Isroil sobiq tashqi ishlar vaziri Shlomo Ben-Ami yozishicha, AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari strategik muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlandi. Uning fikricha, bu holat asimmetrik urushlarga xos bo‘lib, kuchli davlatlar taktik ustunlikka erishgan taqdirda ham strategik g‘alabani qo‘lga kirita olmaydi. O‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi aynan shu natijani mustahkamlab, AQSh-Isroil alyansining maqsadlariga erisha olmaganini ko‘rsatdi. Eron esa ideologik barqarorligi va tarixiy tajribasi tufayli bosimga bardosh berib, asimmetrik usullar - xususan, Hormuz bo‘g‘ozi orqali global iqtisodiyotga ta’sir ko‘rsatish hamda dron va raketa texnologiyalaridan foydalanish orqali harbiy ustunlikni muvozanatlashtirdi.
Natijada, na harbiy, na siyosiy maqsadlar to‘liq amalga oshdi.
Bundan tashqari, urush Eron ichida rejimning zaiflashishiga emas, aksincha uning yanada harbiylashishiga olib keldi. Mintaqaviy darajada esa G‘arbga qarshi davlatlar o‘rtasidagi yaqinlashuv kuchayishi, Fors ko‘rfazi davlatlarining tashqi siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va yadroviy qurollanish xavfining ortishi ehtimoli yuzaga keldi. Muallif xulosasiga ko'ra, harbiy ustunlik har doim ham siyosiy natijaga olib kelmasligini va noto‘g‘ri strategiya aksincha raqibning pozitsiyalarini kuchaytirishi mumkinligini ko‘rsatadi.

Project Syndicate
Iran’s Strategic Victory
Shlomo Ben-Ami calls the ceasefire proof that powerful countries have again fallen into the trap of asymmetric warfare.
👍1
The Economist nashrining yozishicha, hamma urushlarda ham g'oliblar bo'lavermaydi, lekin aniq eng kamida bitta yutqazgan bo'ladi. Maqolada qayd etilishicha, AQShning Eronga qarshi harbiy harakatlari kutilgan natijalarni bermadi va urushning asosiy “yutqazuvchisi” aynan AQSh rahbari Donald Tramp bo‘ldi. Mojaro Tramp ilgari surgan yangi tashqi siyosiy yondashuvning zaif tomonlarini ochib berdi hamda uning strategik maqsadlari - mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, Eronni jilovlash va rejimni o‘zgartirish - amalga oshmaganini ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi nihoyatda mo‘rt bo‘lib, tomonlar hatto asosiy masalalar - Hormuz bo‘g‘ozidan foydalanish va muzokaralar kun tartibi bo‘yicha ham kelisha olmayapti.
Bu esa mojaroning istalgan vaqtda qayta alangalanish xavfini saqlab qolmoqda. Eron esa og‘ir yo‘qotishlarga qaramay siyosiy jihatdan o‘z pozitsiyalarini saqlab qoldi. Rejim zaiflashmadi, aksincha hokimiyat yanada harbiylashgan guruhlar qo‘liga o‘tdi. Shu bilan birga, vaqt omili Eron foydasiga ishlayotgani, AQSh esa uzoq muddatli bosimni saqlab turish imkoniyatiga ega emasligi ta’kidlanadi.
Maqolada qayd etilishicha, urush mintaqaviy xavfsizlikni yaxshilamadi, aksincha yangi xatarlarni yuzaga keltirdi. Xususan, Eronning Hormuz bo‘g‘ozi orqali bosim o‘tkazish imkoniyati kuchaydi, Fors ko‘rfazi davlatlari esa AQSh xavfsizlik kafolatlariga bo‘lgan ishonchini qayta ko‘rib chiqishi mumkin. Bu esa mintaqada kuchlar muvozanatini o‘zgartiruvchi omilga aylanmoqda. Bundan tashqari, yadroviy tahdid ham saqlanib qolmoqda. Eronning boyitilgan uran zaxiralari yo‘q qilinmagan va bu kelajakda yadroviy qurollanish poygasini kuchaytirishi mumkin.
Mazkur urush yana bir bor shuni ko‘rsatdiki, harbiy ustunlikning o‘zi yetarli emas: aniq strategiya va siyosiy hisob-kitoblarsiz kuch ishlatish kutilgan natijani bermaydi. Aksincha, noto‘g‘ri qarorlar mintaqaviy beqarorlikni kuchaytirib, uzoq muddatli xavflarni yanada oshiradi.

The Economist
Donald Trump is the war’s biggest loser
There is a reason he wants an exit from Iran
👍3
The Economist nashrida ta'kidlanishicha, global qashshoqlikni bartaraf etish kutilgandan ancha sodda va moliyaviy jihatdan amalga oshirilishi mumkin. Hisob-kitoblarga ko‘ra, dunyodagi eng kambag‘al aholini qashshoqlik chegarasidan chiqarish uchun yiliga taxminan 318 milliard dollar, ya’ni jahon YAIMining atigi 0,3 foizi yetarli bo‘ladi.
Asosiy “usul” - bu an’anaviy yordam dasturlarini kengaytirish emas, balki aniq yo‘naltirilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul to‘lovlarini joriy etishdir. Zamonaviy ma’lumotlar tahlili va sun’iy intellekt yordamida eng muhtoj qatlamlarni aniqlab, ularga bevosita moliyaviy yordam berish mumkin. Bu esa resurslardan samaraliroq foydalanish imkonini yaratadi.
Shu bilan birga, maqolada muammo iqtisodiydan ko‘ra ko‘proq siyosiy xarakterga ega ekani ta’kidlanadi. Zarur mablag‘ global miqyosda katta emas, biroq uni safarbar etish uchun yetarli siyosiy iroda mavjud emas.
Xulosa qilinishicha, global qashshoqlikni tugatish texnik va moliyaviy jihatdan mumkin. Asosiy to‘siq esa resurslar emas, balki siyosiy qarorlar va xalqaro hamkorlik darajasidir.

One neat trick to end extreme poverty
An age-old problem might have a surprisingly simple solution
👍4
Dunyodagi eng nufuzli, haftalik xalqaro ilmiy jurnallardan biri bo'lgan Natureda chop etilgan maqolaga ko'ra, Xitoy ilmiy tadqiqotlar sohasida jadal o‘sishni davom ettirmoqda va ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha allaqachon global yetakchiga aylanmoqda. Xususan, yuqori iqtibos keltiriladigan ilmiy maqolalar soni bo‘yicha Xitoy AQShni ortda qoldirgan bo‘lishi mumkin, biroq sifat ulushi jihatidan hali ham AQSh ustunlikni saqlab qolmoqda. Nature Index ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil sentabridan 2025-yil avgustigacha Xitoyning maqolalar chop etish bo'yicha umumiy ko‘rsatkichi 38 000 dan oshgan va yaqin 3-4 yil ichida AQShnikidan deyarli ikki baravar yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Bugungi kunda asosiy savol - Xitoy ushbu o‘sish sur’atini saqlab qola oladimi yoki yoq. Hozircha davlat moliyalashtirishi asosiy drayver bo‘lib qolmoqda: 2013–2023 yillarda fundamental tadqiqotlarga ajratilgan mablag‘lar uch baravardan ko‘proq oshib, taxminan 21 milliard dollarga yetgan. Kelgusi besh yil uchun ham investitsiyalarni oshirish rejalashtirilgan.
Biroq uzoq muddatda faqat davlat mablag‘lari hisobiga o‘sishni davom ettirish qiyin. Shu bois Xitoy xususiy sektor va filantropiyani faol jalb etishga o‘tmoqda. Shu bilan birga, xalqaro hamkorlik so‘nggi 5 yil ichida geosiyosiy keskinlik sabab qisqargan bo‘lsa-da, hozir qayta jonlanmoqda.
Maqolada yana Xitoyning rivojlanayotgan davlatlar, ayniqsa Afrika bilan ilmiy hamkorlikni kengaytirayotgani qayd etiladi. AQShning ushbu mintaqadagi rivojlanish xarajatlarini qisqartirishi Xitoy uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Xitoy ilm-fan sohasida tez sur’atda yetakchilikka chiqmoqda va bu jarayonni davom ettirish uchun moliyalashtirishni diversifikatsiya qilish hamda global ilmiy hamkorlikni kengaytirishga intilmoqda.

Nature
Can China keep up its extraordinary research growth?
Nature - Evidence of a pivot towards other sources of funding and collaboration suggest it is looking for ways to maintain its rapid pace of change.
👍2❤1
Mashxur britaniyalik olim Peter Frankopan o‘zining “The New Silk Roads” asarida tarixiy markazlar haqida gapirar ekan, muhim fikrni ilgari suradi. O‘rta asrlarda ilm-fan va intellektual hayotning markazi Yevropada emas, balki Markaziy Osiyoda joylashgan edi.
Uning ta’kidlashicha, o‘z davrida Buhoro va Samarqand shaharlarini shartli ravishda bugungi Harvard Universiteti va Yale Universiteti bilan qiyoslash mumkin. Ya’ni, bu shaharlar o‘sha davrning eng nufuzli ilmiy markazlari bo‘lib, dunyoning turli hududlaridan olimlar, talabalar va mutafakkirlarni jalb qilgan.
Ya'ni:
1) Buxoro va Samarqandda madrasalar, kutubxonalar va ilmiy muhit juda rivojlangan edi;
2) Bu yerda matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa va diniy ilmlar yuqori darajada o‘rganilgan;
3) Shaharlar global bilim almashinuvi markazi vazifasini bajargan.
Frankopan shu orqali G‘arb markazdir degan tarixiy qarashlarga qarshi chiqadi (ilm-fanning dekolonizatsiyasi) va ilm-fan markazlari tarix davomida Sharqda joylashganini ko‘rsatadi. Muallifning bu taqqoslashi, Markaziy Osiyo shaharlari o‘z davrida dunyoning eng ilg‘or “universitet markazlari” bo‘lganini anglatadi.

Peter Frankopan
The New Silk Roads
Published in November 2018.
👍5❤3
Rossiyalik iqtisodchi olim Vladislav Inozemtsev 2017 yilda yozgan
"Нищета модернизации. Почему Россия пропускает одну технологическую волну за другой" ushbu maqolasi hozir ham dolzarbmi? Muallif fikricha, Rossiya modernizatsiya yo‘lini tanlagan bo‘lsa-da, amalda iqtisodiyotning asosiy modeli o‘zgarmagan: mamlakat hali ham xomashyo eksportiga tayanadi va yuqori texnologiyalarni import qiladi. Xususan, 2016-yilda neft, gaz va metall eksporti umumiy eksportning 62 foizini tashkil etgan bo‘lsa, mashina va uskunalar importi 50 foizga yetgan.
Muallif fikricha, eng katta muvaffaqiyatsizlik yuqori texnologiyalar sohasida yuz berdi. 1980-yillarda SSSR o‘z kompyuterlarini ishlab chiqargan bo‘lsa, keyinchalik bu salohiyat yo‘qotildi. Natijada bugungi kunda Rossiya deyarli barcha zamonaviy texnologik mahsulotlarni import qiladi, “Made in Russia” brendi global bozorda deyarli uchramaydi.
Inozemtsev uchta asosiy sababni ko‘rsatadi. Birinchidan, mamlakat global bozorga integratsiyalashmagan va ko‘proq ichki xavfsizlik va davlat ehtiyojlariga yo‘naltirilgan. Natijada eksportga yo‘naltirilgan texnologik sanoat shakllanmagan. Ikkinchidan, biznes modeli zaif: uzoq muddatli innovatsion rivojlanishga emas, qisqa muddatli foydaga urg‘u berilgan. Uchinchidan, ilm-fan va innovatsiyalarga yetarli e’tibor qaratilmagan. Masalan, Huawei 2015-yilda ilmiy tadqiqotlarga 9,25 milliard dollar sarflagan bo‘lsa, bu Rossiya Fanlar akademiyasi budjetidan 10 baravar ko‘p edi.
Natijada texnologik tafovut keskin oshgan: 2014-yilda Rossiyaning yuqori texnologik eksporti 9,84 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, bu Xitoynikidan (558,6 milliard dollar) 57 baravar kam bo‘lgan.
Muallif xulosasiga ko'ra, Rossiya modernizatsiyasi muvaffaqiyatsizligining asosiy sababi - ishlab chiqarish va texnologik innovatsiyalarga e’tiborsizlikdir. Natijada mamlakat texnologik to‘lqinlarni ketma-ket o‘tkazib yuborib, global raqobatda ortda qolmoqda.

Forbes.ru
Нищета модернизации. Почему Россия пропускает одну технологическую волну за другой
Даже когда в России активно говорили о модернизации, никто не ставил вопрос о локализации производства высокотехнологичной продукции, и якобы российский YotaPhone производился на Тайване
👍1
Tez orada AQSh va Eron o‘rtasidagi muzokaralar Pokiston vositachiligida Islomobodda o‘tkazilishi kerak va ular mojaroni diplomatik yo‘l bilan hal qilishga urinish sifatida baholanmoqda. Al Jazeeraning yozishicha, muzokaralar AQSh va Isroilning Eronga zarbalaridan 6 hafta o‘tib, minglab qurbonlar va global energetika bozorida keskin o‘zgarishlar fonida boshlanmoqda.
Asosiy e’tibor o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida keyingi qadamlarni belgilashga qaratilgan bo‘lsa-da, tomonlar o‘rtasida ishonchsizlik juda yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Xususan, kelishuv shartlari - ayniqsa Livan masalasi va Hormuz bo‘g‘ozidan foydalanish bo‘yicha keskin kelishmovchiliklar mavjud. Eron bu bo‘g‘oz ustidan nazoratni saqlashni talab qilmoqda, AQSh esa boyitilgan urandan voz kechishni asosiy shart sifatida ilgari surmoqda.
Muzokaralarda AQSh delegatsiyasiga vitse-prezident Vens boshchilik qilishi kutilmoqda, Eron tomoni esa parlament spikeri va tashqi ishlar vaziri darajasida ishtirok etadi. Muzokaralar bevosita emas, balki Pokiston vositachiligida, delegatsiyalar alohida xonalarda o‘tirgan holda olib borilishi rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, mojaroning global ta’siri ham sezilarli bo‘ldi. Xususan, Hormuz bo‘g‘ozi orqali o‘tadigan neft va gaz hajmi tinch davrda jahon ta’minotining taxminan 20 foizini tashkil etadi va uning yopilishi energiya narxlarining keskin oshishiga olib keldi.
Shu bilan birga, muzokaralarning istiqbollari noaniq bo‘lib qolmoqda. Tomonlar maksimal talablar bilan chiqmoqda, Isroilning Livandagi harbiy harakatlari esa jarayonni izdan chiqarishi mumkin. Tahlilchilarga ko‘ra, qisqa muddatda to‘liq kelishuvga erishish ehtimoli past, biroq muzokaralarning o‘zi ham keskinlikni kamaytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Al Jazeera tahlilchilari xulosasiga ko'ra, Islomoboddagi muzokaralar urushni to‘xtatish uchun muhim imkoniyat yaratmoqda, biroq chuqur ishonchsizlik, geosiyosiy qarama-qarshiliklar va uchinchi tomon omillari jarayonni murakkab va noaniq qilib qolmoqda.

Al Jazeera
US-Iran talks in Pakistan: Who’s attending, what’s on the agenda?
Islamabad hosts negotiations as US and Iran seek off-ramp. But deep mistrust and regional tensions threaten talks.
❤2❤🔥1🤩1
Rossiyada dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri Stenford mamlakat hududida “nomaqbul tashkilotlar” ro‘yxatiga kiritilibdi. Qaror Rossiya Bosh prokuraturasi tomonidan 26 mart kuni qabul qilingan.
1885-yilda tashkil etilgan va AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan Stenford juda nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblanib, global reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallaydi. Misol uchun ARWU reytingida 2-o‘rin, QS reytingida 3-o‘rin va Times Higher Education reytingida 5-o‘rinni band etgan. Universitet bilan bog'liq bo'lgan professorlar, tadqiqotchilar va bitiruvchilar orasida 85 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlari mavjud. Oliygoh bitiruvchilari tomonidan asos solingan kompaniyalarning umumiy yillik daromadi qariyb 3 trillion dollarni tashkil etadi, bu dunyoning ko'plab yirik davlatlari iqtisodiyotidan kattaroqdir
Bundan oldin ham Rossiyada qator AQSH universitetlari ushbu ro'yhatga kiritilgan edi. Xususan, nufuzli Tufts universiteti (Tufts University) va uning tarkibidagi Fletcher Xuquq va Diplomatiya maktabi, Yale universiteti, George Washington universiteti va Berkeley kabilar “nomaqbul tashkilotlar” qatoriga qo‘shilgan edi.
Ekspertlarning fikriga ko'ra, mazkur qaror Rossiyaning G‘arb ilmiy-ta’lim institutlari bilan aloqalari tobora cheklanib borayotganini va ilmiy-akademik hamkorlikka siyosiy omillar kuchli ta’sir ko‘rsatayotganini anglatadi.

Деятельность Стэнфордского университета признали нежелательной на территории России
В список организаций, деятельность которых признана нежелательной на территории РФ, вошел один из лучших вузов мира
❤3
So‘nggi o‘n yillikda Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlikning haqiqiy “oltin davri”ni boshdan kechirmoqda. Bugungi kunda mintaqa ichidagi aloqalar faqat davlat rahbarlari darajasidagi siyosiy muloqot bilan cheklanib qolmay, balki oddiy fuqarolar o‘rtasida ham sezilarli darajada faollashdi. Chegaralarning ochilishi, transport qatnovlarining tiklanishi, vizasiz rejimlarning joriy etilishi natijasida “bordi-keldi” keskin jonlandi. Bu jarayon uzoq yillar davomida shakllangan ehtiyoj va, eng muhimi, kuchli siyosiy irodaning mahsuli bo’ldi.
👍3👎1🔥1
Umuman olganda, mustaqillikdan keyingi Markaziy Osiyo tarixini shartli ravishda uchta o‘n yillikka (“Central Asian decades”) ajratish mumkin. Ushbu yondashuv mintaqaning ichki evolyutsiyasi, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar dinamikasi va tashqi omillar ta’sirini tushunishga imkon beradi.
Birinchi o‘n yillik - “Great Gap” (Katta bo‘shliq) davridir. 1991-yilda sobiq yagona siyosiy va iqtisodiy makon parchalangach, mintaqa davlatlari e’tiborni avvalo milliy davlatchilikni shakllantirish, suverenitetni mustahkamlash va ichki barqarorlikni ta’minlashga qaratdi. Natijada o‘zaro aloqalarda jiddiy uzilishlar yuzaga keldi.
Bu davrda tashqi kuchlarning ham mintaqa nisbatan qiziqishi susaydi. Rossiya ichki inqirozlar – iqtisodiy tanazzul va Chechen urushlari bilan band bo‘lib, Markaziy Osiyoda ta’siri cheklandi. Xitoy esa hali iqtisodiy yuksalishining dastlabki bosqichida bo‘lib, mintaqadagi ishtiroki sezilmas darajada edi. AQSh va G‘arb davlatlari esa Markaziy Osiyoga nisbatan ikkilamchi, hatto cheklangan qiziqish bildirdi.
Shu bilan birga, mintaqa davlatlari o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga urinishgan. 1990-yillarda Markaziy Osiyo Ittifoqi g‘oyasi ilgari surildi, yagona iqtisodiy makon yaratishga qaratilgan intilishlar bo’ldi. Biroq amaliy natijalar kutilgan darajada bo‘lmadi. Suv-energetika almashinuvi kabi muhim masalalarda kelishuvlar izdan chiqdi, mamlakatlar izolyatsion siyosatni afzal ko‘rdi. Natijada, birinchi o‘n yillik mintaqaviy integratsiyaning sustligi, ishonch tanqisligi va real hamkorlik mexanizmlarining yetishmasligi bilan yakunlandi.

Ikkinchi dekada - “Great Game” (“Katta o‘yin”) davri sifatida baholash mumkin. 2001-yil 11- sentyabr voqealari Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyatini keskin oshirdi. Afg‘onistondagi harbiy amaliyotlar fonida mintaqa global xavfsizlik tizimining muhim bo‘g‘iniga aylandi.
Bu davrda AQSh, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi mintaqa uchun raqobat kayfiyati paydo bo’ldi. Rossiya iqtisodiy tiklanish asnosida mintaqadagi ta’sirini qayta tiklashga harakat qilib, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Yevroosiyo integratsion loyihalari orqali o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashga intildi. Xitoy esa Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida ishtirokini kengaytirib, keyinchalik “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi orqali mintaqani o‘zining global iqtisodiy strategiyasiga bog‘ladi.
AQSh esa xavfsizlik va harbiy hamkorlik orqali o‘z manfaatlarini ilgari surdi. Natijada Markaziy Osiyo yirik kuchlar o‘rtasidagi raqobatning bir qismiga aylandi. Mintaqa davlatlari ko‘p vektorli tashqi siyosat yuritgan holda bu raqobatdan foyda olishga harakat qildi. Biroq bu jarayon ichki integratsiyani kuchaytirish o‘rniga aksincha zaiflashtirdi. Davlatlar ko‘proq tashqi hamkorlarga yo‘nala boshladi, o‘zaro savdo va hamkorlik esa past darajada saqlanib qoldi. Shunday qilib, “katta o‘yin” davrida tashqi faollik ortgan bo‘lsa-da, mintaqa ichidagi yaqinlik susayib bordi.

Uchinchi o‘n yillik - “Great Gain” (Katta yutuq) davri bo‘lib, aynan so‘nggi yillarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 2017-yildan boshlab Markaziy Osiyoda sifat jihatidan yangi jarayon - mintaqaviy yaqinlashuv va o‘zaro ishonchni tiklash bosqichi boshlandi.
Bu jarayonda O‘zbekiston hal qiluvchi rol o‘ynadi. 2016-yildan keyingi davrda mamlakat tashqi siyosati tubdan o‘zgarib, yopiq va ehtiyotkor yondashuv o‘rnini ochiqlik, pragmatizm va faol mintaqaviy hamkorlik egalladi. Natijada uzoq yillar davomida hal etilmay kelgan chegara masalalari bosqichma-bosqich yechim topa boshladi. Bu esa mintaqada ishonch muhitining mustahkamlanishiga xizmat qildi. Mintaqada savdo, turizm va ijtimoiy aloqalar jonlandi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining muntazam Maslahat uchrashuvlari yo‘lga qo‘yildi va mintaqa ichida yangi muloqot tizimi shakllandi.
Aynan shu jarayon Markaziy Osiyoni kelajakda yanada barqaror, o‘zaro bog‘langan va global tizimda muhim o‘rin egallovchi mintaqaga aylantirish salohiyatiga ega. Qolaversa, bugun mintaqada hukm surayotgan muhit tufayli Markaziy Osiyo xalqaro transport logistikaning muhim bo’g’iniga aylanmoqda. Bu esa turli mintaqalarda yuz berayotgan mojarolar tufayli global kuchlarning ham Markaziy Osiyoda uzoq muddatli barqarorlikning saqlanib qolishiga bo’lgan qiziqishini yanada kuchaytiradi.

👍4⚡2
Ekspertlar orasida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida mintaqada yetakchilik uchun raqobat mavjudligi haqida tez-tez fikrlar bildiriladi. Biroq 2016-yildan keyin Toshkent va Ostona o‘zaro munosabatlarda raqobat emas, balki hamkorlik yo‘lini tanlagani Markaziy Osiyoda bugungi ijobiy va konstruktiv siyosiy muhitning shakllanishida hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Shu bilan birga, mintaqaning ikki yirik davlati iqtisodiyotlarini o‘zaro solishtirilishi tabiiy jarayon. Bunday yondashuv nafaqat Markaziy Osiyo, balki dunyoning boshqa barcha mintaqalariga ham xos narsa.

👍4🔥2
Xalqaro munosabatlar bo‘yicha kengashning (Council on Foreign Relations) faxriy prezidenti Richard Haass ta'kidlashicha, Eron atrofidagi mojaro global geosiyosiy tizimda kuchlar muvozanatini qayta shakllantirib, an’anaviy ittifoqlar va strategik ustuvorliklarni jiddiy qayta ko‘rib chiqishga olib keldi.
Eng muhim natijalardan biri - Rossiya va Xitoyning nisbiy strategik yutug‘i bo‘ldi. Rossiya energiya narxlarining oshishi va G‘arb resurslarining boshqa yo‘nalishga chalg‘ishi hisobiga iqtisodiy hamda geosiyosiy pozitsiyalarini mustahkamladi. Xitoy esa AQShning Yaqin Sharqqa qayta e’tibor qaratishi asnosida Osiyo-Tinch okeani yo‘nalishida nisbatan qulay strategik muhitga ega bo‘ldi.
Vashington uchun ushbu mojaro kutilgan strategik natijalarni bermadi. Harbiy va moliyaviy jihatdan katta resurslar safarbar etilgan bo‘lsa-da, asosiy maqsadlar - Eronning harbiy salohiyatini keskin cheklash, yadroviy dasturini to‘xtatish va siyosiy tizimni o‘zgartirish amalga oshmadi. Natijada, AQShning global yetakchilik qobiliyati va ittifoqchilar oldidagi ishonchliligi savol ostida qoldi. Mojaro, shuningdek, ichki iqtisodiy bosimni kuchaytirib, inflyatsiya va iqtisodiy sekinlashuv xavfini oshirdi.
Mintaqaviy darajada arab davlatlari uchun ushbu urush xavfsizlik arxitekturasining zaif tomonlarini ochib berdi. Eron ularning harbiy va siyosiy zaifliklarini yuzaga chiqardi, bu esa uzoq muddatli barqarorlikka asoslangan iqtisodiy model - investitsiyalar, turizm va ochiq iqtisodiyot uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.
Eronning o‘zi murakkab, ikkiyoqlama natijaga erishdi. Bir tomondan, mamlakat jiddiy harbiy va iqtisodiy yo‘qotishlarga duch keldi. Boshqa tomondan esa, u tashqi bosimga bardosh bera olish qobiliyatini namoyish etib, mintaqaviy ta’sirini saqlab qoldi. Ayniqsa, Hormuz bo‘g‘ozi ustidan potensial nazorat imkoniyatlari uning kelajakdagi strategik ahamiyatini saqlab qolmoqda.
Isroil uchun ham natijalar aralash bo‘ldi: ayrim taktik muvaffaqiyatlarga qaramay, strategik maqsadlar to‘liq amalga oshmadi. Shu bilan birga, AQSh-Isroil munosabatlarida ham muayyan taranglik ehtimoli kuchaydi.
Mojaro G‘arb ittifoqchilari o‘rtasidagi ishonchga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi, ayniqsa AQSh va Yevropa o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasi pasaydi.

The Iran War’s Winners and Losers
Richard Haass assesses which countries gained the most from the US-Israeli campaign, and which are worse off.
👍6❤2
Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yirik mutaxassis Kamron Buharining fikrlari ham e’tiborga loyiq. Uning ta’kidlashicha, Yaqin Sharqdagi inqiroz va Eron hamda AQSh o‘rtasidagi barqaror bo‘lmagan sulh Yevroosiyoda o‘rta darajadagi davlatlar (middle powers) ta’siri ostida yanada moslashuvchan geosiyosiy tartib shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Buhari qayd etishicha, Eron atrofidagi urush to‘liq yakunlanmagan bo‘lsa-da, bosqichma-bosqich pasayib bormoqda. Eron rejimi saqlanib qolgan, biroq sezilarli darajada zaiflashgan va ichki beqarorlik sharoitida faoliyat yuritmoqda. Shu bois yaqin istiqbolda u tashqi siyosiy faollikdan ko‘ra ichki barqarorlikni tiklashga ustuvor ahamiyat qaratadi.
Ayni paytda Eron atrofidagi strategik muhit tubdan o‘zgarib bormoqda. AQSh global xavfsizlikni to‘liq o‘zi ta’minlash modelidan asta-sekin voz kechib, mas’uliyatni ittifoqchilar va mintaqaviy davlatlar o‘rtasida taqsimlash siyosatini kuchaytirmoqda. Shu bilan birga, Rossiyaning nisbiy zaiflashuvi kuchlar muvozanatini o‘zgartirib, yangi aktorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.
Natijada Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasidagi an’anaviy chegaralar tobora ahamiyatini yo‘qotib, ular o‘zaro bog‘langan yagona geosiyosiy makonga aylanmoqda. Bu jarayon ilgari ikkinchi darajali deb qaralgan davlatlar - jumladan, Ozarbayjon, Qozog‘iston va O‘zbekistonning Yaqin Sharqdagi jarayonlarga bevosita ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Mazkur davlatlarning G‘azo bo‘yicha tinchlik tashabbuslaridagi ishtiroki ushbu tendensiyani yanada kuchaytirishi mumkin.

Geopolitical Futures
The Iran War and the Rewiring of West Asia - Geopolitical Futures
Though far from over, the war in Iran appears to be decelerating, if not yet achieving a decisive resolution. The Islamic Republic has survived, but in a
Otabekning fikrlariga qo’shimcha sifatida, Rossiya bo’yicha mashxur olim Stiven Kotkinning ushbu fikrlari ham diqqatga sazovor. U o'zining "Rossiyaning doimiy geosiyosati" maqolasida, Moskva tashqi siyosati tarixan uning imkoniyatlaridan yuqori bo‘lgan ambitsiyalari bilan ajralib turishini yozadi. XVI asrdan boshlab mamlakat hududi kuniga 130 kvadrat kilometrga kengayib, yirik davlatga aylangan bo‘lsa-da, iqtisodiy rivojlanish, inson kapitali va ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yetakchi davlatlardan ortda qolib kelgan. Natijada Rossiya ko‘pincha “nisbatan zaif, biroq ambitsiyali buyuk davlat” sifatida shakllangan.
Tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, Rossiyada rivojlanish davriy xarakterga ega: davlat tomonidan majburiy modernizatsiya amalga oshiriladi, qisqa muddatli o‘sish kuzatiladi, undan so‘ng esa turg‘unlik bosqichi keladi. Bu model hozirgi davrda ham ma’lum darajada saqlanib qolgan. Sovet Ittifoqi parchalangach, Rossiya katta hududiy va geosiyosiy ta’sirini yo‘qotdi, sobiq ittifoq hududlarining aksariyati G‘arb bilan yaqinlashdi, bu esa uning xalqaro pozitsiyasini sezilarli darajada zaiflashtirdi.
Rossiya tashqi siyosatining asosiy muammosi uning strategik ambitsiyalari bilan real imkoniyatlari o‘rtasidagi nomutanosiblikdir. Mamlakat o‘zini global darajada muhim o‘yinchi sifatida ko‘rishda davom etmoqda, biroq iqtisodiy, texnologik va institutsional salohiyat bu maqomni to‘liq ta’minlashga yetarli emas. Shu bilan birga, “maxsus tarixiy missiya” g‘oyasi - uchinchi Rim, panslavizm yoki yevroosiyochilik kabi konsepsiyalar - Rossiyaning G‘arb bilan integratsiyasini murakkablashtirib, uni mustaqil geosiyosiy yo‘l izlashga undaydi.
Geografik omillar ham muhim rol o‘ynaydi: tabiiy chegaralarning yetishmasligi Rossiyada doimiy xavfsizlik hissini kuchaytiradi va uni ta’sir zonalarini kengaytirish orqali o‘zini himoya qilish strategiyasiga undaydi. Biroq kuchli davlat qurish yo‘lidagi urinishlar ko‘pincha avtoritar boshqaruvni kuchaytirib, institutlarning zaiflashishiga olib keladi, natijada strategik qarorlar tor doiradagi shaxsiy qarorlar bilan belgilanadi.
Hozirgi bosqichda Rossiya harbiy, yadro va kiber salohiyati tufayli global kuch sifatida saqlanib qolmoqda. Biroq uning iqtisodiy ulushi nisbatan kichik bo‘lib, xomashyo eksportiga tayanadigan model uzoq muddatli rivojlanish imkoniyatlarini cheklamoqda. Shu bois, Rossiya misolida “qattiq kuch”ning o‘zi yetarli emasligi, barqaror buyuk davlat maqomi uchun iqtisodiy va institutsional rivojlanish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekani yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun Stiven Kotkin agar mamlakat o‘z ambitsiyalarini real imkoniyatlariga moslashtira olmasa, u uzoq muddatli strategik zaiflik holatidan chiqishi qiyin bo‘lishini aytadi.

Telegram
Otabek Akromov
"Россия ўзи қандай давлат ва у нима хоҳлаяпти?" деган саволга жавоб излаймиз
Лекцияга тайёрланиб, А.Тсыганковнинг 2007-йилда чоп этган қизиқ мақоласини ўқиб қолдим. У Россияни цивилизацион қараш орқали тушунтиради.
Россия ўзини қай призма орқали кўради?…

👍2❤1🔥1
Vengriyada bugun navbatdagi parlament saylovlari bo'lib o'tmoqda. Ushbu saylovlar mamlakatning kelgusi to'rt yillik siyosiy yo'nalishini va amaldagi bosh vazir Viktor Orban hamda uning "Fides" partiyasi hokimiyatda qolish-qolmasligini belgilab beradi. Wall Street Journal hozirda Vengriya bosh vaziri jiddiy siyosiy sinov oldida turganini yozmoqda. U uzoq yillar davomida o‘zini milliy manfaatlar himoyachisi va xalqaro konservativ harakat yetakchilaridan biri sifatida namoyon etib, Rossiya va AQSh bilan yaqin aloqalar o‘rnatgan. Biroq hozirgi bosqichda mamlakat ichida unga nisbatan norozilik kuchayib bormoqda.
Orban o‘zining tez siyosiy yuksalishini 1989 yilda “Ruslar, uylaringizga qayting!” degan shior bilan boshlagan bo‘lib, o‘sha paytda Sovet qo‘shinlarini Vengriyadan olib chiqishni talab qilgan. Bugungi kunda esa uning siyosiy raqiblari aynan shu iborani mitinglarida unga qarshi ishlatib, keskin norozilik bildirmoqda. Ayrim saylovchilar ta’kidlashicha, “bugungi Orban - 20 yil oldin kurashgan Viktorning aynan teskarisi”, ya’ni u dastlabki siyosiy prinsiplaridan sezilarli darajada uzoqlashgan.
Ko‘plab tahlilchilar 2009 yilda Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuvni - Viktor Orban va o‘sha paytdagi Rossiya bosh vaziri Vladimir Putin o‘rtasidagi muloqotni - ikki yetakchi o‘rtasidagi munosabatlarda burilish nuqtasi sifatida baholaydi. Bugungi kunda Rossiya Vengriya uchun asosiy energiya resurslari yetkazib beruvchisi bo‘lib qolmoqda, Orban esa Putin bilan muntazam aloqalarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, u Ukrainani Vengriyani urushga tortishga urinayotganlikda ayblab kelmoqda.
Ichki siyosatda esa asosiy muammolar sifatida iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi, korrupsiya haqidagi da’volar va hokimiyatning haddan tashqari markazlashuvi ko‘rsatilmoqda. Ko‘plab saylovchilar Orban boshqaruv tizimi mamlakat rivoji uchun yangi g‘oyalar bermayotganini ta’kidlashmoqda. Natijada uning siyosiy pozitsiyalari zaiflashib, yangi siyosiy kuch - Peter Madyar boshchiligidagi “Tisa” partiyasi tez sur’atlarda ommalashmoqda
AQSh prezidenti Donald Tramp Orbanni qo‘llab-quvvatlash niyatini bildirib, Vashington amaldagi bosh vazir rahbarligidagi Vengriya iqtisodiy taraqqiyotiga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini bildirmoqda.
Agar Orban saylovda mag‘lub bo‘lsa, bu Yevropa Ittifoqi uchun tub o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Hozirda Yevroittifoq Vengriyani demokratiya tamoyillaridan chekinish va tobora rossiyaparast siyosat olib borayotganlikda ayblamoqda. Shu bilan birga, Orban Yevropa Kengashida veto qo‘llab, Bryusselning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashqi siyosatini sezilarli darajada sekinlashtirdi. Xususan, u Ukrainaga ajratilishi rejalashtirilgan 90 milliard yevro miqdoridagi moliyaviy paket hamda Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar paketlari qabul qilinishini kechiktirishga sabab bo‘ldi.
Umuman olganda, maqolada ta'kidlanishicha, Vengriyadagi hozirgi siyosiy vaziyat mamlakat ichida hokimiyat muvozanatining o‘zgarishi arafasida ekanini, shu bilan birga, bu jarayon Yevropa Ittifoqining umumiy siyosiy yo‘nalishiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini anglatadi.

The Wall Street Journal
Hungary’s Viktor Orbán Sees Re-Election Hopes Fading
The prime minister spent years making inroads with the Kremlin and U.S. president. Many Hungarian voters say they have had enough.
👍2
⚡️ Viktor Orban Peter Madyarni Vengriya parlament saylovlarida g’alabasi bilan tabrikladi. Vengriyada yangi davr boshlanmoqda.