PROMAX EDUCATION LC
745 subscribers
5.95K photos
867 videos
1.02K files
3.6K links
Til o'rgatish va Abituriyentlar markazi

🚀 GENERAL ENGLISH • IELTS • CEFR
⭕️ KOREAN • RUS • TURK TILI
💢 ABITURIYENTLAR UCHUN BARCHA FANLAR

🔖 Batafsil : https://taplink.cc/promaxedu
☎️ Murojaat : (95)5137776
👨🏻‍💻 Admin : @promax_admin
Download Telegram
#tabrik

🛎​​ Assalomu alaykum hurmatli PROMAX EDUCATION NTM Abituriyentlari va endi PROMAXTER a'zosi bo'lish istagidagi yigit va qizlar !

Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni eng ulug‘ ayyom - O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik ayyomi bilan jamoamiz Ustoz va Murabbiylari nomidan muborakbod etamiz !

Vatanimiz suvereniteti, erkimiz, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimizni O‘zi hifzi himoyatida saqlasin, tinchligimiz, taraqqiyotimiz barqaror bo‘lsin ilohim.

Jannatmakon o‘lkamiz osmonining musaffoligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi barqaror, vatanimizning yuksak kuchu-qudrati, nurli yo‘li, xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lsin!

Ps: Barcha Abituriyentlarni kirish imtihonlarida ijobiy natija ko'rsatishlarida va ota-onangiz ishonchini oqlashingizda tilakdoshmiz !

❗️Yana bir bor mustaqillik bayrami bilan vatandoshlar!

NTM "PROMAX EDUCATION" jamoasi !!!


@promax_edu
#tabrik

❗️USTOZ

Sohibqiron yotar ustoz poyida,
Jomiyni pir tutgan Navoiy hazrat.
Ustoz buyuk degan buyuk qoida
Bu qaytar dunyoda azaliy hikmat.

Aflotunga shogird edi Arastu,
Ul shogirdga shogird bo‘ldi Iskandar.
Bu oltin silsila davomi mangu,
O‘zi ustoz bo‘lar ustoz ko‘rganlar.

Bormi murabbiydan baxtliroq inson,
Shogirdlar qilsa yuksakka parvoz.
Boshimizga tojsiz, bor bo‘ling omon,
Tabarruklar ichra tabarruk ustoz!


❗️ Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktyabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan NTM "PROMAX EDUCATION" o'quv markazi ma'muriyati tabriklaydi. Sizlarga sog'lik- omonlik, doimiy samimiyat tark etmasin deb qolamiz. Shogirdlar tarbiyalashdan charchamang, BUYUK USTOZLAR !


♨️@promax_edu
#tabrik

🔔 Assalomu alaykum hurmatli markazimiz yigitlari hamda kanalimizni kuzatayotgan o'zbek o'g'lonlari.

❗️NTM "PROMAX EDUCATION" Abituriyentlar tayyorlash va Til o'rgatish maktabi jamoasi sizlarni Ajoyib bayram Vatan Himoyachilari kuni munosabati bilan barchangizni muborakbod etadi. Albatta har bitta erkak o'z kasbi va xarakteriga qaramasdan, tabiatan vatan himoyachisidir. Insoniyatning barcha eng yuksak va kuchli tomonlarini jamlagan holda, sizning yakdilligingizni , bir so'zligingizni idrok va kuchingizni va ichonchli tirgak va suyanch ekanlingizni qadrlaymiz. Axir Siz Vatan Himoyasida Posbondirsizlar! Bayramingiz bilan! Barchangizga ishlaringizda zafarlar, baxt va omad, dunyodagi eng ezgu niyatlarni tilab qolaman Har doim bilaklaringizdan kuch-quvvat arimasin, yuragingiz esa vatan ishqida yonib yuraversin, ko`zlaringiz esa doim taqdirning ajoyib tuhfalaridan porlayversin.

Yana bir bor bayramingiz Muborak bo'lsin🥳🥳🥳

♻️@promax_edu
Eng muhim maqsadlaringizni biling !!!
#tabrik

🌺 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak bo‘lsin!

NTM "PROMAX EDUCATION" o‘quv markazi jamoasi barcha xotin-qizlarni, safimizda yelkama-yelka mehnat qilayotgan dilbar opa-singillarimizni ajoyib ayyom bilan muborakbod etadi! Sizlarga mustahkam sog‘liq, baxt va oilaviy farovonlik tilaymiz!

Kamtarin, jasoratli, muloyim va qat’iyatli bo‘lsangizda, barchangiz hamisha rahmdil va donosiz, mehringiz cheksiz, tashqi va ichki go‘zalligingiz esa g‘oyatda beqiyos.

Hamisha bahor gullaridek nafis va ohangrabo bo‘lib yuring! Yuzingizni tabassum, dilingizni shodlik tark etmasin!

Hurmat ila sizning sevimli o'quv markazingiz! Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

@promax_edu
#tabrik

❗️Assalomu alaykum☺️

Aziz Abituriyentlar hamda jonkuyar ustozlar !

NTM "PROMAX EDUCATION" jamoasi barchangizni umumxalq bayrami - Navroʻzi olam bilan samimiy muborakbod etadi!
Sizlarga farovonlik, muvaffaqiyatlar, sogʻliq, tinchlik tilaymiz... 💝💐

😍 Bayram kayfiyati sizlarni yil davomida tark etmasin!

Yana bir bor Navro'z bayramingiz muborak bo'lsin!

-------------------------
‼️ The team NTM "PROMAX EDUCATION congratulates the people of Uzbekistan on the national holiday of Navruz!
We wish you prosperity, success, health, peace and prosperity!


@promax_edu
Know your Priorities !!!
#tabrik

🧿 IYD RAMAZON MUBORAK AZIZLAR !!!

Sizlarni Ramazon Hayit bayrami bilan chin dildan tabriklaymiz!

🙏NTM "PROMAX EDUCATION" jamoasi sizlarga mustahkam iymon va oilangizga tinchlik, qut-baraka tilab qoladi.

❤️ Ushbu bayram hayotingizda ijobiy o'zgarishlarga hissa qo'shsin hamda barchangizga talabalik baxti nasib qilsin !

🚩 @promax_edu
Eng muhim maqsadlaringizni biling !!!
#tabrik

8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Aziz vatandoshlar, sizlarni PROMAX EDUCATION jamoasi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etadi.
O'qish va ta'limda muvaffaqiyat hamda baland cho'qqilarni zabt etishingizni tilab qolamiz...

Eng muhim maqsadlaringizni biling !

@promax_edu
#tabrik

💥Assalomu alaykum hurmatli PROMAX EDUCATION LC Abituriyentlari va endi PROMAXER a'zosi bo'lish istagidagi yigit va qizlar !

Sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni eng ulug‘ ayyom - O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik ayyomi bilan jamoamiz Ustoz va Murabbiylari nomidan muborakbod etamiz !

🗣️ Vatanimiz suvereniteti, erkimiz, istiqlolimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimizni O‘zi hifzi himoyatida saqlasin, tinchligimiz, taraqqiyotimiz barqaror bo‘lsin ilohim.

👍Jannatmakon o‘lkamiz osmonining musaffoligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi barqaror, vatanimizning yuksak kuchu-qudrati, nurli yo‘li, xalqimiz farovonligi bardavom bo‘lsin!

🖥 Yana bir bor mustaqillik bayrami bilan vatandoshlar!

▶️ "PROMAX EDUCATION"LC jamoasi !!!


🕊 @promax_edu
Eng muhim maqsadlaringizni biling !
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🚩8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

🔥 Aziz vatandoshlar, sizlarni PROMAX EDUCATION jamoasi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etadi.
O'qish va ta'limda muvaffaqiyat hamda baland cho'qqilarni zabt etishingizni tilab qolamiz...

Eng muhim maqsadlaringizni biling !

🔵@promax_edu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM