POP YANGILIKLARI | RASMIY
25.1K subscribers
66.7K photos
19.4K videos
156 files
9.94K links
POP YANGILIKLARI - Попдаги энг катта расмий ОАВ Телеграм канали!

💠 Реклама: @uzpopliklar

✔️ Мурожаатлар учун: @PopliklarBot

📄 Давлат рўйхатидан ўтган гувоҳнома рақами: 102561
📌 Popliklar.uz - POP MASS MEDIA CENTER MCHJ
Download Telegram
📝Namanganda AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz yoki sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflaringiz bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyuring

Namanganda AKT sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganish, muammoli masalalarni joyida bartaraf etish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J. Egamberdiyev hamda vazirlikning viloyatdagi korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirokida 2022-yil 22-oktabr kuni soat 11:00 da fuqarolar bilan ochiq sayyor qabul o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan sizda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari xizmatlaridan foydalanishda muammolar va o‘zingizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa, sayyor qabulga tashrif buyurishingiz so‘raladi.

Manzil: Namangan viloyati, Pop tumani, Obod MFY, Istiqlol ko‘chasi, 1-uy, “Madaniyat Markazi” binosi

Ma’lumot uchun telefon: 69-227-24-24

Batafsil: 👉 https://bit.ly/3fYtAql

#mitc
#namangan

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube