Abu Bakr Fozilov
1.29K subscribers
49 photos
18 videos
100 links
tahlil, taqriz, tanqid, taqlid, tahdid…

Tirikchilik.uz/phaziloff
Download Telegram
Spoyler uchun uzr, lekin deyarli hammasi noto‘g‘ri ketyapti
Dardini doston qilib, keyin o‘chirib yuboradiganlarni xushlamasdim aslida. Lekin hayot majbur qilarkan)
Abu Bakr Fozilov
Dardini doston qilib, keyin o‘chirib yuboradiganlarni xushlamasdim aslida. Lekin hayot majbur qilarkan)
Shunaqa qiladiganlarni miyasida muammo bor deb hisoblardim. Fikrim o‘z kuchida hamon, rostanam shunday ekan)
Xullas, gap nima haqida edi o‘zi?

Orlov haqidagi post izohlarida Iqtisodchi Martin qadrdonimiz o‘ta odilona fikrni o‘rtaga tashladi.

“Zukkolar va landavurlar”ni o‘qiganlar bilsa kerak, rostanam to‘g‘ri paytda, to‘g‘ri joyga to‘g‘ri kelib qolish judayam muhim faktor. Talant yoki mehnat masalasida ko‘p tortishuvlarni ko‘rganmiz. Lekin o‘sha “to‘g‘ri joy va vaqt” omili bo‘lmasa, na talant, na mehnat kishiga yordam berolmay qolishi mumkin.

Qachondir ko‘tarilib ketsam, intervyularimdagi yig‘idan to‘xtagan joyimda bu haqda batafsil, tushunarliroq qilib aytib beraman.

Biroq 2024-yil 20-iyun holatiga ko‘ra, pessimistik kayfiyatdaligimni hisobga olsak, qariganimda yuqoridagi bir tiyinga qimmat fikrlarimning batafsil bayonini shunchaki go‘rimga olib ketsam kerak)
Deyarli Instagram’siz yashayapman, aytgancha, Twitter’ni ham telefondan o‘chirdim)

Aniq sanasi esimda yo‘q, lekin 20 kuncha bo‘lib qoldi. O‘chirganimni dastlabki kunlarida baribir kompyuterdan kirvolardim. Keyin buniyam kamaytirdim ancha. Qisqa videolarga o‘rganib qolgan miyam keyin o‘zini Youtube shorts’ga urdi. Bundanam qutulvoldik amallab. Qisqa videolar deyarli qiziqtirmay qo‘ydi, aksincha, yoqimsiz tuyulyapti hozir. Yagona muammo — bularning o‘rniga foydaliroq ish qilmadim hali)
Bek degan depressiya testi bor ekan. 21 savollik test bilan hozirgi depressiya darajangizni bilib berarkan. Ertalab yechib ko‘rdim. Shkala bo‘yicha maksimali 63 ball. Manda 22 chiqdi. Normativlari bo‘yicha bu o‘rta darajadagi depressiya deb yozib qo‘yibdi. Jin ursin, ertalabdan depressiyalik bo‘voldim-da, xullas)
Abu Bakr Fozilov
Bek degan depressiya testi bor ekan. 21 savollik test bilan hozirgi depressiya darajangizni bilib berarkan. Ertalab yechib ko‘rdim. Shkala bo‘yicha maksimali 63 ball. Manda 22 chiqdi. Normativlari bo‘yicha bu o‘rta darajadagi depressiya deb yozib qo‘yibdi.…
Rostini aytsam, og‘ir depressiya degan javob keladi deb o‘ylovdim. O‘rtacha degan javobdan ko‘nglim ko‘tarildi oz bo‘lsayam)

Tavsiya qilaman, tirik paytinglarda topshirib ko‘ringlar sizlaram)
Quyidagi roʻyxatga qoʻshilish uchun kundan-kunga noloyiqlashib ketyapman. Lekin sizlar albatta ulanib qoʻyinglar!

https://t.me/addlist/LNJ9I8bQEeFlYTdi
Dangasalikni yengish kerak, o‘rtoqlar! Agar dangasalik qilmaganimda, Germaniya nimaga chempion bo‘lolmasligi haqida 3 hafta oldin bir daftarlik post yozib, hozir o‘shani eslatib maqtanib o‘tirgan bo‘lardim
Mana shu yigitlar bugun konsert tasvirga olishyapti. Boringlar, zero Youtube’ga chiqqanida “bekor bormagan ekanman” deb qolmanglar!

Chiptalar shu yerda

Germaniya haqida yozishga kechikdim, lekin shu bachalarni kelajagi porloqligi haqida vaqtida yozyapman)
Insoniyat oldida turgan ustuvor vazifalardan biri — Shaka TOPligini anglash va tan olish.

@phaziloff
Bola payting “choʻmilishga boraman” deganingda onang:
Hamma balo zerikish va uyqusizlikdan kelib chiqadi: tun yarmidan oqqanda Timur Alixonov bilan to‘yi nimaga atmen bo‘lgani haqidagi Yunettaning bir soatlik intervyusini ko‘rib o‘tiribman, masalan...
Forwarded from Bookerberg
"Non-Fiction" loyihasining birinchi soni chiqdi!

Loyihamizning dastlabki soni Jeyms Robinson va Daren Ajemog’luning “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi haqida.

Do'stlar, kanalga obuna bo'linglar, like bosinglar va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib qoldiringlar.

📌 https://youtu.be/2qk1FPsAHOU

@Bookerberg
Abu Bakr Fozilov
"Non-Fiction" loyihasining birinchi soni chiqdi! Loyihamizning dastlabki soni Jeyms Robinson va Daren Ajemog’luning “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” kitobi haqida. Do'stlar, kanalga obuna bo'linglar, like bosinglar va izohlarda o'z fikrlaringizni yozib…
Bunisi jiddiy lekin

Nazarbek aka uzoq yillar kutilgan Youtube loyihasini boshlabdi. Judayam kerakli loyiha. Iltimos, o‘tinglar, ko‘ringlar, layk bosinglar va izoh yozinglar. Bu muhim!

Misol uchun, izohda “Omad, bosing” deb turib, davomidan “lekin bu hali hammasi emas, ko‘proq o‘z ustingizda ishlang, illustratsiyalar kam, yana bir nimalar qo‘shsangiz bo‘lardi” degan tanqidlarni ham yozsanglar yaxshi bo‘ladi. Nima bo‘lsayam, yozinglar. Har holda o‘z shaxsiy fikriga ega insonlarmiz-ku hammamiz)

@phaziloff
Toʻyda «Седая ночь»ni oʻtkazib yuborishi uchun ashulachiga pul qistirishdi. Shatunov tirik boʻlganda, bugun baribir oʻlardi

@phaziloff