DARAJA.ILMIY.UZ
557 subscribers
45 photos
7 videos
29 files
81 links
🏢 Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi
☎️ Telefon raqami: 71-203-32-23 (Ichki raqam: 590, 591, 592)
📧 E-pochta: phd@mininnovation.uz
📍 Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko'chasi, 7-uy
🌐 daraja.ilmiy.uz
Download Telegram
Asosiy ish joylaridagi o‘rtacha oylik ish haqlari va lavozimlari saqlangan holda:

nomzodlik dissertatsiyasini va darsliklar hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni tugallashlari uchun mualliflarga 3 oygacha;

doktorlik dissertatsiyasini tugallash uchun 6 oygacha bo‘lgan muddatga ijodiy ta’tillar beriladi.

👉@ilmiy_darajali_kadrlar

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tayanch doktoranturaga qabul qilinganlar uchun muhim qadamlar 📚🎓

Doktoranturada ilmiy faoliyatingizni samarali tashkil qilish uchun quyidagi muhim harakatlarni boshlashni tavsiya qilamiz:
____________________________________
1. Tadqiqot mavzusini aniqlash
🔍 Ilmiy qiziqishlaringizga mos, dolzarb va yangilikka boy mavzularni tanlang.
💬 Ilmiy rahbaringiz bilan maslahatlashing.
📑 Mavzuning ilmiy va amaliy ahamiyatini tahlil qiling.______________________
1. Tadqiqot mavzusi2. Tadqiqot rejasini tayyorlash
📌 Rejani bosqichlarga bo‘ling:
• Maqsad va vazifalar.
• Muddatlar va bosqichlar.
🗓 Taqvim reja: Har oyda nima ish bajarish kerakligini aniqlashtiring.
____________________________________
3. Ilmiy adabiyotlarni o‘rganing
📚 Zamonaviy tadqiqotlarni tahlil qiling: Google Scholar, ResearchGate, Scopus.
📘 Mavzuga oid kitoblar, maqolalar va dissertatsiyalarni chuqur o‘qing.
____________________________________
4. Metodologiya tanlovi
🛠 Tadqiqot usullarini tanlang va o‘zlashtiring.
📊 SPSS, MATLAB yoki R kabi tahlil dasturlarini o‘rganing.
____________________________________
5. Ilmiy hamjamiyat bilan aloqa qiling
👥 Konferensiyalar va seminarlarda ishtirok eting.
🤝 Ilmiy hamkorlar bilan muloqot qiling.
📃 Maqolalaringizni nashr qilish uchun jurnal toping.
____________________________________
6. Ilmiy maqolalar yozishni boshlang
🖊 Ilk natijalaringizni chop etish uchun maqola tayyorlang.
🌍 O‘zbekistondagi va xalqaro nashrlarda maqolalaringizni chiqaring.
____________________________________
7. Moliyaviy imkoniyatlardan foydalaning
💡 Grantlar va stipendiyalarga ariza topshiring.
🔬 Eksperimentlar va tadqiqotlar uchun zarur jihozlar bilan ta’minlaning.
____________________________________
💡 Esda tuting: Doktorantura – bu katta mas’uliyat, lekin o‘z vaqtida rejalashtirilgan harakatlar orqali siz katta natijalarga erishasiz.


🚀 Omad tilaymiz!

@scientific_servicess

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qayta taqsimot.pdf
817.9 KB
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan 2025-yil uchun stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura va doktoranturaga tasdiqlangan qabul kvotalaridan ortib qolgan o‘rinlar hisobiga ixtisosliklar kesimida qabul kvotasi qayta taqsimlangan ilmiy va taʼlim tashkilotlar RO'YXATI

Asos: Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 10-dekabrdagi 462-son buyrug‘i.

👉@ilmiy_darajali_kadrlar

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Izlanuvchilar maktabi
Bir kunda maqola yozish uchun tezkor va samarali yondashuv zarur. Bu yerda maqola yozishni osonlashtiradigan asosiy qadamlar va sirlar bilan bo‘lishaman:

1. Mavzuni aniq tanlang
Qiziqarli va dolzarb mavzuni tanlash – maqolaning yarmi yozilgan bilan teng. Mavzuni torlashtiring. Masalan, "Ta'limda texnologiya" emas, "O‘zbekistonda boshlang‘ich ta'limda sun'iy intellektdan foydalanish".

2. Tezkor tadqiqot qiling
30-40 daqiqa davomida internetdan tezkor manbalar o‘qing. Ochiq ma'lumotlar, maqolalar va bloglar – asosiy faktlarni yozib oling. ChatGPT yoki boshqa sun'iy intellekt vositalaridan foydalanib qisqa izlanishlar qiling.

3. Reja tuzing (5 daqiqa)
Kirish (mavzu muammosi yoki dolzarbligini bayon qilish). Asosiy qism (2-3 asosiy fikr yoki dalil).
Xulosa (yakuniy fikr va takliflar). Qisqa va sodda rejalar yozuv jarayonini tezlashtiradi.

4. Ish jarayonini belgilab oling
Pomodoro texnikasidan foydalaning – 25 daqiqa yozing, 5 daqiqa dam oling. Tezkor yozish, keyin tahrir qilish – yozish jarayonida to‘xtab tahrir qilmang.

5. Kirish qismi – o'zakni toping
Qiziqarli savol yoki statistika bilan boshlang. Dolzarb muammo yoki real voqea orqali mavzuni tushuntiring.
Misol: "Bugungi kunda o‘quvchilarning 70 foizi raqamli texnologiyalar yordamida bilim oladi. Bu esa o‘qituvchilarning yangi ko‘nikmalarini talab qiladi."

6. Asosiy qism – tezkor yozing
Har bir asosiy fikr uchun bir paragraflik dalillar keltiring. Raqamlar, misollar, qiziqarli faktlar kiritib boring.
Misol: "Sun'iy intellekt yordamida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish darajasi 30 foizga oshdi."

7. Xulosa – qisqa va ta'sirli
Asosiy fikrlarni qisqa bayon qiling. Kelajakda bu mavzu qanday rivojlanishi mumkinligini ayting.
O‘quvchini harakatga chorlang (call to action).
Misol: "Texnologiya ta'limning kelajagi. Bu imkoniyatdan unumli foydalanish har bir o‘qituvchining vazifasidir."

8. Tez tahrir qiling
Matnni ovoz chiqarib o‘qing. Keraksiz gaplar va takroriy so‘zlarni olib tashlang.

BONUS SIRLAR:
Deadline o‘rnating – cheklangan vaqt tezroq yozishga undaydi. Jadval tuzing – har soat nima qilish kerakligi aniq bo‘lsin. Qahva yoki suv tayyorlang – fikrlaringiz tiniq bo‘ladi.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Anjumanlar ro'yxati.pdf
294 KB
⚡️2025-yil yanvar-fevral oylarida o'tkazilishi rejalashtirilgan anjumanlar ro'yxati

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida jami 60 ta ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan 31 tasi xalqaro va 29 tasi respublika miqyosidagi anjumanlarni tashkil qiladi.

www.anjumanlar.uz platformasi orqali anjumanlar axborot xatlari bilan tanishish va maqola yuborish imkoniyati mavjud.

@ilmiy_darajali_kadrlar
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’limdan keyingi ta’limga hujjat topshiruvchi talabgorlar uchun video qo'llanma.

Tizimdagi oxirgi o'zgartirishlar inobatga olingan holda tayyorlangan.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
#DIQQAT

⚡️2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy
va ilmiy-texnik tadbirlar rejalari tasdiqlandi

Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug'iga asosan 2025-yilda 252 ta tashkilot tomonidan 665 ta xalqaro va 600 ta respublika miqyosida, jami 1265 ta ilmiy va ilmiy-texnik tadbir o’tkazilishi rejlashtirilgan.

🗒️Xalqaro miqyosda o’tkaziladigan ilmiy tadbirlar ro’yxati

🗒️Respublika miqyosda o’tkaziladigan ilmiy tadbirlar ro’yxati

@ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtiyoz | #olimlarga

⚡️Dunyoning nufuzli “TOP-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.

Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.

🇺🇿 @imtiyozuz

@PHD_ADMIN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siz 2025-yilda tayanch doktorantura (PhD)ga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, yil yakuniga qadar quyidagilarni bajarishingiz shart.

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tasdiqlangan yakka tartibdagi rejaning mavjudligi va uning bajarilishi;

ixtisoslik bo‘yicha tasdiqlangan nazariy-metodologik dasturning mavjudligi;

tegishli jurnallarida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha kamida bitta ilmiy maqolaning chop etilganligi;

dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumotning mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi seminarida dissertatsiya mavzusiga doir tahliliy umumlashtiruvchi qisqacha ma’lumot natijalari bo‘yicha (ilmiy rahbar bilan birgalikda) ma’ruza qilganligi boʻlishi shart.

Shular boʻyicha sizning faoliyat samaradorligingiz monitoring qilinadi
👆

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DARAJA.ILMIY.UZ
Siz 2025-yilda 3️⃣ bosqich tayanch doktorantura (PhD)da tahsil olayotgan bo'lsangiz yil yakuniga qadar quyidagilarni bajarishingiz shart.

jurnallarda, shu jumladan xorijiy jurnallarda soni belgilangan talablarga muvofiq chop etilgan ilmiy maqolalari mavjudligi;

OAK talablariga muvofiq tayyorlangan tugallangan dissertatsiya ishi, avtoreferatining mavjudligi;

ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasi ilmiy-tashkiliy bo‘linmalari majlislarida dissertatsiya va avtoreferatining ko‘rib chiqilganligi va muhokama qilinganligi.

Ushbu talablar mustaqil izlanuvchilarga ham tegishli👆

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Monitoring natijalarini kiritish bo'yicha yo'riqnoma.pdf
1.2 MB
IZLANUVCHILAR UCHUN☝🏻
YO'RIQNOMA

📌 Ushbu yo'riqnoma Yagona elektron tizimda izlanuvchilarning monitoring natijalarini kiritish bo‘yicha.

Hozirgi kunda Yagona elektron tizim orqali ro'yxatdan o'tgan 29584 nafar izlanuvchi va stajyor-tadqiqotchining barchasi ushbu yo'riqnomadan foydalangan holda ma'lumot va hujjatlarini kiritishi shart.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda Yagona elektron tizimda 29 480 nafar izlanuvchi va stajyor-tadqiqotchi mavjud.

Bularning faoliyati samaradorligining monitoringi joril yil aprel oyida tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan barcha izlanuvchilar ilmiy rahbar/konsultanti bilan kelishgan holda tegishli ma'lumotlarini Yagona elektron tizimga kiritishi shart.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Izlanuvchilar maktabi
"Scientific services" kanali jamoasi izlanuvchilar uchun quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

- ixtisoslik bo‘yicha nazariy-metodologik dastur tayyorlash;

-Dissertatsiyani tahrirlash (grammatik va stilistik tahlil);

-Tadqiqot maʼlumotlarini matematik hisob-kitoblar va tahlil qilish;

-Plagiat tekshiruvi uchun xizmatlar;

-Himoya oldi hujjatlarni tayyorlashga koʻmaklashish;

-Doktorlik dissertatsiyasi himoyasida stenogramma tayyorlash;

-Maqola, tezis, dissertatsiya, monografiyalarga taniqli olimlardan taqrizlar olish;

-Ilmiy ishlarda sitatalar va referenslarni boshqarish, bibliografiya tuzish;

-Tarjima xizmati.

Murojaat uchun: @scientific_services
Forwarded from Izlanuvchilar maktabi
Hozirda doktoranturada 1-bosqichda tahsil olayotganlar yil davomida,

2-bosqichda tahsil olayotganlar esa birinchi bisqichdagi,

3-bosqichda tahsil olayotganlar esa birinchi va ikkinchi bosqichdagi monitoring uchun hujjatlarni tizimga yuklaydilar.

@scientific_servicess
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xalqaro anjumanlar ro'yxati .pdf
343.9 KB
#anjumanlar_royxati
#aprel

📢📢📢🗓2025-yil aprel oyida xalqaro va respublika miqyosida o'tkaziladigan ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar ro'yxati

Joriy yilning aprel oyida jami 240 ta ilmiy va ilmiy texnik tadbirlar o'tkazilishi rejlashtirilgan bo'lib, shundan xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni 134 tani respublika miqyosdagi tadbirlar soni 106 tani tashkil qiladi.

🔽📩www.anjumanlar.uz sayti orqali anjumanlarning axborot xati bilan tanishish va ishtirok etish uchun maqola yuborish imkoniyati mavjud.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Savol: Yakka tartibdagi rejani bajarishga ulgurmagan izlanuvchilarga qanday chora koʻriladi?

Javob: Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan doktorantlar Kollegial organ qarori bilan tayanch doktorantura yoki doktoranturadan chetlatiladi va o‘qishga qayta tiklanmaydi.

Doktoranturadan monitoring natijalari bo‘yicha chetlatilgan yoki dissertatsiyasini muddatida himoya qilmagan shaxslar dissertatsiyasini tugatish va himoya qilish davrida mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirilishi mumkin.

Ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasining ichki tartibi va qoidalarini buzganligi uchun o‘qishdan chetlatilgan shaxslar o‘qishga tiklanmaydi.

Yakka tartibdagi rejalarini bajarmagan mustaqil izlanuvchilarning ilmiy rahbarlari va konsultantlariga nisbatan Kollegial organ qarori bilan rahbarlik va maslahat uchun to‘lanadigan haq to‘xtatiladi.

👉 @ilmiy_darajali_kadrlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM