BuxDU Pedagogika fakulteti
89 subscribers
1.03K photos
210 videos
41 files
905 links
Download Telegram
#eng _yaxshi_she'r
ЧЎЛИ ИРОҚ

Тарихни сўзлама менга, эй одам,
Битта чалиб бергин «Чўли ироқ»ни.
Битта чалиб бергин, токи яна ҳам
Яхшироқ ажратай қорани, оқни.

Бу куй асрларнинг баридан тортиб
Чўлларда толиққан ҳоргин карвондай
Минг хил тақдирларни устига ортиб,
Қалбимдан жимирлаб ўтади қондай.

Тарихнинг энг олис қатламларида
Армонда ухлаган орзу-аламлар.
Дунё манглайига ажин туширган,
Дардни, қариликни яратган ғамлар.

Саҳро чечагининг аянч кулгуси,
Ёмғирдан жон кирган тупроқнинг иси,
Ҳаммаси ўтади қалбимни ўйиб.
Туя бўйнидаги қўнғироқларнинг
Ташналик эслатган жаранги бўлиб
Ҳаммаси ўтади қалбимни ўйиб.

Тарихни сўзлама менга, эй одам,
Битта чалиб бергин «Чўли ироқ»ни.
Битта чалиб бергин, токи яна ҳам
Яхшироқ ажратай корани, оқни.

Ҳаддидан ошганга уни чалиб бер,
Дўстлар дийдорини ғанимат билмай,
Саробга шошганга уни чалиб бер!
Чалиб бер, чалиб бер, андиша қилмай.
Ўтмишни сўзлама, ўгит керакмас,
Шу куйни бир марта чалиб берсанг бас.

#eng_yaxshi_parcha
#buxdu_besh_tashabbus
#eng_yaxshi_taqdimot
@buxdu_5tashabbus
#adiblar_xiyoboni
Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakulteti Amaliy psixologiyaga yônalishi 4-1PSI-20-guruh talabasi
Toirova Madina.
📣DIQQAT! ⚡️TANLOV!
🤔QANDAY DEYSIZMI?
☺️AJOYIB! 🎅YANGICHA!
❄️YANGI YILCHA!

BuxDU Besh Tashabbus kanali siz azizlarga Yangi Yilda yangicha zavq-u shavq ulashish maqsadida
#Yangicha tanlovni taqdim etadi! ☃️

Yangi yilni oʻz uyingizda, oilangiz davrasida qanday kutib olasiz? 🥳Kutilmagan daqiqalar😁, qiziqarli voqealar😄,pozitiv kayfiyat😉,yaqinlar davrasi!☺️ Yangi Yilni biz bilan qarshi oling! 👍 Quvonchli daqiqalaringizni biz bilan ulashing! 📲

#Yangicha_Yangi_Yil
#Oila_davrasida

Xash teglari ostida tashkil etilgan ushbu tanlovda quyidagi nominatsiyalar mavjud:👇

#Eng_yaxshi_oilaviy_surat
#Eng_yaxshi_oilaviy_videorolik
#Eng_yaxshi_oilaviy_tabrik
#Eng_yaxshi_she'r
#Eng_yaxshi_intervyu

Nominatsiya shartlari bilan tanishing! 👇

1. Yangi yil shukuhi aks etgan oilaviy surat! 🎆
2.
Eng yaxshi oila davrasida olingan videorolik! 🎥
3.BuxDU Besh Tashabbus kanali uchun maxsus oilaviy tabrik! ☺️
4. Yangi yil uchun yozilgan
she'rni videorolik shaklida oila davrasida oʻqib eshittirish! 📝
5. Yangi yil shukuhini aks ettiruvchi suhbatlar tashkil etish!

Ijodiy ishlar
@buxdu_5_tashabbus_bot manzilida qabul qilinadi! 📬

Yuborish tartibi:
#BuxDU_Besh_Tashabbus
#Yangicha_Yangi_Yil🎄
#Oila_davrasida
-----------------------------------------
Ism-familiya, OTM nomi, fakultet nomi va guruhi
-----------------------------------------
t.me/buxdu_5tashabbus

Muddat: 23.12.2020 - 03.01.2021 18:00

Gʻoliblar ovoz berish bilan aniqlanadi va munosib taqdirlanadi! 🎁🏆🥇🥈🥉

Biz bilan aslo zerikmaysiz! ☺️
@buxdu_5tashabbus 🇺🇿
#Diqqat
#Diqqat
#Yangicha_Tanlovlar_Jamlanmasi

📍 Zulfiyaxonim tavalludiga bag'ishlangan
"Baxor keldi seni so'roqlab" mavzusi ostida o'tkazilayotgan loyihaga sizlarni #Taklif qilamiz..!📍

Ushbu tanlov bir necha turlarda o'tkaziladi:
🔻#Eng_Yaxshi_Asarlar_Bilimdoni🔻
Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga bag'ishlangan "Zakovat time" loyihasi haftaning #Juma kuni o'tkaziladi
🔻#Eng_Yaxshi_Asar_Kuychisi🔻
Zulfiyaxonim qalamlariga mansub asarlardan birini tanlab shu asosida parcha yoki monolog tayyorlash videorolik tarzida (videorolikda muallifning o'zi ham ishtirok etgan bo'lishi kerak)
🔻#Eng_Yaxshi_Portret_Muallifi🔻
Zulfiyaxonimning siymolarini portret janrida akslantirish
🔻#Eng_Yaxshi_Insho_Muallifi🔻
Zulfiyaxonimning hayoti va ijodi haqida yozilgan ijodiy insho.(pdf formatda)
🔻#Eng_Yaxshi_She'r
Muallif tomonidan Zulfiyaxonimga yoki Zulfiyaxonim asarlariga atab yozilgan she'r muallifi.

🔻Ijodiy ishlarni yuborish tartibi:
#Buxdu_Besh_Tashabbus
#Tanlov_Naminatsiyasi
#Baxor_Keldi_Seni_Sõroqlab
Familiya ism
Buxoro davlat Universiteti
...fakulteti.......Guruh talabasi
Yuqorida ko'rsatilgan tartibda
🔎 @buxdu_5_tashabbus_bot manziliga uzatishingiz mumkin.

📌#Start_Berildi: 15.02.2021 yil
📌#Yakunlanish_sanasi: 28.02.2021 yil


🗣️Munosiblar va Zakovat time loyihasini g'oliblari oy oxirida umumlashtirib offline tarzda taqdirlanadilar..!

Ilm cho'qqilarini biz bilan birga zabt eting

Manzil: @Buxdu_5tashabbus rasmiy kanali