Professionallik sari 📈
13 subscribers
144 photos
105 videos
6 links
Download Telegram
#jarayon
#TISU_xalqaro_tibbiyot_olimpiadasi

♻️ Termiz–2026 I Xalqaro tibbiyot olimpiadasi jarayonlari test sinovlari bilan boshlanib, qatnashchilar tibbiyotning turli yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarini namoyish etdilar.

📌Shundan so‘ng talabalar og‘zaki savol-javob bosqichida ishtirok etib, o‘z fikrlash doirasi, tezkor javob qaytarish qobiliyati hamda tibbiy bilimlarini amaliy vaziyatlarga mos ravishda qo‘llay olish salohiyatini ko‘rsatdilar. Ayniqsa, vaziyatli masalalar orqali ishtirokchilarning klinik tafakkuri va muammoli holatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish mahorati sinovdan o‘tkazildi.

☝️Olimpiadaning muhim jihatlaridan yana biri — amaliy mashg‘ulotlar bosqichi bo‘lib, unda talabalar umumiy xirurgiya, patologik anatomiya hamda gistologiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlash bilan birga, amaliy ko‘nikmalarini ham namoyon etdilar.

⚡️Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷
Instagram/ 🚀Telegram/ 🌐 Website/ 📱You Tube /🔵Facebook
1🔥1