Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
62.7K subscribers
1.87K photos
1.22K videos
387 files
2.11K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#kun_savoli: Ikki matematik suhbatlashib turgan edi. Biri mening uchta farzandim bor. Ularning yoshlari ko’paytmasi 36 ga va yoshlari yig’indisi esa manabu bino qavatlari soniga teng dedi. Shunda 2-matematik o’sha bino qavatlari sonini ko’rib tursa ham ularning yoshlarini topa olmasligini aytdi. 1-matematik katta o’g’limning ismi Abdurauf degan edi, 2-matematik ularning yoshlarini aytib berdi. Sizningcha ularning yoshlari qanday?

Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!

👉👉 @PMTESTS
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🧨 Ayni kunlarning dolzarb mavzusiga mos keluvchi ijtimoiy rolik. Rolikni nihoyatda ta'sirli ishlashgan. Inson emotsiyalarini qo'zg'atmasdan qolmaydi...

Video so'ngida shunday deyiladi: "Balki bu atrofingizda sodir bo'lmayotgan bo'lishi mumkin, lekin qayerdadir sodir bo'lyapti!" (@Kreativ_reklamalar)

👉👉 @PMTESTS
#kun_savoli_javobi: Ko’paytmasi 36 ga teng bo’lgan uchta sonlar quyidagilar bo’lishi mumkin. (1,1,36), (1,2,18), (1,3,12), (1,4,9), (1,6,6), (2,2,9), (2,3,6), (3,3,4). 1-matematikning o’g’illari yoshi aniq shu javoblarning biri bo’ladi. Endi bu sonlar yig’indisiga e’tibor beramiz: 1+1+36=38, 1+2+18=21, 1+3+12=16, 1+4+9=14, 1+6+6=13, 2+2+9=13, 2+3+6=11, 3+3+4=10. 2-matematik ko’rib turgan binoning qavatlari soni aniq shularning biriga teng. Agar bino qavatlari soni 38 bo’lganida edi, 2-matematik sherigining farzandlari yoshi 1,1,36 ekanligini topgan bo’lar edi. Yoki 21 bo’lganida ularning yoshlari 1,2,18 ekanligini topgan bo’lar edi. Xuddi shunday bino qavatlari 14, 11 yoki 10 ta bo’lganida ham ularning yoshini aniq topa olardi. Ammo u ularning yoshini aniq ayta olmayapdi. Demak, binoning qavatlari soni 13 ta va o’g’illarning yoshlarida ikkita variant bor: 1, 6, 6 yoki 2, 2, 9. Shuning uchun ham 2-matematik ularning yoshlarini aniq ayta olmadi. 1-matematik katta o’g’limning ismi Abdurauf deganida bitta farzandi katta ekanligi va qolgan ikkitasining egizak ekanligini biladi va ularning yoshlari 2, 2, 9 ekanligini topadi. Bu holda 1, 6, 6 deb ayta olmaymiz. Chunki kattalarining yoshlari teng egizaklar bo’lib qoladi.
Javob: 2, 2, 9

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 42-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS
Olam ahli, bi­lingizkim, ish emas dush­manlig‘,

Yor o‘lung bir-biringiz­gaki, erur yorlig‘ ish...

Hazrat Alisher Navoiy odamlar o‘rtasida tinchlik va osoyishtalik hukm surishi uchun ular dushmanlik yo‘lidan voz kechishi darkor, dushmanlik ish emas, buning o‘rniga ular bir-biriga do‘st tutinishi lozim, chin do‘stlik haqiqiy ish hisoblanadi, deya eng yuksak demokratik qadriyatlarni ilgari surdilar. Butun dunyoda tinchlik bo'lsin!!

👉👉 @PMTESTS
Chigirtka har safar to'g'ri chiziq bo'ylab o'ngga yoki chapga 1metr masofaga sakrab, harakati boshlangan nuqtaga qaytib keldi. Chigirtkani sakrashlari soni quyidagilarning qaysi biri bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
33%
18
23%
15
24%
23
14%
17
7%
25
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Namangan_Prezident_maktabi

⚡️ PREZIDENT MAKTABI O‘QUVCHISI MILLION DOLLARLIK GRANTNI QO‘LGA KIRITDI

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Namangan shahridagi Prezident maktabining 11 - sinf o‘quvchisi Ibrohim Karimjonov jami 1 million 123 ming AQSH dollar miqdoridagi grantni qo‘lga kiritdi.

🔰 Ibrohim dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turuvchi 12 ta xorijiy universitetlarga o‘qishga qabul qilindi. U jami 1 million 123 ming AQSH dollariga teng grant sohibi bo'ldi. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
Azizning do'stlari har oyda Rossiyadan $600 pul jo’natishadi. Ularga ish haqi rubl.da beriladi. Ular 1$=75rubl bo’yicha dollar sotib olishar edi. Kecha kurs o’zgardi va 1$=120rubl bo’lib qoldi. Azizning do'stlari endi uyiga qancha pul jo’natishi mumkin?
Anonymous Quiz
25%
$375
19%
$450
25%
$500
22%
$720
9%
$960
Fasli navbahor o'ldi

Fasli navbahor o’ldi, ketibon zimistonlar,
Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar.

Subhidam tushub shabnam, bo’ldi sabzalar xurram,
Gul uza tomib kam-kam, yog’di abro’-naysonlar.

Nastaron yuvib yuzni, yosuman tuzib o’zni,
Nargis ochibon ko’zni, intizor, yoronlar.

Qumrilar qilib kuk-ku, bulbul aylabon chah-chah,
Sarvi gul uza doim tortar ohu afg’onlar.
Tortar ohu afg’onlar.

Kechdilar vafo ahli qolmayin tutub savsan,
Kiydi ko’k, qilib sunbul zulfini parishonlar.

Do’stlar, g’animatdur, sayr eting gulistonlar.

Barchangizga bahor ayyomi muborak bo'lsin!!
👉👉 @pmtests
Aziz futbol jamoasida o'zi uchun 30 sonidan katta bo'lmagan sonlardan birini tanlamoqchi. U 3raqamini yaxshi ko'radi. U yoki 3raqami qatnashgan yoki 3ga bo'linadigan sonlarni tanlaydi. Unda nechta tanlov varianti bor?
Anonymous Quiz
16%
4 ta
23%
10 ta
21%
11 ta
31%
12 ta
9%
14 ta
Bir qishloqda yolg'onchilar va rostchilar yashaydi. Bir ziyofatda 15kishi to'plandi. Ularning har biri qolganlarga "Sizlarning hammangiz yolg'onchilarsiz" deb aytdi. Yolg'onchi faqat yolg'on, rostchi faqat rost gapirsa, ziyofatda nechta rostchi bo'lgan?
Anonymous Quiz
18%
7
15%
9
18%
3
30%
1
19%
0
Garvard universiteti talabalaridan motivatsion iboralar:

1. Agar sen hozir uxlasang, albatta orzuing tushingda ko'rasan, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.

2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.

3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.

4. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qayerdan bilib olasan?!

5. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. Ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.

6. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.

7. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.

8. Sening oylik ish haqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.

9. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.

10. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.

11. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.

👉
@pmtests
Karim bir son o'yladi. Sonning raqamlari yig'indisi tub son. Son biror sonning kvadrati emas. Son uchga bo'linmaydi.
Quyidagi sonlardan qaysi biri Karim o'ylagan son bo'lishi mumkin?
Anonymous Quiz
13%
12
24%
16
19%
21
21%
26
23%
32
Tomonlari tub natural sonlardan iborat parallelepipedning hajmi 1001 ga teng. Uning qirralari yig'indisini toping.
Anonymous Quiz
27%
124
35%
123
26%
130
11%
140
Muammoli_masalalar. Azizning uyidan maktabgacha 1350 metr. Aziz uyidan maktabga qarab 817 metr yurdi. Ukasi esa maktabdan uyga tomon 715 metr yurdi. Hozir Aziz va ukasi orasidagi masofa qancha?
Anonymous Quiz
42%
182 metr
27%
218 metr
22%
198 metr
9%
164 metr
Mиллатни йўқ қилиш

Жанубий Африка Республикасидаги университетга кираверишда шундай сўзлар ёзиб қўйилган:
«Ҳар қандай миллатни йўқ қилиш учун атом бомбаси ёки узоқ радиусга таъсир қиладиган ракеталарга ҳожат йўқ. Фақат таълим сифати пасайтирилса ва имтиҳонларда талабаларга алдаш учун имконият яратилса бас»
Бундай врачлар қўлига тушган беморлар ўла бошлайди.
Бундай қурувчилар қурган бинолар қулайди.
Бундай иқтисодчилар ва ҳисобчилар қўлидаги пуллар изсиз йўқолади.
Бундай диний уламолар туфайли инсонлар маънан ўла бошлайди.
Бундай юристлар ва судьялар қўлида адолат йўқлик сари юз тутади...
Қонун чиқарувчилар қўлида бошқарув йўқ бўлади.
«Таълимнинг барбод бўлиши — миллатнинг касодга учрашидир».

👉👉 @pmtests
Odam mamlakati uchun qilishi mumkin bo‘lgan eng katta xizmat – bolalarini tarbiyalashidir.

©Bernard Shou

P.S. Dunyodagi geosiyosiy beqaror vaziyat barcha mamlakatlarni hushyorlikka chorlaydi. Aziz VATANimizni kelgusida turli xavflardan himoya qilish faqatgina yoshlarimizga sifatli ta'lim berish bilan bo'ladi. Agar yoshlarimiz sifatli ta'lim olsa, iqtisodiyot rivojlanadi, davlatning ham iqtisodiy ham harbiy qudrati ortadi. Zero, ILMDAN BOSHQA NAJOT YO'Q VA BO'LMAGAY!!!

👉👉 @PMTESTS
14-axborotni tahlil qilish va amaliy matematika testi 👇👇