Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
23.5K subscribers
20.7K photos
5.74K videos
13.3K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-47
71-210-03-33
Download Telegram
Jiddiy tanqiddan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi

Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Shahar hokimi o‘rinbosarlari, shahar va tuman sektorlari rahbarlari, bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari, tashkilotlar mas'ullari ishtirok etgan majlisda joriy yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida energiya resurslari ta'minoti yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va e'tirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi.

Prezidentimiz tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb bo‘lgan elektr energiyasi va gaz ta'minotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy e'tibor qaratildi. Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, sodir bo‘layotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olindi.

Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qo‘shimcha kuchlarni jalb etish topshirig‘i berildi.

📹YouTube 📱Facebook 📹Instagram 🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda o‘qish 23-yanvardan boshlanadi

Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari - mаktablar, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23-yanvardan boshlanadi.

Toshkent shahar hokimligi hamda boshqa mas’ul tashkilotlar tomonidan ta’lim ob’yektlaridagi harorat belgilangan me’yorda bo‘lishi nazoratga olinadi.
__

Учеба в Ташкенте начнется 23 января

Об
учение в общеобразовательных учреждениях Ташкента — школах, лицеях, колледжах, вузах — начнется 23 января.

Хокимият Ташкента и другие ответственные организации проконтролируют, чтобы температура в учебных заведениях соответствовала установленным нормам.
Forwarded from Olmazor tumani hokimligi
🟡 Bugun erta tongdan Bojxona qo'mitasi xodimlari tomonidan Olmazor tumanidagi "Tepaguzar" va "Yuqori Sebzor" mahallalarida obodonlashtirish ishlarini olib borimoqda.

#obodonlashtirish

💫 Olmazor ilm-ma'rifat, ziyo va innovatsion maskan!

🕊Telegram📱Instagram📱Facebook📺YouTube🌐Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#shayxontohur_tumani
#tozalash_ishlari

Bugun erta tongdan Bojxona qo'mitasi hamda obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanidagi "Shodlik" mahallasida obodonlashtirish ishlarini olib borilmoqda.

🗄Olib borilayotgan ishlar bilan batafsilroq keyingi lavhalarimizda tanishib borasiz.

Тelegram 💬Facebook 📸 Instagram  Twitter  📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Navbatchi #Sergeli_tumani #Tozalash_va_obodonlashtirish

📍Sergeli tumanidagi "Sohibqiron", "Madadkor", "Xontepa" mahalla hududlarida FVV xodimlari hamda harbiy xizmatchilar tomonidan mahalla hududidagi ichki ko'chalar va yo'laklar muzlardan tozalanmoqda.

🔹️Tumandagi barcha mahalla hududlariga qo'shimcha yordamchi kuchlar jalb etilgan bo'lib, tez orada batafsil ma'lumot beramiz.

✍️Sergeli tuman hokimligi Matbuot xizmati

📲 Instagram | Facebook | Website