PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
18K subscribers
1.33K photos
127 videos
2.44K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Vitamin D3 (Xolekalsiferol) tomchilari

Ikki ko‘rinishda bo‘ladi:
-suvli eritmasi(akvadetrim,koledan)
-moyli eritmasi(vigantol)

Ko‘pincha yoz oylarida suvli eritmasi, qish oylarida esa moyli eritmasi buyuriladi. Ingichka ichakda suvli eritmasi moyliga nisbatan yaxshiroq so‘riladi.

1 ml eritmada 30 tomchi saqlaydi. 1 tomchi eritmada 500 XB vitamin D3 bo‘ladi.

Profilaktika uchun 1 oylikdan 2-3 yoshgacha 1-2 tomchidan buyuriladi. Yoz oylarida 1 tomchigacha kamaytiriladi.

Raxitni davolash uchun 2 dan 10 tomchigacha kasallikni og‘irlik(I, II va III) darajasiga qarab 4-6 hafta davomida buyuriladi.
Suyakdagi yaqqol o‘zgarishlarda 10 tomchi buyuriladi.

Preparat ertalab (8:00 gacha) 1 qoshiq suyuqlik(suv, sut) bilan beriladi.

❗️Yuqoridagi dozalar faqat ma’lumot uchun berildi. Bolaga preparatni berishdan oldin vrach Pediatr bilan maslahatlashish zarur.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Olti oylikdan oshgan bolalarga birinchi qo‘shimcha ovqat sifatida qanday taomlarni berish tavsiya etiladi?

Qaysi ovqatlar ko‘proq foydali, qaysi taomlarni berishga esa shoshilmagan ma’qul?


Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Chaqaloqning burni qanday tozalanadi?

Chaqaloqlar burnini tozalash uchun bizga aspirator, pipetka, maxsus suyuqlik (NaCl yoki akvalor) va steril salfetkalar kerak bo‘ladi.

Avvalo chaqaloq burni ichida tiqilib qolgan moddalar yumshatiladi. Buning uchun chaqaloq burniga maxsus suyuqlikdan 1-2 tomchi tomiziladi. 5-10 daqiqa kutiladi va burnidagi tiqilmalar maxsus aspirator yordamida tortib olinadi.

❗️Eslatma. Muolaja o‘tqazilldigan paytda bola uyg‘oq bo‘lishi kerak. Aspirator va pipetka ishlatib bo‘lgandan keyin dezinfeksiya qilinishi lozim!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Qanday holatlarda bolani beshikka belash tavsiya etilmaydi yoki qat'iyan rad etiladi?

📌Chanoq-son displaziyasi yoki sonning tug‘ma chiqishi bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki beshikka belash jarayonni og‘irlashtiradi va bolaning tuzalishi kechikadi. Shuning uchun bu kasalliklarda bola oyoqlari orasini keng ochib qo‘yish tavsiya etiladi.

📌Tug‘ma yurak nuqsonlari(Fallo tetradasi) bilan tug‘ulgan chaqaloqlarni beshikka belash tavsiya etilmaydi. Chunki ularda nafas olish va kislorod bilan bog‘liq muammolar bo‘ladi.

📌Tug‘ruq travmalari(ayniqsa miya ichi gematomalari va kefalogematoma) bilan tug‘ilgan chaqaloqlarni ham beshikka belash tavsiya etilmaydi. Kalla suyagi ichida bosim baland bo‘ladi, tebratish vaqtida bola qattiq bezovta bo‘lishi va ko‘ngilsiz oqibatlar olib kelishi mumkin.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Bolalarda bo'y va vazn normalari

Manba: Doctor Ziyod

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🥕 Sabzi-o'rik pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• sabzi - 1 dona.
• o'rik - 4 dona.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi:
1. Tozalangan sabzini bo'laklarga bo'ling va qaynoq suv solingan idishga soling va yumshoq bo'lgunga qadar 10 daqiqa davomida past olovda qaynating.
2. Suvni to'kib tashlang va to'g'ralgan o'riklarni ham qo'shing (agar siz quritilgan o'rikdan foydalansangiz, sabzi qaynatilgandan keyin 5 daqiqadan so'ng qo'shing).
3. Bir choy qoshiq o'simlik yog'ini qo'shing va blender yordamida masalliqlarni pyure holatiga keltiring.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ko‘rish o‘tkirligini aniqlashga yordam beruvchi Orlova jadvali.

Hali maktabga bormagan bolalar harflarni tanimagani uchun mana shunday shakllardan foydalaniladi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolalar tabiatan qiziquvchan bo‘ladi. Shu bois ular ulg‘ayish jarayonida o‘zlari yashayotgan atrof-muhitni tezroq tanishga harakat qiladilar.

Bunda, biz, kattalarning zimmamizdagi mas’uliyat — farzandlarimiz uchun xavfsiz muhit yaratishdan iborat.

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Doctor Muxtorov
Xurshid Abdurashidning dardi sari, Musofir Jin bilan yo'l oldim!

Xurshid Abdurashid qalamiga mansub "Dardisar" romani fantasmagoriya, satira, yumor, romantika, shafqatsiz realizm elementlari qorishib ketgan, ushbu asarda xolis bir kuzatuvchi bizga chetdan nazar tashlaydi, o‘zimiz sezmay qo‘ygan, odat tusiga kirgan illatlarga oyna tutadi.

Ajabtovur qahramonlar va qora yumor yordamida jamiyatdagi muammolar mohirlik bilan yoritilgan. Asarda inson o'zini yoki jamiyatdagi kimnidir ko'rishi ehtimoldan holi emas.

Kitob haqidagi adabiyotshunos fikrlarini bu yerda o'qishingiz mumkin. Kitobni eng arzon narxda bu yerdan topishingiz mumkin.

Kitobni o'qib maza qilyapman. Sizlarga ham tavsiya qilaman!

Kanalga ulanish:👉@Dr_Muxtorov
Yodga bo‘lgan talabni qondirish uchun hozirgi kunda quyidagi kunlik miqdor tavsiya etiladi:

50 mkg – yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 12 oygacha bo‘lgan go‘daklar uchun;
90 mkg – 2-6 yosh bolalar uchun;
120 mkg – 7-12 yosh maktab o‘quvchilari uchun;
150 mkg – 12 yoshdan kattalar uchun;
200 mkg homilador va emizikli ayollar uchun.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Pediatrlar ogohlantiradi: muolajalarni faslga qarab rejalashtirgan ma'qul

Biz pediatrlar bolani davolashdagi ba'zi muolajalarni faslga qarab rejalashtirish zarur ekanligini doim ta'kidlaymiz.

Masalan, allergik bolalarda allergoproba (bolada allergiyani qo'zg'atuvchi moddani aniqlash)ni bahorda faslida o'tkazmagan ma'qul. Chunki bu faslda tabiat allergenlarga boy bo'ladi va allergoproba haqqoniy natija bermasligi mumkin.

Agar bolada rejalashtirilayotgan jarrohlik amaliyoti kutilayotgan bo'lsa, uni yoz kunlarida o'tkazmasdan, iloji bo'lsa kuzga surgan yaxshi. Yoz kunlari issiq harorat tufayli choklar bitishi qiyin bo'ladi. Bola ko'p suvsizlanadi va choklarga infeksiya tushib, yiringlash ehtimoli kattaroq bo'ladi. Faqatgina favqulotda operatsiyalarni yozda o'tkazish mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda 1-turdagi(Insulinga bog'liq) qandli diabet belgilari

▪️Doimiy chanqoqlik va ko'p suv ichish(polidipsiya)
▪️Tez-tez va ko'p miqdorda peshob qilish(poliuriya)
▪️Tungi va kunduzgi siydik tuta olmaslik.
▪️Tana massasining kamayishi
▪️Holsizlik va tez charchash
▪️Takrorlanuvchi teri infeksiyalari
▪️Tashqi jinsiy organlardagi yallig'lanishli kasalliklar

❗️ Yuqoridagi belgilar aniqlanganda bolani zudlik bilan shifokor endokrinolog yoki pediatr ko'rigiga olib borish zarur!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ko'krak yoshidagi bolalar najasining shilliq aralash bo'lishini noinfeksion sabablari

▪️Disbakterioz
▪️Bola ovqat ratsioniga qo'chimcha ovqatlarni kiritish
▪️Sun'iy oziqlantirilayotgan bolalarda ozuqani o'zgarishi
▪️Ovqat ratsionini birdan almashtirish
▪️Laktozani o'zlashtira olmaslik
▪️Ichakdagi allergik reaksiyalar
▪️ Antibakterial preparatlarni qabul qilish
▪️Ichak kandidozi
▪️O'tkir ta'mli mahsulotlarga organizmning reaksiyasi
▪️Steril bo'lmagan ona suti

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bekobodda 16 yoshli qizning oshqozonidan bezoar topildi

Shifokorlarning ma’lum qilishicha, 20 santimetrli hosila tirnoq va soch tolalar yig‘indisi.

Farzandingizni nazoratsiz qoldirmang!  Bolalarning turli yot jismlar, xususan, tirnoq va soch chaynashiga aslo yo‘l qo‘ymang!

📌Yaqinlarga ulashib qo‘ying

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Otalarning bola parvarishi va tarbiyasidagi ishtiroki qanchalik muhim?

Otalarga yuborib qo'yish esdan chiqmasin!

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍑 Shaftoli va kabachki pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• kabachki - 1 dona.
• shaftoli - 2 dona.

Tayyorlanishi:
1. Kabachkini sovuq suv bilan yuvib tashlang, qobig'ini tozalang, mayda bo'laklarga bo'ling, qaynoq suv quying, pishganicha mahkam yopiq qopqoq ostida qaynating.
2. Sabzavotlarni suzgichdan o'tkazing, yana qaynatib oling.
3. Yaxshi pishgan shaftolini tanlab, uni yaxshilab yuving, po'stini yupqa qatlam bilan olib tashlang, qirg'ichdan ingichga qilib o'tkazing. Shaftoli va kabachkini pyure ko'rinishida aralashtiring.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bola qachon yurishni boshlaydi?

Bolalarning deyarli 50% 1 yoshga kelib yurib ketadi. Lekin yurish davri normada 9 oydan 16 oygacha cho'zilib ketishi mumkin. Yurish - bola organizmidagi 3 faktorning mutanosibligini talab etadi:

☑️mushak kuchi
☑️muvozanat saqlash
☑️xarakter.

Odatda bolaning xarakteri uning yurib ketishida asosiy rolni o'ynaydi.
Yumshoq xarakterga ega bo'lgan bosiq bolalar yurish, emaklash kabi jismoniy o'zgarishlarda asta-sekinlik bilan o'tadilar. Emaklashni yaxshi bilgan bolalar yurishga urinmaydilar, chunki o'z maqsadiga emaklab tez yetib olish imkoni borligini yaxshi tushunadilar.
Kech yurishni boshlagan bolalar odatda bir joyda o'tirib mayda buyumlarni tomosha qilib, ularni qo'llari bilan o'rganib o'tirishdan lazzat oladilar. Kech yurgan bola birinchi emaklaydi, keyin ushlab turib yuradi, keyin tura oladi, undan keyin esa mustaqil qadam tashlashni boshlaydi. Lekin kech yurgan bolalar odatda juda yaxshi, muvozanatni saqlab yuradilar.
Vaqtli yurishni boshlagan bola, aksincha, impulsiv, bir joyda o'tirmaydigan, injiq bola bo'lishi mumkin. Odatda vaqtli yurgan bolalar boshqa jismoniy o'zgarishlarni ham tez uddalashni istab ota-onasini ko'p yugurtirib qo'yadi.
Bolaning erta yoki kech yurishiga uning vazni ham ta'sir ko'rsatishi mumkin. Ya'ni, ozg'in bolalar og'ir bolalardan ko'ra tezroq yuradi.
Bolaning yurgan vaqti uning intellekti, jismoniy rivojlanishi, kelajakdagi yutuqlari qanday bo'lishini aslo ko'rsatmaydi. Bolaning qachon va qanday yurgani uning xarakteri singari boshqalardan o'zgacha bo'ladi xolos.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👶Tishi chiqayotgan bolaga qanday yordam berish mumkin?

Bolani tishi yorib chiqayotganda u hamma narsani tishlagisi kelaveradi. Chunki tishlari qichishadi va birmuncha og‘riq bo‘ladi. Shuning uchun ko‘p injiqliklar qiladi.

1⃣Bolaga dorixonada sotiladigan, tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan maxsus rezinalardan olib berish kerak. Eslatib o‘tamiz rezina yumshoq bo‘lishi kerak.

2⃣Milklariga tishlarni yorib chiqishiga yordam beradigan, og'riq va qichishishni kamaytiradigan maxsus gellar(lidokainsiz) surish.

3⃣Emizikli va kichik yoshdagi bolalarning tishlarini chiqishidagi og‘riqli holatlar, qo‘zg‘aluvchanlik, bezovtalik, quloqlardagi og‘riq, milklardagi og‘riq isitma va diareya holatlarini bartaraf qilish uchun Dentokind tabletkasi qo‘llaniladi.

📌1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 1 tabletkadan 3 mahal
📌1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2 tabletkadan 3 mahal qo‘llaniladi.

❗️Eslatib o‘tamiz. Yuqoridagi tabletka va gellarni faqat vrach pediatr tavsiyasi bilan qo‘llash mumkin!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube