PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
20.3K subscribers
1.26K photos
121 videos
2.34K links
Shifokor pediatr va tibbiy bloger Maqsud Muxtorovning "Pediatriya" telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#massaj_video

Chaqaloqlarda qiyshiqbo‘yinlikni oldini oldini olish uchun bajariladigan mashqlar va massaj

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Emizikli bolalarda kalsiy yetishmovchiligining ilk belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

📌Juda ko‘p terlash, ayniqsa boshning tepa qismida
📌Boshning yostiq bilan ko‘p kontakda bo‘ladigan sohalarida soch to‘kilishi;
📌Tremor (tirishish) holati – yig‘laganda iyak sohasi;
📌Baland shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yig‘lash.

Agar kalsiy yetishmovchiligi bolaning o‘tirish va yurishni boshlagan davriga to‘g‘ri kelsa, unda umurtqalarda patologik qiyshiqliklar va egriliklar kelib chiqadi. Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiyada suyaklar sinuvchanligi oshishi, tirnoqlarning ko‘chib tushishi, og‘iz burchagida yorilishlar, talvasalar, anemiyalar, bo‘g‘imlarning deformatsiyalari ko‘zga tashlanadi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍎Olmaning bolalar organizmi uchun foydali jihatlari

🍏Ichakda foydali bakteriyalar miqdorini oshiradi. Dizbakterioz paytida pektin prebiotik vazifasini bajaradi va mikroflorani normallashtiradi. Ich kelishini yaxshilaydi.
🍏Immunitetni oshiradi va astma xavfini kamaytiradi. Antioksidantlar oʻpkani oksidlovchilar bilan zararlanishdan himoya qiladi. Tez-tez olma yeyish astmaga boʻlgan xavfni 10%gacha kamaytiradi. Kversetin flavonoidi immun tizimi faoliyatini yaxshilaydi.
🍏Kislotali reflyuksni kamaytiradi. Gastroezofagial reflyuks kasalligida ovqat ratsioniga olmani kiritish kasallik simptomlarini kamaytiradi.
🍏Suyaklarning mustahkamligi va zichligini oshiradi. Olmadagi kalsiy suyaklarni mustahkamlaydi.
🍏Turli xil preparatlardan oshqozonni himoya qiladi. Xlorogen kislota va katexin oshqozonni yemirilishdan saqlaydi.
🍏Miya kasalliklarini oldini oladi. Olma sharbati miyadagi zararli faol birikmalar miqdorini kamaytiradi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
💡 Endilikda kanalimizni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishda o'z hissangizni qo'shmoqchi bo'lsangiz, DONAT qilishingiz mumkin.

Donat nima? 💲Donat (ing. donate) - loyiha (sayt, kanal, mahsulot) ni qo'llab-quvvatlash maqsadida foydalanuvchilar tomonidan loyiha egasiga qilinadigan beg'araz moliyaviy ko'mak. Bu ko'mak maxsus saytlar yoki birorta hisob raqamiga pul o'tkazish orqali amalga oshiriladi.

Donat qanday qilinadi?
Quyida turgan havola orqali o'ting va o'zingizga qulay mablag'ni yozing. So'ngra o'zingizning hisob raqamingizni to'ldirgandek mablag'ni yuborsangiz bo'ladi.

Havola:
👉https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

❗️ Har bir donat, kichikmi yoki kattami, biz uchun juda qadrli va kanalimizni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Sizning ishonchingiz va qo'llab-quvvatlanganligingiz biz uchun ilhom manbai va harakatimizni davom ettirish uchun kuch beradi.
Chaqaloqlarda kindik churrasi

Kindik churrasi–qorin old devori mushaklari paylarining rivojlanishi va o‘zaro bitishidagi buzilishlari tufayli bitmay qolgan kindik halqasidan charvi yoki ichakning teri ostiga chiqishidir. Kindik halqasi, ya’ni churra darvozasi turli o‘lchamlarda bo‘ladi. Ayrim bolalarda u 1-2 smni, boshqalarda esa 3-4 sm tashkil qiladi. Odatda bu hosilani bola tinchlanganida osonlik bilan barmoqlarimiz orqali qorin bo‘shlig‘iga tushirish imkoniyati mavjud.

Tug‘ruq paytidagi travmalar, ich kelishi va siydik chiqarishdagi qiyinchiliklar, yo‘tal tufayli bola bezovtaligining kuchayishi hisobiga churra o‘lchami kattalashib boradi. Bu esa mavjud klinik belgilar yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lishi mumkin.

❗️Eslatma: Agar bolada qisilgan churra belgilari ya'ni churra qorin bo'shlig'iga to'g'rilanmasa, qusish, meteorizm, qattiq yig'lash kuzatilsa, zudlik bolani shifokor ko'rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarga muzqaymoqni necha yoshdan berish mumkin?

🍦Biz pediatrlar bolalarga uch yoshga to'lmaguncha muzqaymoq berishni tavsiya qilmaymiz. Chunki uch yoshgacha bo'lgan bolalar oshqozon-ichak traktining ayrim funksiyalari hali to'liq shakllanmagan bo'ladi. Halqumda mahalliy immunitetning yaxshi rivojlanmaganligi hisobiga tomog‘i og‘rib qoladi. Bolalarning ovqat hazm qilish tizimi sutni yaxshi o'zlashtiradi, ammo muzqaymoq tarkibidagi boshqa qo'shimchalar unga og'irlik qiladi.

🍧 Bolalarga muzqaymoq tanlaganda shakar va yog' miqdori minimal bo'lgan, konservant, bo'yoqlar va aromatlarsiz muzqaymoqni tanlash kerak.

❗️6-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga muzqaymoqni eritilgan holda berish lozim. Shunda siz yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy tomoq og‘rig‘ini oldini olgan bo‘lasiz.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Yo‘rgaklash(pampers) dermatitini oldini olishdagi Yevropa qoidalari - ABCDE standart profilaktikasi.

Air - aeratsiya(shamollatish)

Barrier - Epidermisning barier xususiyati saqlash va himoya qilish:
agressiv gigeyenik vositalardan, spirt saqlovchi los’onlar, aromatizatorlar va prisipkalardan foydalanishni to‘xtatish. Yallig‘lanishga qarshi va regeneratsiyani ta’minlovchi, terini barier funksiyasini qayta tiklovchi mazlardan(Bepanten) foydalanish.

Cleaning - Tozalash

Diapper - Tagliklarni to‘g‘ri tanlash va defekatsiyadan so‘ng taglikni tez almashtirish

Education - Ota-onalarga to‘g‘ri parvarishni o‘rgatish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📚Kitobsevarlar uchun navbatdagi kitob ko‘rgazma-yarmarkasi!

Joriy yilning 30–31 may hamda 1 iyun kunlari Toshkent shahridagi “Dream Park” madaniyat va istirohat bog‘ida “1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan  “Beg‘ubor bolalik” shiori ostida “Bolalar kitob festivali” kitob bayrami o‘tkaziladi.

Ko‘rgazma-yarmarka doirasida shou dasturlar, viktorinalar, kitob aksiyalari hamda turli qiziqarli tanlovlar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmaga keling, yangi adabiyotlar bilan tanishing, o‘zingiz sevgan adiblar asarlarini xarid qiling yoki viktorinalarda yutib oling!

📌Yaqinlarga ulashib qo‘ying

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda oftob urushining dastlabki belgilari

▪️Bosh og‘rig‘i
▪️Bosh aylanishi
▪️Ko‘ngil aynishi
▪️Qusish yoki ich ketishi
▪️Teri va yuzning qizarishi
▪️Quloqda shovqin
▪️Tana haroratini oshishi
▪️Umumiy holsizlik

❗️Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani zudlik bilan vrach pediatr ko‘rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍑 Shaftoli pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• shaftoli - 3 dona.
• qaynatilgan suv - kerakli miqdorda

Tayyorlanishi:
1. Yangi shaftolilarni yaxshilab yuvib tashlang. Kastryulkaga bir necha santimetr suv quying va qaynatib oling. U yerga shaftoli bo'laklarini taxminan 45 soniyaga joylashtiring.
2. Shaftolilarni kastryulkadan oling va darhol muz yoki sovuq suv solingan idishga soling. Sovutilgan shaftolidan po'stini olib tashlang.
3. Shaftolilarni bo'laklarga bo'ling va danaklarni olib tashlang. Keyin, shaftolilarni blender bilan pyurega aylantiring. Pyureni yumshoq va suyuq qilish uchun kerakli miqdorda suv qo'shing.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎉TABRIK!

🎈Barcha bolajonlarni 1-iyun “Xarqaro bolalarni himoya qilish” kuni bilan tabriklayman. Ularni doimo sog‘u-salomat bo‘lishi tilakdoshiman.

Bolalarimizni asraylik! Chunki bu dunyoda ulardanda ortiqroq boyligimiz yo‘q!

Hurmat bilan Doctor Muxtorov!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yangi tug’ulgan chaqaloqlar najasini yashil bo’lish sabablari:

📌Onaning tarkibida xlorofill(yashil) pigmenti tutuvchi sabzavot va ko’katlarni ko’p miqdorda iste’mol qilishi hisobiga
📌Onaning temir preparatlari va antibiotiklarni qabul qilishi hisobiga
📌Onadagi gormonal o’zgarishlar hisobiga
📌Najasning havoda oksidlanishi hisobiga (bu holat “pampersni to’ldirib qo’ygan” bolani ota-ona tomonidan bir necha soat e’tiborsiz qoldirilishi hisobiga yuzaga keladi)
📌Laktozani o’zlashtira olmaslik hisobiga(kamdan-kam hollarda)
📌Disbakterioz – bu holat ichak mikroflorasini yetilmaganligi va ular orasidagi balansni shakllanmaganligi tufayli yuzaga keladi.
📌Yashil ko’pikli najas. Sut tarkibida yog’ va uglevodlarni kamligi hsobiga yuzaga keladi.
📌Salmonelyoz kasalligida (to’q yashil rang)

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Chaqaloqlarda fiziologik mastopatiya

Chaqaloq ko‘kragining qattiqlashishi yoki dag‘allashishi bo‘lib, onadan o‘tgan ko‘p miqdordagi prolaktinlar hisobiga yuzaga chiqadi. Odatda chaqaloq hayotining 3–4-, uzog‘i bilan 7–8 kunlarida boshlanadi. Keyin dag‘allashish muntazam kamayib boradi. Neonatal davrning oxiriga borib, sut bezlarining hajmi odatdagidek tus oladi. Sut bezlarining kattalashishi doimo simmetrik bo‘ladi. Bez ustidagi teri o‘zgarmaydi. Bolaning umumiy ahvoli va kayfiyati o‘zgarmaydi. Dag‘allashish sut bezidan og‘iz sutiga o‘xshash oq rangli ajralma chiqishi bilan birgalikda kechadi.

Muolaja talab qilinmaydi. Sut bezlarining yallig‘lanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun undan ajralmani siqib chiqarish qat’iyan man etiladi. Bezlar ustidagi teri tozalanadi, muolaja o‘tkaziladigan joy quruq va iliq bo‘lishi kerak.

Dag‘allashish yorqin namoyon bo‘lganda sterillangan kamfora yog‘i bilan kompress qilish mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Bolalar tirnog'ini tishlasa nima qilish lozim?

▪️Bolani bu odati uchun koyimang. Ayniqsa qo‘llariga urmang.
▪️Bola bilan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kasalliklar haqida gaplashing va bu odati unda shu kasalliklari rivojlanishi mumkinligini tushuntiring.
▪️Uyqu, uyg‘oqlik vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlang va bir rejimga o‘rgating. Kichik motorikani (chizish, konstruktordarda o‘yin, musiqa asboblarini chalish kabi) rivojlantiring.
▪️Qo‘llarni regulyar gigiyenasini o‘rgating.
▪️Bola atrofida me'yoriy ruhiy holat yarating. Bolani ruhiyatini yuzaga chiqarishni o‘rgating.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarga tarvuzni qachondan va qancha miqdorda berish mumkin?

📌1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga tarvuz berilmaydi.

📌1 yoshdan 2 yoshgacha bolalarga sutkasiga 50 g

📌2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga sutkasiga 100 g

📌3 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga sutkasiga 150 g

❗️Bolaga berilayotgan tarvuzda mineral o'g'itlar minimum miqdorda bo'lishiga e'tibor bering! Taruzni belgilangan miqdordan ko'p bermang. Bolaga tarvuzni normadan ortiq berish diareya(ich ketishi)ga sabab bo‘lishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda sariqlik darajasini baholashda Kramer shkalasidan foydalaniladi:

I daraja – yuz va boʻyinda sariqlik (bilirubin >80 mkmol/l);
II daraja – sariqlik kindikkacha tarqaladi (bilirubin 150 mkmol/l);
III daraja – sariqlik tizzagacha tarqaladi (bilirubin 200 mkmol/l);
IV daraja – sariqlik yuz, gavda, qoʻl va oyoqlargacha tarqaladi (>250 mkmol/l);
V daraja – butun tana boʻylab tarqalgan sariqlik (bilirubin miqdori >350 mkmol/l). 

Fiziologik sariqlik odatda oyoq uchidan bosh tomonga qarab yo'qolib boradi. Normada chaqaloqlardagi fiziologik sariqlik bola hayotining 14 kunigacha yo'qolib ketishi lozim.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Fimoz qanday kasallik?

Jinsiy olat chekka kertmagining torayishi hisobiga, olat boshchasining yalang‘ochlanmay qolishiga sabab bo‘ladi. Fimoz 3-5 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalarda uchraydi.

3 turi bor:
-gipertrofik
-atrofik
-chandiqli
(Rasmda atrofik turi ko‘rsatilgan)

Bola qiynalib siyadi, siyish paytida bezovtalik, og‘riq bo‘ladi. Kertmak sohasida shish va qizarish kuzatiladi.

Vaqtida davolanmasa, siydik tutilib infeksiya tushishi hisobiga, parafimoz, balanopostit, sistit, piyelonefrit rivojlanishi mumkin!

1 yoshgacha fiziologik bo‘ladi, davolash shart emas!
1 yoshdan katta bolalarda operativ yo‘l - sirkumsiziya(sunnat qilish) bilan davolanadi.


© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda adenoid borligini kasallik belgilariga qarab aniqlaymiz.

📌Tez-tez burun bitishi, davolash yordam bermaydi.
📌Burun orqali nafas olishni qiyinlashishi
📌Og‘zini ochib uxlash
📌Xurrak otish
📌Uyqu buzilishi
📌Ovoz tembrining o‘zgarishi
📌Ko‘z qizarishi va yosh oqishi
📌Eshitishning pasayishi
📌Quruq yo‘tal, asosan ertalab
📌Qo‘zg‘aluvchanlik va tez charchab qolishi
📌Bosh og‘rig‘i
📌Nevrologik tiklar yoki ko‘zini tez-tez ochib yumish

❗️Yuqorida belgilar aniqlanganda bolani darhol vrach LOR ko‘rigiga olib boring!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook