Potentsial-Shaxsiy blog
25 subscribers
10 photos
10 videos
1 file
5 links
-Sog'lom fikrlash
-Kuzatuvlar
-Taasurotlar
-Kitoblardan "qaymoqlar"
-Sarkazm
Download Telegram
Forwarded from Shaha Dolimov
Eng pastiga rozi bo'lib nimani isbotlamoqchisiz?

Imtixonlari qiyin universitetga kirishni eplay olmasdan, "pulingiz bo'lsa bo'ldi, kelavering!" deyidigan universitetga borib nima qilasiz?

O'sha "universitetlarga" borib huddi o'zingizga o'xshaganlar bilan o'qimoqchimisiz?

Hozirdan o'qishga uyaladigan joyingizdan, keyinchalik ham uyalasizku.

O'zingizni bunday haqoratlagandan, 1 yil "o'zingizni topish tanaffusi" qilsangiz yaxshi emasmi?

Sizni qadringiz diplomingiz bilan o'lchanmaydiku ahir.

"Kuyov universitetda o'qimaganmi?" degan zamondan o'tdik.

Hozir informatsiya davri. Informatsiya esa TEKINga yoki OZGINA pul evaziga internetda to'lib yotibdi.

"Pulingiz bo'lsa bo'ldi"ga o'xshagan universitetga beradigan pulingizni yarimini, 6 oy ingliz tili o'rganishga va 6 oy o'zingiz qiziqqan sohani o'rganishga sarflasangiz, o'sha universitetdagilarni 99%dan o'tib ketgan bo'lasiz.

Imtixonlari qiyin va hammani ham qabul qilavermaydigan universitetga borsangiz, HECH bo'lmaganda tanish-bilish orttirasiz.

Lekin "ilojsizlik"dan borgan joyingizga esa, o'zingizdek "ilojsizlar" bilan tanishasiz.

@shahadolimov
🔥3❤‍🔥2🤔1
Muvaffaqiyatning eng asosiy omili (yoki omillaridan biri) - muloqot qila olish qobiliyati, networking.

@potentsial
🔥32❤‍🔥2
Bunday odam yo'q

300 marta sotishga harakat qilib ko'rib, sotishni o'rganmagan odam yo'q.

3 oy davomida har kuni yugurishga chiqib, ozmagan odam yo'q.

10ta kitob o'qib o'sha-o'sha eski aqli bilan qolib ketgan odam yo'q.

6 oy davomida har kuni til o'rganib, umuman gaplasha olmagan odam yo'q.

100ta post yozib, yaxshi yozishni o'rganmagan odam yo'q.

20ta muvaffaqiyatsiz biznes ochgan odam yo'q.

Ubu narsani endi boshlaganimizda birinchi harakatlarimiz "fail" bo'ladi, bu aniq.

Birinchi qadamlardan hech narsa kutish kerak emas.

Muvaffaqiyatsizlikga imkon qoldirmasligini yagona yo'li - bu katta sonlar.

@mashrabov_aa
🔥32❤‍🔥2😁1🎉1🐳1
Eng katta qurbonlik

O’rgangan ilmingizni yaqinlaringizga ham bo’lishing. Birgalikda rivojlaning. Aks holda birga o’tirib 15 minut gaplasha olmaydigan bo’lib qolasiz. Soatlab mazza qilib gaplashadigan odamingiz bo’lmasligi bu eng katta qurbonlik.

Vaqt o’tib zerikarli suhbatdosh bo’lib qolmaslik uchun ilm o’rganing, dunyo qarashingizni kengaytiring.

@potentsial
🔥42🥰1
Endi ortga yo’l yo’q

Rivojlanishni ta’mini tatib ko’rgach, o’sishni his qilgandan keyin sizni to’xtatish qiyin.
1-2 so’m pul topib boshlaganda restoranga kirib boshlaysiz ora-orada hot-dog, somsadan qimmatroq bo’lgan taomni yeb turasiz va bu kundalik rejimga aylana boshlaydi. Lekin endi o’sha pulingiz yetib-yetmas olib yegandagi “somsa”ingiz bergan hissiyotlar qaytib kelishi qiyin.

@potentsial
1🔥1🥰1
Peshonaga nima yozilganini bilish uchun hech bo’lmaganda harakat qilib ko’rish kerak. Ya’ni hech qanday harakat qilmay turib peshonamga(taqdirimga) yozilmagan ekan deyish mantiqsiz.

@potentsial
🔥4❤‍🔥32🎉1🐳1
Bular faqat reklamada birga bo‘ladi.

Tez, sifatli va arzon. Bozorni kuzatsak bu uchchalasini o'z mahsulot yoki xizmatida mujassamlashtirganlarga hayron qolaman. Chunki sifatli bo'lishi uchun o'z ishini ustasi bo'lgan jamoa, tez bo'lishi uchun katta tajriba kerak. Agar gap ishlab chiqarish haqida bo'lsa, yangi va samarali texnika va asbob-uskunalar talab qilinadi. Bular esa tabiiyki arzon turmaydi. Hulosa qiladigan bo'lsak, iste'molchilar: bunday "reklamalar"ga uchmang, kompaniya egalari - mahsulot/xizmatingizni aniq o'lchovlarda tasvirlashga harakat qiling.

@potentsial
🔥2🤔2🎉2
Muvaffaqiyat - bu harakatlar soni va uning tezligi.

Qanchalik katta muvaffaqiyat kerak bo’lsa shuncha ko’p harakat (urunish) va shu urinish tezligi kerak.

@potentsial
🔥3🥰2😁2🎉1
Odam ko’rgan-kechirganlari bilan ulg’ayadi. Yillar o’tishi bu katta bo’lish degani emas.
30 yoshida ham hali kichkina boladek fikrlaydigan, suhbatlashadigan, qabul qiladiganlar bor.
20 yoshida yetilib, mustaqil qaror qabul qila oladigan, keng fikrlaydiganlar ham bor. Bunga sabab uning boshidan o’tkazgan voqealar, jarayonlardir.

@potentsial
😍2
Yangi 2026-yil muborak bo’lsin.
Omadli, muvaffaqiyatli yil bo’lsin.
5
Premium hayot

Bundan 15 yil oldin sensor telefon yoki noutbuk faqat boylarning bolalarida bo‘lardi. Chunki u paytda bular juda qimmat edi.
Hozir vaziyat butunlay boshqacha. Maktab o‘quvchilarining yarmida sensor telefon bor. Hatto o‘sha mashhur “S7 edge” kabi telefonlar bozorda 300-400 ming so‘m — kiyimdan ham arzon bo‘lib ketgan.
Lekin bu ommaviylikning boshqa tarafi bor: 14-15 yoshli o‘smirlarda Instagram va TikTok qaramligi paydo bo‘ldi.

Xulosa shuki, bugun qo‘lda oxirgi iPhone tutish — premium hayot emas. Aksincha, ekrandan yiroq yura olish, algoritmlarga qul bo‘lmaslik haqiqiy premiumga aylandi.
🔥32
Omad va g'alaba oldindan tayyorgarlik ko'rib qo'yganlarga kulib boqadi.

@potentsial
🔥3
Plutarx ta’kidlab o’tganidek, Kleopatraning tashqi ko’rinishi emas, balki undagi suhbatlashish jozibasi olamning eng qudratli shaxslarining telbalarcha ishqiga sabab bo’lgan.

@potentsial
🔥1
Hayot yengillashib qolmaydi, balki insonning o'zi og'irlashgani uchun unga hayoti yengillashgandek tuyuladi.

@potentsial
Yashashni bilasizmi?

Bu savol juda oddiy tuyulishi mumkin. Aytsangiz kerak, albatta yashab yuribmanku deb. Men ham bu savolga yengil ko’z-qarash bilan qaragan bo’lar edim-ki, “bitta” podcastni ko’rmagunimcha. Podcastda aytilishicha, bizneslarni tizimlashtiruvchi mutaxasis bir ayolning biznesini tizimlashtirmasdan oldin u kuniga 10 soat ishlar va bo’sh vaqti bo’lishini va yoga mashg’ulotlariga borishni qattiq xohlagan bo’lgan. Keyin biznesi biroz tizimlashgach, ayol kuniga 4 soat ishlar va 6 soat bo’sh vaqti paydo bo’lgan. Natijada yogaga borishni boshlagan. Lekin shunday bo’lsa ham u o’zini baxtli his qilmagan. Chunki mashg’ulotlarga ikki kundan bir, 1.5 soat yetarli ekan. Biznesmen ayol qolgan 3-5 soat bo’sh vaqtida nima qilishni bilmagan. Ya’ni u “yashashni bilmas” ekan. Oxir-oqibat telefonda ko’p o’tiradigan bo’lib qolgan.

Xulosa; Faqat ishlashni, o’qishni, o’rganishni emas balki yashashni ham o’rganaylik. Zero “pensiya”ga chiqqanda nima qilishni bilmay, zerikarli hayot kechirmaslik uchun.
🔥2
Ramazon Hayiti Muborak bo'lsin 🌙

@potentsial
1
Instagramsiz 4 oy

Instagramimni o‘chirganimga 125 kun bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida Instagramga ehtiyoj sezmadim. Bu shuni anglatadiki, tarmoq menga foyda keltirmayotgan bo‘lishi ehtimoli katta. Aslida, oxirgi vaqtlarda unga ko‘p kirmas edim.

Ijobiy tomonlari (Plyuslari):

Skrollinga qaramlik (arzon dofamin) yo‘qoldi;

Kuniga 30-120 daqiqa vaqtim ortib qolmoqda;

Ijtimoiy tasdiqqa bo‘lgan ehtiyoj yo‘qoldi yoki kamaydi. Ya’ni, oldin qandaydir qiziqarli voqea yuz bersa, uni darrov "stories"ga qo‘yardim. Go‘yoki kimdir buni ko‘rishi va tasdiqlashini kutishdek...

Salbiy tomonlari (Minuslari):

Tanish-bilishlarimning kundalik hayotidagi yangiliklardan bexabar qolishim mumkin;

Yoqtirgan influencerlarimning bloglarini kuzata olmayman.

P.S: Profilimni butunlay o‘chirmadim, vaqtincha faolsizlantirdim (deactivated). Balki kelajakda yana kirarman.

@potentsial
🔥21
Realligiga ishonish

Abituriyent vaqtimda matematika kursim ertalab bo'lardi soat bizni soat bilan 05:45 da (chunki ustoz uyidagi soat 15 daqiqa oldinda edi) u kursga borish uchun men 04:30 da turishim kerak. O'sha kursga kech qolmasdan borardik. Hozir o'ylasam havas qilaman o'sha paytdagi intizomimga. Chunki bilardim o'sha kursdan qolmasdan borsam hamda uyga vazifalarimni vaqtida bajarsam o'qishga kiraman.
Demak biror ishni qilishga intizom yetishmayotganining sababi - uning realligiga ishonmaslikdir balki.
Yana bir tarafdan u vaziyatda maqsad va yo’l aniq va tiniq.

@potentsial
🔥31🥰1🤔1😍1
Barchaga Qurbon hayiti Mubarak bo’lsin🎊
3