So'mda 63 mlrd so'm, to'lov olganlar soni 28 538, bu har bir kishi uchun o'rtacha 2.2 mln so'm degani.
Passiv daromad sifatida o'ylab ko'rish uchun zo'r variant.
Xarajatli avtomobil olgandan ko'ra quyosh panel o'rnatib daromad olish ancha foydaliroq, uni ustiga panellar 10-15 yil xizmat qilib sizga shu muddat davomida daromad keltiradi.
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥3
Hech qachon hech kim bilan urushma, ayniqsa yaqin qo'shning bilan, uyingdan barakar ketadi!
Aholi jon boshiga YAIM, sobiq sovet davlatlari kesimida:
- Qozog‘iston 14,77 ming dollar;
- Rossiya 14,26 ming dollar;
- Turkmaniston 13,34 ming dollar;
- Gruziya 9,57 ming dollar;
- Armaniston 8,86 ming dollar;
- Moldova 8,26 ming dollar;
- Belarus 7,88 ming dollar;
- Ozarboyjon 7,6 ming dollar;
- Ukraina 6,26 ming dollar;
- O‘zbekiston 3,51 ming dollar;
- Tojikiston 1,43 ming dollar

👍6🔥4❤1
Ba'zi yumushlar bilan band bo'lib kanalni yuritishga yetarlicha vaqt ajrata olmadim.
Bugun yaqin bir do'stim kanalni nega yuritmayotganim haqida so'radi va kanaldagi ma'lumotlar uni ilhomlantirib yurganini aytdi.
Qilgan kichik mehnatim kimgadur foyda berayotgan bo'lsa xursandman.
Katta va'dalar bermayman, lekin foydali ma'lumotlar bilan bo'lishib turishga harakat qilaman.
Har doimgidek, rivojlanishdan to'xtamang! 🫡
Hurmat bilan!
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Finance.uz 🇺🇿
Moliya dunyosiga xush kelibsiz!
- Moliyaviy savodxonlik
- Shaxsiy moliya
- Moliya oddiy tilda
- Moliya sohasida karyera qurish
Shaxsiy proyekt.
Muallif: @Oybek1993
Kanalni qo'llab-quvvatlang!
https://t.me/boost/pro_finance_uz
- Moliyaviy savodxonlik
- Shaxsiy moliya
- Moliya oddiy tilda
- Moliya sohasida karyera qurish
Shaxsiy proyekt.
Muallif: @Oybek1993
Kanalni qo'llab-quvvatlang!
https://t.me/boost/pro_finance_uz
👍7🔥4❤3
Bu DXY (U.S. Dollar Index) AQSh dollarining kuchini ko‘rsatadigan indeks bo‘lib, u 6 ta asosiy valyutaga nisbatan o‘lchanadi.
Bu valyutalar quyidagilar:
EUR — yevro (€)
JPY — Yapon iyenasi (¥)
GBP — Britaniya funt sterling (£)
CAD — Kanada dollari (C$)
SEK — Shvetsiya kronasi (kr)
CHF — Shveytsariya franki (Fr/CHF).
📆 1973-yilda AQSh Bretton-Vuds tizimi tugagandan so‘ng (ya’ni dollar oltindan ajratilgach), xalqaro bozorda dollarning haqiqiy qiymatini kuzatish uchun ICE (Intercontinental Exchange) tomonidan yaratilgan.
📊 Indeksning boshlang‘ich qiymati 100 qilib olingan.
Agar DXY >100 bo‘lsa — dollar kuchli,
agar <100 bo‘lsa — dollar zaiflashgan degani.
💡 DXY dunyo bozorlarida asosiy ko‘rsatkich: u o‘sib ketsa — boshqa valyutalar va oltin arzonlashadi, tushsa — ular qimmatlashadi.
Bizga bu ma'lumot nega kerak?
Ohirgi oylarda so'm dollarga nisbatan kuchaymoqda kabi fikrlar yangramoqda, aslida so'm joyida turibdi, dollar esa xalqaro maydonda tushib bormoqda.
Bunga sabablar ko'p, lekin eng asosiy sabablardan biri AQSH ning yuritayotgan tashqi siyosati va iqtisodiy urushlari. Investorlarning Amerika iqtisodiyotiga bo'lgan ishonchi yo'qolib bormoqda va o'z pullarini boshqa iqtisodiyotlarga yo'naltirmoqda.
So'mni kuchayganini esa daromadlar oshib narxlar tushgandagina ko'rish mumkin😎
⚡ Kontent foydali bo'lsa yaqinlar bilan ulashing va rivojlanishdan to'xtamang! 🫡

So'mni kuchayganini esa daromadlar oshib narxlar tushgandagina ko'rish mumkin
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤2🔥1
Finance.uz 🇺🇿
Bu DXY (U.S. Dollar Index) AQSh dollarining kuchini ko‘rsatadigan indeks bo‘lib, u 6 ta asosiy valyutaga nisbatan o‘lchanadi. Bu valyutalar quyidagilar: EUR — yevro (€) JPY — Yapon iyenasi (¥) GBP — Britaniya funt sterling (£) CAD — Kanada dollari (C$) SEK…
Yuqoridagi postga isbot sifatida.
O'zbekistonning xalqaro zaxiralari 55 mlrd dollarga yetibdi!
Shundan 44.2 mlrd dollari oltin hisobiga to'g'ri keladi, qolganlari xalqaro valyutalar va qimmatli qog'ozlar.
Oltinning fizik hajmi o'tgan oy 11.8 mln troy unsiya (taxminan 330 tonna) bo'lgan bo'lsa, hozirda 11.6 troy unsiyani (325 tonna) tashkil qilmoqda. Ha, hajmda kamaygani bilan oltinning narxi oshib borayotgani hisobiga qiymati oshmoqda. Kilosi kamaymoqda - lekin narxi qimmatlamoqda😎
Nega bunday bo'lyapti?
Yuqoridagi postda yozganimdek dollarning xalqaro qiymati tushib bormoqda va buning teskarisi oltinning narxi oshib bormoqda. Chunki hozirgi dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatda oltin dollardan ko'ra ishonchliroq ko'rinmoqda.
Ha aytgancha, O'zbekiston oltin zaxiralar bo'yicha dunyoda TOP 15 talikka kiradi. Birinchi o'rinda 8 100 tonna oltin bilan AQSH turadi.
⚡ Kontent foydali bo'lsa yaqinlar bilan ulashing va rivojlanishdan to'xtamang! 🫡
Finance.uz🇺🇿
O'zbekistonning xalqaro zaxiralari 55 mlrd dollarga yetibdi!
Shundan 44.2 mlrd dollari oltin hisobiga to'g'ri keladi, qolganlari xalqaro valyutalar va qimmatli qog'ozlar.
Oltinning fizik hajmi o'tgan oy 11.8 mln troy unsiya (taxminan 330 tonna) bo'lgan bo'lsa, hozirda 11.6 troy unsiyani (325 tonna) tashkil qilmoqda. Ha, hajmda kamaygani bilan oltinning narxi oshib borayotgani hisobiga qiymati oshmoqda. Kilosi kamaymoqda - lekin narxi qimmatlamoqda
Nega bunday bo'lyapti?
Yuqoridagi postda yozganimdek dollarning xalqaro qiymati tushib bormoqda va buning teskarisi oltinning narxi oshib bormoqda. Chunki hozirgi dunyodagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatda oltin dollardan ko'ra ishonchliroq ko'rinmoqda.
Ha aytgancha, O'zbekiston oltin zaxiralar bo'yicha dunyoda TOP 15 talikka kiradi. Birinchi o'rinda 8 100 tonna oltin bilan AQSH turadi.
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kun.uz
Mutlaq rekord: O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 55 mlrd dollarga yetdi
2025 yil 1 oktyabr holatiga, O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 54,99 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu – tarixiy rekord ko‘rsatkichdir. Jahon bozorida oltin narxlari yil boshidan beri qariyb 50 foizga oshdi.
🔥5👍2❤1
Pul nafaqat vaqt o‘tishi bilan o‘sadi (daromad orqali), balki inflyatsiya tufayli o‘z qiymatini yo‘qotadi.
Ya’ni, bugungi 10 mln so‘mni siz yillik 20% daromad keltiradigan instrumentga yo'naltirsangiz 1 yildan keyin 12 mln so‘mga aylanadi, lekin narxlar o‘sgani sababli o‘sha 12 mln bilan bugungi 10 mlnning kuchi bir xil emas.
Misolda ko‘ramiz:
Siz 10 000 000 so‘mni 1 yilga 20% yillik daromad keltiradigan kichik bir biznesga yoki bankka omonatga kiritdingiz, bir yil davomida siz bu pulni ishlata olmaysiz. Pulingniz yil oxirida 12 000 000 ga aylanadi.
Ammo shu yil davomida yillik inflyatsiya 15% bo‘ldi.
1️⃣ Nominal foyda:
12 000 000 – 10 000 000 = 2 000 000 so‘m foyda.
2️⃣ Ammo biz real qiymatni topamiz:
Real foiz ≈ (1 + nominal foiz) / (1 + inflyatsiya) – 1
Ya'ni:
(1 + 0.20) / (1 + 0.15) – 1 = 1.20 / 1.15 – 1 = 0.043 = 4.3%
Demak, sizning haqiqiy foydangiz 4.3% atrofida xolos.
Ya’ni, siz pulingizni ko‘paytirdingiz, lekin xarid kuchingiz deyarli o‘zgarmadi.
Xulosa:
Agar inflyatsiya foizdan yuqori bo‘lsa, siz aslida yo‘qotayapsiz, nafaqat topmayapsiz.
Shuning uchun faqat daromad olib keladigan foizga emas, balki inflyatsiyaga ham qarash kerak.
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12👍3❤2
Dunyoda "Big four" - Katta to'rtlik deb nomlangan 4 ta konsalting kompaniya mavjud.
Bular:
1. PricewaterhouseCoopers (PwC)
2. Deloitte LLP (Deloitte)
3. Ernst & Young (EY)
4. Klynveld Peat Marwick Goerdeler (KPMG)
Ular, birinchi navbatda, yirik korporatsiyalar va davlatlarga auditorlik, ishonch, soliq, konsalting xizmatlarini o'z ichiga olgan keng ko'lamli xizmatlarni taqdim etadilar.
2024 yilda 4 ta kompaniyaning daromadi 212 milliard AQSH dollariga baholangan.
Tashqi investorlar yoki aksiyadorlar asosan shu Big four hisobotlariga tayanib kompaniya yoki davlatga baho berib o'z qarorlarini qabul qiladilar.
Yaqinda bir qiziqarli xodisa sodir bo'ldi. Daromadi bo'yicha 2-o'rinda turuvchi Deloitte jiddiy obro‘ yo‘qotdi. Sababi — ular tayyorlagan rasmiy hisobotda GPT-4 sun’iy intellekti ishlatilgan, lekin natija xatolarga to‘la bo‘lib chiqdi.
📉 Hisobotda:
– uydirma manbalar,
– mavjud bo‘lmagan sud qarorlari,
– noto‘g‘ri yozilgan sudya nomi,
– va hatto to‘qib chiqarilgan iqtiboslar bor edi.
Hisobot Avstraliya Mehnat vazirligi uchun tayyorlangan bo‘lib, ijtimoiy to‘lovlarni avtomatlashtirish tizimini tekshirishga qaratilgan edi (ya'ni sun'iy intellekt IT holatini tekshirgan). Qiziqarli jihati shundaki — Deloitte davlatdagi avtomatlashtirishdagi muammolarni tanqid qilib, o‘zi sun’iy intellekt yordamida xato hisobot yaratgan.
🎓 Sidney universiteti olimi xatolarni topgach, Deloitte tan olishga majbur bo‘ldi. Kompaniya keyinchalik GPT-4o modeli (Azure OpenAI) dan foydalanganini tasdiqladi.
🇦🇺 Avstraliya senatorlaridan biri hazil aralash shunday dedi:
💡 Bu voqea butun konsalting sohasi uchun signal bo‘ldi:
sun’iy intellekt yordam beradi, lekin inson nazoratisiz — xavfli.
Endi esa Deloitte Avstraliya hukumatiga 440 000 AQSh dollarini qaytarib berishi kerak.
Deloitte misolida ko‘rinadiki, texnologiya aqlni almashtira olmaydi.
AI — bu vosita, lekin javobgarlik baribir inson zimmasida qoladi.

“Deloitte’ning muammosi sun’iy intellektda emas, inson aqli bilan bog'liq. Balki, shunchaki ChatGPT obunasini sotib olishganida yaxshiroq bo‘larmidi.”
💡 Bu voqea butun konsalting sohasi uchun signal bo‘ldi:
sun’iy intellekt yordam beradi, lekin inson nazoratisiz — xavfli.
Endi esa Deloitte Avstraliya hukumatiga 440 000 AQSh dollarini qaytarib berishi kerak.
Deloitte misolida ko‘rinadiki, texnologiya aqlni almashtira olmaydi.
AI — bu vosita, lekin javobgarlik baribir inson zimmasida qoladi.
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥9❤2
Agar siz moliya sohasida kuchli mutaxassis bo‘lishni xohlasangiz — faqat nazariya emas, balki amaliy vositalarni ham bilish zarur. Quyida zamonga mos moliyachi bo'lish uchun zarur bo'lgan vositalarni keltirib o'taman.
1. Excel / Google Sheets — asosiy poydevor
Bu har bir moliyachining asosiy quroli, moliyaviy modellar va prognozlar tuzish, byudjet va hisobot tahlili, NPV, IRR, ROI kabi formulalarni hisoblash, grafik va pivot-jadval yaratish uchun.
2. Power BI / Tableau — vizual tahlil va hisobotlar
Murakkab jadval o‘rniga chiroyli dashbord yaratish imkonini beradi. Foyda, xarajat, foyda marjasi va KPIlarni aniq ko‘rsatadi.
3. 1C, SAP, Oracle, QuickBooks — buxgalteriya tizimlari
Moliyachi ma’lumotlar qayerdan kelishini bilishi kerak. Bu ERP tizimlar korxonaning buxgalteriya, soliq, HR va xarid jarayonlarini boshqaradi.
4. Moliyaviy formulalar va kalkulyatorlar
- NPV, IRR, DCF — pul oqimlarini diskontlash
- WACC — kapitalning o‘rtacha qiymati
- CAPM — risk va daromad modeli
- Annuitet va murakkab foiz formulalari
5. Python / SQL / Google BigQuery — avtomatlashtirish uchun
Zamonaviy moliyachi quyidagilarni bilsa katta ustunlikka ega bo‘ladi:
- ma’lumotlarni chiqarish va tozalash,
- avtomatik hisobotlar yaratish,
- katta ma’lumotlar bilan ishlash.
6. ChatGPT va boshqa AI vositalari
Sun’iy intellekt endi moliya ishining ajralmas qismi:
- hisobot tahlili,
- formulalar va makroslar yaratish,
- prezentatsiya tayyorlash,
- matn tahlili va prognoz qilish.
Kelajak moliyachisi — bu faqat hisobchi emas, raqamlar ortidagi ma’noni tushunadigan tahlilchi. Lekin to'laqonli AI ga ishonish mumkin emasligini bundan oldingi postda ko'rdik.
7. PowerPoint / Google Slides — taqdimot uchun
Raqamlar o‘zi emas, ularning ma’nosi muhim.
Yaxshi moliyachi raqamni so‘z bilan tushuntira oladi.
8. KPI va moliyaviy tahlil ko‘rsatkichlari
Bilish kerak bo‘lgan asosiy tahlillar:
- Break-even point (zararsizlik nuqtasi)
- Margin analysis (foyda marjasi tahlili)
- Variance analysis (byudjetdan og‘ish)
- Cash flow forecast (pul oqimi prognozi)
9. Soft skills — shaxsiy ko‘nikmalar
- Murakkab narsani oddiy tushuntirish
- Rahbariyat bilan to‘g‘ri muloqot qilish
- Vaqtni boshqarish va ustuvorlikni aniqlash
- Sabrli bo'lish
- Emosional intellekt
Yaxshi moliyachi — bu faqat raqamlar bilan ishlash emas. Bu — tahlil, texnologiya va strategik fikrlashni birlashtira olishdir.
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10🔥3❤1
Kamila Mahmudova — asli O‘zbekistonlik moliya yetakchisi, 2026 yildan boshlab Yevropadagi TOP-50 ga kiruvchi banklardan biri, Raiffeisenbank (Yevropada aktivlari hisobi bo'yicha 42 o'rinda turadi, 228 milliard yevro) moliya direktori lavozimiga kirishadi.
Kamila Mahmudova Toshkentda tug‘ilgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, keyinchalik Vena iqtisodiy universitetida xalqaro soliq huquqi yo‘nalishida o‘qigan va 2019-yilda MBA darajasini olgan.
Shuningdek, u AQShdagi Carlson School of Managementda ham MBA darajasini olgan hamda Harvard Business Schoolda menejment dasturini tamomlagan.
Kamilia Mahmudovaning bank sohasida 20 yildan ortiq tajribasi bor.
U Raiffeisen Bank Internationalda 2007-yildan beri ishlaydi — avval birlashma va qo‘shilishlar bo‘limida, keyin korporativ rivojlanish va strategik boshqaruv yo‘nalishida rahbarlik qilgan.
2021-yil dekabr oyidan boshlab — Raiffeisenbank Chexiya moliya direktori.
U o‘z intervyusida shunday degan:
Kamila Mahmudova — O‘zbekistondagi moliyachilar uchun ilhom manbai, va ayniqsa ayollar uchun.
Bilim, mehnat va intilish orqali xalqaro miqyosdagi yetakchiga aylanishning yaqqol misoli.
⚡ Kontent foydali bo'lsa yaqinlar bilan ulashing va rivojlanishdan to'xtamang! 🫡
Finance.uz🇺🇿
Kamila Mahmudova Toshkentda tug‘ilgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan, keyinchalik Vena iqtisodiy universitetida xalqaro soliq huquqi yo‘nalishida o‘qigan va 2019-yilda MBA darajasini olgan.
Shuningdek, u AQShdagi Carlson School of Managementda ham MBA darajasini olgan hamda Harvard Business Schoolda menejment dasturini tamomlagan.
Kamilia Mahmudovaning bank sohasida 20 yildan ortiq tajribasi bor.
U Raiffeisen Bank Internationalda 2007-yildan beri ishlaydi — avval birlashma va qo‘shilishlar bo‘limida, keyin korporativ rivojlanish va strategik boshqaruv yo‘nalishida rahbarlik qilgan.
2021-yil dekabr oyidan boshlab — Raiffeisenbank Chexiya moliya direktori.
U o‘z intervyusida shunday degan:
“Bank sohasining kuchini o‘sha paytda angladim — kimdir kichik mashina uchun kredit olib taksi qiladi, boshqasi muzlatgich olib do‘kon ochadi, yana kimdir zavod qurib ish o‘rinlari yaratadi. Shunday qilib, butun mamlakatlar rivojlanadi.”
Kamila Mahmudova — O‘zbekistondagi moliyachilar uchun ilhom manbai, va ayniqsa ayollar uchun.
Bilim, mehnat va intilish orqali xalqaro miqyosdagi yetakchiga aylanishning yaqqol misoli.
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥7❤2
Tadqiqotlarga ko'ra AQSH da yiliga 500 000$ daromad oladigan odamlar ham “oylikdan oylikkacha” yashayapti — nega?
Fortune jurnalining yangi maqolasida aytilishicha, hatto yiliga 100 ming dollardan ko‘proq topadigan amerikaliklar ham ko‘pincha moliyaviy bosim ostida yashayapti.
Sababi — "lifestyle creep", ya’ni hayot darajasi oshgani sari xarajatlar ham ortib boradi.
Masalan, odam ishda ko‘tarilsa, daromadi oshadi, lekin shu bilan birga qimmatroq uy, mashina, restoran va sayohatlarga ko‘proq pul sarflay boshlaydi.
Natijada, hatto katta oylik olgan bo‘lsa ham, jamg‘arma yo‘q — oy oxirida yana “nol” balans.
Asosiy muammolar:
1️⃣ Prestij uchun sarflash
Odamlar o‘zini muvaffaqiyatli ko‘rsatish uchun qimmat brendlar, uy va mashinalarga pul sarflaydi.
2️⃣ Moliyaviy rejasizlik
Ko‘pchilik daromadini nazorat qilmaydi — qancha kirib, qancha chiqishini bilmaydi.
3️⃣ Qarz madaniyati
Kredit kartalari, ipoteka va “buy now, pay later” - bizni tilda HALOL NASIYA xizmatlari hayotni osonlashtiradi, lekin odamni qarzga botiradi.
Tahlil natijalari:
Fortune’ning ma’lumotlariga ko‘ra:
- 61% amerikaliklar oylikdan oylikkacha yashaydi;
- Ularning 45% i yillik daromadi 100 ming dollardan yuqori;
- 27% esa favqulodda holat uchun jamg‘armaga ega emas.
Xulosa o'rnida:
Pul ko‘pligi — boylik emas.
Boylik — bu moliyaviy intizom, xarajatni nazorat qilish va jamg‘arma madaniyati.
Agar siz daromadingizni oshirsangiz, lekin odatlaringizni o‘zgartirmasangiz — sizning muammolaringiz ham shunchalik kattalashadi.

Fortune
Even workers earning more than $500,000 annually are living paycheck to paycheck—thanks to ‘lifestyle inflation,’ they're continuing…
America’s top earners feel just as broke as workers scraping by on less than $50,000, thanks to soaring food, housing, and luxury item costs.
🔥7👍6❤3
O'zbekistonda "pro-consumer policy" - iste'molchilar huquqlarini ta'minlash siyosati yaxshi tendetsiyada davom etmoqda.
Shulardan biri yaqinda chiqqan Vaziarlar Mahkamasining qarori.
Bu qaror bizga nimasi bilan qiziq?
Qarorda bir muhim band mavjud. Unda belgilanishicha sotuvchilar endi AKSIYA, SKIDKA, SALE, DISKONT kabi chegirmali sotuvlarni o'tkazishidan oldin:
- chegirmaga tushgan tovarlarning 30 kun oldingi narxini ko'rsatib o'tishi;
- chegirma muddati davomiyligi;
- iste'molchi tejab qoladigan narxni ko'rsatib o'tishi lozim.
Bundan oldin turli xil chegirmalar qanday o'tkazilar edi?
1. Chegirmalar asosan illuziya shaklida o'tar edi.
Ko‘p hollarda chegirmalar mijozni psixologik yo‘l bilan xaridga undash vositasi edi xolos.
Masalan:
Narxni avval oshirib, keyin “chegirma” qilishadi, ko‘p do‘konlar avval narxni sun’iy oshiradi, keyin 30–50% chegirma qo‘yadi.
Misol:
Televizor 3 000 000 so‘m turadi.
Bir hafta oldin narxini 3 900 000 so‘mga oshirishadi.
So‘ng “–25% chegirma” yozishadi va yangi narx 2 925 000 so‘m bo‘ladi.
Natijada haqiqiy chegirma atigi 2–3% bo‘ladi.
Bu "osilma narxi effekti” deyiladi — odam narxni asl qiymatdan emas, balki yuqoriga “osilgan” raqamdan qiyoslaydi.
2. “Faqat bugun!” effekti
“Bugun so‘nggi kun!”, “Atigi 3 dona qoldi!” kabi yozuvlar FOMO (fear of missing out) — “yo‘qotish qo‘rquvi” ni uyg‘otadi.
Odam o‘ylab o‘tirmay xarid qiladi, garchi mahsulot unga hozir kerak bo‘lmasa ham.
3. Diqqatni narxdan foydaga o‘tkazish
Narxni tushirmasdan, sotuvchilar “bonus”lar qo‘shadi:
- “2 tasini ol, 3-sini bepul ol”;
- “Ikkinchi tovar –15% bilan”;
- “Sovg‘a qadoq + chegirma”.
Bu odamda “men yutdim” degan tuyg‘uni uyg‘otadi, aslida esa u ortiqcha to‘laydi.
4. Soxta aksiyalar
Katta tarmoqli do‘konlar ko‘p hollarda narxni emas, faqat stikerlarni o‘zgartiradi.
Tadqiqotlarga ko‘ra:
Supermarketlardagi “aksiyadagi” mahsulotlarning 60% i aslida o‘sha eski narxda sotiladi.
Qachon chegirma rost bo‘ladi?
Ba’zi hollarda chegirmalar haqiqiy bo‘ladi:
- eski kolleksiya tugayotganda,
- mahsulot muddati yaqinlashganda,
- mavsumiy o‘zgarishlarda (masalan, qish → yoz),
- yoki sodiq mijozlarga bonus sifatida.
Ko‘pchilik chegirmalar — bu marketing hiylasi, saxovat emas.
Agar siz narxlarni oldindan taqqoslasangiz yoki onlayn kuzatsangiz, haqiqiy chegirma bilan sun’iy “aksiya”ni osongina ajratib olasiz.

❤4👍3🔥3
O‘zbekiston Respublikasida
o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi
2025-yil yanvar–sentabr oylari uchun
9 oylik uchun Respublikada o'rtacha oyliklar hisoblab chiqildi.
O'rtacha oylik ish haqi - 6 166 900 so'mni tashkil qildi.
Hududlar kesimida eng yuqorisi Toshkent shahri - 10 379 600 so'm.
Sohalar kesimida eng yuqorisi moliya sohasida (Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati) - 16 282 900 so'm.

🔥5👍1
Finance.uz 🇺🇿
O‘zbekiston Respublikasida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2025-yil yanvar–sentabr oylari uchun 9 oylik uchun Respublikada o'rtacha oyliklar hisoblab chiqildi. O'rtacha oylik ish haqi - 6 166 900 so'mni tashkil qildi. Hududlar kesimida eng…
Nominal ish haqi nima?
Nominаl oylik ish haqi — bu ishchiga to‘lanadigan pul miqdori, ya’ni siz ish haqi sifatida qo‘lingizga oladigan haqiqiy miqdor.
Masalan:
Agar siz oyiga 5 000 000 so‘m olsangiz — bu nominal oylik. Ammo bu raqam narxlarning o‘sishini (inflyatsiyani) hisobga olmaydi.
Nominal va Real ish haqi o'rtasida farq
Nominаl oylik → qancha pul berilayotganini ko‘rsatadi.
Reаl oylik → bu pul evaziga qancha tovar yoki xizmat sotib olish mumkinligini ko‘rsatadi.
Misol:
2024-yilda siz 5 mln so‘m oylik olgan bo‘lsangiz, 2025-yilda 6 mln bo‘lishi — nominаl o‘sish.
Ammo agar narxlar 20% ga oshgan bo‘lsa, real o‘sish atigi 0 yoki manfiy bo‘lishi mumkin.
Ya’ni, siz ko‘proq pul olayapsiz, lekin kamroq narsa sotib olayapsiz.
Davlat statistika qo‘mitasi nominal ish haqini quyidagicha hisoblaydi:
1️⃣ Har bir sohada (ta’lim, sog‘liqni saqlash, sanoat, xizmatlar va h.k.) ish haqi ma’lumotlari yig‘iladi.
2️⃣ Barcha ishchilarning o‘rtacha oyligi qo‘shiladi va xodimlar soniga bo‘linadi.
3️⃣ Bonus, mukofot, ustama va kompensatsiyalar ham qo‘shiladi.
Formula:
O‘rtacha oylik ish haqi = (Ish haqi + qo‘shimchalar + mukofotlar) / Ishchilar soni
Shu sababli “o‘rtacha nominal ish haqi” ko‘rsatkichida katta farq bo‘lishi mumkin — kimdir 2 mln oladi, kimdir 20 mln, lekin o‘rtacha 8 mln chiqadi.
Nega aynan nominal ish haqini e'lon qilishadi?
1️⃣ Chunki uni oson hisoblash mumkin — bu oddiy statistik ma’lumot.
2️⃣ Chunki real ish haqi uchun inflyatsiya darajasini, iste’mol savatini va xarajatlarni ham inobatga olish kerak — bu murakkabroq.
3️⃣ Hukumat va statistika idoralari ko‘pincha birinchi navbatda nominal o‘sishni ko‘rsatadi, keyin esa iqtisodchilar uni real qiymatga aylantiradi.
Demak:
Nominаl oylik — bu shunchaki raqam, sizga to‘lanayotgan summa.
Reаl oylik — bu raqamning “hayotdagi qiymati”.
Agar inflyatsiya yuqori bo‘lsa, nominal o‘sish hech narsani anglatmaydi.

🔥6👍5
Yaqinda iPhone ning yangi modellari chiqdi.
Bozorda taxminiy narxi 22-25 mln so'm o'rtasida.
25 000 000 mayda pul emas, keling shu pulga iPhone sotib olmasdan nimalar qilsa bo'ladi, mantiqan o'ylab ko'ramiz.
1️⃣ Bilimga (ya'ni o'zingizga) investitsiya
Eng foydali sarmoya — bu o‘zingizga kiritilgan sarmoya.
Ingliz tili yoki IT kurslari (Python, Data Analysis, Graphic Design, SMM va h.k.) — 2–6 mln so‘mdan.
25 mln so‘mga siz bir yillik o‘qishni yoki hatto 2–3 ta soha bo‘yicha kursni tamomlashingiz mumkin.
Natijada 6–12 oy ichida bu bilim sizga oyiga 5–10 mln so‘m daromad olib kelishi mumkin.
2️⃣ Jamg‘arma yoki depozit
Agar siz bu pulni jamg'armaga qo‘ysangiz, o‘rtacha 21% yillik stavka bilan:
25 000 000 so‘m → 1 yilda ~5,2 mln so‘m foyda keltiradi.
Agar bu foizlarni kapitalizatsiya bilan qoldirsangiz — miqdor yanada o‘sadi.
Bu — xavfsiz, passiv daromad.
3️⃣ Mini-biznes boshlash
25 mln so‘mga quyidagi kichik loyihalarni yo‘lga qo‘yish mumkin:
- Kofe aparati / kofe stendi — 15–25 mln so‘m.
- Tikuvchilik yoki manikyur uskunalari — 10–20 mln so‘m.
- Onlayn savdo (Instagram / Telegram orqali) — 5–10 mln so‘m bilan boshlasa bo‘ladi.
To‘g‘ri yo‘naltirilsa, 25 mln bir yil ichida 2 baravar oshishi mumkin.
4️⃣ Oilaviy xavfsizlik fondi
Bu pulni moliyaviy yostiq sifatida saqlab qo‘ysangiz,
→ 3–4 oy davomida ijara, oziq-ovqat va transport xarajatlaringizni qoplash mumkin.
Ya’ni bu — favqulodda holatlar uchun sug‘urta.
5️⃣ Sayohat yoki tajriba
Agar siz hayotiy tajriba orttirish yoki dam olishni afzal ko‘rsangiz:
25 mln so‘m — bu:
- 1 haftalik Turkiya yoki Gruziya safari;
- yoki 2 haftalik ichki turizm (Farg‘ona vodiysi, Buxoro, Xiva, Samarqand).
Bu tajriba sizni ruhiy jihatdan yangilaydi, dunyoqarashingizni kengaytiradi.
✔️ Endi solishtiring:
- iPhone 17 Pro Max — 25 mln so‘m
1 yil ichida u 30–40% ga qadrsizlanadi, yangi model chiqadi, shikast yetkazish ehtimoli ham bor.
Ya’ni — bu iste’mol xarajati, foyda emas.
- 25 mln so‘mni iPhone’ga emas, o‘zingizga sarmoya sifatida yo‘naltirsangiz — 1 yil ichida siz yangi iPhone’ni o‘zingizning daromadingizdan oson sotib olasiz.

🔥8❤3👍2
Milliy valyuta mustahkamlanishi: foydami yoki zarar?
Dollarning rasmiy kursi o'zbek so'miga nisbatan tushib boryapti, bir qarashda yaxshi tendetsiyaga o'xshaydi.
Lekin bu holat har doim ham “yaxshi” degani emas. Keling, bu jarayonni chuqurroq tahlil qilib ko'ramiz:
🟢 Mustahkam milliy valyutaning ijobiy tomonlari
1. Import arzonlashadi
Agar dollar kursi pasaysa, import qilinadigan tovarlar (telefon, dori, mashina, yoqilg‘i, texnika) narxi tushishi kerak.
Masalan:
oldin 1 litr yoqilg‘i 1,2 dollar bo‘lsa — 1 dollar = 13 000 so‘mda bu 15 600 so‘m edi,
lekin 1 dollar = 12 000 so‘m bo‘lsa — endi 14 400 so‘m bo‘ladi.
Narx tushadi, bu esa inflyatsiyani sekinlashtiradi.
2. Davlat qarzlarini to‘lash yengillashadi
Asosan davlat qarzlari va kompaniya majburiyatlari dollarda bo‘ladi.
Agar dollar arzonlasha boshlasa — ularni so‘mda to‘lash kamroq xarajat talab qiladi.
Masalan: davlat 1 milliard dollarlik qarz to‘lasa,
- dollar 13 000 bo‘lsa — 13 trln so‘m kerak,
- dollar 12 000 bo‘lsa — 12 trln so‘m yetadi.
- 1 trln so‘m tejaladi — bu katta foyda.
3. Inflyatsiyani nazorat ostiga olish
Import tovarlar arzonlashgani uchun ichki bozordagi umumiy narxlar barqarorlashadi.
Bu esa aholining xarid quvvatini biroz yaxshilaydi.
4. Investorlar uchun ishonch
Mustahkam milliy valyuta — bu iqtisod barqarorligi belgisi.
Bu xorijiy investorlar uchun ijobiy signal: “risk past, pulingiz xavfsiz”.
Natijada yangi investitsiyalar, korxonalar, ish o‘rinlari paydo bo‘ladi.
🔴 Ammo bu jarayonning salbiy tomonlari ham bor
1. Eksport qimmatlashadi
Agar so‘m mustahkam bo‘lsa, bizning mahsulotlar xorijda qimmatroq ko‘rinadi.
Masalan: 1 tonna paxta 1 000 dollar bo‘lsa,
- dollar 13 000 bo‘lsa — bu 13 mln so‘m,
- dollar 12 000 bo‘lsa — 12 mln so‘m bo‘ladi.
Eksportchi kamroq daromad oladi.
Bu eksportchilar uchun zarar, chunki ularning xarajatlari so‘mda oshadi, foydasi esa dollarda kamayadi.
2. Ishlab chiqarish va eksport pasayadi
Eksport foydasi kamaygani uchun ko‘plab ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarishni qisqartiradi.
Bu esa:
- yangi ish o‘rinlari kamayadi,
- eksport hajmi tushadi,
- budjetga tushum kamayadi.
3. Budjet daromadlari qisqaradi
Davlatning ko‘p tushumlari dollarga bog‘liq (bojxona to'lovlari, ba'zi soliqlar, eksport to‘lovlari).
Dollar arzonlashsa, ularning qiymati ham kamayadi.
Natijada davlat kamroq pul yig‘adi.
4. Ichki ishlab chiqaruvchilarga bosim
Import arzonlashgani uchun odamlar xorijiy mahsulotlarni ko‘proq sotib olishadi.
Bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun raqobatni kuchaytiradi.
Masalan:
Xitoydan arzon maishiy texnika kelsa, mahalliy ishlab chiqaruvchi sotuvini yo‘qotadi.
Bu esa ichki iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiradi.
🟡 Iqtisodiy muvozanat nima uchun muhim?
Ko‘plab mamlakatlar (masalan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy) sun’iy ravishda milliy valyutasini zaifroq tutadi, chunki ular eksportga tayanadi — ularning mahsulotlari tashqarida arzonroq bo‘lishi kerak.
Agar valyuta juda mustahkam bo‘lsa, eksport kamayadi, ishlab chiqarish to‘xtaydi, iqtisodiy o‘sish sekinlashadi.
Milliy valyuta mustahkamlanishi — bu ikki qirrali qilich.
Bir tomondan — narxlar barqarorlashadi, inflyatsiya kamayadi.
Ikkinchi tomondan — ishlab chiqarish, eksport va bandlik zarar ko‘radi.
Shuning uchun davlatning maqsadi — so‘mni mustahkam emas, barqaror tutishdir.
Ya’ni, kursni sun’iy ushlab turmaslik, lekin keskin o‘zgarishlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak.

👍12🔥6
Moliya sohasida ishga joylashishda suhbatda zarur bo'ladigan kichik foydali qo'llanma!
Suhbat (intervyu) — bu sizning bilim va tajribangizni ko‘rsatish emas, balki fikrlash va muloqot qilish uslubingizni baholash jarayonidir. Quyidagi tavsiyalar sizni bir qadam oldinga olib chiqadi
1️⃣ Oldindan kompaniya haqida ma’lumot oling
Suhbatga borishdan oldin kompaniya haqida o‘qing:
- qachon tashkil topgan,
- qaysi yo‘nalishda ishlaydi,
- oxirgi yillardagi loyihalari yoki yangiliklari, agar ochiq manbalarda mavjud bo'lsa
Bu sizning jiddiyligingizni va qiziqishingizni ko‘rsatadi.
2️⃣ Aniq va qisqa gapiring
Moliyachi — bu raqamlar bilan ishlaydigan mutaxassis. Shuning uchun javoblaringiz ham aniq, mantiqli va natijaga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Masalan:
❌ “Men moliyani yaxshi bilaman.”
✅ “Men 2 yil davomida korxonaning budjetini boshqarganman va xarajatlarni 15% ga kamaytirganman.”
3️⃣ Texnik bilimlaringizni takrorlab oling
Suhbatdan oldin quyidagilarni yodga oling:
- balans, aktiv va passiv tushunchalari;
- cash flow (pul oqimi) nima;
- likvidlik va rentabellik;
- Excel asoslari va formulalar.
Ko‘pincha intervyuda kichik amaliy testlar beriladi — tayyor bo‘ling.
4️⃣ Ishonch bilan, lekin kamtar bo‘ling
Ko‘z bilan aloqa qiling, tabassum va tinch ohangni saqlang — bu siz haqingizda subatdoshga ko‘proq narsa beradi.
O‘zingizni “mutaxassis” emas, rivojlanishga tayyor inson sifatida ko‘rsating.
5️⃣ Suhbat oxirida har doim savol bering
Ko‘pchilik bu bosqichni e’tiborsiz qoldiradi.
Ammo bu sizning professional fikrlashingizni ko‘rsatadi:
- “Sizning kompaniyangizda yosh mutaxassislar uchun rivojlanish dasturlari bormi?”
- “Moliya bo‘limida hozirgi asosiy ustuvor yo‘nalishlar nimalardan iborat?”
Unutmang, ish beruvchiga sizning nazariy bilimlaringizdan ko'ra amaliy, ya'ni muammolarni yecha olish qobiliyatingniz muhimroq!

👍8🔥8
Milliy tiklanish demokratik partiyasining ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistonda 68% aholi va 60% biznes vakillari diniy sabablar tufayli an'anaviy bank tizimidan foydalanishmaydi.
Demak Respublikada islomiy moliyaga bo'lgan talab juda ham yuqori. Yaqin vaqt ichida O'zbekistonda islomiy banklar va an'anaviy banklar negizida islom qoidalari (shariat) asosida moliyalashtirish yo'lga qo'yilishi mumkin.
Keling an'anaviy moliyalashtirish va islomiy moliyalashtirish o'rtasida farqlarni bilib olamiz.
☪️ Islomiy moliyaning maqsadi
Islomiy moliyaning maqsadi shunchaki foyda olish emas. Uning asosiy g‘oyasi — adolat, barqarorlik va ijtimoiy mas’uliyat.
Ya’ni, pul — o‘zi uchun qiymat emas, balki haqiqiy iqtisodiy faoliyat orqali qiymat yaratilgandagina foyda keltiradi.
Bu tizimda puldan pul qilish (foiz) taqiqlangan.
Foyda — faqat mehnat, risk, va real aktivlar orqali olinadi.
Qisqacha tarix:
Islomiy moliya g‘oyalari VII asrdan boshlab shakllangan.
Ammo zamonaviy shaklda u 1970-yillardan boshlab rivojlandi:
🌍 1975-yilda birinchi Islom taraqqiyot banki (IDB) tashkil etildi.
Bugun dunyoda 80+ davlatda 400 dan ortiq islomiy moliya instituti faoliyat yuritadi.
Ularning umumiy aktivlari 3 trillion dollardan oshgan.
Asosiy tamoyillar:
1️⃣ Riba (foiz) – taqiqlangan.
👉 Pul qarz sifatida berilib, ortig‘i bilan qaytarilishi — riba hisoblanadi.
2️⃣ Gharar (noaniqlik) – taqiqlangan.
👉 Noaniq, xavfli yoki spekulyativ shartnomalar (masalan, kriptovaluta, qimor o‘yinlari) yo‘l qo‘yilmaydi.
3️⃣ Maysir (qimor, tavakkal) – man qilingan.
👉 Tasodifga asoslangan foyda olish harom hisoblanadi.
4️⃣ Aktivga asoslangan moliya.
👉 Faqat real aktiv (tovar, ko‘chmas mulk, loyiha, ishlab chiqarish) asosida bitim tuziladi.
5️⃣ Riskni bo‘lishish.
👉 Bank ham, mijoz ham foyda yoki zarar uchun javobgar.
📊 An’anaviy moliya qanday ishlaydi?
An’anaviy bank sizga pul beradi — siz esa foiz bilan qaytarasiz. Foyda faqat bankka tegishli, zarar esa sizning mas’uliyatingiz.
Bank uchun asosiy narsa — kredit shartnomasi.
U sizdan riskni o‘z zimmasiga olmaydi, faqat foizini kafolatlaydi.
Natijada, real sektor bilan bog‘lanmagan “moliyaviy pufaklar” paydo bo‘ladi — bu esa inqiroz xavfini oshiradi (masalan, 2008-yilgi global moliyaviy inqiroz).
🕌 Islomiy moliya vositalari
Islomiy moliyada foyda olish usullari boshqa:
💠 Murabaha – bank siz uchun tovarni xarid qilib, ustama bilan sotadi.
💠 Mudaraba – siz kapital qo‘shasiz, bank yoki tadbirkor uni boshqaradi; foyda kelishilgan nisbatda bo‘linadi.
💠 Musharaka – sheriklik asosidagi sarmoya: bank ham, mijoz ham kapital qo‘shadi.
💠 Ijara – lizingga o‘xshash: bank mulkni oladi va mijozga ijaraga beradi.
💠 Sukuk – islomiy obligatsiya, lekin foizsiz; foyda aktivdan olingan daromad asosida beriladi.
Islomiy moliya nima uchun ommalashmoqda?
Bugun dunyoda nafaqat musulmon davlatlarda, balki ko‘plab boshqa davlatlarda ham (hatto Yevropada ham) islomiy moliya rivojlanib bormoqda.
Sababi:
- bu tizim foiz xavfini kamaytiradi,
- real iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlaydi,
- spekulyatsiyani cheklaydi,
- adolatli foyda taqsimotini ta’minlaydi.
Demak, Islomiy moliya — bu faqatgina diniy emas, balki axloqiy va iqtisodiy tizim hamdir va u halollikga asoslangan. U pulni emas, haqiqiy qiymatni yaratishni maqsad qiladi.
Islomiy moliya aynan shu tamoyilga asoslanadi.

Pul – vosita, maqsad emas.
Islomiy moliya aynan shu tamoyilga asoslanadi.
Finance.uz🇺🇿
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7❤2
Franshiza (Franchising) — bu tayyor biznes modelini sotib olish.
Ya’ni siz o‘z biznesingizni noldan emas, balki muvaffaqiyatli ishlayotgan brendning tayyor tizimi asosida boshlaysiz.
Siz brend egasi bilan shartnoma tuzasiz:
- u sizga nom (brend),
- tizim (retsept, texnologiya, dizayn),
- marketing va xodimlar uchun training,
siz esa shartnoma bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirasiz.
Asosiy to‘lovlar:
1️⃣ Franshiza to‘lovi (franchise fee) — boshlanishda to‘lanadi (kirish badali).
2️⃣ Royalti (royalty) — har oy brend egasiga to‘lanadigan foiz yoki belgilangan summa (odatda 3–10%).
3️⃣ Marketing to‘lovi — umumiy reklama jamg‘armasiga ajratma (masalan, 1–2% daromaddan).
⚙️ Franshiza qanday ishlaydi?
Masalan, siz “Lavash” franshizasini olmoqchisiz:
- Siz joy, sarmoya, xodimlarni topasiz.
- Kompaniya sizga dizayn, menyu, yetkazib beruvchilar va boshqaruv tizimini beradi.
- Siz filialni ochasiz va foydadan brend egasiga ma’lum ulush to‘laysiz.
- Bu sizga tez start, ishonchli tizim va mijoz oqimi beradi.
📊 Franshiza turlari
Franshizalar bir nechta turga bo‘linadi:
1️⃣ Tovar franshizasi
Siz tayyor mahsulotni ishlab chiqarmaysiz, faqat sotuvini amalga oshirasiz. Siz ularning distributori bo‘lasiz.
2️⃣ Xizmat (servis) franshizasi
Siz brend nomidan xizmat ko‘rsatasiz.
3️⃣ Ishlab chiqarish (industrial) franshizasi
Siz brend texnologiyasi asosida mahsulot ishlab chiqasiz.
4️⃣ Investitsion franshiza
Bu yirik loyihalar uchun — investor brendni sotib olib, butun hudud yoki mamlakat uchun vakolat oladi.
Franshiza afzalliklari:
✅ Tayyor biznes modeli
✅ Mijoz ishonchi allaqachon mavjud
✅ Marketing va reklama tizimi yo‘lga qo‘yilgan
✅ Brend tomonidan o‘qitish, trening va konsultatsiya
✅ Banklar va investorlar oldida ishonchlilik yuqori
Franshiza kamchiliklari:
❌ Dastlabki to‘lov katta bo‘lishi mumkin
❌ Erkinlik cheklangan — siz brend qoidalariga bo‘ysunasiz
❌ Har oy royalti to‘laysiz, foyda kamayadi
❌ Brend nomiga putur yetsa, sizga ham ta’sir qiladi
❌ Har joyda ham ishlamaydi (bozorni noto‘g‘ri tanlasa — zarar)
💡 Franshiza kimlar uchun mos?
- Ish boshlamoqchi, lekin tajribasi yo‘q bo‘lganlar uchun
- Tez foyda va xavf-xatar kam biznes izlayotganlar uchun
- Kapitali bor, lekin g‘oyasi yo‘q investorlar uchun

👍6🔥3❤1
Xo'sh, moliyani qayerdan boshlash va professional darajagacha qanday yetib borish mumkin?
Quyida “motivatsiya” emas, aniq va real qadamlarni, nimani va qaysi ketma-ketlikda o‘rganish kerak ekanligini keltirib o'taman.
1. Boshlang‘ich baza: raqamlar va asosiy tushunchalar
O‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan minimal baza:
- Oddiy va murakkab foizlar
- Inflyatsiya, real va nominal daromad
- Valyuta kursi, devalvatsiya, revalvatsiya
- Diskontlash (bugungi qiymat, kelajak qiymat)
Natija: har qanday foiz, kredit, depozit, grafik va misolni tushunib olasiz.
2. Asosiy ish quroli: Excel yoki Google Sheets
Moliyachi uchun bazaviy texnik ko‘nikma:
- Formulalar: SUM, IF, SUMIF(S), VLOOKUP / XLOOKUP, INDEX+MATCH
- Pivot jadvallar (pivot table)
- Ssenariy va “what-if” tahlil
- NPV, IRR, annuitet, foiz hisoblari
Natija: qo‘lda kalkulyator bilan emas, jadvalda ishlash va model tuza olish darajangizni oshirasiz.
3. Shaxsiy moliya va kredit-moliyaviy mahsulotlar
Umumiy savod darajasi uchun:
- Byudjet tuzish: daromad, majburiy xarajatlar, jamg‘arma
- Depozitlar, kreditlar, overdraft, kredit kartalari
- Sug‘urta va pensiya tizimi asoslari
- Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi farq
Natija: oddiy mijoz sifatida ham, moliyaviy mutaxassis sifatida ham mahsulotlarni tushunib olasiz.
4. Hisob va buxgalteriya asoslari
Moliyani tushunish uchun buxgalteriya tilini bilish zarur:
- Balans (aktiv, passiv, kapital)
- Foyda va zarar hisobi (P&L)
- Pul oqimi hisobotlari (Cash Flow)
- Asosiy koeffitsiyentlar: rentabellik, likvidlik, leverage va h.k.
Natija: kompaniya hisobotini ochib, qayerdan pul kelib, qayerga ketayotganini tushunib olasiz.
5. Mikroiqtisod va makroiqtisod asoslari
Moliya iqtisoddan ajralmagan:
- Mikro: talab-taklif, narx shakllanishi, marja, raqobat
- Makro: YaIM, inflyatsiya, foiz stavkalari, davlat byudjeti
- Markaziy bank roli, pul-kredit siyosati
- Bozor turlari: tovar, mehnat, kapital, valyuta
Natija: kurslar, stavkalar va iqtisodiy siyosat moliya ko‘rsatkichlariga qanday ta’sir qilishini tushunib olasiz.
6. Korporativ moliya
Professional darajaga chiqish uchun asosiy blok:
- Kapital tuzilmasi: qarz va o‘z kapitali ulushi
- Weighted Average Cost of Capital (WACC) tushunchasi
- Investitsion loyihalarni baholash (NPV, IRR, payback)
- Dividеnd siyosati, kapital qiymatini oshirish tamoyillari
- Working capital (aylanma kapital) boshqaruvi: zahiralar, debitor/kreditor qarzlar
Natija: kompaniya darajasida qaror qabul qilishni tushunib olasiz.
7. Moliyaviy bozorlar va instrumentlar
Keyingi qatlam — bozor va instrumentlar:
- Aksiyalar, obligatsiyalar, derivativlar (opsion, fyuchers tushuncha darajasida)
- Kupon, diskont, yield (rentabellik)
- Valyuta bozori, foiz stavkalari bozorining ishlash tamoyillari
- Birja va OTC (birjadan tashqari) savdo farqi
Natija: qimmatli qog‘ozlar va bozor mexanizmlarini o‘qiy olish va tushunish.
8. Tahlil va reporting
Moliyachi uchun amaliy blok:
- Budgeting (byudjetlashtirish) va forecast (taxminlash)
- “Reja vs fakt” tahlili
- Segmentlar bo‘yicha foyda va xarajat tahlili
- Moliyaviy model tuzish: oddiydan murakkabga
- Rahbariyat uchun qisqa, aniq hisobot tayyorlash
Natija: raqamdan xulosa chiqarish va uni boshqalarga tushunarli shaklda ko‘rsata olasiz.
9. Malaka va sertifikatlar yo‘nalishi
Chuqurroq yo‘nalishga qarab ketaman deganlar uchun:
- Buxgalteriya va audit: ACCA, CPA, milliy sertifikatlar
- Investitsiya va tahlil: CFA, FRM
- Korporativ moliya va boshqaruv: MBA (moliya yo‘nalishi), CIMA va sh.k.
Natija: xalqaro yoki mahalliy me’yordagi professional tasnif darajasini olasiz.
10. Amaliyot va mutaxassislik
Nazariy bloklardan tashqari, amaliy bosqich zarur:
- Buxgalteriya, kredit bo‘limi, g'aznachilik, risk-menejment yoki FP&A (Financial Planning & Analysis)da ishlash
- Haqiqiy kompaniya hisobotlari bilan ishlash
- Ichki reglamentlar, siyosatlar, soliq va qonunchilik bilan tanishish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6🔥2❤1
(yuqoridagi post davomi)
Natija: “kitobdagi moliya”dan “real hayotdagi moliya”ga o‘tish.
Umumiy sxema:
1–3-bosqich — baza (shaxsiy va texnik)
4–7-bosqich — professional bilimlar
8–10-bosqich — tahliliy va amaliy daraja
Agar moliya dunyosiga kirib kelishni istasangiz shu sxemada ishlashni tavsiya beraman.
Bu yo'l tez va siz kutgandek samarali bo'lmasligi mumkin, lekin davomiylik (consistency) va intizom (discipline) orqali hammasiga erisha olasiz.
Aniq bir kursni tavsiya qilolmayman, chunki hech qaysi kurs yuqoridagilarni barchasini qamrab olmaydi. O'zingizni istagingnizga qarab kurs tanlashingniz zarur.
Ustozlarga kelsak - ish faoliyatingiz davomida juda ham ko'p ustozlarga duch kelasiz, faqat to'g'risini tanlab ergashish kerak.

👍8🔥3❤1