Profi University Sirtqi ta'lim
2.82K subscribers
627 photos
149 videos
41 files
206 links
✔️ Profi University - O'zbekiston va dunyoga professional kadrlar tayyorlaydigan universitet.

✔️ Profi University- университет, занимающийся подготовкой профессиональных кадров мирового уровня.

📱787771111
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Profi University
Chegirmalar yomg'iri!

Bu safargi yangiligimizni nomlashga biroz ikkilandik: Ramazon aksiyasi, deganimiz ma'qulmi yoki bahoriy sovg'a?! Rosti, hozir bu haqida o'ylashga vaqt yo'q, qaytaga yangiligimizni tezroq Sizlar bilan bo'lishish uchun sabrsizlanyapmiz...

Kutib oling: "Profi"dan chegirmalar yomg'iri!

2024-2025-o'quv yilidan boshlab "Profi University"da tahsil olish uchun shartnoma to'lovlarini to'lash tartibi o'zgarmoqda:
30% chegirma - 100% lik to'lov uchun;
10% chegirma - ikkiga bo'lib to'lash uchun.

Yangi o'quv yilidan boshlab talabalar shartnoma to'lovlarini yil davomida 4 ga bo'lib to'lashlari mumkin.

Sizga yangiligimiz yoqqaniga shubhamiz yo'q, lekin 💣BOMBA xabarimiz oldinda...

Yangi o'quv yilidan boshlab mavjud kontrakt narxlari 30%ga arzonlashtiriladi.

Eslatib o'tamiz: chegirmalar navbatdagi yangi o'quv yilidan boshlab amal qiladi.

Ha, sezib turganingdek narx tushdi, ammo sifat o'sha-o'sha, hatto oldingidan yaxshiroq bo'lishiga ham kafolat beramiz!

Hoziroq biz bilan bog‘laning:
📲78-777-11-11

Profi University qabul bo’limi: @profiqabul

🕸Ro‘yxatdan o‘tish uchun: profiuniversity.uz

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
🌐 Telegram|📱Facebook|📱 Instagram | 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish bo'yicha to'liq videoqo'llanma

Nodavlat oliy ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish huquqiga ega.

🔰 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

Manba: Soliq Kodeksi 378-modda, 16-bandi.

Buning uchun soliq organi yoki qaysidir tashkilotga borish shart emas, uyda o'tirib ham buni bajarish mumkin)

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, azizlarim. Universitetda boʼladigan kattayu-kichik tadbirlarda kameralarni koʼtarib chiroyli qilib tasvirga olib yuradigan bir guruh Oʼzimizni mediachi yigitlarimiz tanlovda ishtirok etishyotgan ekan. Sizlardan bir iltimos, videoni tepasida nomi yozilgan kanalga kirib 23-ishtirokchiga LIKE bosib yuboringlar ILTIMOS!

QOʼLLAB-QUVVATLAGAN BARCHANGIZGA KATTA RAHMAT! BORINGIZGA SHUKUR ❤️
Forwarded from Ricomel Beverages
⚡️ 23 - Ishtirokchi
📱 Instagram - ibakhrom.29
Anonymous Poll
86%
👍
14%
👎
❤️‍🔥
Profi University Sirtqi ta'lim
#qonimdagalaba chellenji g‘olibi #1
Oʼzimizning MEDIA boʼlimi yigitlarining mehnatlari mana shunday yuqori baholandi. ❤️‍🔥

https://t.me/ricomelbeverages/957

Mana shu soʼrovnomada ham maksimal darajada qoʼllab quvvatlab yuborsangiz yutugʼimiz yutuqlarga ulanardi!

Ijodiy faoliyatimizni qoʼllab yuborasiz degan umiddamiz! ❤️‍🔥

Hammangizga rahmat!
Forwarded from Rustam Shokirov (Rustam Bahadirovich)
Bola oʼgʼrilari ❗️

Hozir bola oʼgʼrilari haqida gaplashmoqchiman sizlar bilan.

Koʼchada turli mish-mishlar qulog'imga chalinib qoldi. Emishki, kichkina bolachalarni parklar, bozorlar, bolalar oʼyingohlaridan oʼgʼrilab ketishyotgan ekan. 😱

Haa, balki rostdan ham shundaydir. Balki, asoslidir bu mish-mishlar.

Shu gaplarni eshitib hayolimga fikrlar yomgʼiri yogʼila boshladi. Yozmasam boʼlmaydi deb shuniyam yozib qoʼyyapman. Balki kimdir oʼqir...

Bilasizmi meni ajablantirgan narsa nima boʼldi?!

- "Bola oʼgrilariiiiii... Bola oʼgʼrilariiii" deyapmizu, ammo, shundoqqina bagʼrimizda yotgan farzandimizni bizni koʼzimizni shamgʼalat qilib oʼgʼirlab ketyotgan "oʼgʼrilar" haqida oʼylamayapmiz hatto.

Ular shu qadar bizni ishonchimizga kirishganki, biz u oʼgʼrilarni uyimizgacha olib kiryapmiz. Ularni uyimizga kirishlari uchun pul ham toʼlayapmiz hatto. (WIFI tarmoqlari va turli gadjetlarni nazarda tutyapman).

Ha, bolalarimiz tizzamizga boshlarini qo'yib yotgan hollarida "O'G'IRLANISHMOQDA"! O'z qo'llarimiz bilan farzandimiz uchun sotib olib bergan gadjetlarimiz biz ota-onalardan bolalarimizni, bolalarimizdan esa BOLALIKLARINI o'g'irlashmoqda!

O'zbekistonda 1992 yilda tug'ilgan avlod, bolaligi turli gadjetlarga qurbon bo'lmagan so'ngi avlod bo'lib qoldi meni nazarimda. Esimda, bolaligimda bir mahalla bola to'planib ko'chalarda "Quvlashmachoq", "Yashin topaloq", "O'rtaga tushar", "Pobeda", "Tandir tagidagi ajina", "Xola-xola" eheeee sanasam bu o'yinlarni adog'i yo'q... Ana shunday o'yinlarni o'ynardik. Hozirchi?!...

Hozir, o'zim Toshkentda yangi qurilgan ko'p qavatli uylardan birida turaman. Judayam qulay va chiroyli quirlgan uylar. 7,9,13 qavatli uylar orasida judayam ajoyib va zamonaviy "Bolalar o'yingohlari" qurilgan. Ammo u yerda o'ynaydigan bolalar kam... O'ynagani tushgan bolalar shu o'yingohlarni atrofiga o'rnatilgan o'rindiqlarga to'planishib o'tirib olishadi va "PUBG", "DOTA" yana, nomini aytay desang tiling kelishmaydigan allambalo o'yinlarni qo'llaridagi gadjetlar orqali o'ynab o'tirishadi. Bolalikmi shu?!

BOLALARINGIZGA BOLALIKLARINI BOLALIKLARIDA BERING❗️❗️❗️

Chetdan kelib ularni o'g'irlab ketishlaridan ko'ra, "ichingizda" turib farzandingizni sizdan o'g'irlashayotgani ayanchliroq ekanini his qilolmayapsiz hozir. Bunga qarshi bugun chora ko'ring! Ertaga kech bo'ladi!

Bu haqida bir o'ylab ko'ring! 🦋