Abu Bakr Fozilov
1.07K subscribers
44 photos
16 videos
87 links
tahlil, taqriz, tanqid, taqlid, tahdid…

Tirikchilik.uz/phaziloff
Download Telegram
Maslahat va takliflar uchun alohida tashakkur, yaxshiyam shu kanalda borsizlar)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oiladagi har qanaqa tortishuv yakunida man:
Forwarded from SAHNA stand-up club
BUGUN! Stand-up’ingda aytasan

Yangi formatdagi ushbu shouning konsepsiyasi oddiy: siz sahnadagi komiklarga mavzu aytasiz, ular esa ayni vaqtning oʻzida hazillar oʻylab topishadi.
Sir emaski, har birimizda stand-up komiklar bilishi kerak deb hisoblagan gʻoyalar bor. Shunday ekan, keling va fikrlaringizni boʻlishing!
MAZZA QILLING!

Chiptalar shu yerda
Kulgu konsertlariga borishingizga toʻsiq boʻladigan kamida 3ta sababni aytolasizmi?

Comment yoki anonim bot muntazir)
Abu Bakr Fozilov
Kulgu konsertlariga borishingizga toʻsiq boʻladigan kamida 3ta sababni aytolasizmi? Comment yoki anonim bot muntazir)
Fikr qoldirgan hammaga rahmat!
Javoblarga koʻra, kulgu konsertiga borishga koʻp toʻsiq boʻladigan 3 sabab: Pul, Vaqt, Masofa

Albatta, bular eng muhim va ogʻriqli faktorlar

Lekin shu uchalasi sizni qiynamaganida, konsertga borgani toʻsiq boʻladigan yana 3 sabab yozolasizmi?
Sh3.
Qani, qo‘lginangni bergin jimgina,
Shu ma’sum yo‘lchiga qo‘yaylik ixlos.
Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir, xolos...

©️Abdulla Oripov
Iyun keldi seni so‘roqlab
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.

Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!
Bugun Real yutqazib bersa, tugayotgan rasvo haftam uchun ideal yakun bo‘ladi
Kroosnikidek intiho barchamizga nasib qilsin!
Марко Ройс! Мой любимый Марко Ройс! Снова становится вторым!. Он снова не чемпион...
Roysdagi omadsizliklar uchun achinsa arziydi. Eng yaxshi davrlarini jarohatlar ichida o‘tkazdi. Kattaroq klubga o‘tolmadi. O‘zini klubi bilan ham biror titul yutolmadi.

Bugun ham u tushgan minutda gol o‘tkazvorishdi. Ikkinchi golda ham, xuddi ramziy ma’no bordek, Roysdan borgan to‘pni Matsen raqibga uzatib qo‘ydi.

Alamli tarix yozib ketdi Roys...
Kubok ko‘tarish marosimini tribunani tepasida ko‘tartirishni to‘xtatib, maydonni o‘ziga qaytargani uchun UEFA'dan bir umr qarzdorman)
Uyat bo‘lsa ham aytaman: o‘tgan oy umrimda birinchi marta teatrga tushdim (maktab paytlari ma’naviyatchi opa sudrab oborgani hisobmas)

Shoir Jontemir tavsiyasi bilan “Shams-i-Qamar”ga “Kafka va K°” spektaklini ko‘rgani bordik oilaviy. Taasurotlar dahshat!

O‘tgan yili, Kafkadan “Evrilish” va “Otamga xat”ni o‘qiyotgan paytim, qachondir shu ikkala hikoyani birlashtirgan bir spektakl sahnalashtirilishi va faqat bittagina aktyor, kichkina xonachada rol ijro qilishini tasavvurimga sig‘dirolmasdim, masalan. Lekin teatr rostanam o‘ta katta qudratga egaligi, nihoyatda ko‘p narsaga qodirligini “Shams-i-Qamar”da qayta tushundim.

Teatrdagi minimalizm alohida e’tirofga loyiq: sahnada ham, sahnaortida ham deyarli hech narsa yo‘q, byudjet va daromad nol, jamoada bor-yo‘g‘i uch kishi... Biroq san’atga muhabbat, jonkuyarlik, professionalizm... Xullas, u yerda puldan boshqa hamma narsa bor ekan, do‘stlar. Yashashda davom etishga sabablarning hammasini o‘sha yerda ko‘rdim)

@phaziloff
Anchadan beri yozmay qoʻydim, manimcha
Atoqli stendap komik Sergey Orlovning konsert va suhbatlarini koʻrib chiqyapman. Aka 30 yoshda, Rossiyaning 3 ming kishi yashaydigan, sivilizatsiyadan ancha ortda qolgan bir provinsiyasidan Moskvaga “osilib kelgan” va hozirda eng mashhur, eng boy va eng kuchli komiklar qatoriga kiradi. Va eng qizigʻi bu evolyutsiya 10 yildan kamroq vaqt ichida sodir boʻlgan.

Brat aytyapti: 8 yil oldin biz zoʻrgʻa kun koʻrar holimizda stendap qilardik. U paytda hali hech kimga qiziq emasdi bu janr, stendap nimaligini tushunmasdi ham odamlar. Ijoddan tashqari, kimdir taksistlik qilardi, kimdir konduktor. (Manba: Aleksandr Sokolovskiy podkasti)

Yuqoridagi fikrlar man uchun qiziqarli tuyuldi.

Rostanam stendap Rossiyani juda qisqa vaqt ichida egallab oldi. Tasavvur qilyapsizlarmi, ungacha bu bratlar hech kim tushunmagan bu ajnabiycha nomdagi sohada shunchaki entuziazm bilan yashab yuraverishgan.

Orlov aytgan paytlar manga bizdagi hozirgi holatni eslatdi. Endi davomi ham bir xil chiqishi uchun yana 5-6 yil kutish kerak, xolos)

Stendap borasidagi qarashlarim baribiram ancha optimistik.

Aytgancha, oʻzi nega Seryoja qiziq personaj man uchun? Qiziqarli va ta’sirli hayot yoʻlidan tashqari, nihoyatda samimiy gapirishi bilan istalgan odamda empatiya uygʻota olishi hurmatga loyiq. Gaplaridan xuddi oʻsha payt, oʻsha atmosferaga tushirib qoʻyadi odamni.

@phaziloff