BuxDU Pedagogika fakulteti
97 subscribers
1.03K photos
210 videos
41 files
905 links
Download Telegram
#DIQQAT_TANLOV

Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida "Yil talabasi-2020" Respublika tanlovi e'lon qilinadi.
👉Tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi:
📌Birinchi bosqichda:
👉Birinchi tur - har bir fakultet(kesimi)da o‘tkaziladi;
👉Ikkinchi tur - oliy ta'lim muassasasi miqyosida rektor boshchiligida tegishli mutaxassislar tarkibidan tanlov komissiyasi tashkil etilib, ular tomonidan,
📌Ikkinchi bosqich:
Tanlovning respublika bosqichi (onlayn tarzda) joriy yilning dekabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
👉Tanlov nominatsiyalari:
1. "Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi";
2. "Yilning eng faol tashabbuskor-targ‘ibotchi talabasi";
3. "Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi";
4. "Yilning eng faol sportchi talabasi";
5. "Yilning eng faol ijodkor talabasi";
6. "Yilning eng faol bloger talabasi";
7. "Yilning eng namunali tadbirkor talabasi".

📌Rag‘batlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
👉OTM bosqichida 1, 2, 3-o‘rinni egallaganlar faxriy yorliq bilan mukofotlanadi hamda tegishli tartibda 1-o‘rin eng kam ish haqining 8 barobari miqdorida, 2-o‘rin eng kam ish haqining 6 barobari miqdorida, 3-o‘rin eng kam ish haqining 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiradi.
👉Respublika bosqichida 1, 2, 3-o‘rinni egallaganlar diplom bilan taqdirlanadi hamda tegishli tartibda 1-o‘rin eng kam ish haqining 10 barobari miqdorida, 2-o‘rin eng kam ish haqining 8 barobari miqdorida, 3-o‘rin eng kam ish haqining 5 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiradi.
👉Tanlovda ishtirok etmoqchimisiz?
👉 Unda shoshiling. Fakultet ma'muriyatiga murojaat eting.

BATAFSIL MA'LUMOT
#DIQQAT TANLOV
⚜️NAVOIYXONLIK ⚜️ — talabalar o'rtasida audio tanlov!
BuxDU Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari F.S.Jumayeva va tyutor M.R.Muradova tomonidan 5 tashabbus doirasida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan talaba-yoshlar o’rtasida“NAVOIYXONLIK ” nomli audiolar tanlovini e'lon qiladi.
Tanlov 2-fevraldan 5-fevralga qadar davom etadi.
📢TANLOV SHARTLARI :
🎙 Tanlovda ishtirok etish uchun siz mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy qalamiga mansub o'zingiz yoqtirib o’qigan asarlardan parchani audio ko’rinishida 5 daqiqadan oshmagan holda tayyorlab @Muradova_Mavjuda_Radjabovna manziliga yuborishingiz kerak. Qoʻshimcha fon musiqalaridan foydalanish mumkin.
🔹Eng go’zal ijro;
🔹 Eng yaxshi g’azal kuychisi;
🔹 Eng yaxshi asardan parcha;
📌 Yuborish_Tartibi:
F.I.Sh, guruhi
#Tanlagan_yoʻnalishi
🔊Tanlov natijasi 5-fevral soat 10:00 da e'lon qilinadi.
🥇🥈🥉Tanlov g'oliblari fakultet tomonidan Diplom va Sertifikatlar bilan taqdirlanadi .
#Diqqat_tanlov

⚡️Yoshlar o'rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta'minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo'shilib ketishining oldini olish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida "Eng yaxshi plakat" tanlovini e'lon qiladi.

📌 Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:
Universitet bosqichi - may oyining ikkinchi o'n kunligida;
Respublika bosqichi - iyun oyida.

🎨 Taqdim etiladigan plakatlar A1, A2 va A3 hajmda bo'lishi mumkin. Plakatda mavzuning to'liq ochib berilganligi, ijodkorning o'zgacha yondashuvi va ifodavoyligi jihatidan baholanadi (10 ballik tizimda)

✔️Respublika bosqichi g'oliblari tegishli tartibda pul mukofotlari va diplom bilan taqdirlanishadi.
🥇- o'rin - 3 500 000 so'm;
🥈- o'rin - 2 500 000 so'm;
🥉- o'rin - 1 500 000 so'm.

📂 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lganlar BuxDU yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limiga ijodiy ishlarni topshirishlari mumkin ( Mas'ul: Axmedova N)

Tanlov nizomi bilan tanishing 👈
#Diqqat_tanlov

⚡️ Yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo'shilib ketishining oldini olish maqsadida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan "Men diniy ekstremizm va terrorizmni qanday tushunaman?", "O'zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman" mavzularida "Eng yaxshi maqola" tanlovi e'lon qilinadi.

🎗Tanlov ikki bosqichda o'tkaziladi:
Universitet bosqichi - may oyining ikkinchi o'n kunligida;
Respublika bosqichi - may oyining uchinchi o'n kunligida.

✔️ Tanlovga taqdim etiladigan maqolalar (o'zbek, rus yoki ingliz tilida) kompyuter Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 o'lchamda, 1 intervalda, chapdan 30 mm, o'ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirilgan holda imloviy va uslubiy xatolardan xoli yozilgan bo'lishi kerak. Shuningdek, maqola muallifining ism-familiyasi, o'qish joyi, fakulteti va kursi yozilgan bo'lishi kerak ( Nizomda to'liq ma'lumot berilgan).

❗️Nizomda berilgan talablarga javob bermaydigan ijodiy ishlar hakamlar hay'ati tomonidan tekshirilmaydi.

🏆Tanlovning respublika bosqichi g'oliblari tegishli tartibda pul mukofotlari va diplom bilan taqdirlanishadi.
🥇- o'rin - 3 500 000 so'm;
🥈- o'rin - 2 500 000 so'm;
🥉- o'rin - 1 500 000 so'm.

📂 Ijodiy ishlar BuxDU yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo'limida 2022-yil 15-mayga qadar qabul qilinadi. ( Mas'ul: Axmedova N.)

Tanlov nizomi bilan tanishib chiqing