🎓 Ilmiy maqolangiz bor, lekin uni xalqaro jurnalga qanday tayyorlashni bilmayapsizmi?
Tadqiqot olib borish — ilmiy ishning eng muhim qismi. Ammo yaxshi natijani xalqaro ilmiy jurnal talablariga mos maqolaga aylantirish ham alohida tajriba talab qiladi.
Qaysi jurnalni tanlash kerak?
Maqola strukturasi qanday bo‘lishi kerak?
Grafik va rasmlar qanday tayyorlanadi?
Jurnal template talablariga qanday moslashtiriladi?
Submission jarayoni qanday amalga oshiriladi?
Editor yoki Reviewer savollariga qanday javob berish kerak?
🚀 PhDMind — PhD darajasi va xalqaro ilmiy tajribaga ega mutaxassislar jamoasi bo‘lib, tadqiqotchilarga ilmiy ishlarini xalqaro nashrga tayyorlash jarayonida professional maslahat va amaliy ko‘mak beruvchi platforma.
Biz quyidagi bosqichlarda yordam beramiz:
📝 Maqola strukturasi va ilmiy matnni takomillashtirish
📊 Grafik, rasm va natijalarni professional taqdim etish
🔎 Mos xalqaro jurnalni tanlash
📑 maqolani jurnal talablariga moslashtirish
📤 Submission jarayonida ko‘mak
✉️ Editor bilan yozishmalar bo‘yicha maslahat
🔄 Reviewer izohlarini tahlil qilish va revision jarayonida yordam
📚 Response to Reviewers hujjatini tayyorlash bo‘yicha maslahat
Biz tanlaydigan nashrlar:
Biz faqat Scopus, Web of Science (O’zbekiston Respublikasi AOK ro’yxatidagi) bazasida mavjud halqoro jurnallarni tanlaymiz.
Muhim tamoyilimiz:
Sizning tadqiqotingiz — sizning ilmiy ishingiz. PhDMind tayyor ilmiy ish yoki soxta natija yaratmaydi. Bizning vazifamiz — sizga o‘z tadqiqotingizni xalqaro ilmiy standartlarga mos ravishda taqdim etish va nashr jarayonini yaxshiroq tushunishga yordam berish.
🎯 Maqsadimiz faqat bitta maqolangizni tayyorlash emas. Hamkorlik davomida olgan tajribangiz orqali kelajakdagi ilmiy ishlaringizni xalqaro jurnallarga yanada mustaqil tayyorlay olishingizni istaymiz.
🌐 PhDMind — Tadqiqotdan nashrgacha.
Batafsil ma’lumot:
Web-sahifa: phdmind.com
Telegramkanal: PhDMind
📩 Konsultatsiya va hamkorlik uchun biz bilan bog‘laning:
Buning uchun web-sahifa (link bu yerda) dagi bog’lanish bo’limidan murojat qiling va ma’lumotlaringizni qoldiring.
Ilm-fan · Tajriba · Xalqaro nashr

PhDMind
PhDMind — Xalqaro ilmiy nashr uchun professional yordam
Tadqiqotchilarga xalqaro ilmiy jurnallarda maqola nashr qilish jarayonida professional maslahat va amaliy yordam.
❤2
Ilmiy maqolangizdagi ayrim iboralar AI’dan foydalanilgan degan shubha uyg‘otishi mumkin.
Yaqinda bir xalqaro ilmiy jurnaldan ilmiy maqolaga taqriz yozib berishimni so’rab murojaat qilishdi. Maqola mualliflari Hindistonlik edi va maqolani o’qiganimdan so’ng uni review qilish uchun rozi bo’lib qabul qilganimga afsuslandim. Chunki maqola ilmiy maqola talablarga umuman javob bermaydi va kamchiliklari juda ko’p edi. Eng yomoni, maqolani o’qish jarayonida quyidagi kabi jumlalarga ko‘p bora duch keldim:
❌ “These results are extremely important...”
❌ “This method has immediate applications...”
❌ “There has been immense progress...”
❌ “This effect plays a very dominant role...”
❌ “This approach is crucial for future technologies...”
“Extremely important”, “immediate”, “immense”, “very dominant” va “crucial” kabi bo‘rttiruvchi iboralar AI yaratgan ilmiy matnlarda tez-tez uchraydi. Albatta, bitta shunday so‘z matn AI yordamida yozilganini isbotlamaydi. Ammo ular tez-tez va aniq dalilsiz ishlatilsa, muharrir yoki taqrizchida shubha uyg‘otishi mumkin.
Shuning uchun menda ham shunday shubha paydo bo’ldi va maqolani nashr qilishga yaroqli emas (reject) deb xulosa berdim. Aynan shu AI orqali yozilgan so’zlar hech ikkilanmasdan shu xulosa berishimga ham sabab bo’ldi. Balki AI uslubida yaratilgan iboralar “hidi” kelmaganida, maqolaning boshqa kamchiliklarini ko’rsatib o’tib, qayta revision ga tavsiya berarmidim…
Xullas, maqolaga adashmasam 28 ta kamchilik (comment) yozib berdim va ba’zi commentlarni shunday yozdimki, maqola mualliflari unga javob yozgandan ko’ra boshqa yangi maqola yozish oson ekanligini tushunib yetishi qiyin emas edi.
Shuning uchun maqolada bunday jumlalardan foydalanishda ehtiyot bo’ling!
AI’dan matnni tahrirlash, grammatikni “go’zal” qilish yoki jumlalarni yaxshilash uchun foydalanish mumkin. Lekin uning takliflarini tekshirmasdan maqolaga ko‘chirish xavfli. AI ko‘pincha natijalarni bo‘rttiradi, umumiy jumlalar yaratadi va ilmiy asosga ega bo‘lmagan kuchli da’volarni qo‘shadi.
Albatta ko’pchilik ilmiy xodimlar maqola yozishda AI dan foydalanmoqda, buni inkor etish qiyin. Yaqinda bir maqola Aknowledgment bo’limida “chatgpt has been used to improve the grammar” degan jumlaga ko’zim tushdi. Bu metodni maqola mualliflari o’zini himoyalashi uchun juda munosib strategiya deb hisoblayman.
Xulosa qilib aytganda, maqola yozishda AI dan foydalanmang yoki foydalansangiz, maqolada uni ta'kidlab o’ting. Chunki, hozir bu juda ko’plab xalqaro jurnallarda normal qabul qilinmoqda.
📚 Ilmiy maqola yozish, grafiklarni tayyorlash, jurnal talablariga moslashtirish va submission jarayoni bo‘yicha foydali tavsiyalarni bizning kanalda kuzatib boring.
Keyingi postdamaqola Introduction bo’limida juda zarur bo’lgan uchta asosiy jihatni qanday yozish haqida o’z tajribam bilan bo’lishaman.
Boshqalarga ulashing: @phdmind

Keyingi postda
Boshqalarga ulashing: @phdmind
Telegram
PhDMind
Maqola nashr qilishda akademik yordam.
Web sahifa: www.phdmind.com
Bog'lanish:
Telegram: @phdmindinfo
E-mail: phdmindinfo@gmail.com
Web sahifa: www.phdmind.com
Bog'lanish:
Telegram: @phdmindinfo
E-mail: phdmindinfo@gmail.com
👍2🔥2
QILINGAN — QILINMAGAN — QILAMAN:
Yaxshi Introduction tadqiqotingiz nima uchun zarurligini tushuntirishi kerak. Uni 3 bosqich asosida yozish mumkin:
☑ 1. QILINGAN — oldingi tadqiqotlar
Mavzu bo‘yicha nimalar o‘rganilganini bayon qiling va muhim natijalarni tegishli manbalar bilan ko‘rsating.
Faqat maqolalar ro‘yxatini keltirmang. Har bir manbaning tadqiqotingizga aloqador natijasini qisqacha tushuntiring.
❓ 2. QILINMAGAN — ilmiy bo‘shliq
Oldingi tadqiqotlarda qaysi savol ochiq qolganini yoki qaysi jihat yetarlicha aniq ko‘rsating. Imkoni boricha bitta to’liq gap bilan siz o’rganmoqchi bo’lgan bo’shliq haqidagina yozing. Ko’plab, sizga keraksiz bo’lgan o’rganilmagan qismlarini ta’kidlash, o’quvchi va Reviewerni chalg’itishdan boshqasiga yaramaydi.
Ilmiy bo‘shliq sun’iy yaratilmasligi, adabiyotlarni chuqur tahlil qilishga asoslanishi kerak.
🎯 3. QILAMAN — maqolaning maqsadi
Nimani, qanday usul bilan va nima maqsadda o‘rganishingizni yozing.
“Biz ushbu mavzuni o‘rgandik” deyish yetarli emas. Tadqiqot obyekti, usuli va asosiy maqsadi tushunarli bo‘lishi kerak.
💡 Shaxsiy tajribamdan muhim tavsiya:
Germaniyadagi ilmiy faoliyatim davomida shakllangan (Professorlardan o’rgangan) yondashuvga ko‘ra, Introduction maqolada birinchi bo‘lim bo‘lsa-da, uni yozish jarayonida oxiriga qoldirish ma’qul.
Avval metod, natijalar va xulosalarni tayyorlang. Shunda siz maqolangizda aynan nima qilganingizni, qaysi ilmiy bo‘shliqni to‘ldirganingizni va qaysi manbalar haqiqatan zarurligini aniq bilasiz.
📚 Iqtibos (citation) keltirishda ehtiyot bo‘ling
Biror maqolani faqat nomi mavzuingizga o‘xshagani yoki iqtiboslar sonini ko‘paytirish uchun kiritmang. Bekordan-bekorga biror maqolaga havola berib, uning muallifiga “tekin sovg‘a” qilmang.
Har bir iqtibos uchun:
🔹 maqolani o‘qib chiqing;
🔹 aynan qaysi natijasidan foydalanayotganingizni biling;
🔹 uning sizning ishingizga bevosita aloqasini tekshiring;
🔹 kerakli fikrni asl manba haqiqatan qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling.
Ko‘p iqtibos — har doim ham kuchli Introduction degani emas. Muhimi, har bir manba o‘z vazifasiga ega bo‘lsin.
📌 Qisqa formula:
Oldingi bilim + ochiq muammo + sizning yechimingiz = kuchli Introduction
🔬 Ilmiy maqola yozish va uni xalqaro jurnalda nashr qilish bo‘yicha amaliy yordam va tavsiyalar uchun bizning PhDMind kanalini kuzatib boring.

👍3