Abu Bakr Fozilov
1.02K subscribers
46 photos
17 videos
94 links
tahlil, taqriz, tanqid, taqlid, tahdid…

Tirikchilik.uz/phaziloff
Download Telegram
Bachala, kelingla)
Kecha “Like cup”da 3-o‘rinni oldik, emotsiyalar dahshat! Lekin e’tibor qaratiladigan boshqa jihat bor:

Karantinda vayn sohasi gullab-yashnadi. Lekin avvaliga vaynerlar jiddiy qabul qilinmadi. Hamma ustidan kulardi ularni. Amirxon shou'ga chaqirib, o‘rtaga olib qarg‘ashardi ma’naviyatparvar amaki-xolalar.

Endi esa aynan o‘sha telekanal, ayni o‘sha vaynerlarni bir joyga yig‘ib, seriallarni to‘xtatib turib, hafta davomida praym-taymni o‘shalarga bag‘ishladi. Bu safar ular qahramon rolida.

Ko‘p narsa o‘zgarmadi. Shunchaki vaqt o‘tdi, xolos. Vaqt rostanam hamma narsaga davo, bachalar)

Pul va mediadagi aktiving bo‘lsa, dunyoni o‘zgartirish osonligiga shubha qolmadi endiyam)

@phaziloff
Abu Bakr Fozilov
Oylik 5-sanagacha tushsa:
Stendap haqidagi har bitta suhbatda “Malades”ni misol keltiraverib qiynalib ketgandim: qaysidir hazilni misol qilasiz, lekin konsertni oʻzi yoʻq) Vanihoyat, Juma kuni premyera boʻlarkan.
Hesseni o‘qish kerak, majburiy o‘qish va o‘qitish kerak)

Brat bilan ancha yaqin bo‘lib ketdik. O‘tgan yili “Cho‘l bo‘risi” orqali o‘zgacha ta’sir o‘tkazuvdi. Bu yil esa “Nyunbergga sayohat” va albatta, “Sidhartha”.

Hesse asarlarining deyarli hammasi o‘z “men”ini topish yo‘lidagi izlanishlarga bag‘ishlanadi. Adib o‘z qahramonini ming ko‘yga soladi va yakunda kutilmagan nimadirni chiqarib beradi. Asarlarini tugatgan o‘quvchi ancha vaqt miyasi bilan urishib yurishi uchun qo‘liga juda ko‘p narsa tutqizadi aka. 100 yildan oshgan bo‘lsa-da, bratning yoziqlari hamon dolzarb. Hattoki, bugungi kun uchun yozilgan deyish ham mumkin. Hesseni o‘qiylik, do‘stlar)
Herman Hessega simpatiyam uyg‘onishiga katta sabablardan bittasi — yumorga nisbatan qarashlarimiz.

“Cho‘l bo‘risi”da odamlarga faqat va faqat yumor yordam berolishi haqida aytib ketgan joyi bor. “Nyunbergga sayohat”da qayta-qayta “yumorsiz hech kim emasmiz” qabilida gaplar aytadi.

Faqat yumor bizni qutqaradi, deyish sal mubolag‘ali, lekin baribir usiz hayotni tasavvur qilishimiz qiyin rostanam.
Bachala, man umuman fikrlarimni tuzuk ifodalolmay qolyapman (yoki qadimdan shunday edim).

Suhbatlarda, ishda, ko‘chada, sahnada fikrlarimni tayinli, lo‘nda qilib aytib berolmayapman. Yozish bilan xuddi shunday: tugal fikr yo‘q. Oxirgi oylarda qattiq degradatsiya ketyapti manda.

Diqqat yetishmovchiligi, prokrastinatsiya, o‘qish-o‘rganishga nisbatan xohishning yo‘qligi miyamni o‘rtayapti. Foydali harakatlar kamayib boryapti.
“Atom odatlar”ni o‘qishni boshladim, balki nimadir o‘zgarar
Motivatsion, self-help janridagi allambalo kitoblarga umuman qiziqishim yo‘q. Lekin hayotni yaxshilamasa bo‘lmayapti. Shunchaki miyamdagi dunyoda yashash bilan ish bitadigan ko‘rinmadi. Tirik qolish tirikchilik qilish ham kerak)
“Martin Iden”ni qayta o‘qivorishlik holat)
“Chol va dengiz”ni o‘qish qaroriga keldim, shuniyam eplolmay, hafta oxirigacha tugatmasam, mendan kechvoringlar
Maslahat va takliflar uchun alohida tashakkur, yaxshiyam shu kanalda borsizlar)
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oiladagi har qanaqa tortishuv yakunida man:
Forwarded from SAHNA stand-up club
BUGUN! Stand-up’ingda aytasan

Yangi formatdagi ushbu shouning konsepsiyasi oddiy: siz sahnadagi komiklarga mavzu aytasiz, ular esa ayni vaqtning oʻzida hazillar oʻylab topishadi.
Sir emaski, har birimizda stand-up komiklar bilishi kerak deb hisoblagan gʻoyalar bor. Shunday ekan, keling va fikrlaringizni boʻlishing!
MAZZA QILLING!

Chiptalar shu yerda
Kulgu konsertlariga borishingizga toʻsiq boʻladigan kamida 3ta sababni aytolasizmi?

Comment yoki anonim bot muntazir)
Abu Bakr Fozilov
Kulgu konsertlariga borishingizga toʻsiq boʻladigan kamida 3ta sababni aytolasizmi? Comment yoki anonim bot muntazir)
Fikr qoldirgan hammaga rahmat!
Javoblarga koʻra, kulgu konsertiga borishga koʻp toʻsiq boʻladigan 3 sabab: Pul, Vaqt, Masofa

Albatta, bular eng muhim va ogʻriqli faktorlar

Lekin shu uchalasi sizni qiynamaganida, konsertga borgani toʻsiq boʻladigan yana 3 sabab yozolasizmi?
Sh3.
Qani, qo‘lginangni bergin jimgina,
Shu ma’sum yo‘lchiga qo‘yaylik ixlos.
Shoirlar aldaydi bizni, jonginam,
Bahor doim emas, uch oydir, xolos...

©️Abdulla Oripov
Iyun keldi seni so‘roqlab
Telegram`da foydali va qiziqarli kanallar tobora ko'payib bormoqda. Bugun biz sizning e'tiboringizga adabiyot va kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi eng sara kanallarni havola etamiz.

Barcha kanallarga a'zo bo‘lish uchun havolani BOSING!