Bugun Real yutqazib bersa, tugayotgan rasvo haftam uchun ideal yakun bo‘ladi
Марко Ройс! Мой любимый Марко Ройс! Снова становится вторым!. Он снова не чемпион...
Abu Bakr Fozilov
Bugun Real yutqazib bersa, tugayotgan rasvo haftam uchun ideal yakun bo‘ladi
Haftamni saqlab qolgani uchun Anchelottilar oilasiga rahmat)
Roysdagi omadsizliklar uchun achinsa arziydi. Eng yaxshi davrlarini jarohatlar ichida o‘tkazdi. Kattaroq klubga o‘tolmadi. O‘zini klubi bilan ham biror titul yutolmadi.
Bugun ham u tushgan minutda gol o‘tkazvorishdi. Ikkinchi golda ham, xuddi ramziy ma’no bordek, Roysdan borgan to‘pni Matsen raqibga uzatib qo‘ydi.
Alamli tarix yozib ketdi Roys...

Kubok ko‘tarish marosimini tribunani tepasida ko‘tartirishni to‘xtatib, maydonni o‘ziga qaytargani uchun UEFA'dan bir umr qarzdorman)
Uyat bo‘lsa ham aytaman: o‘tgan oy umrimda birinchi marta teatrga tushdim (maktab paytlari ma’naviyatchi opa sudrab oborgani hisobmas)
Shoir Jontemir tavsiyasi bilan “Shams-i-Qamar”ga “Kafka va K°” spektaklini ko‘rgani bordik oilaviy. Taasurotlar dahshat!
O‘tgan yili, Kafkadan “Evrilish” va “Otamga xat”ni o‘qiyotgan paytim, qachondir shu ikkala hikoyani birlashtirgan bir spektakl sahnalashtirilishi va faqat bittagina aktyor, kichkina xonachada rol ijro qilishini tasavvurimga sig‘dirolmasdim, masalan. Lekin teatr rostanam o‘ta katta qudratga egaligi, nihoyatda ko‘p narsaga qodirligini “Shams-i-Qamar”da qayta tushundim.
Teatrdagi minimalizm alohida e’tirofga loyiq: sahnada ham, sahnaortida ham deyarli hech narsa yo‘q, byudjet va daromad nol, jamoada bor-yo‘g‘i uch kishi... Biroq san’atga muhabbat, jonkuyarlik, professionalizm... Xullas, u yerda puldan boshqa hamma narsa bor ekan, do‘stlar. Yashashda davom etishga sabablarning hammasini o‘sha yerda ko‘rdim)
@phaziloff

Uyat bo‘lsa ham aytaman: o‘tgan oy umrimda birinchi marta teatrga tushdim (maktab paytlari ma’naviyatchi opa sudrab oborgani hisobmas) Shoir Jontemir tavsiyasi bilan “Shams-i-Qamar”ga “Kafka va K°” spektaklini ko‘rgani bordik oilaviy. Taasurotlar dahshat!…
Yaqinroq tanishish va his qilish uchun mana shu podkastni ko‘rishni tavsiya qilaman
YouTube
Eng kichkina va eng jonli o'zbek teatri I 1844 podkast
O’z sahnasi va moddiy tayanchga ega bo’lmasdan turib ko’pchilik qalbidan joy olib kelayotgan O’rta Osiyodagi eng kichkina va eng jonli teatr. O'ta kamtarin va mag’rur, dolzarb va egilmas, tirik va hech narsaga qaramay - haqiqiy teatr yaratish uchun o’z hayotini…
Atoqli stendap komik Sergey Orlovning konsert va suhbatlarini koʻrib chiqyapman. Aka 30 yoshda, Rossiyaning 3 ming kishi yashaydigan, sivilizatsiyadan ancha ortda qolgan bir provinsiyasidan Moskvaga “osilib kelgan” va hozirda eng mashhur, eng boy va eng kuchli komiklar qatoriga kiradi. Va eng qizigʻi bu evolyutsiya 10 yildan kamroq vaqt ichida sodir boʻlgan.
Brat aytyapti: 8 yil oldin biz zoʻrgʻa kun koʻrar holimizda stendap qilardik. U paytda hali hech kimga qiziq emasdi bu janr, stendap nimaligini tushunmasdi ham odamlar. Ijoddan tashqari, kimdir taksistlik qilardi, kimdir konduktor. (Manba: Aleksandr Sokolovskiy podkasti)
Yuqoridagi fikrlar man uchun qiziqarli tuyuldi.
Rostanam stendap Rossiyani juda qisqa vaqt ichida egallab oldi. Tasavvur qilyapsizlarmi, ungacha bu bratlar hech kim tushunmagan bu ajnabiycha nomdagi sohada shunchaki entuziazm bilan yashab yuraverishgan.
Orlov aytgan paytlar manga bizdagi hozirgi holatni eslatdi. Endi davomi ham bir xil chiqishi uchun yana 5-6 yil kutish kerak, xolos)
Stendap borasidagi qarashlarim baribiram ancha optimistik.
Aytgancha, oʻzi nega Seryoja qiziq personaj man uchun? Qiziqarli va ta’sirli hayot yoʻlidan tashqari, nihoyatda samimiy gapirishi bilan istalgan odamda empatiya uygʻota olishi hurmatga loyiq. Gaplaridan xuddi oʻsha payt, oʻsha atmosferaga tushirib qoʻyadi odamni.

Spoyler uchun uzr, lekin deyarli hammasi noto‘g‘ri ketyapti
Ogohlantirmadi demanglar oxirida)
Dardini doston qilib, keyin o‘chirib yuboradiganlarni xushlamasdim aslida. Lekin hayot majbur qilarkan)
Abu Bakr Fozilov
Dardini doston qilib, keyin o‘chirib yuboradiganlarni xushlamasdim aslida. Lekin hayot majbur qilarkan)
Shunaqa qiladiganlarni miyasida muammo bor deb hisoblardim. Fikrim o‘z kuchida hamon, rostanam shunday ekan)
Xullas, gap nima haqida edi o‘zi?
Orlov haqidagi post izohlarida Iqtisodchi Martin qadrdonimiz o‘ta odilona fikrni o‘rtaga tashladi.
“Zukkolar va landavurlar”ni o‘qiganlar bilsa kerak, rostanam to‘g‘ri paytda, to‘g‘ri joyga to‘g‘ri kelib qolish judayam muhim faktor. Talant yoki mehnat masalasida ko‘p tortishuvlarni ko‘rganmiz. Lekin o‘sha “to‘g‘ri joy va vaqt” omili bo‘lmasa, na talant, na mehnat kishiga yordam berolmay qolishi mumkin.
Qachondir ko‘tarilib ketsam, intervyularimdagi yig‘idan to‘xtagan joyimda bu haqda batafsil, tushunarliroq qilib aytib beraman.
Biroq 2024-yil 20-iyun holatiga ko‘ra, pessimistik kayfiyatdaligimni hisobga olsak, qariganimda yuqoridagi bir tiyinga qimmat fikrlarimning batafsil bayonini shunchaki go‘rimga olib ketsam kerak)

Deyarli Instagram’siz yashayapman, aytgancha, Twitter’ni ham telefondan o‘chirdim)
Aniq sanasi esimda yo‘q, lekin 20 kuncha bo‘lib qoldi. O‘chirganimni dastlabki kunlarida baribir kompyuterdan kirvolardim. Keyin buniyam kamaytirdim ancha. Qisqa videolarga o‘rganib qolgan miyam keyin o‘zini Youtube shorts’ga urdi. Bundanam qutulvoldik amallab. Qisqa videolar deyarli qiziqtirmay qo‘ydi, aksincha, yoqimsiz tuyulyapti hozir. Yagona muammo — bularning o‘rniga foydaliroq ish qilmadim hali)

Bek degan depressiya testi bor ekan. 21 savollik test bilan hozirgi depressiya darajangizni bilib berarkan. Ertalab yechib ko‘rdim. Shkala bo‘yicha maksimali 63 ball. Manda 22 chiqdi. Normativlari bo‘yicha bu o‘rta darajadagi depressiya deb yozib qo‘yibdi. Jin ursin, ertalabdan depressiyalik bo‘voldim-da, xullas)
Abu Bakr Fozilov
Bek degan depressiya testi bor ekan. 21 savollik test bilan hozirgi depressiya darajangizni bilib berarkan. Ertalab yechib ko‘rdim. Shkala bo‘yicha maksimali 63 ball. Manda 22 chiqdi. Normativlari bo‘yicha bu o‘rta darajadagi depressiya deb yozib qo‘yibdi.…
Rostini aytsam, og‘ir depressiya degan javob keladi deb o‘ylovdim. O‘rtacha degan javobdan ko‘nglim ko‘tarildi oz bo‘lsayam)
Tavsiya qilaman, tirik paytinglarda topshirib ko‘ringlar sizlaram)

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mashnaqamushman)