Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
24.2K subscribers
22.5K photos
6.29K videos
14.2K links
Мурожаатлар учун саҳифа: https://tashkent.uz/uz/virtual
Страница для подачи обращений: https://tashkent.uz/ru/virtual

Web-site: www.tashkent.uz
Facebook: fb.com/toshkenthokimligi
Instagram: instagram.com/toshshaharhokimlik
71-210-03-36
71-210-03-37
Download Telegram
Ushbu bahorning yorqin tadbiri — VI-Тoshkent xalqaro marafonida qatnashing!
21-aprelda poytaxtimizning markaziy ko‘chalari Toshkent xalqaro marafoni uchun maydonchaga aylanadi.

Marafon tashkilotchilari: Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi.

Toshkent xalqaro marafonining yuqori maqomi World Athletics Label markirovkasi bilan belgilangan bo‘lib, Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (World Athletics) taqvimiga kiritilgan. Trassa Xalqaro marafonlar va ommaviy yugurish musobaqalari assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan sertifikatlangan.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni 5-aprel kuni yakunlanadi. Start paketlari 17-19-aprel kunlari Magic City ko‘ngilochar bog‘ida tarqatiladi.

Присоединяйтесь к яркому событию этой весны — VI-Ташкентскому международному марафону!

21 апреля центральные улицы столицы превратятся в настоящую спортивную трассу для любителей бега!

Организаторами марафона являются: хокимият города Ташкента, Министерство спорта Республики Узбекистан, Министерство высшего образования, науки и инноваций, АО «Узбекнефтегаз», Национальный Олимпийский Комитет, Министерство обороны Узбекистана, Министерство внутренних дел, Агентство по делам молодежи, Федерация профсоюзов, Министерство по чрезвычайным ситуациям, Федерация легкой атлетики Узбекистана.

Высокий статус Ташкентского марафона подтвержден маркировкой World Athletics Label и включен в календарь Международной ассоциации легкоатлетических федераций (World Athletics). Трасса сертифицирована Ассоциацией международных марафонов и забегов (AIMS).

Регистрация завершается 5 апреля. Раздача стартовых пакетов 17, 18 и 19 апреля в парке Magic City.
📶 Tez orada “Toshkent bo’yicha navbatchi” jonli efirda

26-mart kuni 17-00 da Furqat Mahmudxo’jayev “Toshkent bo’yicha navbatchi” ruknida jonli efir o’tkazadi.

Unga sizni qiynayotgan shahrimizning turli sohalariga oid savollarni real vaqt rejimida berishingiz mumkin.

Jonli muloqot

YouTube kanal



📶 Совсем скоро «Дежурный по Ташкенту» — в прямом эфире

26 марта в 17-00 Фуркат Махмудходжаев проведет очередной прямой эфир в рубрике «Дежурный по Ташкенту».

В ходе прямого эфира вы можете задать все волнующие вас вопросы по различным сферам жизни нашего города.

Прямой диалог

Канал на YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-122-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Sergeli tumanida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, kasb-xunarga o‘qitish va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida “Mehnatdan kelsa boylik - turmush bo‘lar chiroyli” shiori ostidagi seminar-treningi hamda “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-376-sonli qaroriga asosan “Daryo bo‘yi” mahallasida “Xotin qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash” markazi ochilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan tadbirda Toshkent shahar hokimligi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, turmush farovonligini yuksaltirish, tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash va ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan motivatsion uchrashuvi, Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va kasbga o‘qitish va tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha Sergeli tuman bo‘limining reja taqdimoti, AT “Xalq bank” Sergeli bank xizmatlar markazining “Loyihalar fabrikasi” taqdimoti, Nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni bandligini ta’minlash bo‘yicha yaratilgan ish o‘rni bilan tanishish, “Yangi Sergeli” mahallasida Toshkent shahar Tadbirkorlik markazi tomonidan tadbirkorlikka o‘qitilgan xotin-qizlarni sertifikat bilan taqdirlash, “Qut baraka” mahallasidagi “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash va salomatligini mustahkamlash” markazida Qandolatchilik yo‘nalishi faoliyati va yaratilgan ish o‘rinlari shart-sharoitlari bilan tanishildi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Markaziy bankdan moliyaviy savodxonlik darslari

Bugun Toshkent davlat transport universiteti talabalariga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy savodxonlik va ommaboplikni oshirish departamenti tomonidan “Moliyaviy savodxonlik kundalik hayotimizda” mavzusida o’quv seminari tashkil qilindi.

Tadbirda universitet talabalari moliyaviy barqarorlik, moliyaviy rejalashtirish va jamg’arma, maqsadlarni to’g’ri qo’yish, moliyaviy bilimlardan to’g’ri foydalanish borasidagi tushunchaga ega bo’ldilar.

Shuningdek, yig’ilganlar hozirgi kunda keng tarqalgan moliyaviy firibgarlikdan saqlanish choralari, kiber moliyaviy jinoyat turlari bilan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Savol-javob tariqasida o’tgan tadbir yig’ilganlar uchun qiziqarli va manfaatli bo’ldi.



Уроки финансовой грамотности от Центрального банка

Сегодня Департаментом по повышению финансовой грамотности и доступности Центрального банка Республики Узбекистан для студентов Ташкентского государственного транспортного университета был организован образовательный семинар на тему «Финансовая грамотность в нашей повседневной жизни».

На мероприятии студентам дано разъяснение о сути стабильности, финансового планирования и сбережений, правильной постановки целей и правильного использования финансовых знаний.

Также собравшиеся ознакомились с мерами по предотвращению финансового мошенничества, видами финансовых преступлений в сети и получили ответы на все интересующие их вопросы.

Мероприятие, состоявшееся в формате вопросов и ответов, обмена мнениями стало интересным и полезным событием для участников.
Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug’bek tumanlarida gaz ta'minoti qisman to‘xtatiladi.

Chilonzor, Uchtepa, Mirzo Ulug’bek tumanlari gaz ta'minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan, 27-mart kuni 10:00 dan 18:00 gacha ushbu tumanlarning ba’zi mahalla va ko'chalarida gaz ta'minoti to‘xtatiladi.

Chilonzor tumanida:
— «Zarqo’rg’on» va «Fidokor» mahallalari;
—«Navbahor» va «Katta Navbahor» mahallalari, S-mavze;
— «Ko'tarma» mahallasi;
— «Naqoshlik» mahallasi;
— «Botirma» mahallasi;
— Lutfiy mahallasi;
— «1-Qatortol» mahallasi;
— «Nafosat» mahallasi;
— «Diyor» mahallasi;
— «Qatortol» mahallasi;
— Cho'pon ota mahallasi;
— «Bog'zor» mahallasi;
— «Oqtepa» mahallasi;

— Ulgurji iste'molchilar — 68 ta.

Uchtepa tumanida:
— «Tepa Qo'rg'on» mahallasi;
— «Qo'rg'on tepa» mahallasi;
— «Ko'hna Cho'ponota» mahallasi;
— «Bog'obod» mahallasi;
— «Bog'iston» mahallasi
— «Birlik» mahallasi;
— «Nayman» mahallasi;
— «Guzar» mahallasi;
— Uchtepa tuman 11-12-13-14-15-26-mavzelar;

— Ulgurji iste'molchilar —76 ta.

Mirzo Ulug'bek tumanida:
— Ne'mat berk ko'chasidagi 74 ta yerli xonadonlar;

— Ulgurji iste'molchilar — 3 ta.



“Hududgaz Poytaxt” GTF noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.
Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Photo
2024-yil 1-apreldan kuchga kiradigan qonunchilikdagi asosiy o'zgarishlar

Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratishning yangi tartibi

Subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar tadbirkorlik subyektlariga barqarorlik reytingidagi mavqeiga qarab ajratiladi va qo'llaniladi.


To'siqsiz mehmonxonalarga har bir xona uchun 1 milliondan 2 milliongacha subsidiyalar

Bunda tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan mehmonхonaning kamida uchta хonasi nogironligi boʻlgan shaхslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilganda, ushbu tadbirkorlik sub’yektlariga har bir maхsus jihozlangan хona uchun 1 mln soʻmdan 2 mln soʻmgacha subsidiya beriladi.


Davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar

Davlat хaridlari doirasida mahalliy elektr sanoati ishlab chiqaruvchilar chet ellik yetkazib beruvchilar bilan bir qatorda ishtirok etganda, ularga nisbatan import tovarlarining DDP (Oʻzbekiston) narхidan quyidagi miqdorlarda narх preferensiyasi beriladi:
•15% – 3 yoki undan ortiq mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda;
•2% – ikkita mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etganda;
• 8% – bitta mahalliy ishlab chiqaruvchi ishtirok etganda.


Yirik soliq to'lovchilar uchun elektron hisob yuritish shakli joriy etiladi

Tovar-transport yuk хatlarini elektron shaklda rasmiylashtirish, saqlash va ularning hisobini yuritish tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.


Chiqindi xizmatlari uchun qarzdorlik mavjud bo'lsa, ba’zi bitimlar notarial tasdiqlanmaydi.

Ko'chmas mulk va avtotransport bilan bog'liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat fuqarolarning qattiq maishiy chiqindilarni yig'ish va olib chiqish xizmatlari uchun qarzlari bo'lmagan taqdirda amalga oshiriladi.


Mulkni sotish shaffof bo'ladi

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.


"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari pullik xizmatlarni ham taqdim etadi

«Inson» ijtimoiy хizmatlar markazlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tiziimdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik хizmat koʻrsatish tartibi joriy etiladi.


QQS boʻyicha bir
qator imtiyozlar bekor qilindi

Tibbiyot, veterinariya, kommunal хizmatlar va dori-darmon vositalarini realizatsiya qilishda QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi.


Moddiy yordam uchun onlayn ariza

Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi.


Shaharsozlik mutaxassislarini sertifikatlash

Sertifikatlashtirish tizimi har 3 yilda bir marta amalga oshiriladi:

• tuman (shahar) va viloyat arхitektorlari;
• qurilish va uy-joy kommunal хoʻjaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalari inspektorlari.


Banklarning ustav kapitalining eng kam miqdori oshiriladi

Shunday qilib, 2024 yil 1-apreldan boshlab bu miqdor 350 mlrd so'mni tashkil etadi.


Bola tug'ilganda nafaqa tayinlash tartibi o'zgartirilmoqda

Farzand tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa puli:

• birinchi farzandi uchun – barcha ayollarga;
• ikkinchi farzandi uchun – farzand tugʻilgan paytda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimiga kiritilgan oilaning a’zosi boʻlgan ayollarga rasmiylashtiriladi.


Yangi madaniy loyihalar ishga tushirilmoqda

- «Madaniyat toʻlqinlari» media loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Tanlov doirasida jamoatchilik tomonidan ijobiy qabul qilingan va gʻoyaviy yuksak eng yaхshi 50 ta media mahsulotning har biri 50 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

- Ijtimoiy tarmoqlarda 500 mingdan ortiq obunachisi boʻlgan, aholi orasida mashhur boʻlgan shaхslar ishtirokida «Yulduz bilan sayohat» loyihasini amalga oshirish rejalashtirilmoqda;

- «Koʻcha san’ati va musiqasi» loyihasi amalga oshiriladi.

Manba: Norma.uz
Bugun, Uchtepa tuman Madaniyat markazida “Oila jamiyat va davlat muhofazasida” mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Toshkent shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Toshkent shahar sudi tashabbusi bilant tashkil etilgan bo‘lib, unda Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining sudyalari, tumanlararo sud raislari, tuman hokimlari o‘rinbosarlari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari, tuman Adliya bo‘limlari boshliqlari, FHDYo bo‘limlari boshliqlari, tuman prokuraturalari, tuman IIB vakillari, “Oqila ayollar” harakati yetakchilari va a’zolari, mahalla faollari ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarni o‘zaro muhabbat, ishonch va hurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’ulligi hissi asosida qurish, biron-bir shaxsning oila masalalariga o‘zboshimchalik bilan aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik, oila a’zolari o‘z huquqlarini to‘sqinliksiz amalga oshirishi hamda bu huquqlarning himoya qilinishini ta’minlash borasida so‘z yuritildi.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Twitter | Linkedin