Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
62.7K subscribers
1.87K photos
1.21K videos
387 files
2.11K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
‼️4-muammoli masalalar testi PMTESTS.UZ saytiga joylandi.‼️

🟢 Prezident maktabi Asosiy imtihoni uchun berilgan barcha tanqidiy fikrlash va muammoli masalalar testini yechib, bilimingizni sinab ko'ring. Yechimlarini esa o'rganib oling!!

👉👉 @PMTESTS
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 08:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

📶 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Talabgorlar ruxsatnoma va tug'ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari kerak.

Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi.

📲Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi.

🌐 SMS-xabarnoma borgandan so‘ng, ruxsatnomani yuklab olish uchun talabgor ariza.piima.uz saytiga kirib, “Shaxsiy kabinet”iga o‘z ID raqamini kiritishi kerak.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining vakillari O'zbekistonga yetib kelishdi

Xabar berganimizdek, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini o‘tkazish maqsadida yurtimizga kelgan Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari imtihon o'tkaziladigan joy va yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

❗️Ta'kidlash lozim, xorijlik mutaxassislar imtihon o'tkaziladigan barcha hududlarga borib, imtihonlarga kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.

Ma'lumot uchun, barcha imtihon savollari har yilgidek Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#namuna

✔️Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 2-bosqichini topshiruvchi nomzodlar uchun javoblar varag'i namunasi taqdim etilmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
#imtihon_2023 #prezident_maktablari ❗️AGENTLIK TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARIGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! 📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 08:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib…
‼️Ertaga imtihon soat 10:00 da boshlanadi‼️

Prezident maktabi asosiy imtihoni 08:00 boshlanishi bo'yicha xabar @piimauz da tahrirlanib 10:00 ga o'zgartirilibdi.

📆 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 31-iyul kuni soat 10:00da 1 smenada SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.
🟢 Bugungi Prezident maktabi 2-bosqich imtihonida barcha o'quvchilarga muvaffaqiyat tilaymiz‼️

Prezident maktabi Asosiy imtihonida barcha o'quvchilardan yuqori natijalar kutib qolamiz. Barcha o'quvchilarga ota-onalar va ustozlar ishonchini oqlab yuzlari yorug' bo'lishi nasib qilsin!!

Bugungi imtihonda o'quvchilarning vazifasi bor bilim va imkoniyatni ishga solib savollarga to'g'ri javoblarni belgilashdir. Eng munosib o'quvchilarga Prezident maktabi o'quvchisi bo'lish nasib qilsin!!

👉👉 @PMTESTS
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

📢 PREZIDENT MAKTABLARI IMTIHONLARINING IKKINCHI BOSQICHI BOSHLANDI

📝Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida:
matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

Xabar berganimizdek, Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlarini Angliyaning Cambridge Assessment International Education tashkiloti vakillari tomonidan nazorat qilinmoqda.

✔️ Shuningdek, Prezident maktablariga kirish imtihonlari natijalarini tekshirish va talabgorlarning javoblari natijalarini baholash ushbu tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

🗺 Eslatib o‘tamiz, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Imtihonda ishtirok etayotgan barcha talabgorlarga omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Imtihon_taassurotlari

2023-yil Prezident maktabi imtihonlarida tushgan savollar oldingi yillardagiga nisbatan farqli bo'ldi. Savollar O'zbekistondagi mavjud darsliklar asosida tuzilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmoqda. @PIIMAUZ ning da'vo qilishicha, Prezident maktablarining barcha imtihon savollari Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadi.

Al-Xorazmiy maktabi imtihonlari 4-sinf bitiruvchilari uchun haddan tashqari murakkablik qildi. Kuchli tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilar ham ba'zi savollarni yechishda muammoga duch kelishdi. Aksariyat o'quvchilarga barcha savollarga javob berish uchun vaqt yetarli bo'lmadi.

Ixtisoslashtirilgan maktablar imtihonlarida savollarning qiyinlik darajasi o'rtacha (Prezident maktabi saralash imtihonidan qiyinroq, Al-Xorazmiy maktabi imtihonidan osonroq) bo'lgani aytilmoqda.

👉👉 t.me/pmtests