Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
79.7K subscribers
3K photos
1.84K videos
633 files
3.23K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
Kanal asoschisi — Asrorbek Jumanazarov
Videodars (Turbo, Tanqidiy, Muammoli)
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qabul 2020/2021 | Imtihon topshiruvchilar diqqatiga!

25-sentabrdan qabul jarayonining ilk imtihonlari boshlanadi, barcha imtihon topshiruvchilardan ushbu yo'riqnomalar bilan to'liq tanishib chiqishingizni so'raymiz.

Batafsil ma'lumot: ictschool.uz/qabul

Manba: Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Kanal manzili
@pmtests
👍5🔥3😱2🎉1
Forwarded from Asrorbek Jumanazarov
Xabaringiz bor hozirda al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlari bo'lib o'tmoqda. Sizlarga rasmiy saytida e'lon qilingan namunaviy savollarni taqdim etamiz. Matematika va ingliz tili fanlaridan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi

Baholash mezoni

1-bosqich natijalariga ko‘ra, qabul kvotasining 1/3 nisbatida (bir o’ringa uch o’quvchi soni bilan) yuqori natija (70balldan kam bo’lmagan)ga ega bo’lgan o’quvchilarga ikkinchi bosqich imtihonida ishtirok etish imkoniyati beriladi. Natija ko’rsatkichi 70 balldan kam bo’lgan o’quvchilar (1/3 nisbatdagi o’quvchilar ro’yxatiga tushgan bo’lsa ham) 2-bosqich imtihoniga qo’yilmaydi.


🌐1-bosqich imtihon javoblarini baholash mezoni:

♻️5-6-sinflar uchun

Matematika: 20 ta savol (70%) har bir to‘g‘ri javob 3,5 ball

Ingliz tili: 20 ta savol (30%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

♻️7-8-9-sinflar uchun

Matematika: 20 ta savol (70%) har bir to‘g‘ri javob 3,5 ball

Fizika: 10 ta savol (15%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

Ingliz tili: 10 ta savol (15%) har bir to‘g‘ri javob 1,5 ball

Kanal manzili
@pmtests
👍8🎉6🔥2😱1
Aziz Ustozlar! 🎈🎈🎈Sizlarni “O’qituvchilar va murabbiylar kuni” bilan tabriklaymiz! 🎊Biz sizning mehribon qalblaringizning saxiyligini, sabr-toqatingizni, fidoyiligingizni va biz – o’quvchilaringizni sevishingizni juda qadrlaymiz!
🎉🎉🎉 Sizga mustahkam sog'lik, tanangiz va ruhingizga kuch, mehnatingizga quvonch va shaxsiy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎉🎈🎊🎉🎈🎊🎉🎈🎊

💐💐💐💐💐💐💐💐💐💐

Sizgadir yurakda asragan so'zim,
Тo mangu ta'zimda turaman o'zim.
Dilimning tubida yangragan sozim —
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

G'am ko'rmay bu dunyo turguncha turing,
Ming yillik mehnatlar huzurin ko'ring,
Shogirdlar baxtidan shod, masrur yuring,
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

Hayot yo'llarimda dildosh, deb bildim,
Yo'limni yoritgan quyosh, deb bildim,
Тole yo'llarida yo'ldosh, deb bildim,
Ezgulik yo'lida tolmang, Ustozim!

Kanal manzili
@pmtests
🤩2👍1
Qabul 2020/2021 | 1-bosqich natijalari!

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabda 1-bosqich onlayn test imtihonlari o'z yakuniga yetdi. Batafsil natijalar bilan https://ictschool.uz/1-bosqich-natijalari orqali yoki shaxsiy natijangiz bilan natija.ictschool.uz veb sayti va @ictschool_imtihon_natijalari_bot telegram boti orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Quyida ushbu bosqich bilan bog'liq statistikani keltirib o'tamiz 👇

👥Test sinovlarida ishtirok etgan o'quvchilar soni - 3292
Test sinovlarida qatnashmagan o'quvchilar soni - 61
🚫Test sinovlaridan chetlashtirilgan o'quvchilar soni - 24
2-bosqichga o'tgan o'quvchilar soni - 847

2-bosqich bilan bog'liq ma'lumotni tez orada e'lon qilamiz.
____________________
Manba: Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Kanal manzili
@pmtests
👍6
2019 yil 25 iyun kuni hukumat qarori (526-son) bilan Prezident maktablari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlangan.

🌐 Nizom bilan Prezident maktablarining maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

🌐 Xususan, ushbu maktablarning asosiy maqsadi maʼnan yetuk va intellektual barkamol avlodni shakllantirishdan iborat.

🌐 Prezident maktablarining 11-sinf bitiruvchilari tanlangan fanlar asosida xalqaro malaka imtihonlarini (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels) topshirish huquqiga ega boʻladi.

🌐 Mazkur imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganlarga yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalariga kirish imkonini beradigan xalqaro diplom beriladi.

🌐 Prezident maktablariga 4-sinf (birinchi oʻquv yilida 4–9-sinflar) bitiruvchilari orasidan qobiliyatli va iqtidorli (baholar tabeli asosida tegishli STEAM fanlari – matematika, biologiya (tabiatshunoslik), informatika va axborot texnologiyalari, fizika, algebra, geometriya, kimyo – boʻyicha aʼlo bahoga tugatgan) oʻquvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

🌐 Qabul boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi.

🌐 Hujjatlar bevosita qabul komissiyasiga yoki elektron shaklda ham topshirilishi mumkin.

🌐 Imtihonlar ikki bosqichda oʻtkaziladi:
👉 1-bosqich – matematika fanidan 30 ta test;
👉 2-bosqich – axborotni tahlil va solishtirish qobiliyatini aniqlash boʻyicha – 16 ta masala;
👉 mantiq elementlari boʻlgan matematika fanidan – 24 ta masala;
👉 ingliz tilidan – 55 ta test.


🌐 Imtihon natijalari Xalq taʼlimi vazirligining va Prezident maktablarining rasmiy veb-saytiga imtihondan soʻng 30 kun mobaynida joylashtiriladi.

🌐 Shuningdek, nizom bilan Prezident maktablariga xodimlarni qabul qilish, ularning mehnatiga haq toʻlash tartiblari belgilandi.

Kanal manzili
@pmtests
👍8🔥5
Al-Xorazmiy maktabining qabul imtihoni birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar uchun ularning sinflaridan kelib chiqib, matematika, fizika  va ingliz tili fanlaridan ZOOM dasturi orqali onlayn suhbat o‘tkaziladi:

5 sinf uchun – 5-6-oktabr (bugundan boshlanadi)

6 sinf uchun – 7-oktabr

7 sinf uchun – 8-oktabr

8-9 sinflar uchun – 9-oktabr.

5-6-sinflar baholash mezoni
Ikkinchi bosqich imtihonida matematika fanidan 2 ta nazariy va amaliy topshiriq beriladi (4 ball), ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va mavzu doirasida savol-javob o‘tkaziladi (2 ball).
7-8-9-sinflar baholash mezoni
Ikkinchi bosqich imtihonida 7-sinf matematika, 8-sinf algebra va geometriya fanlaridan 2 ta nazariy va amaliy topshiriq beriladi (4 ball), Fizika fanidan o’quvchining nazariy bilimlarini sinash maqsadida 2ta savol beriladi (har bir savol 2 ball, 4 banddan iborat bo’lib jami 4 ball). Ingliz tili fanidan 1 ta mavzu bo‘yicha o‘qish, tarjima qilish va mavzu doirasida savol-javob o‘tkaziladi (2 ball).

2-bosqichga o’tgan o’quvchilarga shaxsiy Zoom manzil va imtihon vaqti sms tarzida yuboriladi.

Hammaga omad!!

https://t.me/pmtests
👍13😱2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKTga ixtisoslashtirilgan maktabda so'nggi 2-bosqich onlayn test imtihonlari o'z yakuniga yetdi. Batafsil natijalar bilan https://ictschool.uz/qabul-natija veb sahifasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin. Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilarni chin dildan tabriklaymiz va barchaga kelgusi o'qishlarda omad tilab qolamiz!

@pmtests
🔥1🎉1
Prezident maktablari oʻquvchilari SEAMO-2020 sovrindorlari boʻlishdi

🌐Prezident maktablari oʻquvchilari Janubiy-Sharqiy Osiyo matematika olimpiadasi (SEAMO-2020) sovrindorlari boʻlishdi. SEAMO Singapur davlatining Global SEAMO tashkiloti tomonidan oʻtkaziladi. Barcha test savollari esa Singapur davlatining Terry Chew Academy tomonidan tayyorlanadi va tasdiqlanadi.Prezident maktablari oʻquvchilari SEAMO 2020 natijasiga koʻra, bitta oltin, ikkita kumush va uchta bronza medallarini qoʻlga kiritdilar.

🌐Kelajakda sizning ham farzandingiz shunday natijalarga sazovar bo'lishini xohlaysizmi?

🌐Farzandingizni sifatli ta'lim olishi uchun sarmoya kiriting.

Kanal manzili
@pmtests
🔥2🤩1