Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
62.7K subscribers
1.87K photos
1.22K videos
387 files
2.11K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
Katta yutuqli olimpiada-2025 ga yo'llanma berish rejasi.

150 mln so'm yutuq fondiga ega iyun oyida Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan Katta yutuqli olimpiada uchun yana 30 dan ortiq o'quvchiga (3-4-sinf) quyidagi yo'nalishlar bo'yicha yo'llanmalar taqdim etiladi:

O'quv markazlarida o'tkazilayotgan offline Repetitsion testlarda eng faol qatnashgan o'quvchilarga - 18 ta
(18-maydagi test natijalari bo'yicha 5 ta, 25-mayda bo'ladigan testda ishtirok etgan o'quvchilarga 5 ta, 1-iyun natijalari bo'yicha 8 ta)

@PMTESTS kanalidagi 30 talik va 10 talik testlarni muntazam yechib borayotgan o'quvchilarga - 4 ta
(22-maydan Repetitsion testlar yopiq kanalida bo'ladigan oxirgi 5 ta test natijalari bo'yicha - 4 ta)

Prezident va Al-Xorazmiy maktabiga tayyorlash yoki "Muammoli masalalar" pullik kanallari testlarida faol ishtirok etayotgan o'quvchilarga - 10 ta
(Oldingi testlar bo'yicha va 22-maydan keyingi testlar natijalari bo'yicha)

May oyidagi kun_savollarida faol ishtirok etgan o'quvchilarga - 3 ta.


Eslatib o'tamiz, o'quvchilar bir vaqtda barcha yo'nalishlarda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rishlari mumkin.

👉👉 @PMTESTS
#kun_savoli_20_05_2025

Uchburchak piramida 10 ta bir xil toplardan qurilgan. Yuqoridan qaralganda shakl X rasmdagiga o'xshaydi.  Har bir to'plarga A, B, C, D va E harflaridan biri yozilgan. Har bir harf bilan belgilangan 2 ta to'p bor. Rasmda piramidaning 3 ta yon ko'rinishi ko'rsatilgan. To'pdagi so’roq belgisining o`rnida qanday harf bor?

Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoli_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
#kun_savoli_javobi

Eng yuqorida bitta A to'p bor. Ikkinchi qatorda 3 ta B, C, E bor. Uchinchi qatorda 6 ta:
ikkita D, bitta E, bitta B va bitta C bor. Har bir to'pdan ikkitadan bo'lgani uchun yetishmayotgan to'p faqat A bo'ladi.

Javob: A to'p.

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Xo'jaqulova Gulirano
🥈Abduvohidov Javlonbek
🥉To'lsnboyev Muhammadsaid

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
#qabul_2025
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_iyun_20_iyun

📣📣📣📣📣

❗️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARI 2025/2026-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI!

⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2025/2026-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda
my.gov.uz hamda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga qanday hujjatlar talab etiladi?
🗂 Talabgorning
:
tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfga;
tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

☎️ Call-markaz: 1206
Telegram

👉👉 t.me/pmtests
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
PMTESTS_jamoasi_testlarida_eng_faol_ishtirok_etayotgan_o'quvchilar.pdf
863.1 KB
⚡️⚡️⚡️ 22-maydan yopiq kanallarimizda Katta yutuqli olimpiadaga saralash testlari bo'lib o'tadi.

Bugundan 25-maygacha eng faol o'quvchilarga Prezident va Al-Xorazmiy maktablariga tayyorgalik pullik kanallarimiz uchun SUPER CHEGIRMAlar taqdim etiladi.

‼️Agar Siz ham shu ro'yxatda bo'lsangiz, chegirmadan foydalanib qoling‼️

Pullik kanalga a'zo bo'lish uchun: @PMTESTs_admin ga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_savoli_20_05_2025

Yuqoridagi rasmda, ostidagi jo'mrak orqali ma'lum miqdorda suv oqib turgan ikki idish va ayni paytda idishlarda necha litrdan suv borligi berilgan. Kichik idishdan har 6 daqiqada 50 ml, katta idishdan esa har 1 soatda 2,5 l suv oqib tushib ketadi. Ma'lum vaqtdan keyin, idishlardagi suv teng bo'lib qoldi. Shu vaqtgacha katta idishdan necha litr suv oqib tushadi?

Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoli_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
#kun_savoli_javobi

Avval ikkala idishdagi suv farqini topamiz, ya'ni 47-23=24 litr. Kichik idishdan 6 qaqiqada 50 ml suv oqsa, 1 soatda 500 ml suv oqadi. Demak, ikkala idishlardan bir soatda oqib chiqadigan suv farqi 2 l ( 2,5 l- 500 ml = 2 l ) bo'ladi. Agar 1 soatda 2 litr farq bilan suv oqsa, 24 litr farqni yo'qotish uchun 12 soat (24:2=12) vaqt ketadi. Katta idishdan bir soatda 2,5 litr suv oqqani uchun, 12 soatda 30 litr suv oqadi.

Javob: 30 litr

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Yo'ldashev Ozodbek
🥈Baxtiyorov Eldiyor
🥉Nurmatov Ulug'bek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
🔔🔔 Bugundan "Repetitsion testlar" kanalida Katta yutuqli olimpiadaga saralash testlari boshlanadi❗️

Bugun soat 20:00 da "Repetitsion testlar" kanalida 69-test yopiq tarzda bo'lib o'tadi❗️

Bu yopiq kanalda Prezident, Al-Xorazmiy va ixtisoslashtirilgan maktablariga tayyorlanayotgan o'quvchilar uchun eng yangi, imtihonga yaqin testlar, ularning yechimlari va videotahlillari berib boriladi.

Kanalga ulanish narxi 400 ming so'm.

‼️Ammo, ushbu ro'yxatdagi faol o'quvchilar 160ming so'mdan - 280 ming so'mgacha arzon narxlarda kanalga a'zo bo'lishi mumkin.‼️ Chegirma faqat uch kun davomida amal qiladi.

Ro'yxatdan o'zingizni qidirib ko'ring: ro'yxat🏆

“Repetitsion testlar” yopiq kanaliga ulanish uchun:
@pmtests_admin
ga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kichik ertak kitobi betlarini qo`yib chiqish uchun 51 ta raqamdan foydalanildi. Agar kitobchaning 1-va 2-betlariga, shuningdek oxirgi betiga raqamlar qo`yilmagan bo’lsa, bu kitob necha betli?
Anonymous Quiz
19%
31
34%
32
28%
33
19%
34
#kun_savoli_22_05_2025

Bir bolada 15 va 20 tiyinlik tangalardan bir nechtasi bor. Uning 20 tiyinlik tangalari soni 15 tiyinlik tangalari sonidan ko‘p. Bola tangalardan ikkitasini sarfladi. Bu jami pulning beshdan bir qismini tashkil etadi. Qolgan pulning yarmiga daftar sotib oldi. Bunda u 3 ta tangani ishlatdi. Dastlab bolada har bir tangadan nechtadan bo‘lgan?

Yechish usuli va bajarilish tartibini ko'rsatib javobingizni video tarzida @Kunsavoli_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi.

Savolga eng avval javob yuborgan 3 ta o'quvchi kanalimizda e'lon qilinadi. 1-yuborgan 3-4-sinf o'quvchisiga KATTA YUTUQLI OLIMPIADA saralash savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️

👉👉 t.me/pmtests
#kun_savoli_javobi

Dastlabki sarflangan ikki tanganing qiymati jami pulning beshdan bir qismi yoki 20% ga teng. Shundan so’ng jami pulning 80% qoladi. Keyingi sarflangan 3 ta tanga esa qolgan pulning yarmiga teng. Qolgan pulning yarmi jami pulning 80:2=40% ini tashkil etadi. Demak, dastlabki sarflangan ikki tanganing qiymati keyingi sarflangan uchta tanganing qiymatidan 2 marta kam. Bunday holat faqat dastlabki tangalar 15 tiyinlik va keyingi tangalar 20 tiyinlik bo’lganda yuz beradi. 2*15=30 va 20*3=60. 60:30=2.
Oxirida qolgan pulning qiymati 60 tiyin. Bu yoki 4 ta 15 tiyinlik yoki 3 ta 20 tiyinlik bo’lishi mumkin. Shartda 20 tiyinliklar ko’proq deyilgan. Demak, qolgan tangalar ham 3 ta 20 tiyinlik.

Dastlab bolada 2 ta 15 tiyinlik va 6 ta 20 tiyinlik bo’lgan.

Kun savolimizga dastlab uchta to'g'ri javob yuborgan bilimdon o'quvchilar quyidagilar bo'ldi:
🥇Usmonov Muhammadyusuf
🥈Abduvohidov Javlonbek
🥉Xolmamatov Shohruhbek

Barcha javob yuborgan ishtirokchiga minnatdorlik bildiramiz.

Barcha to‘g‘ri javob yuborgan o'quvchilarga rahmat.

‼️Birinchi to'g'ri javob yuborgan o'quvchiga KYO-2025 savol-javoblarida qatnashish imkoniyati beriladi.‼️
4-online mini test savollari(69-test)👇👇
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Test kodi: 143501

Javob yuborish uchun
- @best_olimpiad_robot botining Javobni tekshirish tugmasini bosing.
- keyin test kodiga 143501 ni yuboring.
- keyin kalitlarni yuboring (kodsiz) va natijangizni bilib oling.

Prezident maktabi imtihoni namunasidagi mini test bilan bilimingizni sinab ko'ring.
Testni to'liq variantini "Repetitsion testlar" yopiq kanalida ishlashingiz mumkin.

A'zo bo'lish uchun @pmtests_admin ga yozing.