XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.74K subscribers
17.3K photos
1.11K videos
29 files
5.33K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#maktabimiz_haqida
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

▪️Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning sifatli ta'lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan biri sifatida tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktab va maktab-internatlari faoliyati qizg'in davom etmoqda.

▫️Shu jumladan, Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini ham alohida ta'kidlab o'tish lozim. Maktabda o'quvchilar har tomonlama sifatli ta'lim olishlari uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, zamonaviy bino, o‘quv jihozlari, ko‘rgazmali vositalar, eng so'nggi rusumdagi kompyuterlar, kutubxona, sport zal, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriya xonalari, oshxona o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga xizmat qilmoqda.

Maktabda agentlik tomonidan saralangan 50 nafar mahoratli pedagoglar faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida ustozlarning  3 nafari xalqaro GMAT va GRE sertifikatlarini, 4 nafar fan o'qituvchilar o'z fani bo'yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi M.Karimova akademik litseylar uchun darslik yaratish loyihasida qatnashdi. Hozirda Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi sifatida ilmiy ish olib bormoqda.

▫️Sinov asosida qabul qilingan o'quvchilar aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika, fizika , ingliz tilidan va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflarda kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan chuqurlashtirib o'qitilmoqda. Joriy o'quv yilida o'quvchilardan 6 nafari xalqaro SAT sertfikatini, 10 nafari IELTS, 12 nafari milliy sertfikatlarni qo'lga kiritdilar.

🌐 Telegram | Facebook