Peshqadam Karvoni
8.04K subscribers
2.54K photos
587 videos
1.53K links
"PESHQADAM KARVONI" jamiyatining rasmiy sahifasi

📝 Loyihaga qo‘shilish uchun so‘rovnoma: https://forms.gle/UnuvWYKuyoGmdtbM8

Murojaatlar uchun: @peshqadam_murojaat
Download Telegram
Gʻijduvonda kitobxonlikka yangi qadam: “Toʻqimachilik” mahallasida zamonaviy kutubxona ochildi!

🗺 Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi “Toʻqimachilik” mahallasida yashovchi kitobxonlar uchun ajoyib yangilik! Shu kunlarda 61-maktab binosida zamonaviy kutubxona oʻz ishini boshladi.

🔔 Ochilish marosimi
2025-yil 21-avgust kuni boʻlib oʻtgan tantanali marosimda mahalla faollari, oʻqituvchilar va ota-onalar ishtirok etishdi. Nuroniy onaxonlarning duolari bilan boshlangan bu xayrli ish barchani birdek xursand qildi.


🏛 Kutubxona imkoniyatlari
Hozirda kutubxona fondi 187 ta kitobdan iborat boʻlib, ular orasida ilmiy, badiiy, psixologik va bolalar adabiyoti yoʻnalishidagi asarlar mavjud. Bu yerda shunchaki kitob oʻqishdan tashqari boshqa imkoniyatlar ham yaratilgan:

• qulay oʻquv stollari

•elektron manbalardan foydalanish uchun kompyuter va planshet


📋 Kimlar uchun?
Kutubxonadan nafaqat 61-maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari, balki mahalla ahlining barcha vakillari: ota-onalar, yoshlar va keng jamoatchilik bepul foydalanishlari mumkin.


📣 Kelajak rejalari
Tashkilotchilar kelajakda “Zakovat” klublarini yoʻlga qoʻyish, turli adabiy tadbirlar, marafonlar va mahorat darslarini oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Ushbu xayrli tashabbus “Peshqadamlar karvoni” “Kitobxonlikni rivojlantirish” yoʻnalishi aʼzosi Mamatojiyeva Dilnozaxon tomonidan ilgari surilgan.

Marosimda ishtirok etgan mehmonlar kutubxonaga kitoblar sovgʻa qilish va homiylik qilish boʻyicha oʻz takliflarini bildirishgan. Agar siz ham kitobxonlikni rivojlantirishga oʻz hissangizni qoʻshishni istasangiz, tashabbusga befarq boʻlmang!


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
218
#Kutubxonalar_tanlovi

“Ilm – insonning o‘zi bilan o‘lmaydigan merosidir”.


✍️ Abu Rayhon Beruniy

📍 Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Donishmand mahallasi.
🏠 Abdullayev Muhammad kutubxonasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36🔥18👍17🤩1211😢4🏆3👏1💯1
#buyuk_xotira

Shayx hazratlarining asarlari

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari qoldirgan meros — ilm va hikmatga toʻla bebaho xazina.


❤️ U zotning taʼliflari bugungi kunda ham minglab insonlar qalbiga nur olib kirmoqda.

✍️ Keling, hazrat yozib qoldirgan asarlar bilan tanishamiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19😭6😢3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Peshqadamlar karvoni va Registon Taʼlim loyihasi uchrashuvi

📆 22-avgust kuni Peshqadamlar karvoni jamiyati va Peshqadam Maktabi oʻquv markazi vakillari Registon taʼlim markaziga taklif qilindilar. Uchrashuvda loyiha asoschilaridan biri Shohida Turdiqulova Registon loyihasining tashkil topishi, filiallari va faoliyati haqida batafsil maʼlumot berdilar.

📍 Uchrashuv Olmazor tumanidagi filialda boʻlib oʻtdi. Bu yerda maktab, litsey va tibbiyot texnikumi faoliyati, qolaversa, kutubxonalaridagi boy adabiyotlar bilan tanishdik. Kutubxonada oʻquvchi va ustozlar kitob oʻqishlari, izlanishlari uchun juda ham keng sharoitlar qilingan ekan.

🌐 Muhim jihatlardan biri shundaki, uchrashuv davomida Peshqadam karvoni jamiyati va Registon Taʼlim loyihasi hamkorlikda kutubxona ochishga kelishildi.

Uchrashuvimiz samimiy ruhda oʻtdi. Loyihadan oʻrganishimiz kerak boʻlgan koʻp jihatlarni koʻrdik. Tez orada loyiha bilan hamkorlikdagi yangiliklarni ulashamiz degan umiddamiz.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8👍4🤩42🏆21🎉1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kitobxonlikni_rivojlantirish

Irmoqlar birlashib daryoga aylansin…

☄️ Karvonimiz tarkibida bundan 2 yil oldin “Irmoqlar” deya nom olgan kitobxonlik jamiyati oʻz faoliyatini boshlagan edi. Jamiyat aynan “Irmoqlar” deb atalganining sabablari koʻp. Mutolaadan olinadigan birgina foydani irmoqqa qiyoslasak, kitobxonlik bois inson hayotida yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar butun boshli daryoga teng boʻladi.

💡 Misol uchun, axborot manbalari koʻpayib ketgan, vaqt ham goʻyoki tezlashgan bugungi kunimizda stressga moyillik hammada kuzatiladi. Buni qarangki, kuniga atigi 6 daqiqa kitob mutolaa qilishning oʻzi insondagi stress darajasini sezilarli darajada pasaytira olar ekan.

Ikki yil oldin jamiyat aʼzolari qatoriga qoʻshilganlar mutolaadan faqat bularni emas, koʻplab manfaatlar olishdi. Shu davr mobaynida kitobxonlarning soni ham ortdi. Jamiyat oldiga qoʻygan maqsadlar yanada kattalashdi. Bugungi tadbirdan qisqa rolikni eʼtiboringizga havola qilamiz. 2 yoshga toʻlgan jamiyat faoliyati bilan bogʻliq batafsil videoni esa tez kunlarda taqdim etamiz.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🎉96👍4👏1
#Kutubxonalar_tanlovi

Ilm sizni ulug‘ qiladi, odob esa mukammal qiladi”

✍️Imom Shofe‘iy

📍 Namangan shahar, Elihona mahallasi.
🏠 Odiljonova Rayxona kutubxonasi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
36🔥81👍1🍓1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ijod manzillari: Yeseninning Toshkentdagi izlari

🗺 Sergey Yesenin — rus adabiyotining eng yorqin, eng samimiy shoirlaridan biri. Uning hayoti va ijodiga oid koʻplab sahifalar mavjud, ularning biri Toshkent bilan ham bogʻliq.

Toshkentdagi Yesenin uy muzeyi bu — nafaqat tarixiy xotira joyi, balki sheʼriyat havosi ufurib turgan maskan. Bu yerda shoir hayoti, ijodi va Oʻzbekiston bilan boʻlgan aloqalaridan hikoya qiluvchi qimmatli manbalar saqlanadi. U yerdagi har bir burchakdan Yeseninning satrlari eshitilgandek boʻladi…


📹 Videoni tomosha qilib, shoir izlarini Toshkent koʻchalaridan birda izlaymiz.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
94👍2👏1