PROCERT UNIVERSE
8 subscribers
11 photos
1 video
9 links
Reyting.mc.uz reyting ko`tarish
ISO 9001
ISO 14001
ISO 50001 sertifikatlarini joriy qilish xizmatlarimizadan foydalaning.
+998550559000
+998771919000
+998955229000
Download Telegram
Channel created
Hurmatli foydalanuvchilar!

📊Qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingi bo‘yicha navbatdagi yangilash jarayoni to'liq yakunlandi.

📕Soliq kodeksining 389-moddasiga muvofiq, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha hisobotlar yil yakunlari bo‘yicha keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay topshirilishi belgilangan.

❗️Shu munosabat bilan ushbu reyting yangilanishida xodimlar va ularga hisoblangan ish haqi bo'yicha 2025-yil noyabr oyi ma'lumotlari o‘zgarishsiz qoldirilganini ma'lum qilamiz.

@procertuniverse
Qurilish va loyiha tashkilotlarining IFUT kodlari

▫️Agar tashkilot 42210-42212 IFUT kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa umumqurilish-ijtimoiy bilan bir qatorda melioratsiya va irrigatsiya yo‘nalishida ham faoliyat olib borishi mumkin. Mezonda keltirilgan boshqa IFUT kodlari esa faqat bir yo‘nalishda ishlash imkonini beradi.

▫️Tashkilotingiz IFUT kodini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz Milliy statistika qo‘mitasiga murojaat qilishingiz lozim. Unutmang, IFUT kodi sohaviy qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini yillik yangilanishidan so‘ng
@procertuniverse
#reyting

Quruvchi va loyihachilar reytingi o‘lchovlari


AAA 85≤ - ≤100 ball
AA – 75≤ - <85 ball
A – 65≤ - <75 ball

BBB – 55≤ - <65 ball
BB – 40≤ - <55 ball
B – 35≤ - <40 ball

CCC – 30≤ - <35 ball
CC – 25≤ - <30 ball
C – 20≤ - <25 ball

DDD – 7≤ - <20 ball
DD – 5≤ - <7 ball
D – 0≤ - <5 ball

@procertuniverse
👍1
#elon

Shaffof muloqot — ochiq qabul

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi rahbariyati jismoniy va yuridik shaxslarni belgilangan jadval asosida qabul qiladi.

Fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, taklif va tashabbuslarni bevosita rahbariyatga yetkazish imkoniyatiga ega.

📆 Qabul kunlari: seshanba va chorshanba
Vaqti: 15:00 – 16:00
📍Manzil: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi binosi. Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, Yangi Toshkent hududi.
👉Lokatsiya

Murojaatlar ochiq, takliflar muhim, yechimlar esa birgalikda topiladi.

@procertuniverse
👍1
#xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇱🇻Latviya delegatsiyasi bilan qurilish sohasini raqamlashtirish masalalari muhokama qilindi

Bugun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish respublika markazida Latviya Respublikasi Qurilish davlat nazorati byurosi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🌐Unda sohani raqamlashtirish va avtomatlashtirish, raqamli egizak, axborot tizimlarini integratsiyalash va sun’iy intellekt asosida nazorat mexanizmlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.

🔄Mehmonlar elektron monitoring va raqamli boshqaruv bo‘yicha tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Muloqotda “Latviya hukumati rivojlanish hamkorligi granti” doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasida qurilish sohasida raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

@procertuniverse
👍1
#kop_beriladigan_savollar

Qurilish tashkiloti bir vaqtda ikkita yo‘nalishda ishlay oladimi?


Savol: Tashkilotimiz umumqurilish va ijtimoiy obyektlar qurish bilan shug‘ullanadi. Ushbu yo‘nalish bilan bir qatorda melioratsiya va irrigatsiya sohasida ham faoliyat yurita oladimi?

✔️Javob: Agar korxona 42210-42212 IFUT kodi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa umumqurilish-ijtimoiy bilan bir qatorda melioratsiya va irrigatsiya yo‘nalishida ham faoliyat olib borishi mumkin. Mezonda keltirilgan boshqa IFUT kodlari esa faqat bir yo‘nalishda ishlash imkonini beradi.

Tashkilotingiz IFUT kodini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz Milliy statistika qo‘mitasiga murojaat qilishingiz lozim. Unutmang, IFUT kodi sohaviy qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingining yillik yangilanishidan so‘ng o‘zgaradi.

@procertuniverse
Қурувчиларга янги экологик мажбуриятлар юкланди

📹 1 июндан бошлаб қурилиш объектларида фон мониторинг станциялари ва онлайн камералар ишлаб туриши ҳамда улар Экология қўмитаси базасига уланган бўлиши талаб этилади.

📉 Экологик ҳуқуқбузарлик учун қурувчининг рейтинги пасайтирилади.

🌳 Баландлиги 12 метр ёки майдони 500 квадратдан ортиқ қурилишларда (ҳовлилар бундан мустасно) ер майдонининг камида 30 фоизи яшил ҳудуд бўлиши керак.

🏙 “Шамол гули” коридорлари инобатга олинмаган лойиҳалар экспертизадан ўтмайди.

@procertuniverse
Hurmatli pudratchilar va loyihachilar!

📊Qurilish-pudrat va loyiha-qidiruv tashkilotlari reytingini yangilash maqsadida tasdiqlangan mezonlar asosida idoralararo maʼlumotlarni olish ishlari boshlanganligini maʼlum qilamiz.

▪️Reytingni yangilash ishlari yakunlangach, qo'shimcha ma'lumot beriladi.
————-
Уважаемые подрядчики и проектировщики!

📊Сообщаем, что в целях очередного обновления рейтинга строительно-подрядных и проектно-изыскательских организаций начаты работы по обновлению данных посредством интеграции на основе утвержденных критериев.

▪️После завершения работы по обновлению рейтинга будет предоставлена дополнительная информация.

@procertuniverse