Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
62.6K subscribers
1.87K photos
1.21K videos
387 files
2.1K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#kun_savoli_javobi

9 ta to'rtburchaklarning tomonlari uzunliklarini a, b, c, d harflarini bilan belgilab olamiz va shu belgilash asosida har bir to'rtburchakning perimetrini yozamiz. P(A)=2*(a+c)=30, P(B)=2*(b+c)=18, P(C)=2*(a+d)=20. >> a+c=15, b+c=9, a+d=10.
Endi esa bo'yalgan to'rtburchaklarning perimetrlarini yig'indisini yozamiz. P = 2*(a+4) + 2*(c+4) + 2*(b+4) + 2*(d+4)=2*(a+b+c+d) + 32.
Perimetrni topish uchun bizga a+b+c+d yi'g'indi kerak. Buni yuqorida topib olgan ikki tenglikdan ya'ni b+c=9 va a+d=10 larni qo'shib, a+b+c+d=19 ekanligini topamiz.
P=2*(a+b+c+d)+32=2*19+32=38+32=70.

Javob: 70 sm

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Shonazarov Javohir
🥈Oripov Jahongir
🥉Abduvohidov Javlonbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2025
#Prezident_maktablari

❗️
Aziz o‘quvchilar!
Agar siz bilimga chanqoq, izlanuvchan va kelajakda Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishni maqsad qilgan boʻlsangiz
Prezident maktablari siz uchun!

🤩Prezident maktablarida oʻquvchilar:
STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika) fanlari chet ellik pedagoglar tomonidan ingliz tilida o‘qitiladi;
zamonaviy yotoqxona, darslik va zarur oʻquv qurollari, maktab formasi bilan bepul ta’minlanadi;
bir kunda 5 mahal bepul ovqatlanishadi;
darsdan so‘ng to‘garak mashg‘ulotlariga jalb qilinadi;
turli xil sport turlari (futbol, basketbol, suzish, tennis) bilan shug‘ullanishadi;
11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarida ishtirok etib, ulardan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Telegram

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_19_05_2025

Rasmda 1 dan 9 gacha bo'lgan butun sonlarning har biri bittadan aylana ichiga shunday joylashtirildiki, natijada har bir to'g'ri chiziqdagi uchta aylanadagi sonlar yig'indisi 18 ga teng bo'ldi. 6 va 1 raqamlari kiritilgan. "x" va "y" o'rnidagi sonlar yig'indisini toping.


Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoli_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
#kun_savoli_javobi

Har birining yig'indisi 18 ga teng bo'lgan 5 ta chiziqdagi jami raqamlar yig'indisi 90 ga (18×5=90) va 9 ta aylanadagi raqamlar yig'indisi 45 ga (1+2+3+4+5+6+7+8+9=45) teng. 5 ta chiziqda joylashgan aylanalardagi raqamlar yig'indisi, ya'ni 90 ni hosil qilishda e va f aylanalardagi raqamlar 3 martadan, b va h aylanalardagi raqamlar 2 martadan, qolgan a, c, d, g va i aylanalardagi raqamlar esa 1 martadan hisoblanayabdi. g=6 dan b+e=12 va c=1 dan f+h=17 bo'lishini aniqlaymiz.

Yuqoridagilarni bilgan holda quyidagi tenglikni hosil qilamiz: 45+b+h+2e+2f=90. Tenglikdagi h+f ni o'rniga 17, b+e ni o'rniga 12 qo'yib 45+12+17+e+f=90. => e+f=x+y=16 ekanini hisoblaymiz. (Shu tartibda boshqa sonlarni ham topish mumkin)

Javob: 16

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Mannatov Yaxshiboy
🥈Ismatova Dilnoza
🥉Yo'ldashev Ozodbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
Forwarded from Notice (E'lon)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️Bugun 20:00 da kanalimizda 37-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi‼️

Prezident maktablariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchilar uchun 37-tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testi bo'lib o'tadi.

Tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar bo‘yicha barcha testlar hamda ularning yechimlari, videotahlillari faqat Repetitsion Testlar kanalida!

👉👉 T.me/pmtests
#qabul_2025
#Prezident_maktablari
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

🕊PREZIDENT MAKTABLARI

Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?

🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim;
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan).

❗️DIQQAT
🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim
.

Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.

☎️ Call-markaz: 1206

Qabul yangiliklarini biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM