PDP Academy
8.85K subscribers
1.18K photos
474 videos
2 files
2.39K links
PDP Academy rasmiy kanali

👤 Admin: @pdpaloqa_bot

📞 Tel: (78) 777-47-47
Download Telegram
APPLE kompaniyasiga ishga kirish uchun nomzod 3 ta asosiy talabga javob berishi kerak:

1. Unda kuchli ichki xohish-iroda boʻlishi kerak. Nomzod mashhur kompaniyada ishlashini xohlayotganini va bunday kompaniyada ishlash oson emasligini, 5 yildan keyin sotuvga chiqariladigan va hali hech kim bilmaydigan mahsulotlar ustida ishlashini chuqur anglab yetishi kerak.
2. Butun planetada yashayotgan insonlarning hayotiga taʼsir qiladigan mahsulotlar ustida ishlashi haqidagi fikrlar, gʻoyalardan ilhomlanadigan boʻlishi kerak. Har bir mayda narsalarni ham oʻrganishga kuchli xohish va qiziqish boʻlishi kerak: kamera qanday ishlaydi, nima uchun u aynan shunday ko’rinishda va h.k. kabi savollarga javob izlaydigan boʻlishi kerak. Kompaniya hayotiga, boʻlayotgan oʻzgarishlarga qiziqib borishi va axborotlarni aktiv oʻzlashtirish, xulosalar chiqarish qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
3. Ozgina omadli boʻlishi. Masalan, bir xodim: “Bu kompaniyaga ishga kirishga 5 yil harakat qilganman. Birinchi martasida mendan intervyu olganlar bilan suhbatimiz kelishmadi. 2 yil oldin yana harakat qilib koʻrdim va birinchi kunning oʻzida barcha 10 ta intervyudan muvaffaqiyatli oʻtdim”, deydi. Bir deganda oʻxshab ketavermasligi mumkin. Kompaniyaga ishga kirishdagi intervyuda suhbat qilayotganlar nomzodning qanchadir bilim bazasi borligini va uning aniq maqsadi, xohishini koʻzida yonib turganini koʻra olishi kerak.

Kelajakda siz ham Apple kompaniyasini oʻzida yoki bu kompaniya mahsulotlarini rivojlantirish yoʻnalishida ishlashingiz mumkin. Buning uchun, PDP dasturlash va tillar akademiyasi oʻquv markazida tashkil qilingan iOS development oʻquv kursida dasturlashni oʻrganing.

#Apple #ios_development #PDP_oquv_kursi

Kanalga ulaning: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAExjnAKRS_XUXg8yVQ