Islomov's channel
92 subscribers
43 photos
8 videos
20 files
25 links
👨‍💻 Axborot tizimlari magistranti
👨‍🏫 Informatika va dasturlash o'qituvchisi
📚 Kitob o‘qish bo‘yicha ekspert
🚀 Startuplar bo‘yicha maslahatchi
✍️ Mualliflik kontentlar manzili
Download Telegram
Ovozli chat 1
Islomov's channel
3👍1
keyingi chatimiz uchun ixtiyoriy mavzu taklif bersalariz shu mavzu bo'yicha chiroyli suhbat tashkil qilamiz kommentda taklifla kutaman.
Hayrli tong ! Bugun Jorj Oruellning 📖 "Molxona" kitobini tugatdim: Taassurotlarim va tavsiyam

Bu shunchaki oddiy hikoya emas – u juda chuqur ma’no va hayotiy haqiqatlarni o‘z ichiga olgan kuchli allegoriya. Kitob boshidan oxirigacha meni o‘ziga tortdi va ko‘p narsalar haqida o‘ylashga majbur qildi.

🔍 Asardan olgan asosiy fikrlarim:
- Inqiloblar har doim adolat va tenglik uchun boshlanadi, lekin hokimiyat qo‘lga o‘tgach, yangi rahbarlar ham eski hukmdorlarga o‘xshab qoladi.
- Oddiy xalq har doim eng ko‘p ishlaydi, lekin eng kam manfaat ko‘radi. Ular tashviqot va qo‘rquv orqali boshqariladi.
- Agar odamlar tarixi va haqiqatni unutsa, ular yana aldov qurboniga aylanadi.

📌 Nima uchun bu kitobni o‘qishni tavsiya qilaman?
Juda qisqa, lekin mazmunan og‘ir va ta’sirli asar.
Haqiqiy hayot va siyosiy tizimlar haqida chuqur tushuncha beradi.
Odamlar va jamiyat qanday boshqarilishini tushunishga yordam beradi.

Agar hali o‘qimagan bo‘lsangiz, albatta tavsiya qilaman! O‘qib bo‘lgach, o‘z fikrlaringizni baham ko‘rishingizni istardim. Sizningcha, kitobdagi eng kuchli joy qaysi? Agarda kitob manosini o'zim qisqacha ochib berishimni xohlasangiz kommentda kutaman yoki reaksiyalarni!

📢 Fikr-mulohazalaringizni izohlarda qoldiring! 😊👇
👍1
Yovuzlik sari”: Eng zo‘r seriallardan biri!

Oxirgi paytlarda qandaydir chinakam ta'sirli va ajoyib syujetli serial ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, "Breaking Bad"ni (o'zbekcha tarjimada "Yovuzlik sari") albatta tavsiya qilaman. Men uni yaqinda tugatdim va haligacha ta’siridan chiqa olmayapman!
Bu serial oddiy kimyo o‘qituvchisining hayoti qanday qilib o‘zgarganini ko‘rsatib beradi. Walter White - oddiy Kimyo o‘qituvchi bo‘lib, hayotida katta muammolarga duch keladi: u saraton kasalligiga chalinadi va oilasining kelajagini ta’minlash uchun giyohvand moddalar ishlab chiqarishga majbur bo‘ladi. Shu yo‘l bilan u asta-sekin yovuzlik sari qadam tashlaydi...

Serialdagi har bir qahramon juda mukammal tarzda ishlangan ko‘ring. Bu nafaqat kriminal hikoya, balki inson psixologiyasining qanday o‘zgarishi, tanlovlar va ularning oqibatlari haqida ham juda chuqur serial!

📌 Kimyodan narkobiznesgacha bo‘lgan yo‘l...

📢 Mening Telegram blog kanalimga qo‘shiling: https://t.me/programming200222
2👍1
Forwarded from Alimoff Live
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😇4
Kanalda ulashadigan har fikrim va kontentlar o'zim istemol qilib xulosa olaganimdan keyin sizlarga ulashinadi😕
👍12
Kitob o‘qiyapsiz-u, lekin tezda unutib qo‘yapsizmi?
Mana sizga Justin Sung’ning juda samarali yondashuvi: “O‘qigan narsangizni qanday qilib eslab qolishingiz mumkin?” nomli video asosida qisqacha yondashuv.
---
1. An’anaviy o‘qish muammosi

Passiv o‘qish – yodda qolmaslikka olib keladi.

E’tiborni tezlikka emas, faol ishtirokka qarating.

2. Uch bosqichli strategiya

Oldindan tayyorgarlik: Nima uchun o‘qiyotganingizni aniqlang.

Faol o‘qish: Har bir fikrni to‘xtab o‘ylab ko‘ring. Savollar bering, tasavvur qiling.

O‘qigandan keyin: Qisqacha xulosa qiling. 3 ta asosiy g‘oyani ajrating.


3. Faqat konspekt qilish – yechim emas

Muhimi – o‘qigan narsangiz haqida chuqur fikr yuritish.

4. Uzoq muddatli eslab qolish uchun:

Bo‘lib-bo‘lib takrorlang

O‘rgating yoki amalda qo‘llang

> “O‘qish bu tugatgan kitoblar soni emas, balki eslab qolgan va qo‘llagan g‘oyalardir.”

https://t.me/programming200222
🔥5👍32🕊1
📌 Bugun dunyo IT bilan nafas olyapti. Har bir sohada – tibbiyotda ham, qishloq xo‘jaligida ham, san’atda ham — informatika bilimlari zarur bo‘lib boryapti.

1. Raqamli dunyoda yashayapmiz.
Har kuni foydalanuvchi sifatida texnologiyadan foydalanamiz. Lekin uni yaratishni bilsak-chi? Bu esa imkoniyatlar eshigini ochadi!

2. Har bir kasb informatika bilan integratsiyalashmoqda.
Muhandislikmi, pedagogikami, hatto iqtisodchilikmi – barchasiga algoritmik fikrlash, avtomatlashtirish va raqamli savodxonlik kerak.

3. Mustaqil fikrlash va muammoni hal qilish ko‘nikmasi rivojlanadi.
Kod yozish – bu faqat texnika emas. Bu – mantiq, sabr, strategik yondashuv va kreativlik!

4. Kelajak kasblari informatikasiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar tahlili – bularning barchasi informatikaga borib taqaladi.

Kim bo‘lishingizdan qat’i nazar, informatika sizni kuchliroq, moslashuvchanroq va zamonga mos insonga aylantiradi.


https://t.me/programming200222
👍6🔥2👏1
Bugun 23ga to‘ldim...

Yillar o‘tmoqda, orzular esa shakllanib bormoqda. Har bir yil — yangi saboqlar, yangi imkoniyatlar va yangi mas’uliyat.

23 yoshim:
— Magistratura bosqichi.
— IT’ga sadoqat.
— O‘qituvchilik — ilhom va mas’uliyat manbai.
— Startuplar — g‘oyadan amaliyot sari yo‘l.
— Kitoblar — kundalik yo‘lboshchim.

Bugun orqaga emas, faqat oldinga qarayman. O‘zimga va atrofdagilarga ko‘proq foyda keltirish yo‘lida harakatdaman. Har kuni o‘z ustimda ishlash — bu bayramning eng katta sovg‘asi.

Hayot — bu marafon. Men esa sabr, ishonch va mehnat bilan yugurmoqdaman.

Rahmat, bu yo‘lda yonimda bo‘lgan barchaga!
👍15🔥5👏211
---

"Informatika menga kerak emas" degan talaba hayotini tasvirlab beraman:

— Telefon ishlayapti? Xursand.
— Wi-Fi o‘chdi? Stress.
— Instagram ishlamayapti? "Nima bo‘lyapti, hayot to‘xtadi".
— Google ishlamay qolsa? "Bu savolni kimga beraman endi?"

Lekin aytadi:
"Informatika menga kerak emas"

Qani, telefonni o‘zing tuzatib ko‘r-chi?
Qani, bir sayt ochib, portfoliongni joylab ko‘r-chi?
Qani, YouTube’ga kontent yuklab, monetizatsiya qilib ko‘r-chi?

Hech bo‘lmasa, kod yozishni bilmasang ham — raqamli savodxonlik senga kerak!
Chunki bu:
— bank kartangni himoya qilish,
— spam linkga bosmaslik,
— chatGPT’ni to‘g‘ri ishlatish,
— Yoki shunchaki internetda "qovun tushirmaslik" degani!

Xulosa:
Informatika — bu kompyuterga o‘tirib kod yozish emas.
Bu — zamonaviy hayotda "yo‘qolib qolmaslik" san’atidir.

---
https://t.me/programming200222 — Kanalga obuna bo‘ling!
O‘rganamiz, o‘samiz, hazillashamiz — lekin aslo zerikmaymiz!
🔥10❤‍🔥31👍1👌1💯1
"O‘rganmasang, o‘z hayotingni o‘zing hack qilayapsan."
Ha, to‘g‘ri eshitding.
Bugun o‘rganishni ertaga qoldirdingmi — demak, ertangi raqobatchinga yana bir qadam berib qo‘yding.
Internetda o‘qish o‘rniga scroll qilyapsanmi? Raqaming o‘chirilgan daftar bo‘lib qoladi — mavjud, lekin foydasiz.
Axborot asrida yashab turib, informatikani bilmaslik — ko‘r bo‘lib yashash degani.
Sen kompyuterni tushunmasang, kompyuter seni tushunmaydi.
Dunyo raqamli — sen esa analogda qolib ketma!
Katta bo‘lishni istasang — bilim yig‘.
O‘zgarishni istasang — harakat qil.
Hayotingni o‘zgartirmoqchisanmi? — O‘rganishni boshlagincha o‘zgarmaydi.
Obuna bo‘l:
https://t.me/programming200222
Seni ITda uxlab yotgan kuchingni uyg‘otamiz.
👏8🔥21👌1
Kanalimdagi barcha postlarni muallifi o'zimman😎
Bizda boshqa kanalni postlari yoki umuman ulashilmaydi ,ulashilgan taqdirda ham kanal kursatib ulashiniladi muallifga hurmat kursatilgan holda😌
👍75
#Fikrlar

“Zamonaviy dunyoda eng katta boylik — bu bilim. Lekin uni egallashni hamma istamaydi, chunki bilim insondan javobgarlik talab qiladi.”

Oson yo‘lni tanlash — ko‘pchilikning odati. Lekin oson yo‘l hech qachon uzoqqa olib bormaydi.
Haqiqiy muvaffaqiyat — bu ko‘rinmaydigan paytlarda qilinadigan harakatlar natijasidir.
Bugun o‘rganishga 1 soat ajratsang, ertaga o‘z sohangda boshqalardan 1 yil oldinda bo‘lasan.

Talaba bo‘lish — bu diplom olish degani emas. Talaba — bu har kuni o‘zini ustida ishlaydigan inson.
O‘z fikrini shakllantira oladigan, zamonga moslasha oladigan, muammo yechishga qodir bo‘lgan odam — haqiqiy zamonaviy bilim egasi.

Hayotingda o‘zgarish bo‘lishini istaysanmi? Avvalo o‘zing o‘zgar.

Shunaqa fikrlar sizga yoqsa, yana ko‘proqlarini shu yerda o‘qiysiz:
https://t.me/programming200222
6👍3
#Falsafa
“Ba'zan hech narsa qilmaslik ham qarordir. Tinch turish, shoshilmaslik — eng og‘ir va eng aqlli tanlov bo‘lishi mumkin.”
Dunyoda har doim bir nimaga yetishga shoshqinamiz.
Ammo hayotning eng muhim lahzalari — to‘xtab, o‘zimizni tinglagan onlarda yashiringan.
Vaqti kelganda harakat qilamiz, vaqti kelganda kutamiz.
Har bir jarayon o‘z faslida go‘zal.
Shoshilmay o‘z faslingizni kuting.
Shunda hammasi o‘z o‘rniga tushadi.
https://t.me/programming200222
Kanalimizga qo‘shiling — so‘zlarda sokinlik va fikr toping.
🔥4👍21💯1
#Falsafa
“Zamonaviy davrda startaplar — bu diplom emas, fikrlash tarzi natija beradi.”
Ko‘p odamlar o‘ylaydi: “Avvalo qaysi yo‘nalishda o‘qish kerak?”, “Qaysi universitet yaxshi?”, “Qaysi diplom kuchliroq?”
Ammo bu savollar bugun o‘z ahamiyatini yo‘qotyapti.
Sababi:
Startaplar zamonasi — bu imkoniyatlar tenglashgan davr.
Bugun g‘oya bor — internet bor — jamoa topiladi — va amal qiladi.
Kimdir IT’da, kimdir ta’limda, yana boshqasi san’atda — lekin eng muhimi: g‘oya bor va u ustida ishlash bor.
O‘qigan yo‘nalishingiz ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin, agar siz mustaqil fikr yurita olsangiz, o‘rganishni o‘zingizni vazifangiz deb bilsangiz.
Startap — bu bir diplomga emas, o‘nlab muammoga echim topish demak.
Diplom berilgan, startap topilgan.

https://t.me/programming200222
Bu kabi fikrlar sizga yoqsa, kanalimizga qo‘shiling.
🔥91👍1👏1
Informatikani qayerdan va qanday o‘rganishni bilmayapsizmi?
Mana siz uchun 5 qadamli mini-reja 🎯

📌 1. Maqsadni aniqlang
– IT’da ishlamoqchimisiz?
– Yoki shunchaki zamonaviy texnologiyalardan to‘liq foydalana olishni xohlaysizmi?
Maqsadga qarab o‘rganish uslubi ham farq qiladi.

📌 2. Asoslarni o‘rganing
– Google qidiruvi, bulutli xizmatlar (Google Drive, OneDrive)
– Excel, Word, PowerPoint — bu bazaviy savod.
– Keyin esa Python, HTML, Canva, ChatGPT kabi vositalarni bosqichma-bosqich.

📌 3. Biror loyihani tanlang
– "O‘z blogimni ochaman"
– "O‘qish jadvalimni avtomatlashtiraman"
– "To‘garak uchun veb ilova tayyorlayman"
Loyiha — o‘rganishdagi eng katta motivatsiya!

📌 4. Resurslar bilan ishlang
– YouTube: BroCode, Programming Hero, Xatolik
– Dars saytlar: Coursera, Sololearn, w3schools
– O‘zbekcha manbalar: Najot Ta’lim, Coddy.uz, Youtube’da Mahorat

📌 5. Har kuni 30 daqiqa vaqt ajrating
– Bu dars emas, bu sizga sarmoya.
– Bugun o‘rganilgan narsa 1 yildan keyin sizni hech kimga qaram qilmaydi.

🧠 Informatika bu — boshqalarga emas, o‘zingizga qulaylik yaratish vositasi.
O‘rganing. Foydasini hoziroq sezasiz.

---

📍Kundalik foydali postlar uchun kanalga obuna bo‘ling:
https://t.me/programming200222
🔥9👍21