🇺🇿 Past Darg‘om: kecha va bugun
1.83K subscribers
17.7K photos
2.1K videos
107 files
6.73K links
"Past Darg‘om haqiqati" gazetasi.

Foto va video xabarlaringizni quyidagi botga 👇 jo‘nating
👉 @PDH_UZ_murojaat_bot

👉 Turli yo‘nаlishdagi materiallar platformasi.

👉 Ayrim fikrlar tahririyat nuqtai nazarini bildirmaydi.
Download Telegram
🎨23-aprel  kuni Samarqand shahar “Chorsu” ijod galereyasida san’at va ijodga bo‘lgan mehrni oshirish, yosh rassomlarning iste’dodini keng jamoatchilikka namoyish etish maqsadida Toshkent va Samarqand viloyatlarida ijod qilayotgan yosh rassomlarning ko‘rgazmasi ochilish marosimi tantanali tarzda o‘tkazildi.
Ko‘rgazmada yosh rassomlarning rangtasvir, grafika, akvarel hamda aralash texnikada ishlangan san’at asarlari namoyish etildi. Asarlar mavzularining rang-barangligi, kompozitsion hal etilishi hamda g‘oyaviy mazmuni mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbirda madaniyat va san’at sohasi vakillari, rassomlar, san’atshunoslar, OAV xodimlari hamda yosh ijodkorlarning ota-onalari va ustozlari ishtirok etdi. Ular ko‘rgazmaga yuqori baho berib, yosh iste’dod egalari uchun bunday maydonlar juda muhim ekanligini alohida ta’kidlashdi.

📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
Past Darg'om tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari o'rtasida "Yosh gvardiyachilar harbiy-sport musobaqasi" ning tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

🔰 Musobaqaning mutloq g'olibi tumandagi 7-maktabning " Jasorat" jamaosi faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritib , viloyat bosqichiga qatnashish yo'llanmasiga ega boʻlishdi.


📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
SIFATLI TA'LIM-TARAQQIYOT KAFOLATI

“Milliy tiklanish” partiyasi Samarqand viloyat Kengashi faollari, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Guljahon Mustafoyeva, tuman Kengashi deputati Dilfuza Mardonovalar ta’lim tashkilotlarida davlat ta’lim standartlariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish olib borishdi. Jumladan, Past Darg‘om tumanidagi 125 hamda 28-maktablarda ta’lim-tarbiya sifati, o‘quv dargohlarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, har ikki muassasa kutubxonalari, sport zallari holati, mavjud muammolar, ularning yechimi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
- Turmush o‘rtog‘im o‘qituvchi, - deydi Boldir mahallasilik Nilufar Toshboyeva. – U kishi maktabda o‘quvchilarga, dehqonchilik borasida menga ustoz. Fevral oyining oxirlarida ekilgan kartoshka gulga kirayapti. Mayning oxirlarida kartoshkani yig‘ishtirib o‘rniga bodring ekiladi. Kuzda bodringdan bo‘shagan yerni esa to‘qsonbosti ismaloq, sarimsoqpiyoz “band” etadi. Bundan tashqari, tomorqada pomidor, loviya, baqlajon, bulg‘or qalampiri, karam, piyoz, sabzi singari sabzavot mahsulotlari yetishtiriladi. Ro‘zg‘orimiz kichkina, ortgani sotiladi. Hovlida mevali daraxtlarning barcha turidan bor. Ikki bosh ona-bola sigirning sut-qatig‘i, 15-20 parrandadan keladigan foyda bari ro‘zg‘orga baraka kiritadi.

📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
Forwarded from Pastdarg‘om.uz
#Ayni_paytda

Tuman Xalq qabulxonasida Pastdarg‘om tumani aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

👨‍💼Qabulda tuman hokimi, tuman prokurori, soliq inspeksiyasi boshlig‘i, tegishli tashkilotlar rahbarlari va Raqamli texnologiyalar vazirligi masʼullari ham ishtirok etmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Sayyor qabulda ishtirok etib, o‘zingizni qiynayotgan muammo va takliflaringizni bildiring.

✈️Qabulga tashrif buyurish imkoniyati bo‘lmagan fuqarolar tuman hokimining xizmat telefon raqamiga telegram orqali murojaat yo‘llashlari mumkin.

998950271071
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM