Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
62.3K subscribers
1.92K photos
1.2K videos
402 files
2.1K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
‼️Keyingi yil tayyorgarlik ko'ruvchilar nimalarga e'tibor qaratishi kerak⁉️

Bu yilgi savollar Ustozlarning Prezident va al-Xorazmiy maktabiga hozirgi tayyorgarlik yo'nalishini biroz o'zgartirish lozimligini ko'rsatdi. Ushbu maktablarga tayyorgarlik uchun foydalanilayotgan hozirgi qo'llanmalar imtihonlarga samarali tayyorlay olmayapti.

@PMTESTS jamoasi materiallari mavjud manbalar ichida imtihonlarga eng yaqin yo'nalishda tayyorlagani e'tirof etilgan bo'lsa-da, jamoamiz bilan mukammalroq dastur va materiallar yaratish bo'yicha ishlarni boshlab yubordik. Agar SIZda tayyorgarlik bo'yicha taklif va mulohazalar bo'lsa, bizga yuboring.

🔅 Imtihonlarda qaysi mavzulardagi savollar tushdi?
🔅Qanday savollarni yechishda qiyinchilikka duch keldingiz?
🔅 Imtihonlardagi savollarga to'liq javob berish uchun nimalarga e'tibor qilish kerak deb o'ylaysiz?
🔅O'tkazilgan imtihonlar bo'yicha boshqa fikr va mulohazalaringiz qanday?

Barcha fikr va mulohazalaringizni @PMTESTS_ADMIN ga yozing.

Sizning fikrlaringiz biz uchun va keyingi yil tayyorlanadigan o'quvchilar uchun juda muhim!

👉👉 @PMTESTS_ADMIN
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qachon taslim bo'lmang. Imkon bor ekan, muvaffaqiyatga erishish mumkin!

👉 @pmtests
#eslatma

🔔 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning yakuniy imtihon javoblari tez kunlarda eʼlon qilinadi.

❗️Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqich natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 30 kun ichida;

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida;

Ijod maktablarining imtihon natijalari imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun ichida eʼlon qilinadi.

🗣Imtihon natijalari Agentligimiz rasmiy sahifalarida eʼlon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⁉️ Prezident va al-Xorazmiy maktablari imtihon natijalari qachon chiqadi⁉️

Al-Xorazmiy maktabi va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga kirish imtihonlari 25-26-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Nizom bo'yicha 20 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari kechi bilan 14-15-avgustlarda e'lon qilinishi kerak.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari 28-,29-,30-iyul kunlari bo‘lib o‘tdi! Demak, ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalari kechi bilan 17-19-avgustlarda e'lon qilinishi kerak.

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyulda bo‘lib o‘tdi. Nizom bo'yicha 30 kun ichida imtihon natijalari e'lon qilinadi. Demak, Prezident maktabi Asosiy imtihon natijalari kechi bilan 30-avgustda e'lon qilinishi kerak.

☝️ Imtihon natijalari taxminan yuqorida keltirilgan sanalarda e'lon qilinadi. Ammo, bu sanalardan oldinroq chiqish ehtimoli ham bor. 20 yoki 30 kun ichida deyilganda, shu muddatdan ko'p bo'lmagan vaqt nazarda tutilgan. Demak, shu yaqin kunlarda natijalar e'lon qilinadi.

👉👉 T.ME/PMTESTS
‼️BUGUN yoki ertaga Al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari e'lon qilinadi‼️

🔵 Ushbu haftada Al-Xorazmiy maktabi va boshqa barcha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari natijalari e'lon qilinadi. Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko'ra belgilangan muddatlar tugamoqda.

Natijalar e'lon qilinishi bugun yoki ertadan boshlanishi kutilmoqda!! Hayajonli daqiqalar yaqinlashmoqda. Barcha imtihon topshirgan o'quvchilarga o'zi va jamiyatimiz uchun foydali bo'lgan maktablarga qabul qilinish nasib etsin!!

👉👉 t.me/pmtests
🛑 Oldingi yillarda al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijalari qachon e'lon qilingan⁉️

2021-yili al-Xorazmiy maktabi imtihoni 10-12-avgustda bo’lib o’tdi. Natijalar 16-avgustda (4-6 kunda) e’lon qilingan.

2022-yili al-Xorazmiy maktabi imtihoni 5-avgustda bo’lib o’tdi. Ushbu maktab imtihonlarining yakuniy natijalari 24-avgustda (19 kun) e’lon qilindi.

2023-yil al-Xorazmiy maktabi imtihoni 25-26-iyul kunlari bo'lib o'tdi. Bugun imtihon yakunlanganidan keyin 19 kun o'tdi. Ertaga 20 kun o'tadi.

O'tgan yillar an'anasi va 2023-yil 27-mayda tasdiqlangan Nizom bo'yicha natijalar tez orada e'lon qilinishi kutilmoqda.

👉👉 t.me/pmtests
⚡️⚡️⚡️Al-Xorazmiy maktabi imtihon natijalari e'lon qilinmoqda

Hozircha saytda qotish kuzatilmoqda. Birozdan so'ng, Al-Xorazmiy va boshqa tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlari natijalarini o'quvchilar ariza.piima.uz platformasida shaxsiy kabinetga kirish orqali bilib olishlari mumkin.

👉👉 T.ME/PMTESTS
Forwarded from asrorbek
Al_Xorazmiy.pdf
5.2 MB
Al-Xorazmiy maktabi kirish imtihoni natijalari

👉 t.me/pmtests
#imtihon_natijalari_2023
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar

📣 IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA KIRISH IMTIHONLARI NATIJALARI E’LON QILINDI!

❗️Joriy yilning 25-26-iyul kunlari  Muhammad al-Xorazmiy nomidagi, Abu Ali ibn Sino nomidagi va Mirzo Ulug'bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin:

portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi, "Natijalar" oynasi, "Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablar" sahifasi orqali;

Biroz vaqtdan so'ng, talabgorning ariza.piima.uz saytidagi Shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2023

🔔 Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan:

O‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.

Kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan o‘quvchilarning murojaatlari Agentlikda tegishli mutaxassislardan tuzilgan apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Apellatsiya komissiyasiga Agentlik direktori o‘rinbosari raislik qiladi.

Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi va arizani qanoatlantirish yoki rad qilish to‘g‘risida murojaatchiga xulosa beradi.

Apellatsiya komissiyasining norozilik arizasini qanoatlantirish to‘g‘risidagi xulosasi o‘quvchilarga arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ball qo‘shib berilishiga asos bo‘ladi.

Apellatsiya komissiyasiga boshqa o‘quvchilarning ishlarini ko‘rib chiqish va murojaatchining ishi bilan solishtirishga ruxsat berilmaydi.

O‘quvchilar va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) berilgan javoblardan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat etish huquqlariga ega.

📬 Apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan talabgor ushbu elektron manzilga murojaat qilishi mumkin:

📩
qabul@piima.uz

Eslatib o‘tamiz, murojaatda quyidagi maʼlumotlar aniq koʻrsatilishi kerak:

Murojaatchi (ota-ona yoki qonuniy vakili) va o‘quvchining ism-sharifi;
Telefon raqami;
O‘quvchining ID raqami;
O‘quvchining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️ 6 ta hududdan birorta ham o'quvchi al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinmagan.

Respublika bo'yicha juda kuchli raqobat Al-Xorazmiy maktabiga kirish imtihonida kuzatildi. Bunday raqobat muhitida o'quvchilari bu maktabga qabul qilingan O'quv markazlari soni juda kam bo'lishi tabiiy holat. Hatto, bir nechta viloyatlar o'quvchilariga bu maktabga kirish nasib etmadi.

Quyida 2023-yilda Al-Xorazmiy maktabiga qabul qilingan o'quvchilar soni viloyatlar kesimida ko'rsatilgan:

Toshkent shahar - 73 ta
Namangan - 23 ta
Farg'ona - 8 ta
Toshkent viloyati - 5 ta
Andijon - 4 ta
Jizzax - 3 ta
Samarqand viloyati - 3 ta
Sirdaryo viloyati - 1 ta

Qoraqalpog'iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlaridan birorta o'quvchi imtihondan o'ta olmagan. (O'tgan yilgi holat)

☝️ Eslatib o'tamiz, o‘quvchilar kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda natija e’lon qilingan vaqtdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
⚡️⚡️⚡️ 6 ta hududdan birorta ham o'quvchi al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinmagan. Respublika bo'yicha juda kuchli raqobat Al-Xorazmiy maktabiga kirish imtihonida kuzatildi. Bunday raqobat muhitida o'quvchilari bu maktabga qabul qilingan O'quv markazlari soni…
🔵 Eslatib o'tamiz, har yilgi an'ana bo'yicha 30 ga yaqin al-Xorazmiy maktabi imtihonidan o'tgan o'quvchilar Prezident maktablari imtihonlaridan ham o'tishga muvaffaq bo'lishadi va o'qish uchun Prezident maktabini tanlashadi. Bu shuni anglatadiki, 120-o'rindan quyida turgan o'quvchilar ham al-Xorazmiy maktabiga qabul qilinishi mumkin.
Forwarded from asrorbek
Xabar tahrirlandi.

Samarqand viloyatidan 3 ta o'quvchi al-Xorazmiy maktabi imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan. Ammo, navoiylik imtihondan o'tgan o'quvchilar yo'q. Toshkent shahri son jihatdan ham sifat jihatdan ham eng avvalgi o'rinda. Toshkent shahridan uzoqroq masofalarda joylashgan viloyatlardan kamroq o'quvchilar imtihon topshirgan. Shuning uchun bu viloyatlardan imtihondan o'tgan o'quvchilar soni ham kamroq.

Yuqoridagi rasmda barcha hududlar kesimida imtihon topshirgan va imtihondan o'tgan o'quvchilar statistikasi keltirilgan.

👉👉 @PMTESTS
#qabul_2023

📆 Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalari 18-avgust kuni soat 19:00 ga qadar qabul qilinadi.

📬 Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, qabul qilingan arizalar Agentlik tomonidan murojaatchi istiqomat qiladigan hududdagi Prezident maktablariga yetkaziladi.

📲Arizalar hududlardagi Prezident maktablarida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan koʻrib chiqilib, natijasi boʻyicha rasmiy xulosa 10 kun muddatda ariza muallifiga telefon orqali xabar beriladi.

🗂 Murojaatchi berilgan rasmiy xulosadan qanoatlanmagan taqdirda, oʻquv yili boshlangunga qadar Prezident maktablariga borib Ishchi guruhidan qoʻshimcha maʼlumot olishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️BUGUN yoki ertaga Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni natijalari e'lon qilinadi‼️

🔵 Ushbu haftada Al-Xorazmiy maktabi natijasi e'lon qilindi. Bugun boshqa barcha Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari uchun kirish imtihonlari natijalari e'lon qilinishi kutilmoqda. Chunki, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko'ra belgilangan muddatlar tugamoqda.

Natijalar e'lon qilinishi bugun yoki kechi bilan ertaga bo'lishi kerak!!

Al-Xorazmiy maktabi natijalarida kutilmagan holatlar kuzatildi. Ba'zi iqtidorli o'quvchilar haddan tashqari kam ball olgani ustozlarni taajjublantirdi. Ixtisoslashtirilgan maktablar natijalarida barcha o'quvchilardan o'z bilimiga munosib natijalar kutib qolamiz.

👉👉 t.me/pmtests
#statistika

2023-yilda Al-Xorazmiy maktabi imtihonidan o'tgan o'quvchilar soni 2022-yilga nisbatan 9 ta viloyatda kamaygan.

2022-yilda faqat bitta viloyatdan birorta o'quvchi imtihondan o'tmagan bo'lsa, 2023-yilda 6 ta viloyatdan birorta ham o'quvchi imtihondan o'ta olmagan.

Bu vaziyat ta'lim sohasidagi rivojlanish jarayonlariga mutlaqo teskaridir. Chunki, normal vaziyatda raqobat oshgani sari boshqa hududlarning ham faolligi ortishi va ma'lum hududning mutloq ustunligi kamayishi lozim.

⚡️⚡️ Hurmatli ota-onalar, agar farzandingizning 2023-yil Al-Xorazmiy maktabi imtihoni natijasi kutilganidan past deb hisoblasangiz apellatsiya arizalarini BUGUN soat 19:00 ga qadar qabul@piima.uz elektron pochtasiga yuboring. Agentlik ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida viloyatlarda ham apellatsiya topshirish imkonini yaratdi.

👉👉 t.me/pmtests
#qabul_2023

🔔 APELLATSIYA ARIZALARINI KO’RIB CHIQISH KUNLARI TASDIQLANDI

⚡️Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga apellatsiya arizalarini qabul qilish 18-avgust kuni soat 19:00 da yakunlandi.

📊 Respublika boʻyicha jami 579 ta ariza kelib tushdi va arizalarni koʻrib chiqish kunlari tasdiqlandi.

🗣 Jumladan:
Toshkent shahar – 170 ta, (21-23-avgust kunlari);
Qashqadaryo viloyati – 68 ta, (29-avgust kuni);
Farg‘ona viloyati – 63 ta, (25-avgust kuni);
Surxondaryo viloyati – 55 ta, (30-avgust kuni);
Toshkent viloyati – 42 ta, (24-avgust kuni);
Navoiy viloyati – 34 ta, (28-avgust kuni);
Samarqand viloyati – 31 ta, (28-avgust kuni);
Namangan viloyati – 30 ta, (26-avgust kuni);
Buxoro viloyati – 27 ta, (28-avgust kuni);
Andijon viloyati – 17 ta, (26-avgust kuni);
Xorazm viloyati – 14 ta, (27-avgust kuni);
Sirdaryo viloyati – 12 ta, (27-avgust kuni);
Jizzax viloyati – 10 ta, (27-avgust kuni);
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6 ta, (27-avgust kuni).

📞 Agentlik tomonidan murojaatchilarning har biriga telefon orqali apellatsiyaga kelish kunlari maʼlum qilinadi.

❗️Diqqat! Har bir arizachining murojaati belgilangan kunda Apellatsiya komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.

🗺HUDUDLARDAGI ISHCHI GURUH XULOSASIDAN NOROZI BO'LGAN MUROJAATCHILAR YUQORIDA KO'RSATILGAN SANALARDA AGENTLIKNING APELLATSIYA KOMISSIYASIGA KELIB MUROJAAT QILISHLARI MUMKIN.

👣Lokatsiya

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔔 IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINDI!

📆 Joriy yilning 28-29-30-iyul kunlari Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi.

Imtihon natijalarini quyidagi maxsus telegrambotlari orqali bilishingiz mumkin:

🤖 @natijalar_2023_1_bot
🤖 @natijalar_2023_2_bot
🤖 @natijalar_2023_3_bot
🤖 @natijalar_2023_4_bot
🤖 @natijalar_2023_5_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_natijalari_2023
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Kuzatuvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘tkazilgan imtihon natijalarini aniqlash uchun Agentlikning maxsus qo'shimcha telegrambotlari ishga tushurildi:

🤖 @natijalar_2023_6_bot
🤖 @natijalar_2023_7_bot
🤖 @natijalar_2023_8_bot
🤖 @natijalar_2023_9_bot
🤖 @natijalar_2023_10_bot

‼️ ESLATMA! Natijalarni bilish istagida bo'lgan yuz minglab talabgorlarning bir vaqtda so'rov yuborishlari natijasida telegrambot sekin ishlashi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_taassurotlari

2023-yilda bo’lib o’tgan imtihonlar o’ziga xos va kutilmagan savollarga boy bo’ldi. Dastlabki yillarda Prezident va Al-Xorazmiy maktablari kirish imtihonlarida kuchli raqobat kuzatilgan bo’lsa, bu yildan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish uchun ham kuchli raqobat muhiti paydo bo’ldi.

Bundan keyin, bu maktablarga o’quvchilarni tayyorlash jarayonida keskin o’zgarishlar qilish talab qilinmoqda:

Birinchi navbatda ota-onalar farzandlarini ertaroq tayyorgarlikka berishi lozim. Imtihonga yaqin vaqt qolganda tayyorlanish o’zini oqlamayapti. Imkon boricha 3-sinfdan boshlab tayyorgarlik ko’rish tavsiya qilinadi.

O’quvchilar bilan o’z sinf darsligidagi fikrlashga doir misollar ustida ko’proq ishlash yaxshi natijaga olib keladi. Katta sinflar kitoblarini yaxshi o’zlashtirgan ammo boshlang’ich sinf darsliklariga e’tibor bermagan o’quvchilar ham past natija ko’rsatishdi. (2023-yil Prezident, al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlarida 2-3-4-sinflar kitoblarida berilgan savollar namunasidagi bir qancha savollar tushdi)

Faqat namunaviy savollar asosida tayyorgarlik ko’rish ham o’zini oqlamay qo’ydi. Bundan keyin o’quvchilarni huddi fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko’rilgani kabi barcha turdagi savollarga chuqurroq yondashgan holda tayyorlash lozim. Sondan ko’ra sifatni ustun qo’yish yaxshiroq natijaga olib kelmoqda.

Ota-onalar va faollar Al-Xorazmiy maktabi imtihonini bir smenada o’tkazish, boshqa maktablar imtihonlari smenalaridagi savollarning teng kuchli bo'lishi va takrorlanmasligini talab qilib chiqishi lozim. Faqat 1-4-sinflar darsliklari asosida tuzilgan savollar bazasi yetarlicha bo’lmagani uchun o’xshash savollarni o’rganib olgan keyingi smenada kirgan o’quvchining bali yuqoriroq bo’lish ehtimoli bor. Shuningdek, smenalardagi savollarning teng kuchli ekanligi ham tasdiqlanmayapti. Prezident maktabi saralash imtihonida 1-smenadagilar o’rtacha 16,3 ta savolga to’g’ri javob bergan bo’lsa, 3-smenadagilar o’rtacha 11,4 ta savolga to’g’ri javob bergan. (3-smena nisbatan qiyinroq bo’lgan bo’lishi va o’quvchilar natijasi 5 taga tushgan bo’lishi mumkin). Al-Xorazmiy maktabi 2-smenada imtihon topshirgan o’quvchilar natijalari ham boshqa smenalardan ko’ra keskin farq qilgani aytilmoqda.

Farzandlari ta’limiga e’tibor qaratayotgan ota-onalar va o’quvchilariga mukammal bilim berishni maqsad qilgan ustozlarning keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Kanalimizda foydali ma’lumotlar va yangilangan testlarni berib borish orqali Sizlarga kelgusi yil tayyorgarlik jarayonida yordam berishga harakat qilamiz.

👉👉
@PMTESTS