Prezident maktabi testlari | Asosiy kanal
60.7K subscribers
1.89K photos
1.11K videos
395 files
2.03K links
📚 Prezident maktablariga tayyorlovchi maxsus kanal!
- Matematika
- Tanqidiy fikrlash
- Muammoli masalalar
- Yutuqli testlar

Videodars / Repetitsion testlar kanaliga obuna bo’lish uchun: @pmtests_admin @pmtests_admin1 yozing
Testlar bazasi: pmtests.uz
Download Telegram
So'rovnoma natijalaridan shuni bilish mumkinki, testlar biroz qiyinlashgan. Keyingi testlarda birinchi o'nta savolni oson, oxirgi o'nta savolni qiyinroq bo'lishiga e'tibor beramiz!
Qiyin testlarni ham o'rganib oladiganlarga omad!👍☺️
Izlanishdan to'xtamanglar!!
2021-2022 yilgi Prezident maktablarida nechinchi sinflarga oʻquvchilar qabul qilinishi kutilmoqda?!

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra viloyatlar kesimida quyidagicha qabul rejalashtirilgan:
Toshkent shahar – 5-6 sinflar;
Toshkent viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Andijon viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Namangan viloyati – 5-6 sinflar;
Fargʻona viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Sirdaryo viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Jizzax viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Samarqand viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Qashqadaryo viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Surxondaryo viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Buxoro viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Xorazm viloyati – 5-6 sinflar;
Navoiy viloyati – 5-6-7-8-9-10 sinflar;
Nukus shahri – 5-6 sinflar.

2021-yilda o'quvchilar Prezident maktablarining shu sinflariga kirish uchun imtixon topshiradilar.

Kanalga ulanish:
T.me/pmtests
Prezident maktab-internatiga qanday kirish mumkin?

Bolalar Prezident maktab-internatlariga faqat bolaning o‘qish joyi bo‘yicha hududiy tamoyil asosida qabul qilinadi. Ya’ni, agar bola Toshkent shahridagi maktabda tahsil olayotgan bo‘lsa, u faqat Toshkent shahridagi Prezident maktab-internatiga kirish huquqiga ega. Agar bola Toshkent viloyati maktabida tahsil olayotgan bo‘lsa, u faqat Toshkent viloyati hududidagi Prezident maktab-internatiga o‘qishga kirish huquqiga ega.
Boshqa hududlarda, agar hujjatlarni topshirish vaqtida ushbu viloyat hududida joylashgan maktabda o‘qiyotgan bo‘lsa, bola ushbu mintaqadagi Prezident maktabiga o‘qishga kirishi mumkin.
Hujjatlar belgilangan muddatda qabul qilinadi.
Hujjatlarni onlayn tarzda topshirish imkoniyati mavjud.

@pmtests
Qaysi fanlar bo‘yicha imtihon o‘tkaziladi?
Imtihon quyidagilardan iborat:
– axborotni tahlil qilish va qiyoslash qobiliyatiga oid topshiriqlar;
– mantiq elementlari mavjud matematik masalalar;
– ingliz tilini bilish testi.
Imtihon o‘zbek tilida (Qoraqalpog‘istonda qoraqalpoq tilida) o‘tkaziladi.
Ingliz tilini bilish 9–10-sinflarga kirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 5–8-sinflarga kirishda ingliz tilini bilish uchun test sinovlari talabgorlarning salohiyatini baholashga xizmat qiladi.
Prezident maktab-internatlariga kirish imtihonlari yakunlari bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabgorlar qabul qilinadi.

@pmtests
Ҳурматли юртдошлар!

Барчангизни Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 29 йиллиги билан чин юракдан муборакбод этамиз!

Сизларга юртимиз равнақи йўлидаги ишларингизда улкан зафарлар ёр бўлишини тилаб қоламиз!

Оилаларингиздан тинчлик-тотувлик, фаровонлик, тўкинлик ва файзу-барака аримасин!

@pmtests
Presidential_Schools_Admissions_uzb.pdf
362.3 KB
Prezident maktabiga qabul qilish qanday amalga oshiriladi, qaysi maktab fanlaridan baholar 5 bo'lishi kerak, imtihon qanday fanlardan bo'ladi. Qichqacha ma'lumot bilan tanishing!

@pmtests
Prezident maktabi imtihonlariga qatnashish bo'yicha ariza berish uchun qanday hujjatlar kerak?

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorning ota-onasi (qonuniy vakili) belgilangan muddatda qabul komissiyasiga belgilangan shaklda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

1) ariza beruvchi hujjatlarni topshirish vaqtida o‘qiyotgan maktabdan ma’lumotnoma*;
2) tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nusxasi;
3) talabgor hujjatlarni topshirish vaqtida tahsil olayotgan maktabdan joriy yilgi tabelining asl nusxasi va direktor tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan nusxasi.

*Ma’lumotnoma shakli pm.xtv.uz saytining ariza yuborish bo‘limida joylashtirilgan. Uni yuklab olish va to‘ldirish kerak. Ma’lumotnoma talabgor hujjatlarni topshirish vaqtida o‘qiyotgan ta’lim muassasasi direktorining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda taqdim etilishi shart.

T.me/pmtests
Savol: Prezident maktablariga imtihon Cambridge Universiteti mutaxassislari tomonidan tashkil qilingan. Shular haqida maʻlumot bersangiz:

Javob 2019 yil holatiga ko‘ra Kembrij Universiteti Buyuk Britaniyaning eng yaxshi universiteti hisoblanadi. Universitet butun dunyo universitetlari reytingida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Times Higher Education reytingiga ko‘ra, Kembrij universiteti barcha fanlarning o‘qitilishi bo‘yicha top 10 talikka kiruvchi dunyodagi yagona oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

O‘zining 800 yillik tarixi mobaynida Kembrij universitetining bitiruvchilari orasidan mashhur taniqli matematiklar, olimlar, siyosatchilar, yuristlar, faylasuflar, yozuvchilar, hatto xorijiy davlat rahbarlari ham yetishib chiqqan. 2018 yil oktyabr' oyiga ko‘ra, 118 nafar Nobel' mukofoti laureati, 11 nafar xalqaro akademik medalistlari, 6 nafar Turing mukofoti laureati va Buyuk Britaniyaning 15 nafar Bosh vazirlari Kembrij universitetining bitiruvchilari,talabalari hamda tadqiqotchilari safidan o‘rin olgan.

1858 yilda Universitetda Imtihon Kengashi (University of Cambridge Local Examinations Syndicate) tashkil etildi. Bugungi kunda mazkur Imtihon Kengashi Cambridge Assessment mashhur brendi nomi bilan tanilgan. Ayni paytda Kengash baholash va test natijalari bo‘yicha dunyodagi yirik agentlik hisoblanadi. Shuningdek, dunyo miqyosida baholash va test jarayonlarini rivojlantirishda yetakchilik qiladi.

Imtihon Kengashi (UCLES) Kembrij universitetining notijorat kafedrasi hisoblanib, dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlaridagi 10 000 ta maktabda 8 milliondan ziyod o‘quvchilarga bilimini baholashda ko‘mak beradi. Kembrij Universitetida har yili 30 000 dan ortiq ekspertlar tomonidan baholash jarayoni o‘tkaziladi.

Mazkur kompaniyaning tajribasi butun jahon hamda eng zo‘r universitetlar tomonidan, ya'ni Buyuk Britaniyadagi Oksford universiteti, Stenford, Garvard, Yel, Kolumbiya, Prinston, Pensilvaniya, Dartmut va Braun universitetlarida, shuningdek, Yevropa Ittifoqining universitetlari, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boshqa ko‘plab mamlakatlarida tan olingan.

@pmtests
Prezident maktabi imtihonlarida agar 2 ta o'quvchi bir xil bal olsa lekin o'rinlar atiga bitta qolgan bolsa kim otadi?

Javob: Agar har bir hududda sinf kesimida ariza topshiruvchi talabgorlarning soni bir o‘ringa 20 dan oshib ketsa, matematika fanidan dastlabki saralash testi o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Matematika fanidan test har bir sinf kesimiga alohida tayyorlangan bo‘lib, 30 masaladan iborat.
Masalalar murakkablik darajasiga qarab uch turga bo‘linadi.
1) 1-10 gacha oson savollar (A toifa)
2) 11-20 gacha o‘rtacha savollar (B toifa)
3) 21-30 gacha qiyin savollar (C toifa)
Har bir to‘g‘ri javob uchun quyidagicha ball beriladi:
A toifa = 2. 1 ball
B toifa = 3. 2 ball
C toifa = 4. 3 ball.
Teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, ya'ni bir nechta nomzod bir xil umumiy ball to‘plagan vaziyatda, afzallik savol toifalarining har biri bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan nomzodga quyidagi ustunlik tartibida beriladi:
1. C toifadagi savollar bo‘yicha ball
2. B toifadagi savollar bo‘yicha ball
Nomzodlar barcha toifadagi savollar bo‘yicha bir xil umumiy va teng ball to‘plagan taqdirda, nomzodlarni tug‘ilgan sanasi bo‘yicha saralanadi, bunda yoshroq nomzod afzal ko‘riladi. Agarda hanuz o‘xshashlik mavjud bo‘lsa, Cambridge Assessment uni bartaraf qilish uchun mos usulni ishlab chiqadi.

Asosiy imtihonga muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Prezident maktablariga kirish imtihonidan o‘tishlari lozim. Bunga fikrlash qobiliyati (“Muammoni yechish va tanqidiy fikrlash”), “Ingliz tilidan test” (o‘qish va tinglash) kiradi. Har bir savol bir ballga teng bo‘ladi.
Teng natijalar yuzaga kelgan hollarda, ya'ni bir nechta nomzod bir xil umumiy ball to‘plagan vaziyatda ("Ingliz tilidan test", "Muammoni yechish va tanqidiy fikrlash testi" bilan birgalikda), quyidagi tartibda har bir fan bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan nomzod tanlab olinadi:
1. "Muammoni yechish" tarkibi bo‘yicha ball,
2. "Tanqidiy fikrlash" tarkibi bo‘yicha ball,
3. "Ingliz tilida o‘qish" tarkibi bo‘yicha ball,
4. "Ingliz tilida tinglash" tarkibi bo‘yicha ball.
5. Tug‘ilgan sanasi bo‘yicha (yoshroq nomzod tanlanadi)

Agarda hanuz o‘xshashlik mavjud bo‘lsa, Cambridge Assessment uni bartaraf qilish uchun mos usulni ishlab chiqadi.
Agarda o‘qishga kirgan talabgor Prezident maktabida o‘qishni rad etsa, yoki birinchi chorak davomida o‘qishni tark etsa, ro‘yxatdagi eng yuqori ball to‘plagan lekin o‘qishga kira olmagan nomzod bo‘shagan o‘ringa taklif qilinadi.
Cambridge Assessment ushbu imtihondagi tizimning shaffoflik va xavfsizlik jarayonini ta'minlagan holda, yakuniy qarorlar bo‘yicha murojaatlar yoki ballar bo‘yicha appelyasiya talablarini qabul qilmaydi. Ushbu holatni bartaraf etish maqsadida nomzodlar hujjatlarni topshirgan vaqtida ushbu tartib bilan tanishganliklarini imzo bilan tasdiqlashlari talab qilingan.

P.s. Shuning uchun farzandingizga, masala yechish va tanqidiy fikrlash bo'yicha ko'nikmalarni ko'proq shakllantirishni tavsiya qilamiz. Hali tayyorlanish uchun bir yil vaqt bor. Hozirdan harakatni boshlang!!

@pmtests
👨‍🏫2019-yilning saralash bosqichi kirish ballari. Umumiy bal 96 bal bo'lgan. Bu ballar saralashdan eng kam bal bilan keyingi bosqichga o'tgan o'quvchilarning ballari. Ya'ni o'tish ballari.
🔴Ushbu ballardan xulosa qilinsa test savollarining 70% ya'ni 21 dan ko'p yechilsa bu qoniqarli hisoblanadi. Kamroq yechayotganlar esa ko'proq shug'illanishi kerak.

@pmtests
​​Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident maktabi faxriy mehmonlari kitobiga nima deb yozgan edi?!

«...Yangi O‘zbekistonimizni yuksak taraqqiyot bosqichiga ko‘tarishdek ezgu niyatimizga yangicha va mustaqil fikrlaydigan, o‘z Vatanini jonidan ortiq sevadigan, uning yorug‘ kelajagi uchun sadoqat bilan xizmat qiladigan, fidoyi yoshlarni tarbiyalash orqali erishamiz.

Ana shunday salohiyatli va barkamol kadrlarni tayyorlash maqsadida respublikamizning har bir hududida mutlaqo zamonaviy shakldagi ta’lim muassasalari – Prezident maktablarini tashkil etdik.

Men ishonaman, bu maskanlar jonajon O‘zbekistonimizning ertangi taqdirini o‘z qo‘liga olishga, globallashuv davrida keskin bellashuv va raqobatlarda g‘olib bo‘lishga qodir shaxslarni – yangi Xorazmiylar, Farg‘oniylar, Beruniylar, Ulug‘beklarni tarbiyalab yetishtiradi.

Poytaxtimiz Toshkent shahrida faoliyat boshlagan Prezident maktabi xalqimizning ulug‘vor va olijanob orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishda barchaga namuna bo‘lishiga tilakdoshman».

T.me/pmtests
Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab qabuli davom etmoqda. 2020-2021 o‘quv yili qabulida o’quvchilar onlayn ravishda www.ictschool.uz rasmiy veb-sayti orqali ro’yxatdan o’tishadi.

Kun davomida ota-onalar va murojaatchilarga qulaylik yaratish maqsadida 1206 qisqa raqamli tashkil etilgan Call-markazga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o’tamiz hujjatlar qabul jaroyini onlayn ravishda 20-sentabrgacha davom etadi.
________________
Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati
@itschooluz

@pmtests
Saralash bosqichining o'tkazilish tartibi va baholash tizimi qanday?

Agar talabgorlar soni 1 o'ringa 20 kishidan ortsa saralash bosqich o'tkaziladi.
Saralash imtihonida Matematika fanidan 30 ta savol beriladi.

📌1-10 - savollar oson darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 2.1 ball beriladi.
📌11-20 - savollar oʻrta darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 3.2 ball beriladi
📌21-30 - savollar qiyin darajadagi savollar bo'lib, har bir savolga 4.3 ball beriladi
Saralash imtihoni talabgor xohishiga koʻra oʻzbek, ingliz yoki qoraqalpoq tillaridan birida boʻlib oʻtadi.
Eng yuqori ball : 96 ball
Beriladigan vaqt : 90 daqiqa

Kanal manzili
@pmtests
Asosiy imtihonning o'tkazilish tartibi qanday?

Asosiy imtihon 3 ta fandan boʻlib oʻtadi:
📌Tanqidiy fikrlash — 16 ta savol;
📌Masala yechish — 24 ta savol;
📌Ingliz tili — 55 ta savol (25 ta listening va 30 ta Reading)
Maksimal ball — 100
Beriladigan vaqt — 150 daqiqa

❗️Eslatma: Prezident maktabi kirish imtihonlari - saralash va asosiy imtihonlar yuqorida keltirilgan fanlardan bo'lib o'tadi.
Ba'zi ota-onalar tomonidan noto'g'ri ma'lumotlar tarqalmoqda. Masalan, informatika fanidan ham imtihon bo'lar emish yoki shunga o'xshash xato xabarlar.
2019-yil imtihonlar aynan biz keltirgan tartibda bo'lgan va hali bu tartib o'zgarmagan!

Kanal manzili
@pmtest
Ta'lim

♻️Ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tabiiy va aniq fanlar, robototexnika, axborot texnologiyalari va boshqa fanlarni o'qitish.
♻️Cambridge International dasturi bo‘yicha STEAM ta’lim tizimiga kiruvchi fanlarni malakali xorijiy o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida o‘qitish.
♻️Yetakchi xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish va muvaffaqiyatli o‘qish imkoniyatini beruvchi bilimlarni shakllantirish.
♻️Tanqidiy fikrlash, yetakchilik va notiqlik san’ati ko‘nikmalarni rivojlantirish.
♻️O‘quvchilarning ishtiyoqi va qobiliyatlari asosida individual o‘quv rejasini ishlab chiqish.
♻️Ingliz tilini chuqur o‘rganish uchun sharoit yaratish.

Kanal manzili
@pmtests
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qabul 2020/2021 | Imtihon topshiruvchilar diqqatiga!

25-sentabrdan qabul jarayonining ilk imtihonlari boshlanadi, barcha imtihon topshiruvchilardan ushbu yo'riqnomalar bilan to'liq tanishib chiqishingizni so'raymiz.

Batafsil ma'lumot: ictschool.uz/qabul

Manba: Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabi matbuot xizmati

Kanal manzili
@pmtests