Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
62.8K subscribers
1.87K photos
1.22K videos
387 files
2.12K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
#Muammoli_masalalar: Qurbaqa 28 metr chuqurlikdagi quduqga tushib ketdi. U kunduzi 3m yuqoriga chiqib, kechasi 2m pastga tushadi. Qurbaqa quduqdan necha kunda chiqadi?
Anonymous Quiz
33%
28
20%
27
25%
26
13%
25
10%
14
#Test_namunalari_3_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

❗️Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinf MATEMATIKA fanidan test namunalari. (@piimauz)

👉👉 @PMTESTS
#kun_savoli: 5 xonali son uch marta qo’shilganda 6 xonali son hosil bo’ldi. Sonlarning raqamlari harflar bilan almashtirilgan. Turli harflarga turli raqamlar, bir xil harflarga bir xil raqamlar mos keladi. Ushbu sonli rebusni yeching.

GRANT*3=G'ALABA

Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!

👉👉
@PMTESTS
Ким, нима сабабдан ва кимга қарши бошлашидан қатъий назар — Уруш бу вахшийлик.

Қайтараман: Россия бошлайдими, АҚШми, Исроилми, Франциями... Тоғангми, поччангми, энангми... Ким бошлашидан қатъий назар вахшийликни оқлаб бўлмайди.
#урушнингномиўчсин

(Фотоколлаж: Умар Маткаримов). (@RaisBuva)

👉👉 @PMTESTS
#kun_savoli_javobi: 65983*3=197949
Izoh: 👇👇👇👇👇👇👇
#kun_savoli_javobi: Ushbu sonli rebusni yechishda uchta raqamning yig’indisi har doim 30 dan kichik ekanini yodda tutgan holda bajaramiz. Dastlab T va A harflarini topamiz. T 0 va 5 bo’la olmaydi. Aks holda A va T bir xil bo’lib qoladi. Agar T=1, 2, 4, 6, 7, 9 raqamlaridan biri bo’lsa, qo’shiluvchilar va yig’indining yuzlar xonasidagi uchta A ning yig’indisi yana A ga teng bo’la olmaydi. Misol uchun T=1 bo’lsa, A=3 bo’ladi. Uchta A ni yig’indisi 9 ga teng. Qo’shishni bajarishda 3 ta N yig’indidan ko’pi bilan 2 dildagi qo’shilishi mumkin. Ammo, 9 ga 4 qo’shilsa, A o’rnida 3 (13) paydo bo’ladi. T=8 bo’lganda esa, A=4 bo’ladi va yuzlar xonasidagi A ni hosil qilish mumkin ammo o’n minglar xonasidagi A ni 4 ga tenglay olmaymiz. G=9 bo’lsa katta, qolgan holatlarda kichik sonlar hosil bo’ladi. Ushbu mulohazalardan T=3 va A=9 ekanini topamiz. Endi yuzlar xonasidagi A ham 9 bo’lishi uchun N raqami 7 yoki 8 bo’lishi kerak. Ammo, 7 qo’yilsa B=1 bo’ladi va G’ bilan bir xil bo’lib qolishi mumkin. Demak, N=8, B=4. L raqami 3 ta R raqami yig’indisiga 2 dildagi qo’shilishi bilan hosil bo’ladi. Har xil harflarda har xil raqamlar bo’lgani uchun R 2 va 7 bo’la olmaydi. Aks holda L 8 va 3 bo’lib qoladi. R raqami 0 va 1 ham bo’la olmaydi. Aks holda o’n minglar xonasidagi A ni 9 chiqara olmaymiz. R 6 ham bo’la olmaydi. Aks holda G 9 bo’lishi kerak. Demak, R=5 va L=7. O’n minglar xonasidagi A ni 9 chiqarish uchun G=6 va G’=1 ni tanlaymiz.
65983*3=197949

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 43-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS
Quyida 16 xonali son berilgan: 5455565758596061. Ushbu sondan 12 ta raqamni qolgan son eng kichik bo’ladigan qilib o’chirilsa, qanday son hosil bo’ladi.
Anonymous Quiz
22%
4055
34%
4555
26%
5061
19%
4061
КИТОБ ҲАҚИДА МАШҲУРЛАР НИМА ДЕГАН?

Китобсиз уй – қалбсиз танага ўхшайди.
Цицерон
***
Саводли бўла туриб китоб ўқимаган кишининг саводсиздан фарқи йўқ.
Марк Твен
***
Китоб ўқишга одатланмаган кишига ишонма.
Лемони Сникет
***
Шоҳона, бироқ кутубхонасиз уйга ачинаман.
Жейн Остин
***
Китобга тўла уйнинг файзи шу қадарки, уларни варақламай туриб, сен ўзингни улардаги донолик шарбатини симираётгандек ҳис қиласан.
Марк Твен
***
Қашшоқ бўлсам ҳам китоб харид қиламан. Бундан ортиб қолган пулга эса егулик ёки кийим-кечак сотиб оламан.
Эразм Ротердамус
***
Яхши китоб ўз сир-асрорини бир ўқишда фош қилмайди. Уни такрор ўқиганинг сайин тушуниб борасан.
Стефан Кинг
***
Менга мен ҳали ўқиб улгурмаган китобни берган инсон мен учун қадрли дўстдир.
Абраҳам Линкольн
***
Агар уйингизда китоб учун жавон бўлмаса, сиз билан суҳбатлашиш бефойда ва мен буни рад этаман.
Терри Пратчет
***
Эски пўстин кийсанг ҳам, янги китоб ўқишга одатлан.
Остин Фелпс (@liderlar1)

👉👉 @PMTESTS
Bir nechta o'quvchi bayram bilan o'qituvchisini tabriklash uchun 60ming so'mlik sovg'a sotib olishmoqchi edi. Ammo Anvar ularga qo'shilmasligini aytdi. Natijada o'quvchilar 2ming so'mdan ko'proq yig'ib sovg'a olishdi. Nechta o'quvchi sovg'a sotib olgan?
Anonymous Quiz
16%
4ta
36%
5ta
32%
6ta
16%
8ta
O’ZBEK ONASI

Mushtipar ham o'zing, buyuk ham o'zing,
Kuyinchak ham o'zing, kuyuk ham o'zing.
Olamga tatirlik suyuk ham o'zing,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.

Seni To’maris deb, maqtaganim bor,
Sen Temur beshigin tebratgan bedor,
Sensan Bibixonim, Nodirai zor,
Payti keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.

Vatanni Ona deb bekor aytilmas,
Ona buyurganda yo’ldan qaytilmas,
Sen o’zing Ka’bamsan, Baytul muqaddas,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.

Boshingdan nimalar o’tmadi axir,
Vatandek taqdiring bo’ldi goh taxir,
Bobur shoh bo’lsada, qoshingda faqir,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.

Gohida balqiding Barchindek to’lib,
Go’zadek quriding Tursunoy bo’lib,
Timsoling yaylovda yulduzdek kulib,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.

Farzanding quvonsa — sen ham quvonding,
Faqat bolam deding, yashading, yonding,
Nokasi uchrasa, o’rtanding, tonding,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.

Kelajak toychogu toyingizdadir,
Jannat ham, albatta, poyingizdadir,
Vatan-ku Siz turgan joyingizdadir,
Payt keldi, aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.

Sizga ta’zim qilib turibman bu payt,
Sizga baxshidadir eng shohona bayt,
Aziz elu yurtga duolaring ayt,
Payt keldi aytmoqqa, gapning xonasi,
Ey, O’zbek onasi, O’zbek onasi.

A.Oripov

👉👉 @PMTESTS
Kimki “Ayollarning ilm olishi mumkin emas” desa, u kimsa xiyonatkordir. Oxirgi asrlarda o'zbeklar tarafidan ilmiy kashfiyotlar kamayishi, erkaklarning ham ilmga rag’bati pastligining asosiy sababi ayollar ta’limiga e’tibor berilmasligidan bo’ldi.
Demak,..
Anonymous Quiz
18%
Ayollarning ilm olishi erkaklarnikidan ham muhimroq.
23%
Qizlarini o'qitmaydigan insonlar jamiyat rivojini orqaga suradilar.
44%
Ayol ilmli bo'lmasa va ilmga qiziqmasa, bolalari ham ilmga rag'bat qilmaydi, kashfiyotlar kamayadi.
15%
Ayollar ta'lim olsa, farzandlariga ham o'rgatishi mumkin.
2022-yilning 7-mart soat 18:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonda yashovchi ayollar soni 17 587 908 nafarga yetdi. Jami aholi esa 35 388 145 ta. O’zbekistondagi erkaklar soni ayollar sonidan nechtaga ko’proq?
Anonymous Quiz
35%
17 800 237 ta
18%
312 329 ta
23%
215 329 ta
19%
212 329 ta
6%
112 329 ta
Toshkent shahrida kuchli shamol 15 m/s tezlikda harakat qilmoqda. Azizning uyidan bobosining uyigacha 36 km. Agar shamol Azizning uyi tomondan bobosining uyi tomonga harakat qilayotgan bo'lsa qancha vaqtda yetib boradi?
Anonymous Quiz
28%
2,4 soatda
35%
40 minutda
30%
1 soat 20 minutda
7%
2 soatda
#kun_savoli: Azizga maxfiy hujjatlar saqlanadigan seyfning paroli yozilgan qog’oz berildi. Parol 6 xonali son bo’lib, dastlabki ikki raqami 35 edi. Azizning xonasida yong’in chiqib, ba’zi qog’ozlar yonib ketdi. Parol yozilgan qog’ozning esa yuqoridagi rasmda ko’rsatilgan bir qismi qoldi. Aziz dastlabki ikki raqam 35 ekanligini biladi. U qolgan qog’oz parchasi yordamida eng ko’pida necha marta urinib seyfni ochishi mumkin?


Javobni yechilish yo'li bilan @pmtests_admin ga yuboring. Faqat bitta javob qabul qilinadi!

👉👉 @PMTESTS
Savol: Prezident maktablariga qabul imtihonlari kim tomonidan, qanday tashkil qilinadi?

Prezident maktablariga qabul imtihonlari Angliyaning Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda o'tkaziladi.

Cambridge Assessment tashkiloti: 160 yillik tarixga ega, dunyoning 170 ga yaqin davlatida juda ko'p turdagi imtihonlarni olish tajribasiga ega tashkilotdir.

2019-2020 o'quv yilida ochilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarida Cambridge Assessment tashkilotining TSA (Thinking Skills Assessment - Fikrlash Mahoratini Baholash) tipidagi sinovlari ishlatildi.

Cambridge Assessment tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, Prezident maktablariga kirish imtihonlarida o'quvchilar soni bir o'ringa 20 tadan oshib ketmasligi kelishilgan. (Bu bitta sinf doirasida 24 o'quvchi qabul qilinishini hisobga olsak, jami 480 o'quvchi bo'ladi). Prezident maktablariga qiziqish kattaligi va bu yerda o'qishga talabgorlar ko'pligini inobatga olib, agar o'quvchilar soni bu limitdan oshib ketsa qo'shimcha matematika fanidan sinov ham olish ko'zda tutilgan.

@pmtests
#kun_savoli_javobi: Biz varoqqa yozilgan kodning bo’lishi mumkin bo’lgan eng ko’p sonini topishimiz kerak. Varoq ko’rinib tuganidek ushlansa, kod 11 xil bo’lishi mumkin: 355295, 352950, 352951, 352952, 352953, 352954, 352955, 352956, 352957, 352958, 352959.
Ammo varoqni 180⁰ ga burib ushlansa, varoqda 5625 ko’rinadi. Va bunda ham 11 xil holat mavjud: 355625, 356250, 356251, …., 356259.
Jami mumkin bo’lgan kodlarning eng ko’p soni 22 ta va Aziz ko’pi bilan 22 marta urinib kodni topishi mumkin.

Kun savoliga to'g'ri javob yuborgan ishtirokchilar 44-online testda bepul ishtirok etishlari mumkin. Bundan keyingi yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi!

👉👉 @PMTESTS