XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
1.88K subscribers
16.3K photos
1.04K videos
28 files
5.06K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli XORAZM viloyatidagi ixtisoslashtirilgan maktablar telegram sahifasi

facebook.com/ima.xorazm
Download Telegram
#Urganch_shahar_1_son_IMI
#maktabimiz_haqida
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

▪️Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarning sifatli ta'lim olishlari uchun yaratilgan imkoniyatlardan biri sifatida tashkil etilgan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli maktab va maktab-internatlari faoliyati qizg'in davom etmoqda.

▫️Shu jumladan, Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini ham alohida ta'kidlab o'tish lozim. Maktabda o'quvchilar har tomonlama sifatli ta'lim olishlari uchun zarur bo'lgan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, zamonaviy bino, o‘quv jihozlari, ko‘rgazmali vositalar, eng so'nggi rusumdagi kompyuterlar, kutubxona, sport zal, fizika, kimyo fanlari uchun laboratoriya xonalari, oshxona o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishiga xizmat qilmoqda.

Maktabda agentlik tomonidan saralangan 50 nafar mahoratli pedagoglar faoliyat yuritib kelmoqda. Joriy o‘quv yilida ustozlarning  3 nafari xalqaro GMAT va GRE sertifikatlarini, 4 nafar fan o'qituvchilar o'z fani bo'yicha milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi M.Karimova akademik litseylar uchun darslik yaratish loyihasida qatnashdi. Hozirda Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi sifatida ilmiy ish olib bormoqda.

▫️Sinov asosida qabul qilingan o'quvchilar aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflarda matematika, fizika , ingliz tilidan va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan sinflarda kimyo, biologiya, ingliz tili fanlaridan chuqurlashtirib o'qitilmoqda. Joriy o'quv yilida o'quvchilardan 6 nafari xalqaro SAT sertfikatini, 10 nafari IELTS, 12 nafari milliy sertfikatlarni qo'lga kiritdilar.

🌐 Telegram | Facebook
#tanlov
#ishga_taklif_etamiz

DIQQAT E'LON!

🟢YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining rahbar lavozimlaridagi bo‘sh o‘rinlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

⚡️Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar – 1-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

➡️ Hurmatli rahbar kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlaganligi to‘g‘risidagi hujjat;
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
IELTS/TOEFL/DTM sertifikatingizni yuklang (malaka talablariga mos ravishda).

✔️ Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoani boshqara olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
zamonaviy AKT savodxonligiga ega bo'lishi.

📆 Hujjatlarni job2.piima.uz sayti orqali 23-yanvardan boshlab topshirishingiz mumkin.

📞 Call-markaz:
(71) 207 20 17 (ichki raqam 180)

Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#E_lon

IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh rahbar lavozimlariga kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 23-yanvar - 1-fevral kunlari bo'lib o'tadi.

Xorazm viloyati bo'yicha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo'sh o'rinlar:

Maktab maslahatchisi lavozimi (chet tili bilish sertifikati talab etiladi):
1. Yangibozor tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
2. Qo'shko'pir tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

Direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari lavozimi:
1. Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Vatanparvarlik ruhida yoshlarni tayyorlash bo'yicha direktor o'rinbosari / Harbiy chaqiriqqa tayyorlash rahbari lavozimi:
1. Hazorasp tumani ixtisoslashtirilgan maktabi

🟢 Hujjatlarni 1-fevral kuniga qadar job2.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

🌐 Telegram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangi_loyiha
#namunali_maktab_direktorlari

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab direktorlari bilan intervyular tashkil qilinmoqda.

Direktorlarimiz maktablarimizda yaratilgan sharoitlar, erishilgan natijalar, kelajakdagi rejalar singari bir qancha mavzularda o‘zlarining fikrlarini bildirishmoqda.

Tanishing: Birinchi suhbatdoshimiz Angren shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori Abror Nazirov.

Batafsil videoda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Мактаб формаси ўқувчига нима беради?

Мактаб формасининг илдизи Буюк Британияга бориб тақалади. Айнан Англияда 1552 йилда ўқувчилар учун махсус кийимлар пайдо бўлган. Буюк Британия мактаб ўқувчиларининг формаси бутун дунёга машҳур бўлиб, аксар ҳоллардан ундан нусха олишади.

Хўш, кийимда умумий стандарт ўқувчига нима беради?
У аввало ўқувчини интизомга ўргатади, Мактаб формасида болалар тартибли кўринишда бўлишади, уларда муносиб кўриниш одати шаклланади.
Бир хил кийим болалар орасида сўнгги урфдаги кийимлар билан мақтанчоқлик қилишнинг олдини олишда ҳам ёрдам беради.

Фотосуратларда юртимиздаги турли мактаблар ўқувчилари.

Telegram
Twitter
#Zakovat

“ZAKOVAT”DA KUCH!

Iqtidorli yoshlarning mantiqiy bilimlarini oshirish, ularni saralash va intellektual o‘yinlarga keng jalb qilish, shuningdek, o‘quvchilarning intellektual salohiyatini yuksaltirish maqsadida ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligiga qarashli Xorazm vilotatidagi o‘quv dargohlarida muntazam ravishda "Zakovat" intellektual o‘yinlari o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, yanvar oyi davomida:

▪️Shovot tuman IMIda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida "Zakovat" intellektual musobaqasi o'tkazildi.
▪️Xiva shahar 2-son IM peadagog xodimlari "Zakovat” intellektual o‘yinida kuch sinashdilar.
▪️Hazorasp tuman IMda 7-8-sinf oʻquvchilar o'rtasida o'yini "Kitob bilan hamnafasmiz" shiori ostida "Zakovat" intelektual musobaqasi bo'lib o'tdi.
▪️Yangibozor tuman IMda "Zakovat" ning qishki mavsum 4-turi o'tkazildi.
▪️Bog'ot tuman IMda "Zakovat" intellektual o'yinlarining 2024-yilgi qishki mavsum 1-tur o'yini bo'lib o'tdi.

🌐 Telegram | Facebook