🇺🇿 Past Darg‘om: kecha va bugun
1.83K subscribers
17.7K photos
2.1K videos
107 files
6.73K links
"Past Darg‘om haqiqati" gazetasi.

Foto va video xabarlaringizni quyidagi botga 👇 jo‘nating
👉 @PDH_UZ_murojaat_bot

👉 Turli yo‘nаlishdagi materiallar platformasi.

👉 Ayrim fikrlar tahririyat nuqtai nazarini bildirmaydi.
Download Telegram
SIFATLI TA'LIM-TARAQQIYOT KAFOLATI

“Milliy tiklanish” partiyasi Samarqand viloyat Kengashi faollari, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Guljahon Mustafoyeva, tuman Kengashi deputati Dilfuza Mardonovalar ta’lim tashkilotlarida davlat ta’lim standartlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib borishdi. Jumladan, Past Darg‘om tumanidagi 125 hamda 28-maktablarda ta’lim-tarbiya sifati, o‘quv dargohlarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, har ikki muassasa kutubxonalari, sport zallari holati, mavjud muammolar, ularning yechimi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
- Turmush o‘rtog‘im o‘qituvchi, - deydi Boldir mahallasilik Nilufar Toshboyeva. – U kishi maktabda o‘quvchilarga, dehqonchilik borasida menga ustoz. Fevral oyining oxirlarida ekilgan kartoshka gulga kirayapti. Mayning oxirlarida kartoshkani yig‘ishtirib o‘rniga bodring ekiladi. Kuzda bodringdan bo‘shagan yerni esa to‘qsonbosti ismaloq, sarimsoqpiyoz “band” etadi. Bundan tashqari, tomorqada pomidor, loviya, baqlajon, bulg‘or qalampiri, karam, piyoz, sabzi singari sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Ro‘zg‘orimiz kichkina, ortgani sotiladi. Hovlida mevali daraxtlarning barcha turidan bor. Ikki bosh ona-bola sigirning sut-qatig‘i, 15-20 parrandadan keladigan foyda bari ro‘zg‘orga baraka kiritadi.

📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
#Ayni_paytda

Tuman Xalq qabulxonasida Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

👨‍💼Qabulda tuman hokimi, tuman prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tegishli tashkilotlar rahbarlari va Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼullari ham ishtirok etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.

✈️Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.

998950271071
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Oʻzbekiston-kitobxonlar yurti"

📚Bugun 19- umumtaʼlim maktabida "Oʻzbekiston-kitobxonlar yurti" V respublika kitobxonlik haftaligi doirasida "Kitob hayot yoʻlimizni yorituvchi murabbiydir" deb nomlangan musiqali kecha boʻlib oʻtdi.
Tadbirda oʻquvchilar tomonidan shoir va buyuklarning kitob haqidagi sheʼrlari, fikrlari aytildi.Tadbir chiroyli raqslar va kuy- qoʻshiqlar sadosi ostida koʻtarinki ruhda yakunlandi.

Bizni kuzatish: 👉@pdhuz
Туман марказий маданият уйида  Президентимизнинг 2025 йил 3 январдаги “2025 йил республика маҳаллаларида хавфсиз муҳитни яратиш ва ҳуқуқбузарликларнинг барвақт олдини олиш тизими  самарадорлигини янада ошириш бўйича чора-тадбирлар тўғрисида”ги  1-сонли қарорини ижросини таъминлаш юзасидан тарғибот тадбир ўтказилди. Унда  туман хокими Ш.Раҳмонов,  прокурор Ж.Юлдошев, "Нуроний" жамғармаси  бўлими раиси Н.Алиев  ва бошқалар  аҳоли ва ёшлар ўртасида жиноятчиликни олдини олиш, ҳар  бир маҳаллада ҳуқуқбузарликларни  барвақт олдини олиш,  маҳаллаларда хавфсиз муҳитни шакллантириш  бўйича долзарб вазифалар юзасидан фикр-мулоҳазаларини билдиришди.

Бизни кузатиш: 👉@pdhuz
FAXRIY POLVON YANA CHEMPION BO‘LDI

  Urol polvon Elmanov  Toshkentda  Osiyo va Okeaniya kurash faxriylari o'rtasida o'tkazilgan kurashning sambo turi bo'yicha Osiyo chempioni bo'ldi.   65 yoshli tumandoshimiz 90 kilogramm vazn toifasida raqiblari ustidan sof g'alaba qozondi.
  Faxriy polvon 2023- yil Ostona shahrida ham shunday nufuzli  musobaqada chempion bo'lgan edi.Xalqaro toifadagi sport ustasi,  kurash va sport faxriysi Urol polvon Elmanov  hozirda Past Darg'om  tuman 2-son sport maktabida kurash  murabbiyi.

Bizni kuzatish: 👉@pdhuz