Pharmi Library
450 subscribers
1.03K photos
118 videos
66 files
94 links
Farmatsevtikaga oid OTM adabiyotlari, mahalliy va xorijiy davriy nashrlar, yangi nashr darsliklari, ARMga tegishli xabarlar,tanlovlar haqida ziyo maskani.
Murojaat va takliflar uchun:
+99899 886-02-83

https://t.me/library_chatt
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿Islom Karimovning bolalik va oʻsmirlik yillari haqida film

Bugun, 2-sentyabr Oʻzbekiston respublikasining Birinchi prezidenti Islom Karimovning vafot etgan kuni.

Islom Karimov 1938-yilning 30-yanvar kuni Samarqandda tavallud topgan, 2016-yilning 2-sentyabr kuni Toshkentda vafot etgan.

👉 @pharmi_library 👈
1
Hurmatli Farmatsevtika instituti talabalari!
Axborot-resurs markazi 2024-2025 òquv yili mobaynida foydalanilgan kitoblarni topshirishingizni sórab qoladi.

Yangi òquv yili kitoblarini olishda muamolar bòlmasligi uchun kutubxonaga kelib o‘z vaqtida topshirishingizni so'raymiz.

📚 Sanoat farmatsiyasi yo‘nalishi talabalari kitoblarini institutning Qora-qamish filiali ARM ga topshirishadi.

⏺️ Dushanba-juma kunlari soat 8:30-16:30, shanba 8:30-14:30 gacha kitoblar qabul qilinadi.

@pharmi_library
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Farzandlarimiz bizdan ko‘ra bilimdon, kuchli, aqlli, dono va albatta bizga nisbatan baxtli bo‘lishlari shart.
Islom Karimov

@pharmi_library
4👎1🔥1
8-sentabr

Dogʻiston shoiri Rasul Hamzatov tavallud topgan kun

🔹Dogʻistonning Xunzax tumaniga qarashli Sada qishlogʻida xalq shoiri Hamzat Sadasa oilasida dunyoga kelgan.
🔹1945–1950-yillarda Moskvada Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutida tahsil olgan.
🔹Avarchi, koʻchma avar teatrida rejissyor yordamchisi, respublika gazeta tahririyati va radio qoʻmitasida adabiy xodim boʻlib ishlagan.
🔹Ilk sheʼrlar toʻplami — "Ilhombaxsh muhabbat, olovli nafrat" (1943)
🔹“Haroratli ishq va kuydurguvchi gʻazab” (1943), “Mening Vatanim” (1950), “Bizning togʻlar” (1947), “Akam qissasi” (1952), “Dogʻiston bahori” (1955), “Tugʻilgan yilim” (1950), “Qalbim togʻlarda” (1959) singari oʻnlab sheʼriy toʻplamlarini, shuningdek, “Togʻ qizi” (1958) va “Otam bilan suhbat” (1953) dostonlarini taqdim etgan.
🔹Gʻafur Gʻulom, Asqad Muxtor, Hamid Gʻulom, Shukrullo, Abdulla Oripov singari oʻzbek shoirlari bilan ijodiy aloqada boʻlgan.


Bizni kuzatishda davom eting. @pharmi_library
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #eslatma

📹 Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi. Buning uchun 15-sentyabrgacha tavsiya etilgan oliygoh rahbari nomiga ariza bilan murojaat qilish lozim.

Bizni kuzating
@pharmi_library
👍1
#iqtibos

Men bir narsaga hayron bo‘laveraman, qachon qaramang, to‘rtta odam yig‘ilsa, farzand tarbiyasining og‘irligi, ularni odam qilishning azobligi to‘g‘risidagi hasratga duch kelamiz. O‘-o‘-v birodarlar, buning eng oson, eng arzon, eng samarali yo‘li – usuli shundoq yoningizda turibdi-ku: bolangizni kitob o‘qishga o‘rgating, uning ko‘nglida badiiy adabiyotga mehr va muhabbat uyg‘oting, farzandlaringizga uch-to‘rt so‘mni qizg‘anmay muntazam kitob olib bering! Axir dunyoda kitobdan ham aqlliroq, undan ham donoroq biror ustozni topib bo‘ladimi? Axir kitoblarda yo‘q narsaning o‘zi yo‘q-ku! Odamni odam qiladigan jamiki kuch qudrat, hikmat, go‘zallik, aql va odob kitoblarda “mana-man” deb turibdi-ku! Nahotki, bu buyuk ne’matdan, bebaho boylikdan bebahra bo‘lib ham odam bo‘lish mumkin deb o‘ylasangiz?!

Ozod Sharofiddinov O‘zbekiston qahramoni.

Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
2🔥1
#hikmat

Kitob uxlash uchun o‘qilmaydi, uyg‘onish uchun o‘qiladi.

📝 Hayati Inanch.


Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
2🔥1
12-sentabr Iste’dodli shoir Shavkat Rahmon tavallud topgan kun.

⚡️ Qisqa umr ko'rib, ammo o'zidan zalvorli ijod namunalarini qoldirgan Shavkat Rahmon 1950-yilning 12-sentyabrida O‘sh viloyatining Qorasuv tumaniga qarashli Pomir mahallasida xizmatchi oilasida tug‘ilgan.

⚡️ Moskvadagi Adabiyot institutini (1975) tugatgach G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir va bo‘lim boshlig‘i, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas’ul xodim bo‘lib ishlagan.

⚡️ F.G. Lorka («Saylanma», 1979), X.R. Ximenas, A.Alberti she’rlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

⚡️ O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi (1996).

⚡️ Shavkat Rahmon 46 yashar paytida (1996-yil 2-oktabr) Toshkentda olamdan o`tgan.

Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
🔥1
🔥1
Gul deganing nima sening?
Uch-to‘rt tikon, biroz yaproq,
Nedur sen sevgan bu hayot?
Uch-to‘rt nafas, so‘ngra tuproq.

Jaloliddin Rumiy

Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
2👍1🔥1
Forwarded from Electronic books Pharmi (Admin)
🔰 YANGI NASHR
📚 Odam Anatomiyasi atlasi 1,2 tom
▪️ Sh.J.Teshaev, E.A.Xaribova
▪️ Toshkent-2019
Tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining "Davolash ishi" yo'nalishi talabalari uchun.
Kitobdan kutubxonaga kelib foydalanishingiz mumkin.
@pharmi_library
2
#iqtibos

Kitob o‘qiydigan qizlar osonlikcha sevmaydi. Ularning ko‘ngliga ular o‘qigan asarlarni o‘qibgina yo‘l topasan.

F. M. Dostoyevskiy
Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
9🔥4🤓2👍1
🔰DETEKTIV QIROLICHASI

Agata Kristi nomi adabiyot ixlosmandlariga yaxshi tanish.

Agata Kristi 60 ga yaqin detektiv roman, 19 ta hikoyalar toʻplami va 6 ta psixologik roman muallifi. Kristi kitoblari 4 milliarddan ziyod adadda chop etilgan, dunyoning 100 ga yaqin tillariga tarjima qilingan.

Uning detektiv romanlari hozirga qadar (“Bibliya” va Shekspirdan soʻng) eng koʻp nusxada nashr qilinadi.

Kristi sahna asarlari ham yozgan. Uning 16 ta pyesasi London teatrida qoʻyilgan. “Qopqon” nomli pyesasi ilk bor 1952-yili sahnalashtirilgan boʻlib, hozirgacha toʻxtovsiz namoyish etib kelinadi.

Agata Kristining birinchi detektiv romani — “Staylzdagi sirli hodisa”.

Agata Kristi asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi, personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi.

“Detektiv zoʻrovonlik emas! Detektiv — axloq hikoyasi.” — deb yozgandi Agata Kristi oʻz tarjimai holida.

🗣 Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
Eʼtiboringizga Agata Kristining “Izquvar Puaro” romanini havola etamiz.

Mazkur romanda jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuygʻusi va sezgirligi tufayli ochiladi.

🗣 Maroqli mutolaa tilaymiz!

Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
👍1
#iqtibos

📌 Ayollar hammasi bir-biriga o‘xshaydi. Ularni faqat hayo ajratib turadi.

🖌 Shayx Ali Tantoviy "Ey qizim"

Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
7
⚡️🎫 O‘zbekistonda kasblar va tillarni bepul o‘rganish uchun vaucherlar beriladi

📍 Vazirlar Mahkamasi rasmiy daromadga ega bo‘lmagan shaxslar, ishsizlar va kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatidagi oilalar maxsus vaucherlar olishlari mumkinligi to‘g‘risidagi hujjatni tasdiqladi.

📝 Qanday olish mumkin:
– Arizani Bandlik vazirligining tuman bo‘limlariga, hokimlar yordamchilariga yoki ecosys.mehnat.uz platformasi orqali topshirish mumkin.

Amal qilish muddati:
Vaucher 3 oy davomida amal qiladi va bir marta bepul kasbiy ta’lim yoki til kurslarida o‘qish huquqini beradi.


Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
1
📊 Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyul oylarida 10,7 ming nafar chet ellik talaba ta’lim olish uchun O‘zbekistonga kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 2 ming nafarga ko‘payib, 22,4 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi.

🌍 Eng ko‘p talaba kelgan davlatlar:
🇹🇲 Turkmaniston — 3,2 ming
🇮🇳 Hindiston — 2,8 ming
🇹🇯 Tojikiston — 1,2 ming
🇨🇳 Xitoy — 532
🇰🇷 Janubiy Koreya — 428
🇵🇰 Pokiston — 377
🇰🇬 Qirg‘iziston — 286
🇺🇸 AQSh — 254
🇦🇫 Afg‘oniston — 193
🇹🇷 Turkiya — 181
🌐 Boshqa davlatlar — 1,2 ming

📈 Statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xorijiy yoshlarda tobora ommalashib bormoqda. Bu jarayon mamlakatning ta’lim eksporti va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirishga xizmat qiladi.


Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌸 Tabassumning qudrati

Bir kishi har kuni bozorda savdo qilardi. U doim xaridorlarini tabassum bilan kutib olardi.

Bir musofir undan so‘radi:
— Sening yuzingdan tabassum arimaydi. Senda hech qanday qiyinchilik yoki tashvish bo‘lmaydimi?

Sotuvchi javob berdi:
— Albatta, mening ham tashvishlarim bor. Lekin men shuni angladimki: men tabassum qilsam, dardim yengillashadi, bundan xaridorlarim ham yuragida nur his qiladi. Agar yuzimni tund qilsam, ularni ham diliga soya tushadi.

Shu odatim tufayli odamlar mendan na faqat xarid qilish uchun, balki qalblariga nur olish uchun ham keladigan bo‘lishdi.

Xikmat: Tabassum – kichik amal, lekin u qalblarga nur, hayotga yengillik bag‘ishlaydi.

Bizni kuzating 👉@pharmi_library👈
6🔥1🤓1