The 1% Club
57 subscribers
65 photos
3 videos
3 links
notes boss: pixuz.t.me
Download Telegram
The 1% Club
Photo
Frensis togʻam rasmlari, dobavka))
marvarid sirgʻali ...
nimadevong
🐝 asal arining bir haftalik mehnati sening bir qoshiq asaling emish))
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Odam tug'ilganda, u kuchsiz va egiluvchan bo'ladi. O'lganida, u qattiq va mustahkam bo'ladi. Daraxt o'sayotganda, u yumshoq va egiluvchan bo'ladi. Quruq va qattiq bo'lganda esa, u o'ladi. Qattiqlik va mustahkamlik - o'limning hamrohlari. Moslashuvchanlik va yumshoqlik esa hayotning timsolidir. Qattiq bo'lgan narsa g'alaba qozona olmaydi."

© Andrey Tarkovskiy ("Mirror" filmidan)
"Oʻzimga doim shuni eslatishim kerak, baʼzi qushlar qafasga qamalish uchun yaratilmaydi. Ularning patlari, qanotlari juda yorqin. Ular uchishga moyildirlar.”

© The Shawshank Redemption (Red)
misrliklar piramidani quryotgan davrda mamontlar ham tirik boʻlgan ekan, goddamnright? negadir ikkala davrni ikki xil tasavvur qilganman, piramida qurilishi nisbatan yaqin, soʻngi mamont nobudi nisbatan uzoq. yoʻq, undaymaskan.

bu bilan mamontlar misrda boʻlgan demayman, ular yerning narigi burchagida jon saqlashgan (sovuq oʻlkalarda). bilib qoʻygan yaxshi, mandella effektchilari orasidan ajralib turishga plus boʻladi))

© TikTok
#gapda #endi
masjidda ishlagan paytim birov kelib, ismini aytmasdan 10'000$ ehson va mullakani duosini olib ketsa, biri kelib 100$ ehson, mullaka bilan ichak uzdi hoholab oʻtirardi ikki soatcha, yana bir semiz makeuplik jinsi shimli jussasi katta opalar bagajida 10 litrlik 10 idishda suv ehson qilib, mullaka yoʻq boʻlsa ham kelishini kutib turardi duo olish uchun.

immanuel kant shunday degan. inson tabiatiga koʻra, agar biror harakat mukofot olish (jannat) yoki jazodan (doʻzax) qutilish ilinjida qilinsa, bu sof axloqiy harakat emas, balki shartli shartnoma boʻlib qoladi. ateist esa metafizik hisob-kitobsiz, jazodan qoʻrqmay yoki narigi dunyodagi maqomni koʻzlamay harakat qiladi; u insonni shunchaki inson boʻlgani uchun qadrlaydi.
do'stlarim bor (sanoqli), yaxshilikni tez-tez qilib turadi, katta demasak ham kichik yaxshiliklar ularni obroʻlantirib turadi, aslida ham dindolar yaxshilikni shunchaki yaratganga muhabbat va ezgulikni oʻzi eng oliy qadriyat boʻlgani uchun yaxshilik yoki ehson qilishlari lozim. umid - bu jeckpot, natijasi faqat yaratganga havola, qilgan yaxshiliklarim evaziga jannatiy boʻlaman yoki boʻldim deb hisoblash bu hayotda nooʻrin. yaxshilikni toʻgʻri mqsadda qiling, ana oʻshandagina toʻgʻri yaxshilik qilish — ichki tabiatga aylanadi.

© Temur
— men qochmayman, qochishdan toʻxtadim, men kurashaman, men himoya qilaman, axir hayotimda endi siz borsizku.

© Howl's moving castle
life is too short to care.
oʻsha muqaddas kitoblardagi 900± yoshgacha yashaganlar oʻzlarini abadiy yashaydigandek his qilganmikan-a? abadiy hayot juda zerikarli va maʼnosiz, hayotimiz qisqaligi uni yanayam chuqurroq qadrlashimizga, har kunimizni maʼno va mazmunga boyroq oʻtkazishimizga undaydi)

© Temur
❌ anavi odam, menga molday tikilib oʻtiribdi.

👑 anavi odam serko‘z boʻlsa kerak, mening yuzimdan taralayotgan har bir fotonlarning miqdorini sanayotgandek diqqatiga boshqalar tushmayapti.
👑 anavi odam onasidanda goʻzal insonni koʻrib qolgandek tikilib turibdiya.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛡 axiyri, gʻalaba.
52 yoshli erkakning bu ishga hissasi sabab endilikda davlatimiz bratga oʻxshagan pedofillarga jim qarab turmaydi. ularga 6 yil deysizmi, 12 yil, 24 yil deysizmi? yoʻq! umrbod qamoq jazosi ularning shirin hayotiga nuqta qoʻyadi.
xalqimizning koʻpchiligi oʻlim jazosi qoʻllanilishini ogʻzaki taklif qilib chiqishdi, lekin oʻzbekiston qonunchilik palatasi boʻyicha 2008-yilda oʻlim hukmi butunlay olib tashlangan, oʻzbekiston konstitutsiyadan olib tashlangan qaror hech qachon qayta kuchga kirmagan va kirmasligi ham mumkin, maksimum edit qilingan varianti qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤️ amor fati.
oʻrtogʻimning yangi maqolasi arrival* filmi haqidagi qisqa gʻiybatchaga aylanibdi. filmning tomidan podvaligacham kundalik soʻzlardan foydalanib, ogʻir maʼnoni juda yengil yozibdi. mark mensonchalik tili va dili bor, nega hali kitob yozmagan hayronman :(

maqolada u fridrix nitsshe falsafasi "amor fati"ni otmetkalab oʻtibdi. nitssheni taniganim bilan uning bu falsafasini avval eshitmagan ekanman. aslida eng saboqona tus olgan buyuk falsafalaridan biri ekan. menga ham yoqdi, u bunday deydi: "qismatni sev", bu shunchaki “peshonaga yozilganiga ko‘nish” yoki passiv qurbon bo‘lish degani emas, balki o‘z hayotingizdagi har bir og‘riqni, fojia va quvonchni hech qanday o‘zgartirishlarsiz, butun dahshati va go‘zalligi bilan qabul qilish, zaruratga shunchaki chidash emas, uni sevish demakdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
bir kishi, bir mashina va oʻlim manzili. #gilostami
kiarostamining jahondagi sirli va koʻplab bahslarga sabab boʻlgan bu filmi aslida oʻlim haqida emas. film qahramoni badiy* ismli shaxs oʻlim yoqasida yurib, uning atrofidagi dunyo oʻta goʻzal va ranglarga boy ekanligini koʻra boshlaydi. ishchilar tuproq tashiydi, askarlar saf tortib yuradi, bolalar oʻynab yurishadi, quyosh chiqadi, botadi, oy shuʼlasi tunni yorugʻ qiladi. kiarostami bu qarama-qarshilikni shoshilmasdan, mehr bilan ifodalashga uringan va uddalagan deb oʻylayman.

menimcha filmning asl qudrati - u siz kutgan javobni bermasligida. qahramon nega oʻlishni istagan? oʻladimi yoki yoʻq? bu savollarga javob yoʻq. aynan shu javobsizlik orqali kiarostami har bir tomoshabinni oʻz hayoti haqida oʻylashga majbur qiladi. javob har xil savol esa faqat bitta))

sizning gilos ta‘mingiz* qanday?