Плацебо
174 subscribers
20 photos
3 videos
199 links
Kanaldagi ma'lumotlardan foydalangan bòlsangiz, manbani kòrsatishni unutmang. Iltimos, òzgalar mehnatini hurmat qiling.

Taklif va izohlarni quyidagi manzilga yuborishingiz mumkin: http://telegram.me/Plazefeedback_bot
Download Telegram
Forwarded from MacroBS
Миллий валютанинг қадрсизланиши экспортни қўллаб-қувватламайди

Макроиқтисодиёт ёки ҳалқаро савдо бўйича китобларга мўралаб қарасангиз аксиомага айланиб кетган бир механизмга кўз тушади – валюта курсининг қадрсизланиши (масалан, доллар курсининг кўтарилиши) экспортни рағбатлантириб, импортни чеклайди. Бу ҳақда оз-моз гаплашгандик – шок содир бўлди (СOVID-19 дан алангали салом), экспорт кескин пасайяпти ва савдо баланси (жорий ҳисоб)да катта дефицит пайдо бўляпти. Нима қилиш керак?

Стандарт макроиқтисодий рецепт – миллий валютани девалвация қилиш. Бу, биринчидан, импорт товарлари нархини ошириб, импорт ҳажмини камайтиради. Иккинчидан, девалвация миллий маҳсулотнинг рақобатбардошлигини ошириб, экспорт ҳажмини кўпайтиради. Шу билан ҳамма нарса “чики-пуки” бўлади – импорт ҳажми камаяди, экспорт ортади.

Афсуски, экспортни кўпайтириш бунчалик осон эмас, акс ҳолда 1994 йилда 7 сўм бўлган долларнинг бугун 10200гача кўтарилиши (сўмнинг қадрсизланиши) экспортимиз ҳажмини мисли кўрилмаган миқдорга еткизиши керак эди. Кимдир контр аргумент келтириши мумкин, агар валюта курси девалвация қилинмаганда ҳозирги экпортимиз ҳажми бундан ҳам паст бўларди деб. Лекин, шу пайтга қадар юқоридаги рецептнинг ишлатилиши учун бош қош бўлган Халқаро валюта жамғармаси Бош иқтисодчиси Гита Гопинат бугун баралла айтмоқдаки, миллий валютани девалвация қилиш экспорт учун кутилганидек ёрдам бермайди.

Унинг фикрича, экспортнинг валюта девалвациясига қисқа муддатли “жавоби” деярли мавжуд эмас. Давлатлар кесимида қилинган таҳлил кўрсатмоқдаки, миллий валюта девалвацияси импортни камайтирган, экспортни эса деярли кўпайтирмаган.

Механизм қандай ишлаши керак: айтайлик 1 та маскани ишлаб чиқиш 10 минг сўм бўлсин, 70 рублдан сотилсин. Девалвациядан кейин 1 та маскани ишлаб чиқиш ҳали ҳамон 10 минг сўм, нарх эса 50 рублга тушсин. Рублдаги нархнинг тушиши маскага бўлган талабни кўпайтириши ва натижада экспорт ортиши керак.

Аммо, юқоридаги механизм амалда ишламайди. Биринчидан, компаниялар ўзаро олди-сотдини шартнома орқали амалга оширади ва нархлар олдиндан ўрнатилади. Бу дегани, қисқа муддатда мазкур нархлар деярли ўзгармайди. Ва энг муҳими нархлар ДОЛЛАРда белгиланади. Сўнгги ҳисоб китобларга кўра, бугунда халқаро савдо операцияларнинг 50% долларда амалга оширилади. Эътиборлиси, Марказий Осиё давлатларида бу кўрсаткич жуда юқори – экспортнинг 80-90% долларда ҳисоб-китоб қилинади.

Шунинг учун валюта девалвацияси кутилган натижани бермайди. Яъни, миллий валюта девалвация қилинишидан қатъий назар, чет элликлар учун маска яна ўша эски нархда тураверади.

Қисқа қилиб айтганда, товарларнинг долларда олди-сотди қилиниши қисқа муддатда валюта курсининг девалвациясидан келиб чиқувчи эффектларни йўққа чиқаради. Савдо балансида ўзгариш эса асосан импорт нархининг кўтарилиши орқали содир бўлади.

Шундай экан, биз ҳам мазкур маслаҳатларга қулоқ солсак фойдадан ҳоли бўлмайди. Сўмнинг қадрсизланииши Ўзбекистонда нафақат экспортни рағбатлантирмаяпти, балки инфляцияни жиловлашда ҳам ҳалақит қилмоқда. Аҳолининг нарх-наво бўйича кутилмаларига қарайдиган бўлсак, инфляцияга таъсир этувчи асосий омил сифатида доллар курсининг ошиши кўрсатилган. Пандемия натижасида аҳоли даромадларининг пасайиши, ишсизликнинг кучайиши ва иқтисодий ўсиш сўнгги 20 йилда энг паст кўрсаткични қайд этиб турган ҳолатда ҳам инфляцияни бир хонали сонга тушмаслиги валюта курсини активроқ бошқаришни талаб қилади. Зеро, миллий валютага бўлган ишончни сурункали равишда сўм курсининг тушиши орқали тиклаб бўлмайди.

@macrobs
Markaziy Osiyoda o’rtacha oylik ish haqi dollarga nisbatan qanchalik o’zgardi?

Yuqoridagi rasmlarda Markaziy Osiyo davlatlaridagi o’rtacha nominal oylik ish haqi (AQSH dollarida) tasvirlangan. Rasmlardan birida so’nggi o’n yillikda mamlakatlarning o’zidagi o’zgarishni yillar kesimida taqqoslab keltirilganligini ko’rish mumkin bo’lsa, yana birida mamlakatlardagi ushbu ko’rsatkichlarni o’zaro taqqoslab keltirilgan. Endi har bir mamlakatdagi o’zgarishlarga birin-ketin to’xtalib o’tsak!

👇Kanalga obuna bo'ling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
​​​​Markaziy Osiyoda o’rtacha oylik ish haqi dollarga nisbatan qanchalik o’zgardi?

1. Qozog'iston

Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan solishtirganda Qozog’istonda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha ish haqi ancha baland.

Agar, 2010 yildan 2019 yilgacha bo’lgan ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo’lsak, Qozog’istonda o’rtacha nominal oylik ish haqi o’zining pik nuqtasiga 2013 yilda chiqqanini ko’rishimiz mumkin va bu ko’rsatkich $707 ni tashkil etgan (Qozog’iston milliy valyutasida 152 ming tenga).

Milliy valyutaning devalivatsiyasi va suzib yuruvchi kursga o’tilishining ta’siri o’laroq, 2016 yilda aholining oylik maoshi dollar ekvivalentida keskin pasayib ketgan va $418 dollargacha tushgan. 2017 yildan boshlab esa aholining o’rtacha oylik maoshi asta-sekinlik bilan o’sib bormoqda.

Milliy valyutada ish haqining yaxshi tempda o’sib borayotgan bo’lsa ham, dollarda bu ko’rsatkich hali ham 2010 yildagi holatga qaraganda pastroqligicha qolmoqda. 2010 yilda o’rtacha oylik ish haqi $527 ga baholangan bo’lsa, 2019 yilga kelib bu ko’rsatkich $485 ni tashkil etmoqda. Bundan kelib chiqadiki, oylik ish haqi milliy valyutada oshib bormoqda, lekin dollar ekvivalentida o’n yil oldingi ko’rsatkichdan pastroqligicha qolmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Qozog’iston iqtisodiyotining kuchsiz jihatlaridan biri bu milliy valyutaning neft narxiga yuqori darajada bog’liqligidir. Neftning narxi qanchalik pasayib boraversa, milliy valyutasi ham shunchalik qadrsizlanib boraveradi.

👇Kanalga obuna bo'ling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
​​​​Markaziy Osiyoda o’rtacha oylik ish haqi dollarga nisbatan qanchalik o’zgardi?

2. O’zbekiston

O’zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida AQSH dollarida aholining oylik daromadlari bo’yicha ikkinchi o’rinda turadi. 2010 yildan 2015 yilgacha bo’lgan oraliqda ish haqining dollar ekvivalentida o’sish dinamikasi barqaror o’sishni qayd etgan, biroq 2016 yilda boshlangan pasayish 2017 yildagi devalivatsiyadan keyin yana ham keskinlashib ketdi. So’nggi o’n yillikdagi eng past ko’rsatkich 2018 yilda qayd etilgan bo’lib, $225,8 ga teng bo’lgan. Maksimum ko’rsatkichga esa 2015 yilda erishilgan bo’lib, $456,6 ga teng bo’lgan. Sir emaski, bu ko’rsatkich o’sha paytlardagi davlat kursining qora bozordagi kurs bilan ikki baravar (sal kam) farqi bo’lganligi uchun balandroq bo’lgan. Ya’ni qog’ozlarda boshqacha, haqiqatda esa umuman boshqacha bo’lgan. Lekin, 2019 yildan boshlab (devalivatsiya amalga oshirilgan bo’lishiga qaramasdan) dollar kursining yana sekinlik bilan o’sib borishi kuzatilmoqda. Bu esa aholining oylik daromadlari dollarda pasayib borishining yoki sekinroq o’sishining asosiy sababchisi bo’lib qolmoqda.

👇Kanalga obuna bo'ling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
​​​​Markaziy Osiyoda o’rtacha oylik ish haqi dollarga nisbatan qanchalik o’zgardi?

3. Turkmaniston

Turkmaniston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida AQSH dollarida aholining oylik daromadlari bo’yicha O’zbekistondan keyin uchinchi o’rinni egallaydi. MDH statistika qo’mitasining ma’lumotlariga ko’ra, AQSH dollari kursining Turkmaniston manatiga nisbatan o’rtacha yillik o’sishi so’nggi 10 yillikda faqatgina uch marta sodir bo’lgan ekan. Bu holat Markaziy Osiyo davlatlari uchun g’ayritabiiy hol.

Agar 2010 yildan 2019 yilgacha bo’lgan ma’lumotlarni taqqoslaydigan bo’lsak, AQSH dollaridagi ish haqining eng baland nuqtasi $404.6 ga 2014 yilda yetgan ekan. Ikkinchi pik nuqta esa 2017 yilda $401 ko’rsatkich bilan qayd etilgan. Eng minimum nuqta esa 2010 yildagi $260.6 hisoblanar ekan.

Shuni ham alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Turmaniston haqidagi ma’lumotlarda ayrim kamchilik va yetishmovchiliklar bor. Ya’ni ma’lumotlar aniq va to’liq emas.

👇Kanalga obuna bo'ling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
"Arxiv" operatsiyasi

1970 yil 13 martda Sovet KGB rahbari Yuriy Andropov Leonid Brejnevga Gitlerning qoldiqlarini yo'q qilish taklifi bilan xat yubordi. Brejnev rozi bo'ldi. Bu yashirin “Arxiv” operatsiyasining boshlanishi edi.

Sovet maxfiy xizmatlari ushbu yillar davomida Gitlerning dafn qilinish sirini shunchalik maxfiy saqladilar, chunki ular nemis jamiyatida sovetlarga qarshi kayfiyat paydo bo'lishidan qo'rqardilar. Gitlerning qabri neonatsistlar uchun ziyoratgoh va timsolga aylanishi mumkin edi. Shuning uchun ham muammoni tubdan hal qilish kerak edi.

Brejnev operatsiyani ma'qullaydi. U "Arxiv" nomini oladi.

Aprel oyining boshlarida SSSR KGB Maxsus bo'limining alohida guruhi allaqachon ishlarni boshlagan edi. Klausenerstrasse (oldingi Vestendstrasse) dagi 36-hovlida operativ xodimlar qo'riqlayotgan katta chodir paydo bo'ldi. Himoyada turadigan askarlar birinchi bosqichdanoq, arxeologik ishlar boshlanishidan oldin jalb qilingan edi. Bundan ko’zlangan maqsad askarlarni maxsus guruh joylashgan chodirning bu yerda bo’lishiga ko’niktirish edi.

Qabr 5 aprelga o'tar kechasi ochildi. Yog'och, chang va suyaklar topildi. Qoldiqlar to'planib, tanklar tayyorlash maydonchasiga olib ketilib, maydalanib va ​​yoqib yuboriladi. Gitler va u bilan birga halok bo'lganlarning kullari Elba daryosining irmoqlaridan biriga shamolda sochilgan ...

“Arxiv” operatsiyasining yana bir siri bor!

1970 yil aprel oyida Gitlerning qoldiqlari hammasi ham yo'q qilinmadi. Jag'lardan tashqari hamma narsani yoqishgan edi.

Bu vaqtga kelib, Fyurerning jag'lari KGBning maxsus maxfiy muzeyida bir necha o'n yillar davomida saqlanib kelinmoqda edi. Ularni 1945 yil may oyida Beriyaning o'rinbosari general Pyotr Meshik qaytarib olgan, u Fyurerning o'limi bo'yicha tergov natijalarini tekshirish uchun Berlinga yuborilgan va esdalik sovg'asini olishga qaror qilgan.

Endi Gitlerning jag'lari FSB arxivida saqlanmoqda.

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
#interesting #mustknow

Survivorship bias

Quyidagi voqeani ko'pchilik eshitgan bo'lishi mumkin.
2-jashon urushi vaqtida AQSh harbiy havo kuchlari rahbariyati harbiy samolyotlarni takomillashtirishni rejalashtirishadi. Chunki o'sha vaqtda qiruvchi samolyotlar parki katta talofotlar ko'ra boshlaydi. Jangovor harakatlar vaqtida ko'plab samolyotlar shikastlanish oqibatida jang maydonidan qaytib kelmaydi,ortga qaytganlarida ham juda ko'p miqdorda shikastlanishlarni ko'rish mumkin edi. Harbiylar qaysi qismlarni mustahkamroq qilish borasida olimlar guruhiga murojaat qilishadi.

Tadqiqotlar uchun quyidagi surat taqdim etiladi. Undan ko'rish mumkinki, eng ko'p qanot, korpusning pastki qismi va dum qismi zarar ko'rgan. Mantiqan olib qaraganda, aynan shu qismlarni zirhlash kerak.

Lekin tadqiqotda ishtirok etayotgan matematik Abraham Vald butunlay teskari fikrda edi: "Biz eng ko'p shikastlangan qismlarni emas, eng kam shikastlangan qismlarni mustahkamlashimiz kerak. Chunki mantiqan o'ylab qarasak, agar samolyot qanoti shikastlangan holda ham bazaga qaytib kela olgan bo'lsa, demak bu qismning shikastlanishi unchalik xavfli emas. Lekin bizdagi suratda birorta ham holatda benzobak yoki dvigatel zararlanganligini ko'rmaymiz. Demak ushbu qismlarga zarar yetkazilganda samolyot bazaga qaytib kelomaydi. Mana qaysi qismlarni himoyalash kerak."

Yuqoridagi holat hayotda ko'p uchraydigan "Survivorship bias" (o'zbek tiliga to'gridan to'gri tarjimasi "tirik qoluvchi xatoligi") nazariyasiga misol bo'ladi.

Ushbu xatolik yuzaga kelishiga ikkita asosiy sabab mavjud:
1. Insonlar o'ta dangasa. Ko'p hollarda miyani qiynab chuqur o'ylab o'tirishni, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan har qanday holatlarni ham inobatga olishni istashmaydi. O'zida mavjud bo'lgan ma'lumotlar bilan yuzaki fikrlab, qaror chiqarib qo'yish ancha oson tuyuladi.
2.Insonlar yoqimsiz haqiqatdan ko'ra, aslida xato bo'lsada o'zlari uchun qulay bo'lgan fikrni oson qabul qilishadi.

Shuning uchun keyingi safar qaysidir milliarder universistetni va hatto maktabni ham tugatmasdan boy bo'lib ketganligi haqidagi fikrni o'qib, shoshilinch xulosa chiqarishdan oldin "Survivorship bias" nazariyasi haqida o'ylab ko'ring. Sizga misol sifatida keltirilayotgan milliarderlar aslida "tirik qoluvchi xatoligi" nazariyasidagi xato fikrga olib keluvchi tirik qolganlar ekanligini unutmang. Ya'ni sizga ushbu axborotni berib, shov-shuv ko'tarmoqchi bo'lgan sayt, kanal va hzk.lar maktabni tugatmaganligi uchun ko'chalarda yashashga majbur bo'lganlarni, ochlikdan o'lib ketganlarni yoki universitetni tashlab ketganligi uchun butun umr qashshoqlikda yashashga mahkum bo'lganlarni ko'rsatmaydi. Chunki bu haqiqat ular uchun qulay emas. Bu axborotni qabul qiluvchilar ham uni osongina hazm qilishadi. Chunki ular dangasa, inson o'qimasdan ham boy bo'lishi mumkinligi ular uchun qulay fikr.

Quyidagi suratda samolyotning eng ko'p shikastlangan qismlari

t.me/plazebo1

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ
​​​​Eslatma ...

«Ehtimol siz ham eshitgandirsiz, yirik kompaniyalardan birining rahbari 11 sentabrdagi hujumdan omon qolgan, chunki u birinchi marta o'g'lini bolalar bog'chasiga olib borgan.

Ponchik olib kelish navbati kelganligi sababli boshqa yigit omon qoldi.

Bir ayol ishga kech qoldi, chunki uning budilnigi o'z vaqtida jiringlamadi.

Kimdir Nyu-Jersi shosse yo'lidagi tirbandlikka tiqilib, kechikdi.

Yana boshqa biri avtobusni o'tkazib yuborgan.

Bir ayol kiyimiga kofe to'kib yubordi va kiyimini o'zgartirishi uchun vaqt kerak edi.

Boshqa birovning mashinasi yurmay qoldi, kimdir telefon qo'ng'irog'iga javob berish uchun qaytib keldi.

Boshqasining esa bolasini kiyintirish uchun kop vaqti ketgan va vaqtida tayyor bo'lmagan.

Bittasi esa hech taksi toxtata olmadi.

Menda, ayniqsa, kuchli taassurot qoldirgan narsa, shu kuni ertalab yangi poyabzal kiygan, turli xil vositalar bilan ishga yetib borgan, ammo u yerga kirishdan oldin oyog'idagi tufliga makkajo'xori yopishib qolgan. U leykoplastr sotib olish uchun dorixonada to'xtadi! Shuning uchun ham u hozir tirik!

Endi, tirbandlikda qolib ketganimda, liftga ulgurmaganimda, telefonga javob berish uchun qaytib kelganimda... Xullas, meni bezovta qiladigan bu mayda-chuyda narsalar sodir bo'lganda, men o'zimni shu payt aynan shu joyda bo'lishim kerak deb o'ylayman.

Keyingi safar sizga ertalab kun yaxshi boshlanmaganday tuyulsa, misol uchun, bolalar sekin kiyinishadi, siz mashinaning kalitlarini topa olmaysiz, har bir svetoforda turasiz, asabiylashmang va o'zingizni yo'qotmang - bu voqealarni eslang. "

Facebook dan olindi.

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
​​G'alati qoidalar (1-lavha)!

AQSh dengiz flotidagi “dengiz mushuklari” bo’linmasida maxsus mashqlar mavjud: ular odamning qo'llarini orqasiga bog'lab, to'pig'ini bog'lab, 3 metr chuqurlikdagi basseynga tashlashadi.

Ishtirokchining vazifasi - besh daqiqa davomida omon qolish.

"Dengiz mushuklari" ning mashg'ulotlarida bu kabi mashqlar tez-tez takrorlanadigan bo'lsa ham, yangi ishtirokchilarning aksariyati muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Ko'pchilik odamlar tezda vahimaga tushib qoladilar va tortib olishlarini so'rab qichqira boshlaydilar. Ba'zilar esa suzishga harakat qilishadi, lekin ular suv ostiga tushishganidan keyin ularni ham qutqarib olishga to'g'ri keladi. Ko'p yillik mashg'ulotlar mobaynida hatto bir necha bor o'lim holatlari kuzatilgan.

Shunday bo'lsa ham, ba'zi odamlar bu vazifani uddalay olishadi va bunda ularga mutlaqo bir-biriga qarama-qarshi ikkita qoidalarni bilish yordam beradi.

Birinchi qoida paradoksga oxshaydi: siz boshingizni suv ustida saqlab turishga qanchalik ko'p urinsangiz, shunchalik cho'kish ehtimolligingiz ko'payaveradi.

Bog'langan qo'llar va oyoqlar bilan o'zingizni suv yuzasida besh daqiqa ushlab turish imkonsiz ish. Bundan tashqari, sizning notekis tebranishingiz sizni yanada tezroq cho'ktirishga yordam beradi. Bu mashg’ulotning siri shundaki, o'zingizni hovuz tubiga cho'ktirishingiz kerak. Keyin, oyoqlaringizni pastki qismini hovuz tubiga tirab, kuch bilan itarishingiz kerak va siz suv yuzasiga chiqqaningizda, tez nafas olishga ulgurishingiz zarur va butun jarayonni yana qayta boshlashingiz kerak.

(8 yoshimda AQSh dengiz harbiy kuchlarida “dengiz mushuklari” bo’linmasi borligini hali bilmagan paytlarimda, men Zatokada dengizda shu usul bilan qutulib qoldim (to’pimni olish uchun dengizga tushib ketgan edim), chuqurlikda turib oyoqlarimga tayanib yuqoriga qirg’oq tomonga sakradim. Shunday qilib sakrab-sakrab sayoz joyga yetib kelib oldim)

Ajablanarlisi shundaki, ushbu texnika g'ayritabiiy kuch yoki maxsus chidamlilikni talab qilmaydi. Hatto, suzishni bilishning ham hojati yo'q, aksincha, siz suzishga hattoki urinmasligingiz talab etiladi. Siz fizika qonunlariga qarshi turmasligingiz, aksincha, ularni hayotingizni saqlab qolish uchun ishlatishingiz kerak.

Ikkinchi qoida biroz aniqroq, ammo ayni paytda paradoksal xususiyatga ham ega: qanchalik ko'p vahima qilsangiz, sizga shuncha ko'p kislorod kerak bo'ladi va siz hushingizni yo’qotib, suvga g'arq bo'lish ehtimoli ortadi. Mashg’ulot sizning omon qolish instinktingizni sizning o’zingizga qarshi qo’yadi: nafas olish istagingiz qanchalik kuchli bo'lsa, buning uchun sizda shunchalik kam imkoniyat bo'ladi. Va sizning yashash istagingiz qanchalik kuchli bo'lsa, o'lishingiz ehtimoli shunchalik yuqori bo’ladi.

Shunday qilib, ushbu mashg’ulot jismoniy kuch yoki irodani sinash uchun emas. Balki, bu qiyin vaziyatlarda o'zini boshqarish qobiliyatiga qaratilgan. Inson o'z instinktiv impulslarini boshqara oladimi? U potentsial o'lim oldida tinch tura oladimi? U qandaydir yuqori darajadagi topshiriqni bajarish uchun o'z hayotini xavf ostiga qo'ya oladimi?

(c) Mark Menson

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
​​G'alati qoidalar (2-lavha)!

Shunday qilib o'zini boshqara olish suzishdan ko'ra muhimroq ekan. Bu narsa jismoniy kuch, chidamlilik yoki ambitsiyalardan ham ustunroqdir. Ushbu qobiliyat aql-idrokdan, bilimdan va insonning dabdabali italiyan kostyumida qanchalik yaxshi ko'rinishdan ham ko'ra muhimroq ekan.

Ushbu ko'nikma - bu siz xohlagan narsada instinktlarga berilmaslik qobiliyati, bu har kimning o'zi rivojlantirishi mumkin bo'lgan eng muhim qobiliyatlardan biridir. Nafaqat dengiz flotida xizmat qilish uchun, balki hayot uchun ham zarur ekan.

Aksariyat odamlar harakat va uning mukofoti to'g'ridan-to'g'ri bog'liq deb o'ylashadi. Agar biz ikki baravar ko'p ishlasak, natija ikki baravar yaxshi bo'lishiga ishonamiz. Misol uchun, agar biz yaqinlarimizga ikki barobar ko'proq e'tibor qaratsak, unda biz ikki baravar ko'proq sevilamiz. Agar biz ikki baravar balandroq baqirsak, bizning so'zlarimiz ikki baravar ishonchli bo'ladi va hokazo.

Ya'ni, hayotimizda sodir bo'ladigan voqealarning aksariyati to'gri chiziqli grafik bilan tasvirlangan va "harakat birligi" uchun mukofotning "birligi" mavjud deb taxmin qilinadi.

Dunyoda sodir bo'layotgan voqealarning aksariyati chiziqli qonunlarga amal qilmaydi. Chiziqli munosabatlar faqat eng ibtidoiy, monoton va zerikarli narsalarda - mashinani haydashda, hujjatlarni to'ldirishda, hammomni tozalashda va hokazolarda kuzatiladi. Ushbu holatlarning barchasida, agar siz biron bir narsani ikki soat davomida qilsangiz, bir soat davomida qilganingizdan ikki baravar ko'proq natija olasiz. Ammo bu narsa yangilik o'ylab topish yoki ixtiro qilishning hojati yo'qligiga olib keladi.

Ko'pincha bizning hayotimizda chiziqli munosabatlar aniq kuzatilmaydi, chunki bir xildagi mexanik harakatlar hayotimizning ancha kichik qismini tashkil qiladi. Bizning ishlarning aksariyati murakkab hamda aqliy va hissiy harakatlarni talab qiladi.

Shunday qilib, aksariyat faoliyat turlarimizning katta qismi unumdorligi kamayib boruvchi egri chiziq shakliga mos tushadi. Unumdorlikning kamayib borishi qonuni shuni ko'rsatadiki, biron bir vaqtdan boshlab investitsiyalarning (harakatlarning) ko'payishi ekvivalent daromad (natija) keltirmaydi. Klassik misol - bu pul. 20 000 dan 40 000 dollargacha pul ishlash o'rtasidagi farq juda katta, bu hayotni butunlay o'zgartiradi. 120 000 dan 140 000 dollargacha pul ishlashning farqi shunchaki sizning mashinangizda yaxshi o'rindiqli isitgichlar bo'lishini anglatadi. 127 020 000 va 127 040 000 dollarlik daromadlar o'rtasidagi farq odatda statistik xatolardagi kabi qaraladi.

Kamayib boruvchi unumdorlik tushunchasi murakkab yoki yangi bo'lgan barcha voqealarga nisbatan qo'llaniladi. Qanchalik tez-tez dush qabul qilib tursangiz, kechki ovqat paytida shunchalik ko'p tanovvul qilsasiz.

Yana bir misol: unumdorlikni o'rganish shuni ko'rsatadiki, biz faqat kunimizning dastlabki to'rt-besh soatida samarali ishlaymiz. Bundan kelib chiqadiki, biz qanchalik uzoq vaqt ishlasak umumdorlik shunchalik pasayib boraveradi. Misol uchun, 12 soatlik ish bilan 16 soat ishlash o'rtasidagi farq deyarli sezilmas darajada bo'ladi.

Xuddi shu qoida do'stlik uchun ham amal qiladi. Yagona do'st har doim hayotda muhim ahamiyatga ega. Ikki do'st bo'lishi har doim bir do'st bo'lishdan yaxshiroq. Ammo, agar o'ninchi kishi 9 do'stga qo'shilsa, unda bu sizning hayotingizda ozgina o'zgarish qilishi mumkin. Va 20 ta o'rniga 21 ta do'st faqat ismlarni eslash bilan bog'liq muammolarni keltirib chiqaradi.

Kamayib boruvchi unumdorlik tushunchasi oziq-ovqat, uxlash, spirtli ichimliklar ichish, sport zalida shug'ullanish, kitob o'qish, ta'tilga chiqish, ishchilarni yollash, kofein iste'mol qilish, pulni tejash, yig'ilishlarni rejalashtirish, o'qish, video o'yinlar uchun ishlaydi (bu kabi misollar cheksizdir). Biror narsani ko'proq qilsangiz, har bir keyingi harakatlar uchun kamroq mukofot olasiz. Deyarli hamma narsa kamayib boruvchi unumdorlik qonuniga muvofiq ishlaydi.

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
#interesting #mustknow

Yaxshi hayot har doim ham yaxshimi?

Bugun Jon Kelxun tomonidan ótkazilgan Olam-25 (Вселенная-25) eksperimenti haqida gaplashamiz.

Ikkinchi jahon urushi tugagan vaqtda "baby boom" róy berganidan xabaringiz bor. Ya'ni urushda katta miqdorda insonlar halok bólishi natijasida yangi avlod uchun hayot sharoitlari yaxshilandi:ish órinlari bóshadi, aholi soni kamayganligi uchun kishi boshiga resurslar ham kóproq tóg'ri kela boshladi. Ya'ni, yangi avlod ishga kirish uchun, qorin toydirish uchun kamroq kurasha boshladi. Hayot osonlashdi. Natijada bunday yaxshi sharoitlarda tug'ilish darajasi keskin oshib ketdi.

Boshqa tomondan esa olimlarni bir savol qiynardi: bunday mukammal sharoitlar ortidan aholi soni keskin oshib ketsa, kelajakda buning oqibatlari qanday bóladi?

Ushbu savolga javob topish uchun professor Jon Kelxun sichqonlar yordamida eksperiment ótkazadi.

U sichqonlar uchun maxsus qafas yasab, u yerda "jannatmonand" sharoitlar yaratdi:
- ovqat va suv hech qachon tugamaydi;
- sichqonlarning sog'ligi doimo veterinarlar kuzatuvida;
- hech qanday yirtqichlar yo'q;
- yashash uchun juda katta hudud berilgan;
- bir vaqtning ózida 9500 ta sichqon bir-biriga halal bermagan holda ovqatlanishi mumkin.

Hamma narsa sichqonlar ózini qiynamay (ovqat yoki joy uchun boshqalar bilan olishmay, hayotini xavfga qóymay) yashashi uchun móljallangan edi.

Eksperiment boshida 8 ta sichqon (4 ta erkak va 4 ta urg'ochi) sichqon yashashni boshlaydi. Ular qafasdagi sharoitni órgangach, kópayishni boshlaydi.

Dastlabki bosqichda ko'payish sur'ati misli ko'rilmagan darajada edi: har 55 kunda sichqonlar soni ikki baravarga ortardi. Sichqonlar soni 620 taga o'tgach 2-bosqich boshlanib, o'sish sur'ati biroz kamayadi. Endi son ikki baravarga ko'payishi uchun 145 kun talab etila boshladi.

Shu bosqichda dastlabki muammolar yuzaga kela boshladi. Yoshi katta sichqonlar yoshlarga zulm o'tkaza boshladi. Natijada ruhan singan yoshlar o'z urg'ochilarini himoya qilmay qo'yishadi. O'zlarini o'zlari himoya qilishga to'g'ri kelganligi sababli urg'ochilar agressivlashib ketadi. Ko'p hollarda bu agressiya begonalarga emas, o'z bolalariga yo'naltiriladi.

Hayot sharoiti yaxshilanishi natijasida, sichqonlar uzoqroq umr ko'ra boshlaydi. Natijada katta avlod soni yoshlardan ortib ketadi. O'z o'rnini yoshlarga bo'shatishni istamagan yoshi kattalar erkaklar yoshlarga bosimni kuchaytiradi. Doimiy zulmlardan charchagan jabrdiyda yosh erkaklar hayot uchun kurash qobiliyatini yo'qotadi. Endi ular faqat yeyish, ichish, uxlash va o'ziga oro berish bilan shug'ullanadi.O'zida nasl qoldirishga harakatlar to'xtaydi.

Urg'ochi sichqonlar ham o'z bolalarini tarbiyalashni istamay, ularni o'ldira boshlaydi. Sichqonlar orasida gomseksualizm ommalashadi. Oziq-ovqat mo'l bo'lishiga qaramay kannibalizm avj oladi- sichqonlar bir-birini yeyishni boshlaydi.

Eksperiment boshlanganidan 1780 kun o'tib qafasda 122 sichqon qoladi: ularning hammasi ko'payish yoshidan o'tgan edi. Ya'ni sichqonlar qirilib ketishi aniq. Shu nuqtada Kelxun eksperimentni to'xtatishga ahd qiladi.

Davomi bor.

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
Davomi.

Kelxun eksperiment yakuni bo'yicha quyidagi xulosaga keladi. Inson (bu holatda sichqon) hayoti davomida turli qiyinchiliklar, bosim, muammolar ichida yashab o'rgangan. Shu qiyinchiliklar uni hayot uchun kurashishga, yanada rivojlanishga majbur qiladi. Agar hayotda qiyinchiliklar bo'lmasa, insonlar (asosan erkaklar) ruhan kuchsiz bo'lib, himoya qilishga qodir bo'lmagan, faqat yeyish, ichish va uxlash bilan shug'ullanadigan maxluqqa aylanib qoladi.

Keling ushbu xulosani yana davom ettiramiz. Erkaklar tomonidan himoyani his qilmagan ayollar hayot uchun o'zi kurashishni boshlaydi. Himoyachi erkaklarsiz ham yaxshi hayot kechira olishi haqida fikrga keladi. Erkaklarga nisbatan agressiya namoyish etadi. Natija feminizm.

Kuchsiz erkaklar o'zidan nasl qoldirish uchun, hayotini yaxshilash uchun, ayollar uchun kurashishni xohlamaydi. Faqat o'ziga oro berib yuradi. Natija - gomoseksualizm.

Ayollar ham, erkaklar ham boshqa jins vakillarisiz yashashga o'rganadi. Oila qurish, farzand ko'rishni inson erkinligini cheklash yoki katta muammo sifatida qabul qila boshlashadi. Natija- millat qarishi va tug'ilish keskin kamayishi.

Bundan ko'rinadiki, feminizm yoki gomoseksualizm kabilar shunchaki oson hayot natijasida yuzaga keladigan illatlar ekan.

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
Quyida postni muhokama qilish va mavzu borasida fikrlaringizni bildirishingiz mumkin👇
​​To‘qilgan qo‘g‘irchoqlar 👘

Er-xotin birgalikda ellik yil umr kechirishdi. Ularning bir-birlaridan yashirgan hech qanday sirlari yo‘q edi, faqatgina ayol bir qutida nimadir saqlar va eriga hech qachon uni ko‘rsatmasdi. Er bu qutini unutib ham yuborgandi. Ayol bir kuni kasalxonaga tushib qoldi. U umri tugab borayotganini sezdi va eridan o‘sha qutini ochishni so‘radi. Er qutini ochdi va ko‘zlariga ishonmadi. Uning ichida ikki dona to‘qilgan qo‘g‘irchoq va yuz ming dollardan ortiq pul bor edi. Er kasalxonaga borib xotinidan quti ichidagilar qayerdan kelib qolganini so‘radi.

— To‘yimiz kuni buvim mustahkam nikohning siri janjallashmasdan yashay olishda degandi. Har safar sizdan jahlim chiqqanida men ip olib qo‘g‘irchoq to‘qirdim, - dedi ayol.
Erning qalbi larzaga keldi. Qutida ikki donagina qo‘g‘irchoq bor edi. Demak, shuncha yil davomida ayoli faqat ikki martagina undan jahli chiqqan. U turmush o‘rtog‘ini asta o‘pdi va pullar qaydan kelganini so‘radi.

— Bu pullar shuncha yildan buyon to‘qigan qo‘g‘irchoqlarimning puli, - deb javob berdi ayol.

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
Yadro urushi bo'lishi mumkinmidi?

Odatda katta davlatlar o'rtasida qarama-qarshilik eng qaynoq nuqtaga chiqqan vaqtlarda ham, tog'ridan-to'gri harbiy harakatlar orqali emas, 3-davlat hududidagi harbiy to'qnashuvlar orqali hal qilishmoqda: bunga misol, Suriyada AQSh va Rossiya, Qorabog'da Turkiya va Rossiya.

Lekin o'tgan asrning 60-yillarida SSSR va AQSh o'rtasidagi raqobat eng cho'qqisiga ko'tarilgan vaqtda o'zaro urush boshlanish xavfi yuzaga kela boshladi. Davlatlarning bir-biriga yo'llayotgan tahdidlari borgan sari oddiy qo'rqitishdan ko'ra haqiqiy urush boshlanishi haqida xabarga ko'proq o'xshardi. Urush bo'lganda ham oddiy emas, yadroviy urush tahdid sola boshladi. Ushbu jarayonda "Karib krizisi" ikki davlat o'rtasidagi raqiblik oloviga sepilgan moy bo'lib, uni dushmanlikka aylantiradi. .

Vaziyat shu darajada jiddiy tus oladiki, har ikkala tomonda ham "Yadro urushi arafasida" rejimi joriy qilingan. (Undan keyingi rejim "Yadro urushi" rejimi edi). 1962-yil 28 -oktyabrda Okinava orolidagi bazada yadro raketasini ishga tushirishga mas'ul bo'lgan Uilyam Basset markazdan shifrli xabar oladi. Ushbu xabarda Vladivostok (SSSR), Pekin (Xitoy), Xanoy (Vyetnam) va Pxenyan (Shimoliy Koreya) shaharlariga yadro raketalarini yuborish to'g'risida buyruq berilgan edi.

Instruksiya bo'yicha Basset darhol buyruqni bajarishi talab etilardi. Lekin u bir nech soniya ichida vaziyatni tahlil qildi va bir nechta holatlar unga shubhali tuyuldi:
1) harbiy bazada "Yadro urushi arafasida" rejimi o'rniga "Yadro urushi" rejimi joriy qilinmadi;
2) Sanab o'tilgan shaharlardan faqat bittasi SSSRda joylashgan edi. To'g'ri AQSH qolgan davlatlar bilan yumshoqroq qilib aytganda, unchalik ham yaqin munosbatda bo'lmasa-da, har holda birvarkayiga 4 ta davlatga urush boshlash ahmoqlik hisoblanardi.

Basset bunkerda raketa tugmasini bosishga mas'ul ofitserga uning buyrug'isiz hech qanday harakat qilmaslikni tayinlaydi. O'zi esa markazdan buyruqni takrorlashini so'raydi. Markaz bunday buyruq berilmaganligini aytadi.

Ushbu holatda Basset mas'uliyatni o'z bo'yniga olib, instruksiyada berilgan topshiriqni bajarmaydi va shu orqali balki juda katta urushning oldini oladi.

Basset umrining oxirigacha sirni oshkor qilmaydi. Faqatgina 2015-yilda uning xizmatdoshi Jon Borden bu voqeani ommaga oshkor qiladi. Keyinroq AQSh hukumati ham ushbu voqealar chindan ham yuz berganligini tasdiqlaydi.

Suratda Uilyam Basset.

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT1Lhgrehqk6OQ

t.me/plazebo1
​Tosh davri odamlari haqida

Dunyoning rivojlangan davlatlarida ham biz kabi ikkita qo'li, ikkita oyog'i bor bo'lgan odamlar yashaydi.

Shunday ekan, bir necha oylik maoshini jamg'arib yaxshi avtomobil sotib oladigan amerikaliklar o'n yillab mehnat qilib ming mashaqqat bilan pul yig'ib, yana sifati axlatdan farq qilmaydigan mashina sotib olishga majbur bo'ladigan xalqimiz bilan bir xil odamlar.

Ham katta miqdorda soliq to'lab, ham shu to'langan soliqdan maosh oladigan davlat ishchisiga allaqachon maosh to'lanayotgan vazifasini bajargani uchun pora berishga majbur bo'ladigan xalqimiz har bir yevrosent solig'i uchun davlat tomonidan hisob beriladigan germaniyaliklardan kam emas.

Tug'ilgan farzandining hatto tagligigacha davlat tomonidan qoplab beriladigan shvetsiyaliklar tug'ilgan bolasini tug'ruqxonadan olib chiqish uchun(hatto vafot etgan yaqinini o'likxonadan olib chiqish uchun) pul berishga majbur bo'lgan bechora xalqimizdan biror ortiq joyi yo'q.

Oltin sotish hajmi bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turgan bo'lsada, birorta ham tabiiy boyligi bo'lmagan va hatto suvni ham qo'shnilaridan sotib olishga majbur bo'lgan Singapur davlatiga havas bilan qaraydigan xalqimizning singapurliklardan kam joyi yo'q.

Insonlar uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratib bergani uchun eng yaxshi aql egalari kelib hayotni yanada yaxshilayotgan kanadaliklarning yer osti boyliklari qiymati 1.1 trln dollarga baholangan bo'lsada, qashshoqligidan, chorasizligidan o'zini yoqib yuborishga majbur bo'layotgan bechora xalqdan nimasi ustun? Ikkisi ham inson, ikkisi ham yaxshi yashashga birdek haqli.

Lekin nima uchun kelajagi buyuk davlatdagi odamlar chirigan g'arb davlatlaridagi odamlar kabi yasholmaydi? Shu savolni bersa, ayrimlar ajoyib javob berishadi. Ular mustaqil bo'lganiga bir necha yuz yillar bo'ldi. Biz esa bor yo'g'i 30 yil oldin mustaqil bo'lganmiz.

Bu shunchalik ahmoqona argumentki, bunaqa fikr kelgan miyaga tushunarli bo'lishi uchun o'z aytmoqchi bo'lgan fikringni qay darajada maydalab tushuntirishing kerakligini o'ylab, yaxshisi javob bermaganim yaxshi deb qolasan kishi.

Qaysidir davlat bizdan oldin mustaqil bo'lgan bo'lsa, biz ham.ularning darajasiga yetishimiz uchun yuz yil kerak degani emasku. Aslida ular biz uchun tayyor tajriba quyonchasi vazifasini o'tab bergan. Davlat 300 yil oldin mustaqil bólgan bolsa, demak qolgan davlatlar uchun nima qilish kerakligi va nima qilmaslik kerakligini bir davlat tomonidan 300 yil davomida amaliyotda sinab berilgan tayyor qóllanma turibdi. Biz yana 300 yil vaqtimizni sarflab, har bir siyosatni sinab kórishimiz shart emas.

Qaysidir davlat kabi yaxshi rivojlanmaganimizga u davlat oldinroq mustaqil bo'lganligi, biz esa hali yosh davlat ekanligimiz sabab deydigan insonlarning qólidan smartfonini tortib olib, o'zini kimsasiz orolga jónatish kerak. Ular avval toshdan qurol yasashni, olov yoqishni, va h.z. ni órgansin. Axir smartfon ishlatadigan darajaga kelish insoniyat millionlab yil sarflagan, u insonlar tug'ilganiga esa nari borsa 60 yil bólgan. Million yildan keyingina ular ham smartfon ishlatadigan darajaga yetadi. Ungacha esa tosh davrida yashayveradi.

DGUz®

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT3hYvD6u8LOGA

t.me/plazebo1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
davletovuz kanalida yozilishicha, endi maktablarda dars oldidan o'quvchilar madhiyani kuylashlari, tanaffus vaqtida esa vatan haqida qo'shiqlar eshittirilishi belgilanibdi. Bu taklifni bildirganlar bu orqali vatanparvarlikni oshiramiz deb óylagan shekilli.

Yuqoridagi videoda esa odamlarga Vatannni sevishni o'rgatish orqali emas, davlatga insonlarni sevishni o'rgatish orqali insonlarda vatanparvarlik oshishi ko'rsatib o'tilgan.

Chindan ham qorni och odamga, Vatanni sevish haqida va'z o'qigandan ko'ra, shu qornini to'yg'azib qo'ysin,yashash uchun sharoit qilib bersin, tamom. Odamlar o'zlari sevadi shu Vatanni, kerak bo'lsa davlatni.

DGUz®

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT3hYvD6u8LOGA

t.me/plazebo1
Tabiiy resurslar la'nati. (To'kin-sochinlik paradoksi)

Juda yaxshi hayot sharoitlari jamiyatga salbiy ta'sir ko'rsatib, oxir-oqibat mutlaq tanazzulga olib kelishi haqida hikoya qilgan edik. Bugun ham bir qarashda yaxshi hisoblangan ustunliklar hayotda davlat uchun katta kamchilikka aylanishi mumkinligini ko'rib chiqamiz.

Venesuela - dunyodagi eng katta neft zahirasiga ega davlatlardan biri. Lekin o'tgan yilgi inqiroz natijasida mamlakatning yangi tarixida misli ko'rilmagan ocharchilik boshlandi. Aholi oziq-ovqat topish ilinjida o'zi ahvoli Venesueladan ham og'ir bo'lgan qo'shni malakatlarga ko'chib keta boshladi. Oziq -ovqat yetishmovchiligi va ocharchilik shu darajaga yetdiki, aholi hech bo'lmaganda nimadir iste'mol qilib qorin to'ydirish uchun hayvonlar qonini icha boshladi.

Bir qarashda boshqa sohalarni rivojlantirmay, faqatgina neftni sotish evaziga ham butun aholisi uchun to'kin-sochinlikda hayot tarzini ta'minlab berishi mumkin bo'lgan davlat bunday o'gir ahvolga tushib qolishiga iqtisodchilar tomonidan "resurslar la'nati " deb ataladigan omil sabab bo'lgan.

Uning asosiy sabablari quyidagicha:
- resurslar ustidan nazorat borasida ichki kelishmovchiliklar. Daromadli soha ustidan nazoratni olish uchun davlat tashkilotlari o'rtasida bahs ketadi. Bir tashkilotga nazorat huquqi berilsa, qolganlari u xato qilishi uchun harakat qilishadi: hatto mamlakat miqyosida atayin katta baxtsiz hodisalarni uyushtirishdan ham qaytmaydi. Shuningdek, asosan Afrika davlatlarida, resurslarga boy bo'lgan hududlar uchun jinoiy to'dalar o'rtasida qurolli to'qnashuvlar yuz beradi. Natijada davlat boshqaruvi susayadi. Davlat ichida siyosiy barqarorlik buziladi.
- soliq imtiyozlari. Tabiiy resurslarga boy bo'lgan davlatlarda davlat aholiga unchalik ham katta soliq yuki qo'ymaydi. Chunki budjet resurslarni sotish hisobiga osongina to'ldiriladi. Aholi ham budjet mablag'lari qanday sarflanayotgani to'grisida davlatdan hisob so'ramaydi. Chunki odamlar o'z ishlab topgan daromadidan soliq to'lamagach, budjet pullarini o'ziniki deb hisoblamaydi. (Aslida esa o'sha tabiiy resurslar ham xalqqa tegishli. Davlat shunchaki ularni boshqaradi xolos).
-davlat budjeti resursning jahon narxiga bog'liq bo'lib qoladi. Jahon bozoridagi narx o'zgarishlari davlatning rejalarini o'zgartirib yuboradi.Eng birinchi o'rinda ijtimoiy soha xarajatlari qisqartiriladi. Yana bir hayratlanarli tomoni shundaki, resursga boy davlatlar o'zida manba mavjud bo'lishiga qaramay, juda katta miqdorda qarz olishadi. Chunki ular hamma narsaga hozirning o'zida ega bólishni(osmonópar binolar qurishni, global loyihalarni amalga oshirib hammani hayratda qoldirishni) xohlashadi. Xalqaro tashkilotlar ham ulardagi resurslarni qarzni qaytarishga kafolat sifatida baholab, qarz borasidagi talabni rad etishmaydi. Lekin yuqorida ta'kidlanganidek, resursning jahon bozorda narxi tushishi ortidan nafaqat davlat yangi qarz ololmaydi, balki eski qarzlarni qaytarishga ham mablag' yetishmaydi.
-texnologik qoloqlik. Qazib olish sanoatida oddiy ishchilarning ham daromadi yuqori bólganligi sababli aholi orasida yuqori malaka talab etadigan sohalarda óqishga qiziqish pasayadi. Mamlakat texnologik jihatdan qoloq mamlakatga aylanadi.

Yuqorida mamlakat resursga boy bo'lishining eng asosiy salbiy ta'sirlari sanab ótildi. Unchalik katta bólmagan, lekin jamlanma holida mamlakat rivojlanishiga katta tósiq bóladigan omillar ham talaygina.

Suratda: Neft zahirasi bóyicha dunyoda 2-órinda turuvchi Venesuela va hatto ichimlik suvini ham import qiladigan Singapur.


👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEwyhT3hYvD6u8LOGA

t.me/plazebo1
Boylar qanchalik boy ekanligi haqida

Yangiliklar orqali qaysidir millarder bir necha million dollarga uy, yaxta, mashina, ular ham mayli, soat yoki san'at asari sotib olganini o'qib qolamiz. Va ko'pchilikda beixtiyor savol tug'iladi: Bu insonlar qiyinchilik bilan ishlab topgan pullariga extiyoj emas, hashamat hisoblangan keraksiz buyumlarni sotib olishlari pulni behuda sarflash emasmi? Axir bunday hisobsiz sarflansa, har qanday pul ham tez orada tugab qoladi-ku.

Tugashi aniq, qachondir. Lekin tez orada emas.

Biz milliard dollar qanchalik katta pul ekanligi haqida noto'gri tasavvurga ega ekanligimizni ko'rsatib berish uchun birgina misol.
Ma'lumotlarga ko'ra, Shell kompaniyasi 2022-yilda 40 mlrd. dollar miqdorida daromad ko'rgan.

Agar siz har kuni, biror kun ham qoldirmasdan, 50 ming dollardan pul ishlatsangiz, (tasavvur qilyapsizmi, 50 ming dollardan ishlataverasiz, ishlataverasiz, ishlataverasiz...) 2026 yil davomida ham 40 mlrd dollar pulni ishlatib tugatolmaysiz.

Tushunyapsanmi, Karl!!! 2026 yil! Xudoning bergan kuni borki, 50 ming dollardan... Pulni bunday tarzda havoga sovurishni milodiy hisob boshlangan davrdan boshlaganingizda ham, haligacha ishlatib tugatmagan bo'lardingiz.

Nega bu haqida gapirib qoldim? Chunki yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda hindistonlik milliarder Mukesh Ambani o'g'lining to'yiga 113 mln. dollar sarflagani haqida xabar o'zbek segmentida ham keng muhokama qilindi. Eslatib o'taman, Mukesh Ambanining boyligi 80 mlrd. dollardan ortiq va o'glining to'yi shartli ravishda 100 yillik umri davomida 1 marta bo'ladi. Ya'ni janob Ambani oz bòlsa ham qashshoqlashib qolgani yo'q.

p.s. Ushbu postning mln. dollarlik qimmatbaho soat bilan bogliq xabarga aloqasi yo'q. Bu post aholisining aksar qismi qashshoqlikda yashaydigan boshqa davlatning fuqarosi Mukesh Ambani haqida.

👇Kanalga qo'shiling👇
https://t.me/+TDKFPew1Tay_pIKN

https://t.me/placebo1889
👍101🔥1🤯1