Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
24.2K subscribers
22.6K photos
6.31K videos
14.3K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Joriy yilning 17-oktyabr kuni Toshkent shahar hokimining v.b. Shavkat Umurzakov Ozarbayjon Respublikasi “Crocus Group” kompaniyalar guruhining birinchi vitse-prezidenti Emin Agalarov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Mehmonlarni samimiy qarshi olgan Sh. Umurzakov Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbus va sa’y-harakatlari bilan mamlakatimizda qulay sarmoyaviy muhit yaratilgani, bu ham investorlar, ham davlatimiz manfaatlariga birdek xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Shundan so‘ng mehmonlarga Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, keyinchalik poytaxtning yangi ma’muriy markaziga aylanadigan Yangi Toshkent tumani haqida batafsil ma’lumot berildi.
E. Agalarov poytaxt hokimligi bilan hamkorlikdan manfaatdorligini bildirib, qurilish sohasida yirik loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish haqida so‘z yuritdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Forwarded from Toshkent shahar bojxona boshqarmasi I RASMIY KANAL (Отабек Одилов)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥 БОЖХОНА ТЎЛОВЛАРИДАН ОЗОД ҲУДУД: АФЗАЛЛИКЛАР, ИМКОНИЯТ ВА ҚУЛАЙЛИКЛАР

Каналга обуна бўлинг
😎 @toshkent_bojxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
Olmazor tumanida Kuz-qish mavsumini betalofot o‘tkazish va “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mahalla hududida o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

✔️Toshkent shahar hokimi o'rinbosari B.Raxmonov, Olmazor tumani sektor rahbarlari va mutasaddi rahbarlari bilan birgalikda tumanimizda olib borilayotgan qurulish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari hamda "Bo'stonobod" mahallasidagi ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy ob’ektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o‘rganildi.

▪️O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Web-site
Forwarded from Uchtepa tuman hokimligi
🌱Учтепани тоза ва обод ҳудудга айлантирамиз

Бир муддат олдин Республика ишчи гуруҳи аъзоларининг 2- сектор ҳудудида саф йиғилиши ўтказилди.

Унда Президент администрацияси масъул ходими Д.Тилавов, шаҳар прокурори ўринбосари Э.Инамжанов, шаҳар ҳокими ўринбосари Ш.Рахмоновлар ҳамда коммунал соҳа ходимлари, Ички ишлар, Соғлиқни сақлаш ва бошқа тегишли идора ва ташкилот ходимлари иштирок этишди.

Саф йиғилишида туман инфратузилмасини ривожлантириш, хусусан коммунал соҳадаги камчиликларни бартараф этиш ва куз-қиш мавсумини беталофат ўтказиш ҳамда “Яшил макон” умуммиллий ҳаракати доирасида белгиланган вазифалар ижросини таъминлаш юзасидан режалар тузилиб, шу ернинг ўзидан барча маҳаллаларга гуруҳ аъзолари тарқалишди.



👉https://t.me/uchtepahokimligi

Web-site |facebook | instagram | youtube
18-oktyabr kuni Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sanjar Obidov Minsk shahri ijroiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Nadejda Lazarevich boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimligining hamda Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining mutasaddilari ham ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida S. Obidov mehmonlarga mamlakatimizda ijtimoiy soha, xususan, tibbiyot sohasini rivojlantirishga berilayotgan e‘tibor, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, tibbiy xodimlarning malakasini oshirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini ma‘lum qildi. Toshkent va Minsk shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy sohalardagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish borasida so‘z yuritdi.

O‘z navbatida, N. Lazarevich qabul uchun minnatdorlik bildirib, sog‘liqni saqlash, biznes, sanoat, taʼlim kabi qator sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik haqida so‘z yuritdi. O‘zbekiston o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarini tizimli amalga oshirib borayotganini, bunda davlat hukumatining oqilona boshqaruv siyosati katta o‘ringa ega ekanligini eʼtirof etdi.

Uchrashuv davomida Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi bilan Minsk shahri ijroiya qo‘mitasining Sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi.

Taraflar muzokaralarni ijobiy ruhda yakunlab, samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.