Aqlliligimiz - shafqatsiz va berahm. Biz ko'p o'ylaymiz va juda kam his qilamiz. Bizga mashinlardan ko'ra ko'proq insoniylik kerak. Bizga aql-u salohiyatdan ko'ra mehr va rahmdillik zarur. Bu fazilatlarsiz hayot zulmdan iborat bo'ladi va barchasi yakun topadi."

🎞 "Buyuk diktator" filmidan Charli Chaplin nutqi


@getpsychedup