Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
57.1K subscribers
15.1K photos
2.02K videos
70 files
5.89K links
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi

Rasmiy:
🌐 www.piima.uz
📱 t.me/piimauz
⌨️ facebook.com/piima.uz
🖥 instagram.com/piima.uz

Murojaat:
📍Tosh sh, Yashnobod t, Maxtumquli 1
📬 info@piima.uz
☎️ +998(71)207-40-48
Download Telegram
#Jarayon
#CHSB_imtihonlari

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida IV chorak ChSB (choraklik summativ baholash) imtihonlari onlayn va oflayn shaklda bo’lib o’tmoqda.

📁Choraklik summativ baholash savollari Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan Agentlik oʻquv dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Sinovlar Agentlik tomonidan jarayonlarga masʼul etib belgilangan xodimlar tomonidan joyiga chiqqan holda va onlayn tarzda kuzatib borilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf oʻquvchisi Muhammadjon Olimboyev IMAS olimpiadasida oltin medal sohibi bo’ldi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 7-sinf oʻquvchisi Shohrux Umrzoqov IMC olimpiadasining xalqaro bosqichiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Andijon shahridagi Prezident maktabi tomonidan “Professional development“ loyihasining navbatdagi
sahifasini taqdim qilindi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv
tashkil etildi.

Abdulla Qodiriy nomidagi
ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi, Peshku, Mingbuloq tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ochiq eshiklar kuni" bo‘lib o‘tdi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida adib Ulugʻbek Hamdam bilan ijodiy
muloqot oʻtkazildi.

Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tomonidan Oʻzbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77 yilligi munosabati bilan videoroliklar tanlovi
eʼlon qilindi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Al-Xorazmiy volontyorlari" guruhining ochilish marosimi
boʻlib oʻtdi.

Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o’quvchisi Sunnatjon
Toirov IELTSdan yuqori natijaga ega boʻldi.

Toshkent viloyati maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Intellektual olimpiadada Oqqoʻrgʻon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Yangiyoʻl shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoalari gʻoliblikni
qoʻlga kiritdi.

Oqdaryo tuman ixtisoslashtirilgan maktabida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi”
bo‘lib o‘tdi.

Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktab maʼmuriyati tomonidan yangi baholash tizimi joriy etilgan umumtaʼlim maktablari uchun seminar
tashkil qilindi.

Qoʻqon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari xalqaro taʼlim grantlarini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Oʻquvchimiz xorijda sunʼiy idrok yoʻnalishida bilimini oshiradi

Samarqand shahridagi Prezident maktabining 10-sinf oʻquvchisi Shohjahon Qurbonov New York universitetining Abu Dabidagi kampusida tashkil etilayotgan "Dizayn laboratoriyasi: Sunʼiy intellekt" yozgi dasturida ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.

Eʼtiborlisi, oʻquvchimiz 50 ta mamlakatdan murojaat qilgan 600 ta talabgor ichidan tanlab olindi.

Bugungi kunda sun’iy intellekt sohasi tez rivojlanib, koʻlami tobora kengayib bormoqda. Ayni yoʻnalish boʻyicha bilim va malakalarni oshirishga qaratilgan xalqaro taʼlim dasturlarida oʻzbekistonlik yigit-qizlarni muvaffaqiyatli ishtirok etayotgani eʼtiborga molik.

Maʼlumot oʻrnida, Agentligimiz tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universitetida "Sunʼiy idrok va robototexnika" yoʻnalishi ham yoʻlga qoʻyilgan. Oliygohda talabalar oʻzlari tanlagan mutaxassislik boʻyicha zamonaviy taʼlim olishlari uchun barcha imkoniyat va sharoitlar yaratilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#100_foizlik_grant

⚡️Oʻquvchimiz xorijiy oliygohning toʻliq grantiga sazovor boʻldi

Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Zulayho Rahimjonova Janubiy Koreyaning INHA universiteti toʻliq grantini qoʻlga kiritdi.

Oʻquvchimiz AQShning aerokosmik muhandislik universitetlari orasida yuqori oʻrinlarda turuvchi Colorado Boulder universitetidan ham qabul xati olgan.

Zulayho hozirda USAIDning "Climate Smart Business Incubator"dasturida muvaffaqiyatli qatnashib kelmoqda.

Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktabi
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 16-may
Soat 12:00 dan 15:00 gacha
📍 Manzil: Toʻraqoʻrgʻon shahri, Toʻraqoʻrgʻon koʻchasi, 21-uy

Murojaat uchun:
+998 97 255 28 22


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
📣📣📣📣📣

⚡️ Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ro‘yxati bilan tanishing

📝 Katta yoshlilar jamoasiga (Key Stage III):
Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi;
Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi;
Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchisi;
Asadbek Boboqulov – Toshkent shahridagi S.H.Sirojiddinov akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchisi.

📝 Kichik yoshlilar jamoasiga (Key Stage II):
Mehmonbek Omonov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf oʻquvchisi;
Dildora Mahkamova – Toshkent shahar, Olmazor tumani ixtisoslashtirilgan maktabining 7-sinf oʻquvchisi;
Baxtiyor Ostonov – Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-sinf oʻquvchisi;
Azizbek Mamajanov – Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktabining 8-sinf oʻquvchisi.

🗺 Maʼlumot uchun, Xalqaro matematika musobaqasi 2024-yilning 26-31-iyul kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadi.

‼️Katta yoshlilar jamoasida ishtirok etuvchi o‘quvchilar ro‘yxati nufuzli xalqaro olimpiadalarga saralashning 3-bosqichi natijalariga ko‘ra shakllantirilgan.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Ijod_maktabi
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi "Ochiq eshiklar" kuniga taklif etadi.

Ochiq eshiklar kunida:

Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar);
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya va maktab hayoti bilan tanishuv sizni kutmoqda.

📆 17-may
Soat 11:00 dan 16:00 gacha
📍 Manzil: Nukus shahri, A.Dosnazarov koʻchasi 4-A uy (Moʻljal: Amir Temur istirohat bogʻi)

Murojaat uchun:
61 223-20-04
61 223-20-03
+99 891 307-26-30
+99 893 486-22-03


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

“O‘g‘illarimdan umidim katta”: Ikki farzandi prezident maktabida o‘qiyotgan novvoy
#kun_uz

Bog‘dod tumani Samarqand qishlog‘ida oddiy oilaning ikki farzandi Farg‘ona shahridagi prezident maktabiga o‘qishga kirgan. Daromadi novvoychilikdan bo‘lgan ota-ona farzandlari kamoli uchun tinmay mehnat qiladi. “Imorat qurmasak-da, bor mablag‘imizni o‘g‘illarimizning bilim olishi uchun sarflayapmiz, ular novvoyxonada qiyinchilikni his qilib ulg‘ayishdi”, deydi ota.

📹
TO‘LIQ VIDEONI KO‘RING

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube