Amudarya.uz
9.98K subscribers
20.6K photos
2.07K videos
18 files
7.05K links
Download Telegram
Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan “og‘ir toifa”dagi yoshlar bilan individual ishlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, muammolarini aniqlash va bartaraf etish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Har bir otaliqqa olingan yoshning uyiga borgan holda, oila a'zolari bilan uchrashib, muammolari o'rganildi. Jarayonda yoshlarning yashab kelayotgan turar joy ahvoli va sharoiti o‘rganildi.

Otaliqqa olingan yoshning bandligini ta’minlash, kasbga o‘rgatish, ma’naviyat va sport tadbirlariga jalb qilish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida har biriga alohida “Yo‘l xarita”lar ishlab chiqildi.


Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#islohot_va_ijro

Davlatimiz rahbarining “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yangi qurilish va bunyodkorlik ishlariga asos bo‘lmoqda.

Qaror asosida Amudaryo tumanida “Islom taraqqiyot banki” va OPEK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7 ta ijtimoiy soha obyektlari qad rostlamoqda. Ular 4 ta pudratchi tashkilot tomonidan barpo etilmoqda. Xususan, “Zamin qurilish trans servis” MCHJ tomonidan Farovon mahallasi hududida 90 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti bunyod etilmoqda. Ayni kunlarda qurilish ishlari jadal sur'atlarda davom etmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#islohot_va_ijro

Davlatimiz rahbarining “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida" qaroriga muvofiq Amudaryo tumanida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hududlarda elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, mahallani tuman markazi bilan bog‘lash, shu jumladan, avtobus va taksilar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ichki yo‘llarini ta’mirlash, asosiy ko‘chalarni shag‘allashtirish va energiya tejamkor yoritkichlar o‘rnatish, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabilar qarorda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan hisoblanib, tumanimizda ularning ijrosi ta'minlanmoqda.

Xususan, tumanning Amir Temur ovuli hududidagi eskirib, yaroqsiz holga kelib qolgan elektr ustunlari yangilariga almashtirilib, elektr energiyasi yetkazib berish bilan bog'liq muammolar bartaraf qilinmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#islohot_va_ijro

Amudaryo tumanida "Xavfsiz va sog'lom yurt" jinoyat va huquqbuzarliklar qarshi kurashish oyligi doirasida tezkor profilaktik tadbirlar tumanimizning barcha hududlarda samarali tashkil etilmoqda. Huquqbuzarliklar profilaktirkasiga oid turli reyd tadbirlari, tushuntirish-targ'ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Oylik mobaynida profilaktika tadbirlari barcha hududlarda davom etadi.
___________________________________

Ámiwdárya rayonında "Qáwipsiz hám salamat el" jınayat hám huqıqbuzarlıqlarǵa qarsı gúresiw aylıǵı sheńberinde rayonımızdıń barlıq aymaqlarında operativ profilaktikalıq ilajlar nátiyjeli shólkemlestirilmekte. Huqıqbuzarlıqlar profilaktikasına baylanıslı túrli reyd ilajları, túsinik-tárbiyalıq ilajlar shólkemlestirilmekte. Ay dawamında profilaktika ilajları barlıq aymaqlarda dawam etedi.


Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Мәмлекетимиз байрағын дүнья ареналарында желбиретиўде үлес қосқан спортшыларымыз сыйлықланды

Бүгин футбол бойынша 17 жасқа шекемги футболшылар арасында өткерилген Азия чемпионаты кубогын мәмлекетимизге алып келиўде үлес қосқан жеңимпазларымыз, бокс, қылышпазлық спорт түрлери бойынша жәҳән бириншилигинде сыйлы орынларды ийелеген спортшыларымыз ҳәм олардың тренерлерин сыйлықлаў мәресими өткерилди.

Жоқарғы Кеңес Баслығы спортшыларымызды ерискен табысы менен қутлықлап, буннан да жоқары нәтийжелерге ерисиўине тилеклеслик билдирди.

Мамлакатимиз байроғини жаҳон ареналарида ҳилпиратишга ҳисса қўшган спортчиларимиз тақдирланди

Бугун футбол бўйича 17 ёшгача бўлган футболчилар ўртасида ўтказилган Осиё чемпионати кубогини мамлакатимизга олиб келишда ҳисса қўшган ғолибларимиз, бокс, қиличбозлик спорт турлари бўйича жаҳон чемпионатида фахрли ўринларни эгаллаган спортчиларимиз ва уларнинг мураббийларини тақдирлаш маросими ўтказилди.

Жўқорғи Кенгес Раиси спортчиларимизни эришган ютуқлари билан табриклаб, бундан ҳам юқори натижаларга эришишларига тилакдошлик билдирди.

Каналға ағза болыў: @joqargikenes

Website|Telegram|Instagram|Facebook|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oramizdagi_odamlar
#Tomorqa_daromad_manbayi

Amudaryo tumani Oq oltin ovulida yashovchi Yangiboy Qurboniyozov o‘z tomorqasi imkoniyatlaridan samarali foydalanib, oilasi bilan farovon hayot kechirmoqda. Xonadonidagi 4 sotixli issiqxonada xorij navidagi kartoshka yetishtirilmoqda. Tomorqachi yaqin kunlarda hosilni yig‘ib, sabzi ekishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, 1 sotix maydonda ko‘chatxona tashkil etilgan bo‘lib, unda gullar, pomidor, karam va boshqa poliz mahsulotlari parvarish qilinadi. Issiqxonadan tashqari yana 4 sotix yerda karam va baqlajon yetishtirilayotgani yerga berilgan mehr va halol mehnat samarasi sifatida har yili 2-3 marta tomorqadan barqaror daromad keltirmoqda. Yetishtirilgan mahsulotlar mahalliy bozorlarda xaridorsiz qolmaydi.

Yangiboy Qurboniyozov xonadonida chorvachilik ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ekin-tekin, mevali daraxtlar, gullar va chorvachilik uyg‘unligida amalga oshirilayotgan mehnat o‘z barakasini bermoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | Sayt