Profi University Sirtqi ta'lim
2.82K subscribers
627 photos
149 videos
41 files
206 links
✔️ Profi University - O'zbekiston va dunyoga professional kadrlar tayyorlaydigan universitet.

✔️ Profi University- университет, занимающийся подготовкой профессиональных кадров мирового уровня.

📱787771111
Download Telegram
#Marifat_ulashib

"Profi University"ning kitobga, she’riyat-u, adabiyotga oshno talabalari!


Siz qadrdonlarni zamondosh o‘zbek adiblari hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishtirish, ular yozgan yangi asarlarni yetkazib borish maqsadida "Profi University"da “Ma’rifat ulashib” adabiy loyihasi tashkil etildi.

Loyihaning birinchi mehmonlari:
- Qoraqalpog'iston xalq shoiri Rustam Musurmon;
- O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, iste’dodli shoir Yahyoxon Fayoz;
- O'zbekiston Prezidenti admnistratsiyasi matbuot kotibiyati mas'ul xodimi Jo‘rabek (Jahon) Jangirov
taklif etilgan.

📌 Ular bilan 30 may kuni, soat 16 : 00 da universitet kutubxonasida she’riyat va ma’rifat haqida gurunglashamiz.

📌 Universitet TTJ da soat 18 : 00 da Gulxan atrofida suhbat quramiz.

“Ma’rifat ulashib” loyihasiga faol qatnashing, shoirlarimizning she’rlarini yod oling, shunda siz adiblar dastxati tushirilgan kitoblarga ega bo‘lasiz.

@profiuniversity
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qanot chiqarolsang, uchishing mumkin 🦋
Forwarded from Rustam Shokirov (Rustam Bahadirovich)
Ishonch nima?..

Kim uchundir bu - ojizlik...
Kimdurga esa, imkoniyat...
Kimlargadir qayta va qayta sindirsa boʼladigan tuygʼu...
Kimlar unga yana bir bor yetishish ilinjida...
Kimdir unga tupurgan...
Kimlar u bilan oʼzini "aldab" yuribti...
Yana kimdirlar oxirgi umid sifatida uni oqlash payida...
Kimdir ishonchni pul bilan sotib olsa, boshqa birov uni arzonga sotish bilan ovvoraaa...

Ishonch, shunchalik hokisor va shu bilan birga oʼta qimmatbaho tuygʼu-ki, uni yillaaaaaaar davomida misqollab yigʼib, soniyalarda yoʼqotib qoʼyishingiz mumkin.

Ishonch bu - rishta!
Ishonch bu - qadr!
Ishonch bu - oliy tuygʼu-ki, uni toptagan insonlar oʼzlarini naqadar pastkash ekanliklarini, bu tuygʼu oldida naqadar past ekanliklarini anglashadi...

Ishonch har kimga ham berilmaydi! U, har kasning qoʼllarida koʼkaravermaydi. Sizga ishonch urugʼi berildimi, demak siz bu urugʼni sizga topshirgan inson uchun shunchaki bir tanish yoki, oʼtkinchi kishi emassiz.

Bu haqida oʼylab koʼring... 😉🦋
Forwarded from Rustam Shokirov (Rustam Bahadirovich)
Qissadan xissa:

Xiyonat, uning turi qanday bo'lishidan qat'iy nazar kechirilmaydi. Hoh, sha'ningizga nisbatan bo'lsin, hoh, nomingizga. Yoki, joningizgami, molingizgami va yoki boshqa bir narsagami, u KECHIRILMAYDI!

Do'stlikda, sevgida, ishda, umuman olib aytganda ijtimoiy olamda xiyonatga uchradingizmi, xoyinlardan vaqtida voz keching! Bu bilan siz o'zingizni juda ko'p yomonliklardan saqlagan bo'lasiz. Xiyonat xoyinlar uchun huddi "narkotik" moddadek gap. Bir marta uni "tatib" ko'rdimi, albatta yana bir bor shu ishni qilishadi.

Xoyinlarga nisbatan: - "Hamma ham xato qiladiku, mayli, yana bir imkon beray" degan kuningiz bilib qo'ying, orqangizdan uriladigan navbatdagi pichoq zarbi sizni "o'ldiradi"! Ruhan qatl qiladi xiyonatning tig'i insonni.

Musulmon kishi zakiy bo'lishi kerak, sezgir bo'lishi kerak. Xadislarda ham - "Mo'min kishi o'zini bir teshikdan ikki marta ilonga chaqtirmaydi" deb bekorga aytilmagan. Ya'ni, aql-u, farosati joyida kishi bir marta qilgan xatosini boshqa takrorlamaydi degan ma'no yashirilgan bunda.

Hikoyamizdagi sulton ham, haddan ziyod ishonib yuborgan vaziri taxt toʼntarilishiga zamin hozirlayotganini, sultonga sodiq amaldorlarni turli sabablarni boxona qilib qatl qilyotganini tushunib yetdi va saroyga qaytib borgach, u vazirini huddi choʼponning iti kabi dorga osib qatl qilishga qaror qildi.

Xoyinlardan vaqtida voz kechish kerak!
Bu haqida bir o'ylab ko'ring ... 🦋
Forwarded from Profi University
Profi University'da bitiruv oqshomi🥳

📌 24-iyun soat 19:00da Bektemir kampusida ilk bitiruv oqshomi

Dastur davomida sizni nimalar kutayapti?

-Ilk Bitiruvchilarimizga diplom topshirish marosimi;
-Sizlar va talabalarimiz o’rtasida qiziqarli o’yinlar;
-Charchadingizmi? Ovqatlanish kerak. Shu uchun shved stoli tayyorlanmoqda😉
- Bayram bayramdek bo’lsin. DJ sizlar uchun eng oxirgi versiyadagi qo’shiqlarni taqdim qiladi!

Bayramda yuqori kayfiyatdan qo’rqmaydigan, ovqatlanishni yaxshi ko’radigan va sovg’alar olishni yaxshi ko’radigan har qanday inson qatnashishi mumkin!

Biz sizlarni Bektemir kampusimizda kutamiz!

📍Manzil: Toshkent sh., Bektemir tumani, Husayn Boyaro ko‘chasi, 117-uy

🕸 Batafsil: profiuniversity.uz
📲 78-777-11-11 yoki @profiqabul

@profiuniversity
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eh Ko'chalar
Yulduz Usmonova
"Akam bor"...

Hayotda juda koʼp yashamagan boʼlsam ham (32 yil endigina yashadim 😁), no,

- "Bilasanmi man kimmaaaan?"...,
- "Voy, man palonchini ukasimaaan"...,
- "Manga qaragin, okamga bir ogʼiz gapim, yoʼq boʼpketasan"... va hokazolar deydigan "ukachalar"niyam koʼrdim, ularni kooootta-kotta "akalari"niyam koʼrdim. Hammasi oʼtib ketti...

Osmonni qoʼllarida koʼtarib turganday yuradigan "akalar" bor edi. Eh-eeeee... Salobatlaridan yer titrardi goʼyo... Dovrugʼi olamni buzaman derdi... Alloh rahmatiga olsin... Ketti... Boʼm-boʼsh ketti... "Ukalar" qoldi... Boshqa "akalar" topishadi endi...

Demoqchi boʼlganim, "Akalari"ga "ukalariday" boʼlib qolgan ukachalar, koʼpam "akalarga" suyanib qolmang! Buni hayot deydilar, bir kun undoq, bir kuni bundoq...

Bugun akangizni uyida toʼy boʼlyapti, nogʼorasiga siz oʼynayapsiz. Ertaga bu xovlida toʼy tugab, boshqa "aka"ning xovlisida karnay-surnay chalinsa, oʼsha xovlida oʼyinga tushib berasiz... 😉

Bu haqida bir oʼylab koʼring 🦋
Assalomu alaykum barchaga
2023-2024-o’quv yilida tashkil qilingan darslarning sifati, mashg’ulotlarning foydaliligi va qanchalik darajada qiziqarli ekanligiga baxo bering
Anonymous Poll
69%
5
17%
4
7%
3
2%
2
5%
1
Profi University Sirtqi ta'lim pinned «https://www.instagram.com/reel/C9h7Lo8ol9D/?igsh=c3dzY2JyYTdya2Zp»
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Profi University
Chegirmalar yomg'iri!

Bu safargi yangiligimizni nomlashga biroz ikkilandik: Ramazon aksiyasi, deganimiz ma'qulmi yoki bahoriy sovg'a?! Rosti, hozir bu haqida o'ylashga vaqt yo'q, qaytaga yangiligimizni tezroq Sizlar bilan bo'lishish uchun sabrsizlanyapmiz...

Kutib oling: "Profi"dan chegirmalar yomg'iri!

2024-2025-o'quv yilidan boshlab "Profi University"da tahsil olish uchun shartnoma to'lovlarini to'lash tartibi o'zgarmoqda:
30% chegirma - 100% lik to'lov uchun;
10% chegirma - ikkiga bo'lib to'lash uchun.

Yangi o'quv yilidan boshlab talabalar shartnoma to'lovlarini yil davomida 4 ga bo'lib to'lashlari mumkin.

Sizga yangiligimiz yoqqaniga shubhamiz yo'q, lekin 💣BOMBA xabarimiz oldinda...

Yangi o'quv yilidan boshlab mavjud kontrakt narxlari 30%ga arzonlashtiriladi.

Eslatib o'tamiz: chegirmalar navbatdagi yangi o'quv yilidan boshlab amal qiladi.

Ha, sezib turganingdek narx tushdi, ammo sifat o'sha-o'sha, hatto oldingidan yaxshiroq bo'lishiga ham kafolat beramiz!

Hoziroq biz bilan bog‘laning:
📲78-777-11-11

Profi University qabul bo’limi: @profiqabul

🕸Ro‘yxatdan o‘tish uchun: profiuniversity.uz

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
🌐 Telegram|📱Facebook|📱 Instagram | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM