PEDIATRIYA (DOCTOR MUXTOROV BILAN)
20K subscribers
1.29K photos
123 videos
2.38K links
Shifokor pediatr Maqsud Muxtorovning shaxsiy telegram kanali

Donat uchun: https://tirikchilik.uz/pediatric_uz

Kanaldan ma'lumot olinganda manbasi ko'rsatilsin! Manba ko'rsatilmasa rozi emasmiz!

Reklama👉 @tibbiy_reklama1
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar farzandlarining aqliy rivojlanishiga yordam berish uchun nima qilishlari mumkin?

5-mahorat darsimizda  bola rivojlanishida o‘yinlar roli haqida so‘z yuritiladi.

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
😴 Kech uxlash bola xotirasini susaytiradi

👨‍💼 Londonlik olimlar bergan ma’lumotlariga ko‘ra, onalar farzandlarini kech uxlatishi natijasida ularning fikrlashi hamda xotirasi tengqurlariga nisbatan yomonroq bo‘lishiga olib kelar ekan.

🧠 Ularning fikricha, miyaning  ma’lumot qalbul qiluvchi qismi egiluvchan bo‘ladi. Uyqu maromining buzilishi natijasida shu egiluvchanlik yo‘qoladi va bola kerakli ma’lumotni qabul qila olmaydi.

Bundan tashqari, uyquga kech yotuvchi bolalar ertak eshitish o‘rniga televizor ko‘rish yoki telefon bilan mashg‘ul bo‘lishadi.

«Shifo-info» gazetasidan.

Kanalga ulanish
👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda onixofagiya(tirnoq tishlash) sabablari

▪️hayot tarzining o‘zgarishi. Bu bog‘cha yoki maktabning, yashash joyining o‘zgarishlari bilan bog‘liq.
▪️ovqatda vitaminlar yetishmasligi va doim bir hildagi ovqat.
▪️ba’zan gijjalar borligida ham bolalar tirnoqlarini tishlashadi.
▪️2-3 yoshdagi bolaga baland tovush, yuqori tonda gaplashishlar, 4 yoshli bolaga esa itning vovullashi kabi tovushlar ruhiy jarohat sifatida ta’sir qiladi.
▪️odatda shirinliklarni cheklash yoki parhez bilan bog‘liq holatlarda yuzaga keladi.
▪️oilada yoki do‘stlar orasida kimdir tirnoqlarini tishlasa, bola o‘shandan o‘rnak oladi.
▪️bugungi kunda ota-onalar bolalarni rivojlanishi uchun turli fanlar, sport yo‘nalishlari bo‘yicha to‘garaklarga bermoqda.
▪️uyqu rejimining buzilishi.
▪️o‘z-o‘ziga past baho berish. Odatda 8-9 yoshdan boshlanib, ota-ona tomonidan ko‘p talab qo‘yilishi oqibatida yuzaga keladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
MILIA

Milia –yangi tug‘ulgan chaqaloqlarda ona gormonlari ta'siri ostida yog‘ bezlari ajralmalarining ko'p ajralishidan va yog‘ bezlarning chiqish yo'llari to'silishi oqibatida paydo bo'ladi. Ko'p holatlarda burun qanotlari, qanshar, peshona va iyaklarda yig'iladi. Kam hollarda butun tanani qoplaydi. Teri yuzasidan yuqorida yog‘ bezlari ajralmasi bilan to'ldirilgan 1–2 mm hajmdagi tugunchalar ko'rinishida bo'ladi. 50 foiz chaqaloqlarda kuzatiladi.
Davolash shart emas, 1–2 hafta ichida o‘zi yo‘qoladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Chaqaloqlarda qorin dam boʼlishi sababi nima?

Ichaklarda gaz hosil boʼlishi –3 oylikkacha bo‘lgan chaqaloq organizmi uchun normal holat hisoblanadi. Gazlar oshqozon-ichak tizimida quyidagi sabablar natijasida paydo boʼladi:

Bolakay emish vaqtida havo yutishi;

Kislotali oshqozon shirasi ichakka tushishi va ichakda oshqozon osti bezi ishlab chiqaradigan fermentlar natijasida neytrallanishi;

Аyrim bakteriya mikroflorasi koʼpayishi natijasida ovqat mahsulotlarining parchalanishi.

Sun'iy oziqlantirish;

Ona hamda bolaning antibiotiklar qabul qilishi;

O'tkir ichak infeksiyalari;

Sutdagi laktozani parchalaydigan ferment yetishmovchiligi;

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilasizmi, alla aytilganda bolaning yurak urishi sekinlashadi va u tinchlanadi?

Mahorat darsimizning 6-qismida musiqaning chaqaloqlar rivojlanishiga ta’siri va uyda bolangiz bilan qanday musiqa tinglashingiz mumkinligi haqida ko‘proq bilib oling.

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Chaqaloqlarda fiziologik sariqlik(Neonatal sariqlik)

- qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko‘z shilliq qavatlarining sariq rangga bo‘yalishi.

Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni yetuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro‘y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo‘lgan bilrubinni bog‘lashga ulgura olmaydi.

Qo‘shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi.

Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko‘zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi.
Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to‘liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi.

Bu holat fiziologik - davolash shart emas.

❗️Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o‘tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo‘qolmasa, bolani pediatr ko‘rigiga olib borish zarur.

©Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Chaqaloqlarni cho‘miltirishda suvning optimal harorati qanday?

Chaqaloq ona qornida 9 oy davomida homila atrofi suyuqligining 36,6 gradus haroratiga moslashgan. Demak, chaqaloq cho‘miltirishda suvning optimal harorati 37 gradus bo‘lishi kerak. 35-36 gradus ham kichkintoy uchun qulay hisoblanadi.

❗️Eslatma. Chaqaloqni cho‘miltirib bo‘lgandan so‘ng uni sovuq qotishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🤒Bolalarda O'RVI(O'tkir respirator virusli infeksiya) paytida nimalar qilish mumkin emas:

Uyda o'zboshimchalik bilan davolash;
Pediatr tavsiyasi bo'lmasdan turib antibiotiklarni qo'llash;
Pediatr maslahatini olmasdan burunga tomizadigan dorilarni qo'llash;
Shifokor maslahati bo'lmasdan o'zboshimchalik bilan turli xildagi tomchilatib quyiladigan (osma ukollar) preparatlardan foydalanish;
Pediatr yoki Lor ko'rigi bo'lmasdan, tibbiy ilmi yo'qlarga tomog'ini arttirish;
Bolada isitma yuqori vaqtda oyog'ini vanna qilish;
Agar bolada yo'tal, xansirash bo'lsa, ovozi bo'g'ilib, xirillab nafas olib turgan bo'lsa, isiriq tutatish;
Ko'krak qafasiga turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini (qo'y yog'i, lavlagi, asal, tuz, turp va h.k) surtish va bog'lash;
Tomog'iga yoki ko'krak qafasiga yod surish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalar uchun massajning foydali jihatlari

📌Bolaning o‘sish rivojlanishini tezlashtiradi.

📌Bola mushaklarini mustahkamlaydi. Ularning tonusini kamaytiradi.

📌Hazm tizimi faoliyatini yaxshilaydi. Qorinda og‘riq va dam bo‘lishi kamayadi.

📌Butun tana bo‘ylab qon aylanishi yaxshilanadi. Kislorod kelishi ko‘payadi.

📌Immun tizimini mustahkamlanishiga va ishtahasini yaxshilanishiga sabab bo‘ladi.

📌Ayrim kasalliklarni davolash va oldini olishda foydalaniladi.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Chaqaloqlar sochini kal qilib olish foydalimi?

Chaqaloqlarning sochini kal qilib olish, sochning o’sishini tezlashtirmaydi va qalin bo’lishini ham ta’minlamaydi, chunki sochlarni almashinishi va yangilanishi uchun vaqt kerak. Bu jarayonni organizmning o’zi genetik ma’lumotlarga asoslangan holda, ma’lum algoritmlar asosida amalga oshiradi. Ba’zan ota-onalar orasida sochini kal qilib olsa jingalak sochi tekis bo’ladi degan noto’gri xulosalar uchrab turadi. Agar bolaning irsiyatida sochning jingalak bo’lishi yozilgan (ota-onadan o’tgan) bo’lsa, siz bu holatni bolaning sochini kal qilib olib o’zgartira olmaysiz, bolangizni boricha qabul qiling.

Soha mutaxasislari ham chaqaloqning sochini kal qilib olishni tavsiya qilishmaydi. Chunki ustaraning o’tkir tig’i bolaning nozik, ta’sirchan terisini va hali to’liq rivojlanmagan soch ildizini zararlashi mumkin. Bu holat keyinchalik bolaning sochini siyraklashib qolishiga olib kelishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish:👉@Pediatric_uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bolaning ilk qo‘shimcha ovqati nimalardan iborat bo‘lishi kerak?
Olti oyga to‘lgan o‘g‘il-qizlar rasioniga qanday oziq-ovqat mahsulotlari kiritilishi zarur?

Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook
Chaqaloqning qulog‘i og‘rishini qanday aniqlash mumkin?

Ko‘plab holatlarda chaqaloqlar yig‘isining asosiy sabablaridan biri bu quloq og‘rig‘i hisoblanadi. Og‘riq kuchi jihatidan quloq og‘rig‘i tish og‘rig‘iga tengdir.
Chaqaloqning qulog‘ida og‘riq bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun pediatrlar “Tragus” belgisidan foydalanishadi.

Tragus simptomi- bunda chaqaloq qulog‘i suprasining tragus qismiga ohista bosiladi, agar o‘rta yoki tashqi quloqda yallig‘lanish bo‘lsa, simptom musbat bo‘ladi. Bu holatda chaqaloq yig‘lashi yoki yig‘isi kuchayishi mumkin.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🍼Bolani sutdan ajratish (Pediatr tavsiyasi)

Bolani ko‘krakdan ajratishda ham ona, ham bolaning fiziologik xususiyatlari inobatga olinishi darkor.

Onaga buning uchun involyutsiya davri boshlangandan keyingi vaqt muvofiq. Involyutsiya davrida sut bilan birgalikda kam miqdorda og‘iz suti (molozivo) ishlab chiqariladi. Ko‘krak hajmi esa kichrayadi va ona go‘dagini bir necha kun emizmasa ham qattiqlashmay, yumshoq bo‘lib turadi.

Bolani ikkidan uch yoshgacha bo‘lgan vaqtda ko‘krakdan ajratish oson kechadi. Agar farzandingizni ko‘krakdan ajratmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi bir necha muhim qoidalarni bilib olishingiz kerak.

Bolani sutdan ajratish uchun muhim tavsiyalar

Emizishni keskin to‘xtatib bo‘lmaydi. Bu bola uchun ortiqcha stress bo‘ladi. Avvaliga kunduzi bolani emizishlar sonini kamaytiring. Emizishlar sonini bittaga kamaytirish uchun eng kamida 1 hafta vaqt kerak bo‘ladi. Uni emizish o‘rniga shishacha yoki piyolada sut bering. Kunduzgi emizishlar sonini kundan-kunga kamaytirib boring. Bola umuman emmay qo‘ygach, kechki emizishlar sonini kamaytirishni boshlang.
Kichkintoyga e’tiborli bo‘ling. Agar kunduzi kamroq emizsangiz-u, kechki paytda ko‘proq ema boshlasa, bilingki, uni ko‘krakdan ajratishga hali erta. Ba’zi hollarda bolani sutdan ajratish asnosida u barmog‘ini yoki ko‘rpachasini surishni odat qilishi ham mumkin.
Kunduzi bola emizishingizni talab qilsa, uning e’tiborini boshqa narsaga qaratishga harakat qiling. Masalan, sayr qilgani ko‘chaga, xiyobonga olib chiqing. Kichkintoy sayr asnosida emizishingizni talab qilmay uxlab qolishi mumkin.
Iloji boricha yopiq kiyim kiying, ya’ni bolaning nazari ko‘ksingizga tushmasin. Uning yonida yotmang, emishni yodiga solishi mumkin bo‘lgan harakatlardan qoching.
Bolaga kechqurun hamma, shu jumladan, «so‘rg‘ichi» ham uxlashini ayting.

Shoshilmang, bola yangi qoida va kun tartibiga sekin-asta o‘rganadi.
Emizish soni sutkasiga bir yoki ikki martaga kamaygach, uni onadan uzoqlashtirish, masalan, buvisinikiga olib borish mumkin. Bu vaqt mobaynida bola ko‘krakni unutadi, tuni bilan uyg‘onmasdan uxlashga ko‘nikadi. Onasining yoniga qaytganda esa emishni yoddan chiqargan bo‘ladi.

Mumkin emas!

Bolani birdan ko‘krakdan ajratish mumkin emas! Bu bola uchun juda katta psixologik travma bo‘lishi mumkin. O‘zingizda esa sut yig‘ilib qolishi hisobiga mastopatiya rivojlanishi mumkin!

Bola biror kasallikka chalingan yoki yaqinda sog‘ayib, organizmi zaif bo‘lib turganida hamda yoz paytida ko‘krakdan ajratmang!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolaning tili chiqishi - pediatr Komarovskiy maslahatlari

Ikki yoshga to'lgan bolaning tili chiqishi kerak. O'zining uchinchi tug'ilgan kuniga qadar bola o'rtacha 300 ta so'zni bilishi, tushunishi, gapira olishi lozim. Bolaning tili vaqtida va ravon chiqishi uchun ota-ona yordam berishi mumkin ekan, deb ta'kidlaydi mashshur Rossiyalik pediatr Komarovskiy.

Buning uchun:
1. Bola bilan homiladorligingizdan boshlab suhbatlashishni boshlang.
Homiladorlikning 3 trimestrida bola tovushlarga juda ta'sirchan bo'ladi. Aynan bu davrdan boshlab ona yoki ota o'z farzandi bilan muloyim gaplashishni, klassik musiqalarni qo'yib berishni odat qilishi kerak.

2. Yangi tug'ilgan chaqaloq bilan doimo suhbatlashib yuring.
chaqaloqligidan ravon nutqni eshitgan bolani tili chiqishi oson bo'ladi.

3. Bolaning ko'zlariga qarab gapiring.
Ota-ona gapirayotganida bola uning lab qimirlashini kuzatadi, shu yo'l bilan uning tili chiqishi osonlashadi.

4. Bolaga ko'p savol bering.
Bola javob bera olmagan taqdirda ham, unga savol berishga odatlaning. Savolingizga javob berish niyatida uning aqliy va nutqiy rivojlanishi kuchayadi.
Telefon va kompyuter o'yinlari bolani tili chiqishini keskin sekinlashtiradi.

5. Bolaga ko'p ertak o'qing.
Kitobdagi yangi so'z va iboralar bolani tili chiqishida muhim ahamiyatni kasb etadi.

6. Bola bilan birga yoki bola uchun qo'shiq ayting.
Musiqa va qo'shiq nutq apparatini rivojlantriadi.

7. Bola bilan doimiy ravishda muloqotda bo'ling.
Ovqat qilish davomida ham bolani sabzavotlarni rangini, soni aytishga undasa bo'ladi. Ko'chada atrfodagi buyum va manzaralarni bola bilan birgalikda tahlil qilsa bo'ladi.

8. Bola tilida suhbatlashmang.
Bola 6 oydan o'tgach u bilan og'izni cho'chchaytirib "shiringina" gapirishning foydasi yo'q. Bolaning tili chiqishida bu qiyinchilik tug'diradi.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nogironligi bor chaqaloqlarni emizish nechog‘li muhim?

Bolalarning rivojlanishi uchun muloqot va o‘yin jarayonini qanday tashkil qilish kerak?


Manba: unicef.uz

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarni emlash haqidagi savollaringizga javob beramiz:

Bachadon bo’yni saratonidan yuqori darajali himoyani ta’minlash uchun qizim VPCHga qarshi vaksinaning nechta dozasini qabul qilishi kerak?

Ushbu savol ko’pchilik ota-onalar tomonidan berilmoqda:
✳️15 yoshgacha: VPCHga qarshi vaksinaning 2 ta dozasini qabul qilish kerak (ikkinchi doza birinchi dozadan 6 oy o’tgach);
✳️15 yoshdan so’ng: yuqori darajali himoyalanish uchun vaksinaning 3 ta dozasi zarur (ikkinchi dozasi birinchi dozadan 2 oy va uchinchisi 6 oy o’tgach).

‼️ Eslatib o’tamiz, VPCHga qarshi emlash Milliy profilaktik emlash jadvaliga kiradi va shu sababli bepul. Farzandlaringizni himoya qiling va ularni emlang! Agarda emlash bo’yicha qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, 1327 raqamli Call-markazga murojaat qiling!

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🥄 Qovoq va gulkaram pyuresi
#6oylikdan #qoʻshimcha

Mahsulotlar:
• qovoq kublari - 1 stakan.
• gulkaram - 2-3 gulidan
• suv yoki sut - 60 ml.
• o'simlik moyi - 1 choy qoshiq.

Tayyorlanishi: 
1. Sabzavotlarni 15 daqiqa davomida bug'da pishiring.
2. Blender bilan aylantirib, sut va o'simlik moyini qo'shing.

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda qorin dam bo‘lishini kamaytiruvchi Simetikon(Bobotik,Espumizan, Kolikvel) tarkibli tomchilar qanday dozalarda beriladi?

💠Bola hayotining 28 kunidan 2 yoshgacha kuniga 8 tomchidan(20 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

💠2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 14 tomchidan (35 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

💠6 yoshdan katta bolalarga va kattalarga 16 tomchidan (40 mg simetikon) 4 marta buyuriladi.

Yuqoridagi preparatlarni faqat vrach Pediatr tavsiyasi bilan qo‘llang!

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Bolalarda raxit kasalligini oldini olish

Tug'ruqdan oldin(homilador ayollar uchun):
▫️D vitaminiga boy mahsulotlar iste'mol qilish
▫️Quyosh nurlari ostida sayr qilish
▫️Polivitaminlar qabul qilish(200-400 XB D vitamini saqlovchi)

Tug'ruqdan keyin chaqaloqlarda:
▪️Quyoshli kunlarda sayr qilish (9-10 lar atrofida)
▪️Bolani bir yoshgacha ona suti bilan boqish
▪️Massaj va gimnastik mashqlar o'tqazish
▪️Profilaktik doza(500 XB = 1 tomchi)da D vitamini ichirish.

© Doctor Muxtorov

Kanalga ulanish👉@Pediatric_uz

Telegram | Instagram | Facebook