Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
52.4K subscribers
15.9K photos
2.07K videos
70 files
6.05K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Oʻquvchimiz xorijda sunʼiy idrok yoʻnalishida bilimini oshiradi

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shohjahon Qurbonov New York universitetining Abu Dabidagi kampusida tashkil etilayotgan "Dizayn laboratoriyasi: Sunʼiy intellekt" yozgi dasturida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Eʼtiborlisi, oʻquvchimiz 50 ta mamlakatdan murojaat qilgan 600 ta talabgor ichidan tanlab olindi.

Bugungi kunda sun’iy intellekt sohasi tez rivojlanib, koʻlami tobora kengayib bormoqda. Ayni yoʻnalish boʻyicha bilim va malakalarni oshirishga qaratilgan xalqaro taʼlim dasturlarida oʻzbekistonlik yigit-qizlarni muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani eʼtiborga molik.

Maʼlumot oʻrnida, Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida "Sunʼiy idrok va robototexnika" yoʻnalishi ham yoʻlga qoʻyilgan. Oliygohda talabalar oʻzlari tanlagan mutaxassislik boʻyicha zamonaviy taʼlim olishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Oʻquvchimiz xorijiy oliygohning toʻliq grantiga sazovor boʻldi

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Zulayho Rahimjonova Janubiy Koreyaning INHA universiteti toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimiz AQShning aerokosmik muhandislik universitetlari orasida yuqori oʻrinlarda turuvchi Colorado Boulder universitetidan ham qabul xati olgan.

Zulayho hozirda USAIDning "Climate Smart Business Incubator"dasturida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Oʻquvchimiz IELTSdan yuqori natija koʻrsatdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Abduvahob Abduvohidov 7.5 ballik natija bilan IELTS sertifikatiga ega boʻldi.

Shuningdek, oʻquvchimiz SATdan 1420 ballni qoʻlga kiritgan. Westminster, Anadolu universitetlari kabi xorijiy oliygohlardan qabul xatlarini olgan.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Oʻquvchimiz xorijiy OTMning 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Zahro Erkinova Janubiy Koreyaning INHA universiteti toʻliq grantiga sazovor boʻldi.

Oʻquvchimiz shuningdek, Barry universiteti (AQSh)ning 90 foizlik grantini yutgan.

Zahro Xalqaro FEE tashkilotining “Green flag” sohibasi hamdir.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi

Agentligimiz tizimidagi Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Hasanjon Ergashev IELTS imtihonidan 8 ballga ega boʻldi.

Listening: 8.5
Reading: 8.5
Writing: 7.0
Speaking: 7.0

Overall: 8.0


Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#IELTS_result

⚡️Oʻquvchimiz IELTSdan 8 ballik natija koʻrsatdi

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Farhodjon Xo‘janiyoziv IELTS imtihonidan 8 ballga ega boʻldi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#Mirzo_Ulugʻbek_vorislari

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB OʻQUVCHISI RESPUBLIKA TANLOVI GʻOLIBI

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda "Ulugʻbek" jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etilgan “Mirzo Ulug’bek Vorislari” Respublika tanlovining yakuniy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Agentligimiz tizimidagi Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shahzod Erkinov oʻzining ilmiy gʻoyalari va innovatsion ishlanmalari bilan muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

Shahzod Erkinov gʻolib sifatida diplom va 6 800 000 soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi. Shuningdek, Turin politexnika universitetiga muddatidan ilgari talabalikka qabul qilindi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Prezident maktabi oʻquvchisi Fransiyaning nufuzli oliygohiga toʻliq grant asosida oʻqishga kirdi

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o’quvchisi Umarbek Anvarov Fransiyaning Ecole Polytechnique universitetining 100 foizlik grantini qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, oʻquvchimiz Edinburgh, Manchester, Warwick va Sheffield universitetlaridan ham qabul xatlarini olgan.

Ma’lumot uchun, Umarbek SAT xalqaro imtihonidan 1560 ball hamda IELTS dan 8 ball sohibi hisoblanadi.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#eʻtirof
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

Xabar berilganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi hamda yoshlar bilan muloqot bolib otdi.

Unda davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirovni Garvard universitetiga o‘qishga qabul qilinganini e’tirof etib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar o‘zini oqlayotganini ta’kidladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal