🇺🇿 Past Darg‘om: kecha va bugun
1.86K subscribers
22.2K photos
2.28K videos
140 files
7.15K links
"Past Darg‘om haqiqati" gazetasi.

Foto va video xabarlaringizni quyidagi botga 👇 jo‘nating
👉 @PDH_UZ_murojaat_bot

👉 Turli yo‘nаlishdagi materiallar platformasi.

👉 Ayrim fikrlar tahririyat nuqtai nazarini bildirmaydi.
Download Telegram
🛑 Samarqand ixtmsoslashtirilgan san’at maktab- internatida “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi” oyligi doirasida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi.

Tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘linmasi inspektori, leytenant Azamat Ziyadinov xodimlar va o‘quvchilar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in va gaz bilan bog‘liq xavf-xatarlar, shuningdek, zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo’yicha tushuncha berdi.

Bizni kuzatish: 👉
@pdhuz
🏆  “Hokim Olimpiadasi” musobaqalari davom etmoqda

📍 Tumanimizda sportga bo‘lgan e’tibor hamda yoshlar faolligi tobora ortib bormoqda. Ayni kunlarda “Hokim olimpiadasi” doirasidagi sport musobaqalari yuqori saviyada, ko‘tarinki kayfiyat va qizg‘in ruhda tashkil etilmoqda.
🏓 Jumladan,  3-son umumta’lim maktabi sport zalida “Yangi O‘zbekiston olimpiya cho‘qqilari” hamda Prezident olimpiadasi doirasida stol tennisi bo‘yicha 1-bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
👦👧 Musobaqalarda 12–14 yoshdagi o‘g‘il-qizlar faol ishtirok etib, g‘oliblik uchun munosib kurash olib bormoqda. Har bir sportchi o‘zining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va kuchli irodasini namoyon etmoqda.
🥇 Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar keyingi bosqichga yo‘llanma olib, tumanimiz sha’nini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bizni kuzatish: 👉@pdhuz
1
Insonning qadr-qimmati o‘z vazifasini a’lo darajada bajarishdan iborat. Shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o‘rni mehnat bilan belgilanadi. Inson o‘z xohishiga tinimsiz mehnat tufayli erishadi.

© Abu Rayhon Beruniy

Bizni kuzatish: 👉
@pdhuz
TUMANIMIZ SPORTCHILARI OSIYO CHEMPIONI BÕLDI 🏆

Joriy yilning 3-6 aprel kunlari Qozog'iston davlati Chemkent shahrida sportning Õzbek jang san'ati turidan Osiyo chempionati bõlib õtdi.
Mazkur nufuzli chempionatda tumanimiz sportchilari medallar shodasi bilan qaytdilar .


🥇Oltin medallar
1. Ozoda Bõriyeva 28kg
2.Dilnora Sayfiddinova 31kg
3. Dilnura Amonova 31kg
4 Gulasal Suvonqulova 43kg
5.Madina Shodiqulova 28kg
6.Asalbonu Suyunova 40kg
7.Charos Shodiqulova 70kg
8.Asal G'affarova 35kg
9.Sevara Rahmatova 29kg
10.Faruh Mardonqulov 36kg
11.Firdavs Ergashev 40kg
13.Muhammad Karimov 48kg

🥈Kumush medallar
1. Durdona Amonova 54kg
2.Fariza Azizjonova 31kg
3.Sarvarbek Mahmudov 30kg
2.Amir Aminov 74kg

🥉Bronza medallar
1.Uchqulov Karimjon 19kg
2.Rohadov Asadbek 28kg
3.Akbarov Azizjon 34kg
4.Arslonov Azizjon 37kg
5.Mahmudov Zafarbek +45kg
6.Obitjonov Shahboz 44kg
7.Kamolov Temranbek 45kg
8.Erkinov Hasan 55kg

📍 Bizni kuzating 👉 @pdhuz
4
SIFATLI TA'LIM – KELAJAK POYDEVORI

Bugungi kunda yoshlarning sifatli ta’lim olishi har qanday jamiyat taraqqiyotining eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Chunki bilimli, malakali va keng dunyoqarashga ega yoshlar – mamlakatning ertangi kuni, uning rivojlanish kafolatidir. Shu sababli ta’lim tizimini takomillashtirish va yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratish dolzarb masalaga aylangan.

Batafsil o’qish: 👇
https://pdh.uz/category/view?id=1792

facebook 👉
https://www.facebook.com/pdhuzadmin/friends/
Web-sayt 👉
http://pdh.uz/

📍 Bizni kuzating 👉
@pdhuz
👍1
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi tomonidan 7-aprel — Butunjahon salomatlik kuni munosabati bilan tashkil etilgan mini futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Samarqand viloyat Kengashi raisi Suhrob Rafiqov  ochdi va yurtimizda sportni rivojlantirish, ayniqsa xotin-qizlarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy tarzda davom etdi. Unda jamoalar o‘zlarining faolligi, jipsligi hamda sport mahoratini namoyon etdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra:
🥇 1-o‘rinni Ta’lim va fan kasaba uyushmalari Past Darg‘om tuman bo‘linmasi jamoasi qo‘lga kiritdi.
🥈 2-o‘rinni Ta’lim va fan kasaba uyushmalari Payariq tuman bo‘linmasi egalladi.
🥉 3-o‘rinni esa Ta’lim va fan kasaba uyushmalari Samarqand shahar bo‘linmasi xotin-qizlari qo‘lga kiritdilar.
Bizni kuzatish: 👉@pdhuz
1🤝1