Amudarya.uz
9.98K subscribers
20.6K photos
2.07K videos
18 files
7.05K links
Download Telegram
#islohot_va_ijro

Qurilish sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida Amudaryo tumanining Mang‘it shahri yangicha, zamonaviy qiyofa kasb etmoqda, qishloqlarda aholi turmushi kun sayin farovonlashib bormoqda. Bunyodkorlik ishlari natijasida ta’lim, tibbiyot, uy-joy qurilishi borasida aholining ehtiyojlari qondirilmoqda.

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tumanning Do‘stlik mahallasi hududida “Yangi O‘zbekiston” massividagi ko‘p xonadonli uy-joylarning qurilish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. “Yangi O‘zbekiston” massivida har biri 5 qavatli bo‘lgan 8 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, har biri 30-35ta xonadonga mo‘ljallangan turar joylar qurilishida 8 ta qurilish tashkilotlari quruvchilari faoliyat olib borishmoqda.


Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida mahalla raisi saylovini o'tkazuvchi ishchi guruh raislari uchun o'quv seminari tashkil etildi.

Seminarda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesining Mahalliy hokimiyat vakillik va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari hamda davlat organlarining ochiqligini ta’minlash masalalari qo‘mitasi raisi Sharapat Otemisov, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Sag‘indiq Turmanov, uyushmaning tuman bo'limi boshlig'i Alisher Yo'ldashev ishtirok etdi.

Seminarda mahalla raisi saylovini o'tkazish tartibi, asosiy jihatlari, jarayonni to'g'ri tashkil etishda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan asosiy jihatlar xususida so'z yuritildi. Bu borada tumanda tashkil etilgan ishchi guruh mas'ullariga tegishli tavsiya va ko'rsatmalar berildi.


Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#sayyor_qabul

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Sag‘indiq Turmanovning amudaryolik fuqarolar murojaatlari yuzasidan sayyor qabuli tashkil etildi.

Sayyor qabulda tumanning Choyko'l ovuli, Chordara, Oybek, Arna bo'yi mahallalaridan fuqarolar turli masalalar yuzasidan murojaat qildilar. Qabul jarayonida fuqarolar uy-joyiga kadastr hujjatini olishda, davolanish uchun moddiy yordam olishda, ichki yo'llarni ta'mirlashda amaliy yordam berish kabi masalar yuzasidan murojaat qildilar. Muammoli masalalarning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli mas'ullarga ko'rsatmalar berildi.


Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Ҳурматли тадбиркорлар!

🇮🇷 Сизларни 28 апрель – 2 май кунлари Эрон Ислом Республикасининг Теҳрон шаҳрида бўлиб ўтадиган "IRAN EXPO 2025" кўргазмасида иштирок этишга таклиф қиламиз.

Кўргазма қуйидаги соҳалар ва йўналишлардаги товарлар ва хизматлар намойиш этилади:

Озиқ-овқат саноати, қишлоқ хўжалиги, балиқчилик
Саноат
Қўлда тўқилган гилам, ҳунармандчилик, туризм
Фармацевтика маҳсулотлари, тиббиёт ва лаборатория жиҳозлари, косметика ва гигиена буюмлари
Қурилиш саноати, техник-муҳандислик хизматлари
Нефткимё саноати

Ушбу муҳим иқтисодий тадбирнинг ўтказилиши Ўзбекистон компанияларининг Эрон ишлаб чиқариш ва экспорт салоҳияти билан танишишлари, эронлик йирик ишлаб чиқарувчилар билан тўғридан-тўғри алоқалар ўрнатишлари ва улар билан шартномалар имзолашлари учун қулай бир фурсатдир.

Қўшимча маълумот ва рўйхатдан ўтиш учун:
📞
+998982228224

🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM